BOZOR: IQTISODIYOTDA BOZOR QANDAY MA’NONI ANGLATADI

BOZOR NIMA?

Bozor bu sotuvchilar va xaridorlar tovar va xizmatlar ayiraboshlay oladigan har qanday joydur.Bozor  chakana savdo markazi kabi jismoniy yoki sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida xech qanday jismoniy aloqa bo’lmagan onlayn vositachilik platformalari kabi virtual bo’lishi mumkin.

Bozorning ba’zi muhim jihatlari bular joy, haridor va sotuvchi, hamda sotila oladigan yoki sotib olsa bo’ladigan mahsulot yoki aktivlarning borligidadur.

BOZORLAR QANDAY ISHLAYDI?

Bozor bu ikki yoki undan ortiq tomonlar iqtisodiy bitim-hattoki qonuniy to'lovlarni ichiga olmaganlarini  ham- bilan shugʻulana oladigan har qanday joydur.Bozor to'lovi bir tomondan boshqa  tomonga utadigan mahsulotlar, hizmatlar, ma’lumot, valyuta yoki har qanday  kombinatsiyalarni ichiga olishi mumkin.Qisqasi,bozorlar xaridorlar va sotuvchilar yigʻila va o'zaro muloqot qila oladigan har qanday muhitdur. Savdoga  kamida ikki tomon, xaridor va sotuvchi, kerak bo’ladi.Bazi holatlarda, uchinchi tomon raqobatni joriy etib bozorni muvozanatini salqashi lozim.Shunday qilib bozor mukammal raqobatli holatida, boshqa narsalar orasida, faol xaridor va sotuvchilarning ko’pligi  bilan ta’riflanadi.

  Bunday keng ta'rif dan tashqari,nima sotilishiga qaragan holda bozorlarning ko’plab turlari bor. Masalan, qimmatli qogʻozlar sotiladigan aksiyalar, ya’ni fond,  bozori bo’lishi mumkin. Yana, Bruklin uy-joy bozori kabi alohida joyda maxsus hizmat yoki mahsulot sotib olishni hohlagan odamlarni tasvirlashi mumkin; bu global olmoz bozori kabi sanoat yoki biznes sektorlari bo’lishi mumkin. 

  Bozorni shakllantirishga yordam beradigan ba’zi qarorlar bozor iqtisodiyoti deb tanilgan iqtisodiy sistema tomonidan belgilanadi. Bu sistemada, investitsiya va ishlab chiqarish, taqsimlash, va mahsulotlar hamda hizmatlarni narxlash kabi omillar korxonalar va jismoniy shaxslar tomonidan talab va takliflardan kelib chiqib boshqarilinadi.Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejasiz va hukumat tomonidan barcha tepada sanalgan omillarni boshqariladigan buyruq yoki rejalashtirilgan iqtisodiyot qismi emas. Bozor Iqtisodiyoti misollari Qo’shma shtatlari, Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiyani o’z ichiga oladi.

TALAB VA TAKLIF 

Har qanday mazmundaham, bozor mahsulotlarga va boshqa hizmatlarga narx o’rnatadi. Bu ko’rsatkichlar talab va taklif dan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 

Talab va taklif g’oyasi iqtisodiyotning asoslaridan biri. Xaridorlar talab hosil qilish ganda sotuvchilar taklif yaratishadi.

Bozorlar talab va taklif muvozanatda bo’lganda narxda muvozanat qidirishga harakat qilishadi. Lekin, usha muvozanat  daromad, kutish, texnologiya, mahsulotning narxi va qatnashib turgan haridor va sotuvchilarning sonini o’z ichiga olgan narxdan tashqari  boshqa omillar tomonidan buzilishi mumkin. 

 Oddiygina qilib aytganda, mavjud bo’lgan mahsulot va hizmatlar soni odamlar nima hohlashi va sotib olishga qanchalik ishtiyoqligiga qarab belgilanadi.Sotuvchilar xaridorlar kuproq mahsulot va xizmatlar talab qilishganda ishlab chiqarishni oshirishadi.Ishlab chiqaruvchilar talab kuchayganda o’z mahsulotlarini narxini oshirishga moyil. Haridor talabi kamayganda, narxlarni,shuning uchun ham bozorga olib keladigan mahsulotlar va hizmatlari sonini tushurishadi. 

JISMONIY VA VIRTUAL BOZORLAR

Bozorlar to'lovlar amalga oshiriladigan jismoniy joylar tomonidan ifodalanishi mumkin.Bular mahsulotlarni taqsimlovchilarga sotadigan ulgurji bozorlarga alohida buyumlarni sotadigan ulgurji savdo do'konlari va shunga o'xshash bizneslarni o’z ichiga oladi. Yoki ular virtual bo’lishi mumkin. Amazon va Ebay kabi internetga asoslangan dukonlar va auksion saytlar to'lovlar to’liqligicha onlayn amalga oshiriladigan bozorlarning misolidir, va bu jarayonda ishtirok etgan tomonlar xech qachon jismonan bogʻlanishmaydi.Bozorlar tabiy yoki mahsulotlar, hizmatlar va malumotlar ustidan mulk huquqlarini ta’minlash vositasi sifatida paydo bo’lishi mumkin. Milliy yoki mahsus mintaqaviy darajada bo’lganda bozorlar  rivojlangan yoki rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.

Bu farqlash daromad darajasi va millat yoki mintaqaning chet-el savdosiga ochiqligini o’z ichiga olgan omillarga bogʻliq.

BOZORNING XUSUSIYATLARI

Bazi xususiyatlar bozorni aniqlashda yordam beradi va u ishlashi uchun muhimdir. Quyidagilar bozorni shaklantiradigan eng asosiy xususiyatlar:

Arena

Bu xaridorlar va sotuvchilar o’rtasida to'lovlar o’tkaziladigan platformadir. Shuni yodda tutinki bu jismoniy joylashuvni anglatmaydi. 

Sotuvchilar va xaridorlar 

Bozor ishlashi uchun sotuvchilar va xaridorlar bo’lishi shart. Bozor agar biror kishi kimdir tomonidan sotilib turgan narsani harid qilmasa mavjud bo’lmaydi. Bu sub’ektlar biznes,jismoniy shaxslar yoki hatto hukumatlar ham bo’lishi mumkin va ular internet tufayli o’z to'lovlarini jismoniy yoki virtual tarzda amalga oshirishlari mumkin. 

Yagona mahsulot

Yagona bozor yagona mahsulotga bogʻliq bo’ladi, shuning uchun, bozor ishlashi uchun tegishli mahsulot mavjud bo'lishi kerak.Masalan, bugʻdoy bugʻdoy bozorida sotiladigan va harid qilinadigan mahsulot. Elektronika mahsulotlari  butun elektronika bozorini tashkil qiladi lekin kichik toifalarga bo’linishi mumkin. 

Boshqa xususiyatlar raqobat, narx va mahsulotlarni sotishga bo’lgan erkinlikni o’z ichiga oladi. Tarjimon: Abduvosid Soliev

Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov Manba: Investopedia

1 ta izoh:

Izoh qoldirish