Zararsizlik nuqtasi: Ta'rifi, misollar va qanday hisoblash mumkin

Zararsizlik Nuqtasi (BEP) nima?

Korporativ hisob-kitoblarda Zararsizlik nuqtasi (BEP – Breakeven Point) kompaniyaning faoliyati zarar ko‘rishdan to‘xtab, daromad olishni boshlagan vaqtdir. Zararsizlik nuqtasi – mahsulot bo‘yicha umumiy daromadlar umumiy xarajatlarga tenglashadigan ishlab chiqarish darajasini anglatadi. Zararsizlik nuqtasi moliya sohasida, jumladan savdo jarayonlarida ham boshqa maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin.

Asosiy Xulosalar

1. Hisob-kitobda, zararsizlik nuqtasi ishlab chiqarishning doimiy xarajatlarini mahsulot narxi va o‘zgaruvchan xarajatlar farqiga bo‘lish orqali hisoblanadi.

2. Bu nuqta ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot daromadlariga teng bo‘lgan darajani anglatadi.

3. Sarmoyada, zararsizlik nuqtasi aktivning bozor narxi uning dastlabki qiymatiga teng bo‘lganda erishiladi.

4. BEP tahlili xarajatlarni aniqlash, hissiyotlarga asoslangan qarorlarni cheklash, maqsadlar qo‘yish, moliyalashtirishni ta’minlash va narxlarni belgilashga yordam beradi.

Zararsizlik Nuqtasini Tushunish

Zararsizlik nuqtasi turli kontekstlarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, ko‘chmas mulkda bu nuqta uy egasining barcha xarajatlarini — xarid narxi, yopilish xarajatlari, soliqlar, sug‘urta, ipoteka foizlari, shuningdek, ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash uchun qancha daromad olishi kerakligini ko‘rsatadi. Shu nuqtada uy egasi na foyda, na zarar ko‘radi.

Biznesda Zararsizlik Nuqtasi

Biznes uchun zararsizlik formulasi zarur daromadni hisoblashga yordam beradi. Bu ko‘rsatkichni mahsulot birliklariga o‘tkazish uchun kontributsiya marjasini (birlik sotish narxidan o‘zgaruvchan xarajatlar ayirmasi) hisoblash kerak. Doimiy xarajatlarni kontributsiya marjasiga bo‘lish orqali zararsizlik uchun qancha birlik sotilishi lozimligini aniqlash mumkin.


Biznes zararsizlik nuqtasi = Doimiy xarajatlar ÷ Yalpi foyda marjasi

Masalan, kompaniyaning doimiy xarajatlari $1 million va yalpi foyda marjasi 37% bo‘lsa, zararsizlik nuqtasi $2,7 millionni ($1 million ÷ 0,37) tashkil qiladi. Ushbu misolda kompaniya $2,7 million daromad olish orqali doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarini qoplaydi. Agar daromad bundan yuqori bo‘lsa, kompaniya foyda ko‘radi; agar kamroq bo‘lsa, zarar ko‘radi.


Bundan tashqari, doimiy xarajatlarni qoplash uchun qancha birlik sotish kerakligini hisoblash mumkin. Buning uchun mahsulotning sotish narxi va o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi farqni aniqlab, kontributsiya marjasini topish lozim. Keyingi bo‘limda ushbu hisoblashga batafsil to‘xtalamiz.

Zararsizlik Nuqtasi va Foyda Marjasi

Breakeven point (zararsizlik nuqtasi) va contribution margin (foyda marjasi) bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Foyda marjasi – bu mahsulotning sotish narxi va uning o'zgaruvchan xarajatlari o'rtasidagi farq. U quyidagicha hisoblanadi:


Foyda marjasi har bir birlik uchun = Sotish narxi - O'zgaruvchan xarajatlar

Bu marja har bir birlikning sotishdan tushgan daromadi qanday qilib doimiy xarajatlarni qoplash va foyda olishga yordam berishini ko'rsatadi. Masalan, agar mahsulotning narxi $10 bo'lsa va o'zgaruvchan xarajatlar birligi $3 bo'lsa, unda foyda marjasi $7 bo'ladi.


Foyda marjasi va zararsizlik nuqtasi o'rtasidagi bog'liqlik shundaki, har bir dollar foyda marjasi kompaniyaning doimiy xarajatlarini qoplashga yordam beradi. Foyda marjasi yuqori bo'lsa, zararsizlik nuqtasi tezroq erishiladi, chunki har bir birlik doimiy xarajatlarni qoplashga ko'proq hissa qo'shadi. Aksincha, past foyda marjasi zararsizlik nuqtasini oshiradi, ko'proq mahsulot sotish talab qilinadi.


Misol: Agar kompaniyaning doimiy xarajatlari $70,000 bo'lsa va foyda marjasi $7 bo'lsa, 10,000 birlik sotilishi zarur. Agar foyda marjasi $8 ga oshsa, 8,750 birlik sotilishi kerak bo'ladi.


Zararsizlik Nuqtasining Foydalari

Zararsizlik tahlili ko‘plab jihatlarda yordam beradi, jumladan:


1. Yo‘qolgan xarajatlarni aniqlash: Zararsizlik tahlili siz ilgari ko‘rmaydigan xarajatlarni aniqlashga yordam beradi.


2. Hissiyotlarga asoslangan qarorlarni cheklash: Biznes qarorlarini hissiyotlar asosida qabul qilish kamdan-kam hollarda foydali, zararsizlik tahlili esa qat’iy faktlarni taqdim etadi.


3. Maqsadlar belgilash: Zararsizlik tahlili yordamida foyda olish uchun qanday maqsadlarga erishish kerakligini bilib olasiz.


4. Mablag‘ olish: Zararsizlik tahlili biznesingizni moliyalashtirish uchun zarur va investorlar uchun reja taqdim etishda yordam beradi.


5. Narxni to‘g‘ri belgilash: Zararsizlik tahlili mahsulotlaringizni biznes nuqtai nazaridan qanday narxga belgilash kerakligini ko‘rsatadi.

Zararsizlik Nuqtasining Cheklovlari

Zararsizlik nuqtasi qaror qabul qilishda foydali vosita bo‘lsa-da, uning ba'zi cheklovlari mavjud. Birinchidan, xarajatlar faqat doimiy va o‘zgaruvchan kategoriyalarga ajratilishi faraz qilinadi, lekin ba'zi xarajatlar bu kategoriyalarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Masalan, yarim-o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblashni murakkablashtiradi.


Boshqa cheklov shundaki, zararsizlik nuqtasi sotish narxlari, o‘zgaruvchan xarajatlar va doimiy xarajatlar o‘zgarmas deb faraz qiladi, lekin bu ko‘pincha haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mahsulot narxlari va xom ashyo narxlari o‘zgarishi mumkin, doimiy xarajatlar ham o‘zgarishi mumkin.


Shuningdek, zararsizlik tahlili bozor raqobati, mijozlar mamnuniyati va mahsulot sifatiga oid sifatli omillarni hisobga olmaydi. Zararsizlik nuqtasi moliyaviy ko‘rsatkichlarga asoslansa-da, muvaffaqiyatli qarorlar raqamlar tashqarisidagi holistik yondashuvni talab qiladi.

Fond Bozorida Zararsizlik Nuqtasi

Masalan, investor Microsoft (MSFT) aksiyasini $110 narxida sotib olsa, bu uning zararsizlik nuqtasidir. Agar narx $110 dan yuqori bo‘lsa, investor foyda qilmoqda. Agar narx $110 dan past bo‘lsa, zarar qilmoqda. Agar narx aynan $110 da qolsa, zararsizlik nuqtasida, ya'ni foyda yoki zarar qilmayapti. Opsiyalar, zarar qilayotgan aksiyalarni ushlab turgan investorlar uchun opsion tuzatish strategiyasini qo‘llab yordam berishi mumkin.

Chaqiruv Opsionida Zararsizlik Nuqtasi Misoli

Chaqiruv Opsion savdosida zararsizlik nuqtasi – bu asosiy aktivning bozor narxi, opsionni sotib olgan kishi zarar qilmasligi uchun yetishi kerak bo‘lgan narxdir. Chaqiruv (Call)l opsiyasi uchun zararsizlik nuqtasi — bu zaruriy narx (strike price) plus to‘langan premiyaning yig‘indisi. Put opsiyasi uchun esa zararsizlik nuqtasi zaruriy narx minus to‘langan premiyadir.

Masalan, agar investor $170 strike narxiga va $5 premiyaga ega Apple (AAPL) call opsiyasini sotib olsa, zararsizlik nuqtasi $170 plus $5, ya’ni $175 bo‘ladi. Agar aktsiyalar narxi $175 dan past bo‘lsa, opsiyaning foydasi uning xarajatidan ortiq bo‘lmaydi.

Xulosa

Zararsizlik nuqtasi — bu zarar ko‘rmaslik yoki dastlabki sarmoyani tiklash uchun erishilishi kerak bo‘lgan narx darajasi, rentabellik, foyda yoki boshqa o‘lchovdir. Masalan, agar loyiha $1 millionga amalga oshirilsa, zararsizlik nuqtasiga yetishi uchun $1 million sof foyda olish kerak bo‘ladi.


Zararsizlik nuqtasini hisoblash, biznes yoki savdogarlar tomonidan yo‘qotishlarni tiklash yoki boshlang‘ich xarajatlarni qaytarish haqida gapirganda ishlatiladi. Opsion savdogarlari esa bu usulni, savdo foyda keltirishi uchun aktiv narxining qaysi darajada bo‘lishi kerakligini aniqlashda qo‘llaydilar. Zararsizlik nuqtasini hisoblashda, komissiya, soliq, va inflyatsiya ta'sirlarini ham hisobga olish mumkin. Tarjimon: Ibragimova Munira Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov Manba: https://www.investopedia.com/terms/b/breakevenpoint.asp

4 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 12:04 / 23.01.2024
Har Kimning O'z Loyihasi