- 16:00 / 29.12.2024
- 20:17 / 23.02.2024
- , Iqtisodiyot
Almashish iqtisodiyoti: Uber va AirBnB qanday ishlaydi?
Almashish iqtisodiyoti Kirish Tasavvur qiling, siz chet elga bir necha haftaga sayohatga chiqishga tayyorlanmoqdasiz. Chamadon va aviachiptalaringiz tayyor. Keyingi masala esa qayerda tunab qolishingizni hal qilish. Bunday holatda sizda ikkita tanlov bor: mehmonxona/otelda yashash yoki mahalliy aholining uyini ijaraga olish. Ko’p holatlarda ikkinchi variant mehmonxona yoki otelda qolishdan ko’ra 30-60% arzonroqga tushadi(1). Bunday uylarni qayerdan topsa bo’ladi? Bu uchun internetda bir necha ilova va veb sahifalar mavjud. Misol uchun, Airbnb, Expedia, FlipKey va h.z. Ulardan foydalanib o’zingizga ma’qul bo’lgan xonadonni tanlab safar tayyorgarligini tugatsangiz bo’ladi. Ta’rif Yuqorida keltirilgan holat Almashish Iqtisodiyotiga (Sharing Economy) yaqqol misol bo’lishi mumkin. Chunki, bu jarayonda siz kelishilgan mablag’ evaziga boshqa birovning mulkidan, boshpanasidan vaqtinchalik foydalanib turish uchun ijaraga olasiz. Almashish iqtisodiyoti - bir insonning extijoyini boshqa bir inson o’zida mavjud bo’lgan aktivlari orqali qondirilishi tufayli hosil bo’ladigan iqtisodiy jarayonga aytiladi. Ikki shaxsni bog’lash jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish maqsadida o’rtada bir kompaniya ham bo’lishi mumkin. O’zbekistonda mavjud bo’lgan kompaniyalardan taksi xizmatlari uchun Yandex Taxi (haydovchi va yo’lovchini bog’lovchi); onlayn haridlar uchun UZUM Market (sotuvchi va haridor); kitob mutolaasi uchun esa Asaxiy Books (yozuvchi va o’quvchi) kabi korxonlarni misol qilib keltirishmiz mumkin. Tarix Ilk Onlayn Marketpleys eBay 2023-yil 129 million atrofida (5) faol foydalanuvchisiga (taqriban Meksikaning aholisining soniga teng (6)) ega bo’lgan eBay onlayn savdo kompaniyasiga 1995-yil 3-mart kuni Piyer Omidyar tomonidan asos solingan. Piyer veb-saytni “Ishchilar kuni” sababli bo’lgan dam olish kunida platformaing kodlarini yozib ishga tushirgan. eBay platformasi ilk ochilgan davrlarda AuctionWeb nomi bilan atalgan. AuctionWeb’da $14.83ga ilk sotilgan mahsulot buzilgan lazer ko’rsatkichi bo’lgan(7). Hozirda marketpleysdagi 80% mahsulotlar yangi bo’lishiga qaramasdan insonlar o’zlariga kerak bo’lmagan narsalarini sotish orqali daromad qilib kelishmoqda. Buning ta’sirida insonlar o’zlariga kerak bo’lgan kitob, elektron jihozlar va yana boshqa mahsulotlarni yangi bo’lmasa ham ishlatishga rozi bo’lib dunyoda qog’oz iste’molini, texnika ishlab chiqarilishini qaysidir ma’no kamaytirishga xissa qo’shishmoqda. Uber Almashinuv iqtisodiyotini dunyoga mashhur qilgan brendlardan bittasi bu Uber. Kompaniya taksi, kuryerlik va logistika xizmatlarini o’z yo’lovchi va buyurtmachilariga taklif etadi. Uber 2009-yil birinchilardan bo’lib ochilgan taksi xizmati ilovasi edi. Ilk yillarida faqatgina 3 ta avtomobil orqali Nyu York shahrida test rejimida faoliyat olib borgan kompaniya (8) hozirda 5.4 milliondan ortiq haydovchiga ega(9). Uberning bu darajada mashhur va ommabop bo’lib ketishiga birqancha sabablar mavjud: narxlarga nisbatan belgilangan algoritmlar, birinchilardan bo’lib taksi xizmatining yangicha ko’rinishida bozoriga kirib kelib imkon boricha bozorning katta qismini egallab olish va foydalanish uchun qulay bo’lgan ilova. 131 million faol foydalanuvchiga ega bo’lgan Uber sal kam 15 yildan beri yo’lovchi va haydovchilarni bog’lash orqali yiliga 7 milliarddan ortiq insonlarni uzog’ini yaqin qilmoqda. Bu jarayondan kelib chiqib aytishimiz mumkin-ki, jamiyatda allaqachon mavjud bo’lgan avtomobillardan sayohat uchun foydalanish orqali yo’lovchilarning shaxsiy avtomobil sotib olishga bo’lgan ehtiyojni kamaytirmoqda. Buning oqibatida faqatgina 3 tomon (kompaniya, haydovchi va yo’lovchi) emas ekologiya ham manfaat topmoqda. Kelajak Almashinuv iqtisodiyotining umumiy qiymat 2023-yil $150 milliardni tashqil qilgan(10). Aholi soni dunyoda doimiy tarza 0.8-0.9%ga oshib bormoqda (11). Yer sayyorasi esa chegaralangan. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkin-ki, Almashinuv Iqtisodiyotining bozordagi ulushi yildan yilga ko’payib boraveradi. Chunki, aholi ko’payib avtomobillar soni, uylar soni ko’paygani sari ularga bo’lgan talab ortib boraveradi. Talab yuqori bo’lgan paytda tovarning sotib olish, saqlab turish narxi ham o’saveradi. Statista.com saytida berilgan ma’lumotlarga ko’ra Almashinuv iqtisodiyotining qiymati 2037-yilga kelib $793 milliardni tashkil etishi kutilmoqda(10). Muammolar Yuqorida almashinuv iqtisodiyotining foydalari va uni kelajakda nimalar kutib turgani haqida ma’lumotlar keltirdik. Tanganing ikki tomoni bo’lganidek, ushbu iqtisodiyotning kamchiliklari haqida ham to’xtalib o’tsak:
Hulosa
Almashinish iqtisodiyoti ko’plab insonlarga hozirgi kungacha o’zlarining resurslaridan to’laqonli foydalanish va kerak bo’lsa undan mablag’ topish imkoniyatini ochib berdi. Bunday sharoit orqali bir inson egalik qilishi kerak bo’lgan aktivlar miqdori kamayib oz resurslardan yuqori samaradorlik darajasida foydalanish imkoniyatiga erishish mumkin. Alal oqibat, nafaqat pul va vaqt tejaladi, balki atrof muhitga kamroq zarar yetkazib, hayot darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo’lamiz
Maqola Navro'zbek Ergashev tomonidan yozildi. Ko'proq shu kabi maqolalarni o'qib borish uchun t.me/fasih_uz Telegram Kanalimizga obuna bo'ling.
Havolalar
15 ta izoh:
Izoh qoldirish