Kunlar uzun ammo yillar qisqa…

Kunlar uzun ammo yillar qisqa…

                                                                                   Sam Altman

Kunlar uzun ammo yillar qisqa

Sem Altman kim? 

Sem Altman - mashhur Amerikalik tadbirkor, investor. U Y Combinator startap akseleratordir. Qiziqarli tomoni shundaki, Y Combinator juda ham ko’p muvaffaqiyatli startaplarga erta investitsiyalar kiritgan. Ularning qatorida Airbnb, Reddit, Twitch, Stripe, DoorDash, Dropbox, va Coinbase kabi hozir yirikka aylangan kompaniuyalar ko’p. Hozirda Sem Altman OpenAI kompaniyasining Bosh Ijrochi Direktori sifatida ishlamoqda. Ma’lumot uchun, OpenAi dunyoda eng tez o’sgan va 100 milliondan ortiq obunachiga eg bo’lgan ChatGPT su’niy intellektini chiqargan kompaniyadir.

Y Kombinator pul tikkan kompaniyalar


       O`tgan hafta 30 yoshimni qarshi oldim va do`stim shu umrim davomida biror bir arzigulik hayotiy saboq olganim haqida qiziq savol berdi. Aslida, bu postni nashr qilishda ikkilandim, chunki bu maslahatlar yuzaki va sayozdek ko`rinishi mumkin, ammo shunday bo’lsa-da, hozir savolga aniq javob berishni istayman.


      1) Hech qachon oila a’zolaringizni, do’stlaringizni yoki qadrli insonlaringizni o’zingizning prioritetingizdan pastga qo’ymang. Asl va haqiqiy do’stlaringizni yuzlab foydali tanishlaringizdan ustun qo’ying. Eski do’stlaringiz bilan muloqotni yo’qotmang. O’z vaqtida ular bilan uzoq va mazmunli muloqot qiling. Vaqtingizni chog’ o’tkazing.


       2) Hayot kiyinish mashg’ulotlarini o’tovchi modalar uyi emas – bu faqat ehtimol. Hayotingizda o’lchov oling, chunki vaqt juda ham chegaralangan va juda tez boy beriladi. Sizni baxtli va mamnun qiluvchi ishlarni qiling,baribir o’limingizdan yillar o’tgach ham, sizni eslamasliklari mumkin. Sizni baxtsiz qiluvchi narsalardan voz keching (odamlarning fikri bo’yicha yashashdan to’xtang, ular chegaralagan narsalar bilan qolib ketmang ). Vaqtingizni sizni baxtsiz qiluvchi insonlar bilan munosabat qilish uchun ketkazmang. Ulardan voz kechishni o’rganing. Negativlik va tushkunlik hayotingizdagi eng yomon hisdir. O’zingiz xohlayotgan ishlarni qilmaslikka bahona topishga aslo yo’l qo’ymang.


      3) Muvaffaqiyat haqida: to’gri tanlov qilishni o’rganing (juda ko’pchilik tomonidan jiddiy qarshi olinmaydigan jihat), diqqatingizni ana shu tanlov uchun jamlang, doim o’zingizga ishoning (sizga bu hech qachon ish bermasligini aytishsa ham), sizni rag’batlantiruvchi insonlar bilan tanishing, ilmli insonlar doirasida bo’lishga harakat qiling va o’z ustingizda tinimsiz ishlang. Albatta, nima ustida ishlashni aniqlash juda qiyin, chunki tub mohiyatni tushunishning o’zi qiyin jarayondir.


      4) Ish haqida: o’zingiz xohlamagan ish ustida ishlash qiyin, chunki bu ish siz uchun shunchaki qiziq emas. Qolaversa, o’zingiz xohlamagan ish orqali hayotingizdan mamnun bo’lishingiz deyarli imkonsiz. O’z ustingizda ishlang – bu qaroringiz bilan yon-atrofingizdagi insonlaringizni ranjitishingiz mumkin – ammo me’yorida ishlang, chunki hayotingiz shunchaki ko’z oldingizda o’tib ketadi. O’z kasbingiz professionali bo’lishni niyat qiling. Hattoki, bu imkonni qo’ldan boy bersangiz ham, siz yaxshiroq o’rinda bo’lishingiz mumkin. Hayotingizni unumdorlik rejalari bilan boyiting – vaqtingizni tartibsiz tizim va turli xil kutilmagan hodisalar bilan boy bermang. Kasbingiz yo’lida tavakkal qilishdan aslo qo’rqmang, albatta qancha erta bo’lsa shuncha yaxshi.


      5) Aksariyat odamlar o’z kasblarini tasodif orqali tanlashadi, siz aksincha, sizni nima qiziqtiradi, nima ustida ko’proq ishlashni istaysiz va qanchalik muvaffaqiyatga erisha olishingiz haqida o’ylab ko’ring. Shu soha mutaxassislari bilan doimiy muloqotda bo’ling.


      6) Pul haqida: pul baxtni sotib oladimi-yo’qmi? U, eng asosiysi, erkinlikni sotib oladi va bu muhim jihatdir. Bundan tashqari, pul yetishmasligi sizni juda ham asabiy holatga olib keladi. O’zingizning ijarangizga yetarli pul topa olishingiz, shaxsiy samolyot sotib olishingizdan ko’ra sizning hayotdan mamnunligingizni o’zgartira oladi. Pul topish uni sarflashdan ham qiziqarliroqdir. Shaxsan men do’stlarim, yangi tajribalar va sayohatlar uchun sarflaganimdan hech qachon afsuslanmayman.


      7) Odamlar bilan ko’proq muloqotda bo’ling. Kamroq qisqa va mazmunsiz, ko’proq uzun kontentlar o’qing. Televizorni kam ko’ring. Internetdan kam foydalaning.


      8) Vaqtingizni behuda sarflamang. Aksariyat odamlar ko’p vaqtlarini, ayniqsa biznesda behuda sarflashadi.


      9) Ozingizni chegaralay olishni o’rganing. Paul Graham aytganidek, ‘’Insonlar dahshatli bo’lib qolishlari mumkin, lekin uning kimligini aytish qiyin.” (o’ziga ishonganlik bilan mag’rurlik o’rtasida katta farq bor. Albatta, birinchisi bo’lishga intiling).


      10) O’zingiz uchun kunlik, yillik va o’n yillik maqsadlar qo’ying.


      11) Biroq, rejalaringiz qanchalik qimmatlik bo’lmasin, ajoyib imkoniyat paydo bo’lsa, uni qabul qilishingiz kerak. Biroz beparvolik qilishdan aslo qo’rqmang. Qattiq mehnat qilishning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, rivojlanishingiz uchun ko’plab imkoniyatlar uchraydi, ammo ularni qanday qabul qilish sizning zimmangizda.


       12) Aqlli, omadli va o’ziga ishongan odamlar doirasida bo’lish uchun o’z qobig’ingizdan chiqing. Ular bilan ishlang (aslida ishning eng qoniqarli qismlaridan biri haqiqatan ham yaxshi odamlar bilan chuqur munosabatlar o’rnatishdir). Vaqtingizni o’z ishini ustalari yoki juda ham iqtidorli, ammo oddiy insonlar bilan o’tkazing. Vaqt o’tishi bilan siz ham ushbu insonlar orasida o’rtachasiga aylanishingiz — bu haqiqatdir.


       13) Sizni chalg’ituvchi barcha aqliy yukdan xalos bo’ling. Buning qanchalik muhimligi va bu ishni odamlar, ko’pincha nazarga olmasliklarini ta’kidlash lozim. O’zingizga yoqmaydigan bema’ni ishlarni qilmaslikning juda kuchli usullarini ishlab chiqing va hayotingizning aqliy davralarida ishga soling.


      14) O’zingizdan afsuslanish darajangizni past shkalada saqlang. Bu sizga hayotda faqat ko’p imkoniyatlar beradi.


       15) Yoz kunlari eng yaxshisi.


      16) Ko’p ham tashvishlanavermang. Hayotdagi narsalar kamdan-kam hollarda ko’rinadigan darajada xavflidir. Aksariyat odamlar xavf-xatarni juda yoqtirmaydilar va shuning uchun ko’plab maslahatlar noto’g’ri farazlar ustiga quriladi.


      17) Nima xohlashingizni o’zingizdan so’rang.


      18) Agar biror narsa qilmaganingizdan afsuslanaman deb o’ylasangiz, ehtimol buni qilishingiz kerak. Afsuslanish eng yomon tuyg’u va odamlar qilgan ishlaridan ko’ra qilmagan ishlaridan ko’proq pushaymon bo’lishadi. Agar shubhangiz bo’lsa, kimnidir o’ping.


        19) Harakat qiling. Yaxshi yeng. Uxlang. Muntazam ravishda toza havo oling.


       20) Odamlarga yordam berish uchun o’z qobig’ingizdan chiqing. Hayotda juda kam narsa qoniqarlidir. Begona va notanish insonlarga yaxshi munosabatda bo’ling. Muhim bo’lmasa ham yaxshi bo’lishga harakat qiling.


      21) Yoshlik haqiqatdan ham ajoyib davr. Uni behudaga o’tkazib yubormang. Aslida, 20 yoshlaringizda moliyaviy intizom olishingiz tabiiy holat bo’lsa-da, lekin hali emas. Dunyodagi barcha pullar siz o’tkazgan vaqtingizni hech qachon qaytarib ololmaydi.


      22) Ota-onangizga yaxshi ko’rishingizni tez-tez aytib turing. Ularni uyga borib yo’qlab turing.


      23) Bu ham o’tib ketadi.


      24) Mamnunlik va baxt ila o’rganing.


      25) Tez-tez yangi tajribalar qilib turing. Bu haqiqatan muhim jihat. Yangi narsalar nafaqat vaqtni idrok etishni sekinlashtiradi, balki hayotingizni baxtli va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi. Shaxsiy va professional hayotingizda har yili katta, yangi va tavakkal ishlarni qilishni maqsad qiling.


      26) O’smirlik chog’ingizda yigit /qiz do’stingizni qanchalik qattiq sevganingizni eslaysizmi? Uni hozir ham juda qattiq seving. Yoshligingizda biror sovg’a olganingizdan xursand bo’lganingizni eslaysizmi? Hozir ham shularni eslab quvoning.


      27) Odamlar bilan munosabatlaringizni buzmang. Bahslaringizni ehtiyotkorlik bilan tanlang.


      28) Odamlarni kechiring.


      29) Ma’qom va mansabni ta’qib qilmang. Asossiz mansab uzoqqa bormaydi.


      30) Ko’p narsa me’yorida yaxshi. Haddan tashqari bo’lgan hech narsa yaxshi emas.


     31) Borligingizga oid tashvishlar hayotingizning bir qismi. Bu, ayniqsa, muhim hayotiy voqealar atrofida yoki muhim martabali bosqichlardan so’ng sezilarli bo’ladi. Bu aqlli va shuhratparast insonlarga ta’sir qiladi. Mening fikrimcha, ba’zi odamlar juda ham ko’p mehnat qilishlarining asosiy sabablaridan biri — bu ular haqida o’ylashga ko’p vaqt sarflamasliklaridir. Sizning esa shu hislarni his qilganingiz yomon emas va siz yolg’iz emassiz.


      32) Har doim hayotingizdan minnatdor bo’ling va muammolaringizni bir chetda saqlang. Boshqa insonlarga hasad qilmang va shuni unutmangki, boshqa insonlar sizning muvaffaqiyatingizga hasad qiladi va bunga e’tibor qilmaslikka o’rganishingiz kerak.


33) Gapiruvchi emas, bajaruvchi bo’ling.


34) Agar yetarli vaqt berilsa,yaxshi yoki yomon holatlarga moslashish mumkin. Insonlar bu borada tajribali.


35) Qilishdan oldin biroz o’ylang,  hatto jahlingiz chiqqanda ham.


36) Boshqa insonlar haqida tez hukm chiqarmang. Siz ularning butun hikoyasini va nima uchun ular biror narsa qilgan yoki qilmaganini hech qachon bilmaysiz. Ko’ngli ochiq inson bo’ling.


37) Kunlar uzun, ammo yillar qisqa.

Ushbu insho Sarvara tomonidan tarjima qilindi.

Sem Altmanning blogidan olindi: https://blog.samaltman.com/the-days-are-long-but-the-decades-are-short

Ko'proq shu kabi insholarni o'qish uchun t.me/fasih_uz sahifamizga obuna bo'ling.





Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 12:04 / 23.01.2024
Har Kimning O'z Loyihasi