- 12:57 / 22.01.2024
- 22:09 / 22.01.2024
- , Biznes
Startaplar bo'yicha maslahatlar - Sem Altman

Startaplar bo'yicha maslahatlar - Sem Altman 2. Ajoyib jamoa va ajoyib bozor. Ikkalasi ham juda muhim — ikkalasiga ham ega bo'lishingiz kerak.Qaysi biri muhimroq ekanligi haqidagi bahs ahmoqlikdir. 3. Kod yozing, foydalanuvchilar bilan suhbatlashing va shaxsiy kompaniyangizni oyoqqa turg’izing (oz sohasida eng yaxshi odamlarni toping va yollang, munosabatlaringizni to’g’irlang,mablag’ to’plang, savdoni yo’lga qo’ying, va hokazo). Juda ko’p biznes egalari qiladigan boshqa narsalar shunchaki befoyda va vaqtni behuda sarflashdir. 4. Kompaniyangiz uchun aniq, tushunarli maqsad belgilang va uni odamlar ishonadigan va ergashadigan missiyaga aylantiring. 5. Diqqatingizni jamlang va bir vaqtning o'zida juda ko'p narsalarni qilishga urinmang. Muhimi — ish sifatiga ko’proq e'tibor bering. 6. Muvaffaqiyatga erishishingiz uchun kompaniyangizga deyarli aqldan ozar darajada mehnat va vaqt hadya qilishingiz kerak. 7. Umuman olganda, o'n yil davomida ishlashga va vaqtingizni sarflashga tayyor bo'lmagan startapni boshlamang. 8. O’rganishdan hech qachon to’xtamang. 9. Hozirgi baxtli dunyoda yaxshi g'oyalar asosan e’tibordan chetda qoladi. Yaxshi g’oya haqida o'ylash uchun vaqt ajrating va bu shunga arziydi. 10. O'sish (deyarli) barcha muammolarni hal qiladi. 11. Rivojlanish juda muhim va siz unga diqqatingizni qaratishingiz kerak bo'lsa-da, vaqti-vaqti bilan qayerga ketayotganingizni o'ylab ko'ring — sizga ham rivojlanish va insonlarga foydasi tegadigan narsa tomon olg’a borishingiz kerak. 12. Mahsulot sifati haqida tinimsiz o’ylang. 13. Jamoangiz bilan juda ko’p muloqotda bo’ling. Ba'zi sabablarga ko'ra, ko'pchilik startap egalari bu borada juda oqsoq. Shaffoflik sizning do'stingizdir. 14. Tez harakatlaning. Tezlik sizning yirik kompaniyalarga nisbatan asosiy afzalliklaringizdan biridir. 15. Xodimlar yollashga va ishga olishda juda ziyrak va hushyor bo’ling. Ishga olish — siz qiladigan eng muhim ish; vaqtingizning kamida uchdan bir qismini bunga sarflang va e’toborli bo’ling. 16. Vaqti-vaqti bilan o'ylab ko'ring, nima uchun 20-chi odam sizning kompaniyangizga qo’shilishi kerak? 17. Qilayotgan ishingizga sodiq, aqlli va samarador insonlarni yollang. Oxirgi beshta so'zga e’tiboringizni qarating. 18. Do'stlaringiz va do'stlaringizning do'stlarini ham yollang.Odamlarni bu loyihangizga qo'shilishiga erishish uchun, tinimsiz ishlang. Ba'zida boshqa nomzod yaxshi bo’ladi, lekin shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda, texnik yollovchilardan yomon natijalarga erishdim. 19. Umumiy olganda, qobiliyat tajribadan ko'ra ustunroq. 20. Hayvondek ishlashga tayyor bo'lgan odamlarni yollang. 21. Chalg'ituvchi vositalardan voz keching. 22. O’lishga haqqingiz yoq! 23. Tejamkor bo'ling. 25. O'zingiz o'lchagan narsanigina bajarasiz. 26. Qanchalik mehnat qilsangiz ham, startaplar yurgizish juda qiyin; siz ham katta imkoniyatlar ortidan quvlashinhiz mumkin. 27. Harakatdan tinmaslik va davomiylik juda muhim. Uni yo'qotmang. 28. Maoshlarni past, lekin tengli va adolatni saqlang. 29. Biznesingizni iloji boricha bir maromda tuting. 30. Bitim ustida ishlayotganda — pul miqdorini oshirish, hamkorlik qilishga urinish va hokazo — raqobatbardosh vaziyatni yaratish juda muhimdir. 31. Qiyinchiliklar — bu yaxshi. 32. Pul ishlashni unutmang. 33. Jurnalistlar bevosita startap yaratuvchilardan eshitishni yoqtirishadi. Agar siz PR xodimlarini yollasangiz, ularning barcha vositalarni boshqarish istagiga qarshi turing. 34. Birinchi bosqichda boshqaruv kengashi nazoratini saqlab turishi biznes egalari uchun standart hisoblanadi. 35. Hammani tinglang. Keyin o'zingiz qaroringizni e’lon qiling. 36.Shuni yodda tutingki, siz raqib tomonidan mag’lub qilinganingizdan ko'ra, yomon ishlayotganingiz uchun yutqazishingiz ehtimoli ko'proq. 37. Omadli bo’ling. 38. Mijozlaringiz bilan bevosita, to’g’ridan-to’g’ri munosabatda bo'ling. 39. Shiddatli bo'ling — sizni yiqitish oson bo'lmasin. 40. Kompaniyangizni sotuvchi odam boshqarishiga yo'l qo'ymang. Ammo mahsulotingizni qanday sotishni o'rganing. 41. Ishlab chiqarishni mukofotlaydigan muhitga ega bo'ling. 42. Professional menejerlarni ishga olishda shoshilmang. Kuting. 43. Oddiylik - yaxshi demakdir. Murakkablikka shubha bilan qarang. 44. Muhim bo’lmagan uchrashuvlar uchun ham samolyotlarga chiqing. Yuzma-yuz suhbatlashish har qanday narsadan yaxshiroqdir. 45. Ko'p narsalar ko'ringani kabi xavfli emas. 46. “Jarayon” so’zini tez-tez aytadigan har qanday insondan shubhalaning. 47. O'zingiz o'ylaganingizdan ko’ra biroz ko'proq pul yig'ing. 48. "Matbuot [sizni] yaxshi ko'radi" degan safsataga e'tibor bermang. 49. Mukammal “mijozlarga xizmat ko’rsatish servisi’’ga ega bo’ling. 50. Siz yangi innovatsiyalari, bosqichma-bosqich takomillashtirish yoki murakkab amaliyot orqali qiymat yaratishingiz mumkin. Yaxshi kompaniyalar ulardan asosan ikkitasini bajaradilar. Eng yaxshilari uchalasini ham amalga oshiradi. 51. Kengashning roli maslahat va rozilikdir. Agarda bosh director bevosita o’zi aniq strategiyani ishlab chiqmasa va kengashdan shuni o'rnatishni so’rasa, u odatda falokat bilan yakunlanadi. 52. Kengash kuzatuvchilari bosh og'rig'ining o’zi. 53. Agar biror o’zgartirish qilmoqchi bo’lsangiz, buni to'liq ishonch bilan bajaring. Eng yomon holat — bu eski va yangi narsalarni birga qo’shib harakat qilishdir. Eskilardan voz kechish — qiyin. 55. Biznesingiz uchun maqsadlar qo'ying va odamlarni ularga erishish uchun ruhlantiring. 56. Har doim yaxshi ishni maqtang. 57. G'alabalaringizni birga ishchilaringiz bilan nishonlang. Katta marralar uchun maxsus futbolkalar oling. 58. Loyihalar qisqa bo'lishi va siz muntazam ravishda yangi narsalarni chiqarishingiz uchun yaxshi operatsion kadensga ega bo'ling. 59. Siz eng yaxshi mahsulot, eng yaxshi narx yoki eng yaxshi tajriba orqali g’alaba qozonishingiz mumkin. 60. Uchrashuvlar va konferensiyalar odatda vaqtni behuda sarflashdir. 61. Agar kompaniyangizning sarmoyachilari sizning kompaniyangiz haqida emas, balki egalik qilish haqida ko'proq o’ylayotgandek tuyulsa, boshqa kompaniyaga qo'shiling. 62. Vitaminlardan ko'ra og'riq qoldiruvchi dorilarni sotish osonroq. 63. Mahsulot ishlab chiqarish yoki xaridorlarni jalb qilish bilan bog'liq bo'lmagan har qanday vaziyatdan ehtiyot bo’ling. Infratuzilmani qayta yozish, o'lim changaliga tushib qolish bilan barobar. 64. Mahsulotingizni ko‘p foydalanuvchilar foydalanganidan ko‘ra, bir nechta foydalanuvchi uni yaxshi ko‘rgani afzalroqdir. 65. O’ta qiyin vaziyatlarda ham, qanday qilib optimist bo'lishni o'rganing. 66. Startaplar imkon qadar mo'jiza talab qilishi kerak emas, lekin kamida bitta bo’lsa foydalidir. 67. Mehnat qilishga tayyor bo'lishingiz kerak — yaxshi g'oyalarga ega insonlar yeng shimarib, ishni bajarishga tayyor bo'lganlardan ko'ra ko'proq.G’oyalar sifati emas, mehnatning natijasi muhim. 68. Boshlanishida turli xil madaniyatga ega bo'lmang. 69. Har kuni qilinadigan ishlar ro'yxatini tuzing va ulardan avval — ishlamoqchi bo'lgan bir yoki ikkita katta ishlaringizni yozing. 70. Bosh direktor bo'lish foydali bo’lishdan ko'ra ko'proq baxtsizlikdir. Lekin foydali bo’lsa — bu juda yaxshi. 71. Eng qiyin va yomon kunlarda, ertangi kun yaxshiroq bo'lishini unutmang - bundan ham yomonroq bo'lishini o’ylash esa juda o’g’ir! 72. Uxlang va mashq qiling. 73. Startapda muvaffaqiyatga erishish odatda o'tish yoki mag’lub bo’lish bo'ladi. Qo'shimcha harakat qilganingizdan ko’ra, o'tishingizga ishonch hosil qilish haqida ko'proq tashvishlaning va buni amalga oshiring. 74. Yaxshi investorlar o'rtacha mukofotga arziydi. 75. Investorlaringizni biror narsa bilan mashg’ul qiling. 76. Ancha tajribasiz investorlardan ko'ra bir nechta yuqori tajribaga ega investorlarga boring. 77. Va'daga asoslanib pul yig’ing. Shaffof shartlarda pul yig'ing. 78. Potentsial investorlaringiz haqida ma’lumot yig’ing va tekshiruvlar o'tkazing. Boshqa tajribali startap egalaridan, ishlar chappasiga ketganida ular bu holatdan qanday chiqib ketganini so'rang. 80. Ko'pgina ajoyib va yaxshi g'oyalar dastlab ahmoqona yoki yomon ko'rinadi — siz "yomon fikrdek tuyulmoqda" va "yaxshi g'oya" kesishmasida g’oyangizni ko’rasiz. (Shuni yodda tutish kerakki, siz shunchaki g’oyaga nisbatan qarama-qarshi emas, balki qarama-qarshi va to'g'ri bo'lishingiz kerak.) 81. Boshqa birovning to’lqinida suzing va harakat qiling. 82. Ba'zan siz iroda kuchi bilan muvaffaqiyatga erisha olasiz. 83. Barcha startaplar hech bo'lmaganda qandaydir yo'l bilan beixtiyor muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shunchaki davom eting. 84. Bankdagi naqd pullaringizni hisoblab boring va ularni sarflab yubormang. 85. Yordamchi directorlar o'rtasidagi munosabatlarga ko'proq e'tibor bering, ayniqsa bosh direktor bo'lishni istasangiz. 86. Harakatlaringiz yengil va chaqqon bo'lsin. 87. Haftada kamida bir marta xodimlar orasida yig'ilish o'tkazing. 88. Qanday boshqarishni o'rgatadigan mentor toping. 89. Har bir narsa ishlayotganiga ishonch hosil qilmaguningizcha, shoshilmang. 90. Foydalanuvchilarni sotib olishda ehtiyotkor bo'ling. 91. O'rnak bo’ling. 92. To'g'ri va maqbul ofisga ega bo'ling. Juda kichik kompaniya uchun to'g'ri ofis — bu xonangiz yoki uyingiz. 93. Har oy natijalaringizni (moliyaviy va asosiy standardlarni) ulashib boring. 94. Taklif maktublarida siz yangi ijaraga berayotgan aksiyalaringizni turli ssenariylarda, qanchalik qimmatga tushishi mumkinligini ko‘rsatadigan jadval bo‘lsin. 95. Eng yaxshi startaplar istisnolar bilan aniqlanadi; bu qoidalarning barchasi ishlamasligi mumkin, lekin hammasi bir vaqtning o'zida emas. Ushbu insho Sem Altmanning vebsaytidan olinib (https://blog.samaltman.com/startup-advice), Ismoilov Asadbek tomonidan tarjima qilindi (www.instagram.com/faylasuf.uz). Maqola foydali bo'lgan bo'lsa ro'yhatdan o'tib izohlar qoldiring, https://t.me/fasih_uz Telegram Kanalimizga obuna bo'ling va ushbu maqolani saqlab qo'ying.
Sem Altman - mashhur Amerikalik tadbirkor, investor. U Y Combinator startap akseleratori bosh direktori sifatida ishlagan. Qiziqarli tomoni shundaki, Y Combinator juda ham ko’p
muvaffaqiyatli startaplarga erta investitsiyalar kiritgan. Ularning qatorida Airbnb, Reddit, Twitch, Stripe, DoorDash, Dropbox, va Coinbase kabi hozir yirikka aylangan kompaniyalar ko’p. Hozirda Sem Altman OpenAI kompaniyasining Bosh Ijrochi Direktori sifatida ishlamoqda. Ma’lumot uchun, OpenAi dunyoda eng tez o’sgan va 100 milliondan ortiq obunachiga ega bo’lgan ChatGPT su’niy intellektini chiqargan kompaniyadir. Sem Altman dunyodagi eng mashhur, kuchli va hurmatga sazovor biznesmenlardan biri sifatida quyudagi startap yoki loyiha boshlamoqchi bo’lganlarga o'z maslahatlarini yozgan.
Ertadan boshlanadigan yangi Y Combinator Manejmenti bazm sharafiga, men eshitgan yoki bergan eng yaxshi startap maslahatlar (asosan eshitganlarim):
1. Insonlar istagan narsani yarating.
24. "Ideal mahsulot yaratish"dan boshqa har bir narsa haqida tez-tez qarama-qarshi maslahatlarni eshitasiz. Bu shuni anglatadiki, siz mehnatingizning ko'p qismini ikkala yo'l bilan ham bajarsangiz ham, bu deyarli muhim emas. Faqat qaror qabul qiling va ishga qayting. Eng muhimi — mahsulot / bozor mosligi. Siz juda ko'p xatolar qilishingiz mumkin va bu tabiiy.Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.
Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.
54. Qaror qabul qilish va noto'g'ri bo'lish hech narsa qilmaslikdan ko'ra yaxshiroqdir.Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.
79. Investorlar boshqa investorlar sevadigan kompaniyalarni yaxshi ko'rishadi.Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.
Izoh qoldirish