Startaplar, namunalar, risk va Y Kombinator (YK) - Sem Altman

Startaplar, namunalar, risk va Y Kombinator (YK)


Sem Altman kim? 

Sem Altman - mashhur Amerikalik tadbirkor, investor. U Y Combinator startap akseleratordir. Qiziqarli tomoni shundaki, Y Combinator juda ham ko’p muvaffaqiyatli startaplarga erta investitsiyalar kiritgan. Ularning qatorida Airbnb, Reddit, Twitch, Stripe, DoorDash, Dropbox, va Coinbase kabi hozir yirikka aylangan kompaniuyalar ko’p. Hozirda Sem Altman OpenAI kompaniyasining Bosh Ijrochi Direktori sifatida ishlamoqda. Ma’lumot uchun, OpenAi dunyoda eng tez o’sgan va 100 milliondan ortiq obunachiga eg bo’lgan ChatGPT su’niy intellektini chiqargan kompaniyadir.

Y Kombinator pul tikkan kompaniyalar

Odamlar kompaniya ochishni xohlashlari haqida bizga tez-tez va ko’p aytishadi-yu, lekin ularning bunga shunchaki ishonchlari komil emas… shuning uchun men ba'zi bir fikrlar bilan bo'lishishga qaror qildim. To'g'ri, aksariyat odamlar startaplarni boshlash uchun juda mos emas, ammo qobiliyati bor odamlarning ko’pchiligi shunchaki boshlashdan qo’rqishadi. Ular juda ishonib bo’lmas darajada muvaffaqiyatli startap asoschilariga qarashadi. 


Men Airbnb kompaniyasi asoschilari bilan birinchi marta uchrashganimda, ular aniq aqlli va zo’r taassurot qoldiradigan odamlar edilar-u, lekin bugungi kundagiday emasdilar. Biz “Tog’ Manzarasi” nomidagi qahvaxonada uchrashdik. Ular ishlar unchalik yaxshi  ketmayotgani haqida gapirishardi. Endi ular dunyoni egallab olishmoqda. Bu yaxshilanish alohida holat emas - Stripe aka-ukalari Kollison va Homejoy, Weebly, Coinbase, Teespring, Pebble va boshqa muvaffaqiyatli asoschilar bilan ham xuddi shunday bo'lgan. 


Keling, sizga bir sirni ochay : birinchi marotaba startap boshlaydigan har bir kishi boshida juda qo’rqadi. Hatto eng muvaffaqiyatli asoschilar ham dastlabki kunlarda o'zlarining va startaplarining muvaffaqiyatiga shubhalanganlar. Ammo ko’p hollarda startap asoschilari juda tez progress ko’rsatishadi .


Shunday qilib, siz startapni ishga tushirishingiz mumkinmi yoki yo'qmi deb o'ylaganingizda, hozir o'zingizni bu odamlar bilan taqqoslashingiz to’g’ri emasligini tushunishingiz kerak. Ulardagi bu katta progress startaplarini ishga tushirib yurg’izayotgan vaqtlarida yuz bergan va ishoningki, siz ham buni qila olasiz.


Startap  boshlash juda qiyin va og'riqli jarayon hisoblanadi. Muvaffaqiyat odatda ma'lum darajadagi qat'iyat va fidoyilikni talab qiladi va aynan shunda ko’pchilik ancha qiynaladi.


Masalan, Adora Chang Homejoy-da ish boshlaganida, u kun bo'yi biznesni o'zlashtirish uchun farrosh bo'lib ishlagan, Mountain View(Tog’ Manzarasi) kafesiga bir soatda qaytib kelgan, kechda dasturlash bilan shug'ullangan, keyin esa yo’lda tirbandlikda qolmaslik uchun soat 3 larda San-Fransiskoga borgan, mashinasida uxlagan va umuman olganda, qo'lidan kelganini qilgan. Biz startapni boshqarish qanday ekanligi haqida gapirib hech kimni chalg'itmoqchi emasmiz. Startap boshlashni xohlamaslik bu oqilona qaror. 


Ammo kompaniyani boshlash uchun juda ko'p arzirli sabablar bor va ko'p odamlar bu og'riq va mashaqqatni qabul qilishga tayyor. Achinarli holat shundaki, startaplarni boshlamoqchi bo'lgan odamlar haqiqatan ham boshlamaydilar - ular buyuk startap asoschilarini juda mukammal, deb bilishadi yoki nima qilishni umuman bilishmaydi, yoki buni juda xavfli deb hisoblashadi.


Bu aslida unchalik xavfli emas - umuman olganda, ko’ringanidek xavfli emas. Va Y Kombinatori buni yanada xavfsizroq qiladi — biz ko'p pul sarflamaymiz, lekin yashash uchun etarli (ko'p hollarda, hatto oila bilan ham). Agar startap muvaffaqiyatsiz bo'lsa, tarmoqning afzalliklaridan biri shundaki, YK asoschilarining aksariyati o'zlari uchun keyingi qiziqarli narsalarni topadilar.


Bilishingiz kerak bo’lgan yagona narsa — bu odamlar xohlagan narsani qanday qilib yaratishni bilishdir. Agar siz buni qila olsangiz va yetarlicha qat'iyatli bo'lsangiz, ehtimol siz odatdagi ishingizdan ko'ra ko'proq qiymat yaratishingiz va ko'proq ta'sir o’tkazishingiz mumkin. YK sizga deyarli hamma narsani o'rgatadi. Aslida biz qilayotgan ishlarning aksariyati startaplarga yakkama-yakka maslahat berishdir.


Asoschilar, odatda, YKda uch oy davomida qancha ish qilishlari va ular qanchalik o'zgarishlaridan hayratda qolishadi. YK tuzilmasi startaplarga muhim bo'lgan bir nechta narsalarga e'tibor qaratishga yordam beradi va asosan, o'zlarini bu sohaga tegishli emasligini his qila boshlagan bir guruh odamlar dunyodagi eng yaxshi asoschilarga aylanishadi.


Agar siz hali ham Y Kombinator 2014 yozgi dasturiga ariza topshirish haqida ikkilanayotgan bo’lsangiz,  umid qilamizki, siz bir qadam oldinga bosasiz! Va agar siz o'zingiz xohlagan darajada harakat qilmagan bo'lsangiz yoki arizangiz yetarli darajada ishlab chiqilmagan bo'lsa, aslo tashvishlanmang.  Biz bunga katta e'tibor bermaslikni  juda yaxshi o'rgandik va agar siz, birinchi marta murojaat qilganingizda qabul qilinmasangiz, bu sizga  katta zarar qilmaydi (biz hattoki  Dryu  Xyustonni Dropbox-dan birinchi marta murojaat qilganida rad etganmiz). Biz kompaniyalarni g'oyaning boshlanishidan b seriyasining oxirigacha bo'lgan barcha bosqichlarda moliyalashtiramiz. 

Ushbu insho Rukhshona Sobirova tomonidan tarjima qilindi.

Sem Altmanning blogidan olindi: https://blog.samaltman.com/startups-role-models-risk-and-y-combinator

Ko'proq shu kabi insholarni o'qish uchun t.me/fasih_uz sahifamizga obuna bo'ling.

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 12:04 / 23.01.2024
Har Kimning O'z Loyihasi