Biznes nima? Turlari va kompaniya o’lchamlarini tushinish.

Biznes nima?

Biznes atamasi tijorat, sanoat yoki kasbiy faoliyat bilan shug'ullanadigan tashkilot yoki tadbirkorlik sub'ektini anglatadi. Biznesning maqsadi - tovarlar yoki xizmatlarning qandaydir iqtisodiy ishlab chiqarishni tashkil etish. Korxonalar - xayriya missiyasini bajaradigan, ijtimoiy maqsadni qo'llab-quvvatlovchi notijorat, yoki tijoriy tashkilotlari bo'lishi mumkin. Korxonalar hajmi va ko'lami bo'yicha yakka tartibdagi tadbirkorlardan yirik xalqaro korporatsiyalargacha o'sib boradi. Biznes atamasi, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan foyda olish uchun tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish uchun qilingan harakatlar va faoliyatni anglatadi.


Asosiy xulosalar:

  • Biznes tijorat, sanoat yoki kasbiy faoliyat bilan shug'ullanadigan tashkilot yoki tadbirkorlik sub'ekti sifatida ta’riflanadi.

  • Korxonalar tijoriy, yoki notijorat tashkilotlari bo'lishi mumkin.

  • Biznes turlari cheklangan mas'uliyatli jamiyatlardan yakka tartibdagi tadbirkorliklarga, korporatsiyalar va sherikliklarga qadar farqlanadi.

  • Ba'zi bizneslar bitta sohada kichik faoliyat ko‘rsatadigan bo‘lsa, boshqalari ko‘p sohalarni qamrab olib, butun dunyo bo‘ylab keng miqyosda ishlaydi.

  • Apple va Walmart mashhur va muvaffaqiyatli bizneslarning ikki yorqin misolidir.

             

Biznesni tushinish.

"Biznes" atamasi ko‘pincha tijorat, sanoat yoki professional maqsadlarda faoliyat yurituvchi subyektni anglatadi. Ushbu tushuncha odatda g‘oya va nom bilan boshlanadi, va g‘oyani biznesga aylantirish imkoniyatini aniqlash uchun keng qamrovli bozor tadqiqoti talab qilinishi mumkin. Bizneslar odatda faoliyatni boshlashdan oldin biznes-rejalarni talab qiladi. Biznes-reja — bu kompaniyaning maqsad va vazifalarini belgilaydigan hamda ushbu maqsad va vazifalarga erishish uchun strategiya va rejalarni o‘z ichiga olgan rasmiy hujjatdir. Biznes-rejalar ayniqsa operatsiyalarni boshlash uchun kapital qarz olishda muhim ahamiyatga ega.

    

Biznesning yuridik tuzilmasini aniqlash muhim omil hisoblanadi, chunki biznes egalariga qonuniy faoliyatni boshlash uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish talablariga rioya qilish kerak bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarda korporatsiyalar yuridik shaxs sifatida qabul qilinadi, ya’ni biznes mulkka egalik qilishi, qarz olish va sudda da’vo qilinishi mumkin.


Eslatma: Yaxshi nom ko‘pincha biznesning eng qimmatli aktivlaridan biri hisoblanadi, shuning uchun biznes egalari o‘z nomlarini oqilona tanlashlari muhimdir.


Ko‘pgina bizneslar foyda olish maqsadida faoliyat yuritadi va ular odatda “foyda keltiruvchi” deb ataladi. Biroq, ba’zi bizneslar ma’lum bir maqsadni rivojlantirishni ko‘zlab, foyda olishni asosiy maqsad qilmagan holda ishlaydi va ular “foydasiz” yoki “notijorat” tashkilotlar deb ataladi. Ushbu subyektlar xayriya, san’at, madaniyat, ta’lim va dam olish sohalarida, shuningdek, siyosiy va targ‘ibot guruhlari yoki ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar sifatida faoliyat yuritishi mumkin.


Biznes faoliyati odatda tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olishni o‘z ichiga oladi. Biznes faoliyati har qanday joyda, masalan, jismoniy do‘konlarda, onlayn platformalarda yoki yo‘l bo‘yida amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy daromad bilan shug‘ullanadigan har bir kishi ushbu daromadni Ichki daromad xizmati (IRS)ga hisobot qilib berishi shart. Kompaniya ko‘pincha o‘z faoliyatini u ishlaydigan soha orqali aniqlaydi. Masalan, ko‘chmas mulk sohasi, reklama sohasi yoki matras ishlab chiqarish sohasi kabi misollarni keltirish mumkin. Biznes—bu ko‘pincha mahsulot yoki xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlarni bildiruvchi atama. Masalan, Exxon Mobil o‘z biznesini neft yetkazib berish orqali amalga oshiradi.


Biznes turlari:

  • Yakka tartibdagi tadbirkorlik: Nomidan ko‘rinib turibdiki, yakka tartibdagi tadbirkorlik bir kishi tomonidan egalik qilinadi va boshqariladi. Bu yerda biznes va egasi o‘rtasida huquqiy ajratish mavjud emas, ya’ni biznesning soliq va huquqiy majburiyatlari egasining zimmasida bo‘ladi.

  • Hamkorlik: Hamkorlik ikki yoki undan ortiq kishining birgalikda biznesni yuritish uchun tashkil qilgan biznes munosabatidir. Har bir hamkor biznesga resurslar va mablag‘ kiritadi hamda foyda va zararni birgalikda taqsimlaydi. Ushbu taqsimlangan foyda va zarar har bir hamkorning soliq deklaratsiyasida qayd etiladi.

  • Korporatsiya: Korporatsiya — bu bir guruh odamlar yagona yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadigan biznes shakli. Egalar odatda aksiyadorlar deb ataladi va ular korporatsiyaning oddiy aksiyalarini olish evaziga mablag‘ kiritadilar. Korporatsiya tashkil qilish biznes majburiyatlari bo‘yicha egalarni moliyaviy javobgarlikdan ozod qiladi. Biroq, korporatsiya egalari uchun noqulay soliq qoidalari bilan birga keladi.

  • Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ): Bu nisbatan yangi biznes tuzilmasi bo‘lib, birinchi marta 1977-yilda Vayoming shtatida va 1990-yillarda boshqa shtatlarda joriy etilgan. Mas’uliyati cheklangan jamiyat hamkorlikning soliqdan o‘tish imtiyozlarini korporatsiyaning mas’uliyatni cheklash afzalliklari bilan birlashtiradi.



Biznes hajmlari:

Kichik bizneslar:

Egasiga tegishli kichik kompaniyalar kichik biznes deb ataladi. Odatda, ular bir kishi yoki 100 kishidan kamroq xodimga ega kichik bir guruh tomonidan boshqariladi. Bu turdagi kompaniyalarga oilaviy restoranlar, uy sharoitida ishlaydigan kompaniyalar, kiyim-kechak, kitob va nashriyot kompaniyalari hamda kichik ishlab chiqaruvchilar kiradi. 2021-yil holatiga ko‘ra, AQShda 33,2 million kichik biznes faoliyat yuritib, ularda 61,7 million xodim ishlagan.


Kichik biznes boshqarmasi (SBA) kompaniyada ishlayotgan xodimlar soni va yillik daromad miqdori asosida kichik biznesni rasmiy ravishda aniqlaydi. Muhandislik va ishlab chiqarishdan tortib, ovqatlanish xizmatlari va ko‘chmas mulkka qadar bo‘lgan 229 sanoat sektori uchun SBA har besh yilda hajm standartlarini belgilaydi. SBA standartlariga javob beradigan bizneslar kreditlar, grantlar va "kichik biznes uchun ajratmalar"ga ega bo‘lishi mumkin. Bular federal hukumat kichik bizneslarning raqobatlashishi va federal shartnomalarni qo‘lga kiritishi uchun raqobatni cheklaydigan shartnomalardir.


O’rta biznes korxonalari:

AQShda o‘rta yoki o‘rta kattalikdagi kompaniyani aniqlash uchun aniq bir belgilangan mezon yo‘q. Biroq, Filadelfiya, Baltimore va Boston kabi yirik shaharlarda faoliyat yuritayotgan bizneslarni baholashda, o‘rta kattalikdagi kompaniya 100 dan 249 gacha xodimga yoki yillik umumiy savdosi 10 milliondan 1 milliard dollargacha bo‘lgan kompaniya sifatida ta’riflanadi.


Yirik Bizneslar:

Yirik bizneslar odatda 250 yoki undan ortiq xodimga ega bo‘ladi va yillik umumiy daromadi 1 milliard dollardan ortadi. Ular operatsiyalarni moliyalashtirish uchun aksiyalar chiqarish orqali jamoat savdosi qilinadigan kompaniya sifatida faoliyat yuritishi mumkin.


Yirik korxonalar bir mamlakatda joylashgan bo‘lishi mumkin, ammo xalqaro miqyosda faoliyat yuritadi. Ular ko‘pincha bo‘limlarga ajratilgan, masalan, kadrlar, moliya, marketing, sotuvlar va ilmiy tadqiqot va rivojlantirish.


Kichik va o‘rta bizneslardan farqli o‘laroq, yirik tashkilotlar odatda o‘zlarining soliq majburiyatlarini egalaridan ajratadi, chunki ular kompaniyalarini boshqarmaydilar. Buning o‘rniga, saylangan direktorlar kengashi ko‘plab biznes qarorlarini qabul qiladi.


Taniqli korxonalarga misollar:

Apple:

Apple (AAPL) innovatsion mahsulotlari, jumladan, shaxsiy kompyuterlari, aqlli qurilmalari va musiqa va video striming xizmatlari bilan tanilgan. 1977-yilda Stiv Jobs va Stiv Vozniak tomonidan asos solingan Apple kompaniyasi qiymati 1 trillion dollarga yetgan birinchi jamoat savdosi qilinadigan kompaniya bo‘ldi.

Kompaniyaning aksiyalari 2023-yil 23-mayda savdo kunini taxminan 172 dollarda yakunladi. Uning bozor kapitalizatsiyasi deyarli 2,7 trillion dollarni tashkil etdi.


Kompaniya ikki milliondan ortiq odamni ishga oladi, jumladan, 80,000 kishi bevosita Apple xodimlari sifatida ishlaydi. Qolgan ish o‘rinlari esa yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va Apple do‘koni orqali qo‘llab-quvvatlanadigan boshqa shaxslarni o‘z ichiga oladi.


Kompaniya 2022-yil 24-sentabrda yakunlangan 12 oy davomida sof savdo hajmi $394,33 milliardni tashkil etdi.


Applening muvaffaqiyatining kaliti uning mahsulotlari oilasi va innovatsiya qilish qobiliyatida yotadi. Kompaniya dizayn va sifatga e'tibor qaratadi — bu ikkala omil Jobsning korporativ vizyonining asosiy qismlaridan edi. Apple yaratib sotadigan mahsulotlar bir xil operatsion tizimdan foydalanadi, bu esa iste'molchilarga mahsulotlarni bir-biriga sinxronlashtirish imkonini beradi, shuningdek, kompaniya xarajatlarini kamaytiradi. Applening yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, rivojlantirish va sotish qobiliyati uni raqobatchilaridan oldinga olib chiqadi.

   

Walmart:

Walmart (WMT) dunyoning eng yirik chakana savdo tarmog‘laridan biri bo‘lib, xalqaro korporatsiya sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya 1962-yilda Sam Walton tomonidan Arkansas shtatida asos solingan.Walmart 20 dan ortiq turli mamlakatlarda 10,500 dan ortiq filiallarga ega bo‘lib, 2,1 milliondan ortiq odamni ish bilan ta'minlaydi.


Kompaniya 1970-yilda ommaviy ravishda sotuvga chiqdi va Nyu-York fond birjasida (NYSE) savdo qilinadi. Walmart aksiyalari 2023-yil 23-mayda $148 dan yuqori narxda savdoga chiqdi, kompaniyaning bozor kapitallashuvi esa $399,79 milliardni tashkil etdi. Kompaniya 2022-yil davomida $611,3 milliard daromad oldi, bu esa o'tgan moliyaviy yildan 6,7% ga ko'proqdir.


Walmartning muvaffaqiyati bir nechta omillarga bog‘liq, jumladan uning brend nomi, narx siyosati, diversifikatsiya (xususan, onlayn bozorining qo‘shilishi), samarali ta’minot zanjiri boshqaruvi va moliyaviy kuchi.


Biznesni qanday boshlash kerak?

Biznesni boshlash uchun bir nechta muhim qadamlarni o'tish kerak. Bu quyidagilarni o'z ichiga oladi: bozorni tadqiq qilish, biznes rejasini ishlab chiqish, kapital yoki boshqa moliyaviy manbalarni izlash, joylashuv va biznes tuzilishini tanlash, to'g'ri nomni tanlash, ro'yxatdan o'tish hujjatlarini topshirish, soliq hujjatlarini (ish beruvchi va soliq to'lovchisi ID-lari) olish va litsenziyalar hamda ruxsatnomalarni olish. Shuningdek, kundalik bank operatsiyalaringizni osonlashtirish uchun moliyaviy muassasada bank hisobini ochish ham yaxshi fikr bo'ladi.

   

Onlayn biznesni qanday boshlash kerak?

Onlayn biznesni boshlash an'anaviy biznesni boshlashning ba'zi qadamlarini o'z ichiga oladi, ammo bir nechta farqlar mavjud.

 

Siz hali ham bozorni tadqiq qilishingiz va biznes rejasini ishlab chiqishingiz zarur. Bundan keyin nom va tuzilmani tanlab, tashkilotingizni ro'yxatdan o'tkazish uchun hujjatlarni topshirishingiz kerak.

 

Jismoniy joylashuvni topish o'rniga, platformani tanlang va veb-saytingizni dizayn qiling. Biznesni ishga tushirishdan oldin, maqsadli auditoriyangizni qurish usulini topishingiz kerak, bu an'anaviy marketing vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar kabi ijodiy usullar orqali amalga oshirilishi mumkin.

  

Biznes nomini qanday tanlash kerak?

Biznes nomi siz yuritmoqchi bo'lgan tashkilot turiga mos kelishi kerak va odamlarni o'ziga jalb qiladigan, esda qoladigan bo'lishi zarur. Bu nom sizni, shuningdek, sotmoqchi bo'lgan mahsulotlar va xizmatlar bilan bog'lash imkonini berishi kerak. Original bo'lish juda muhim. Eng muhimi, bu nom boshqa kimsa tomonidan ishlatilmagan bo'lishi kerak. Onlayn qidiruv orqali biznes nomini tekshirib ko'ring va uning mavjudligini yoki ro'yxatdan o'tganligini aniqlang.

   

Biznes rejasini qanday yozish kerak?

Biznes rejasi sizning biznesingizni yuritish uchun muhimdir va operatsiyalarni boshlash uchun kerakli moliyaviy mablag‘ni olishda yordam beradi. Siz an'anaviy yoki "lean" (o‘rta darajadagi) reja tanlashingiz mumkin.

  

An'anaviy biznes rejasida ko'plab tafsilotlar mavjud bo'lib, u kompaniya haqidagi umumiy ma'lumotlar, muvaffaqiyatga erishish rejalari, bozor tahlili, boshqaruv, mahsulot va xizmatlar, marketing, va sotuvlar prognozlarini o'z ichiga oladi. Lean formatlari qisqaroq va foydali ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, masalan, hamkorlik tafsilotlari, biznes faoliyati va mijozlar bilan munosabatlar, xarajat tuzilmalari va daromad oqimlari. Onlayn tarzda shablonlar mavjud yoki siz o'z biznes rejangizni dizayn qilishingiz mumkin.

  

Biznes kreditini qanday olish mumkin?

Biznes uchun zarur bo'lgan moliyaviy mablag‘ ko‘pincha kredit orqali ta’minlanadi. An’anaviy kredit beruvchilar yoki Kichik Biznes Boshqaruvi (Small Business Administration) orqali taklif etiladigan hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kreditlar — bu ikki variantdan biridir. Potentsial kredit beruvchilar, ayniqsa yangi startaplar uchun, biznes tafsilotlarini ko‘rishni xohlashadi. Biznes rejangizni tayyorlaganingizga ishonch hosil qiling, unda xarajatlar va daromad oqimlari keltirilgan bo‘lishi kerak, shuningdek, yaxshi kredit reytingiga ega bo‘lishingizni ta’minlang. Agar kredit tasdiqlansa, sizdan krediti ta’minlash uchun kafolat talab qilinishi mumkin.

   

Xulosa o’rnida:

Bizneslar iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Ular shaxslar va boshqa kompaniyalar tomonidan sotib olinadigan mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etadi.

Bizneslar o‘lchamiga ko‘ra kichikdan katta bo‘lib, turli sanoat sohalarida faoliyat yuritadi. Biznes tuzilmalari esa yagona sherikliklardan tortib, egalarga aktsiyalar orqali mulk huquqi taqdim etuvchi yirik korporatsiyalargacha farq qiladi.

  

Biznes boshlashda, tadqiqot olib boring va biznes rejasini ishlab chiqing. Bu sizga operatsiyalarni boshlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni yig‘ishga yordam beradi.


Tarjimon: Dilso’z Sattorova

Biznes Bo’limi Lideri: Husan Isomiddinov

Manba: https://www.investopedia.com/terms/b/business.asp#toc-how-do-you-start-a-business



Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 12:04 / 23.01.2024
Har Kimning O'z Loyihasi