Qanday qilib qattiq ishlash mumkin? - Pol Grem

                Qanday qilib qattiq ishlash mumkin? 


       Qattiq ishlash haqida o’rganish uchun ko’p narsa yo’q deb o’ylash kerak. Maktabga borib kelayotgan har kim uni nima ekanligini biladi, hatto buni o’ylab ham ko’rmagan bo’lsalar ham. Juda qattiq ishlaydigan 12 yoshli bolalar bor. Lekin, qattiq ishlash haqida hozir ko’proq bilamanmi, deb so’rasangiz, javobi albatta, “ha” bo’lardi.


      Men bilamanki, agar siz buyuk ishlar qilmoqchi bo’lsangiz, juda katta mehnat qilishingiz talab qilinadi. Bolalikda men bunga ishonchim komil emas edi. Maktabdagi vazifalar haqiqiy hayotdan juda farq qiladi; yaxshi natija olish uchun har doim juda katta mehnat qilish shart emas. Ba’zi mashhur insonlar qilgan ishlarni deyarli osonlik bilan qilish mumkindek tuyuladi. Balki faqat zukkolik orqali katta mehnatni chetlab o’tish mumkindir? Hozirda men buning javobini bilaman — yo’q.


      Maktabimning standartlari past bo’lganligi uchun ba’zi fanlar oson ko’rinardi. Mashhur insonlarning buyuk ishlarni osonlik bilan qila olishlarining sababi yillar davomida qilingan amaliyot; shuning uchun ularga bunday ishlarni qilish osondek tuyuladi.


      Albatta, ushbu mashhur insonlar ham tabiiy qobiliyatlarga ega bo’lgan. Buyuk ish bajarish uchun uchta muhim ingredient bor: tabiiy qobiliyat, mashq va harakat. Shuni ham aytib o’tish mumkinki, bularning faqat ikkitasi bilan ham yaxshi natijaga erishish mumkin, lekin eng yaxshi ishni bajarish uchun sizga uchalasi ham kerak bo’ladi: sizda ajoyib tabiiy qobiliyat bo’lishi va ko’p mashq qilgan bo’lishingiz va juda kuchli harakat qilayotgan bo’lishingiz kerak. 

      Masalan, Bill Gates biznes sohasida o’zining davrida eng aqlli odamlardan biri edi, lekin u shuningdek eng kuchli ishlaydigan odamlardan ham biri bo’lgan. “O’n yillik davrimda bir kun ham dam olmadim”, deb aytadi u. “Bir kun ham”. Lionel Messi bilan ham shunday o’xshash holat bo’lgan. Uning ajoyib tabiiy qobiliyati bor edi. Lionel Messining yoshligi haqida o’qituvchilari gapirganda, uning iste’dodi emas, balki samaradorligi va g’alabaga erishish istagi kuchli bo’lgani haqida eslashadi. Agar  XX - asrning eng yaxshi ingliz yozuvchisini tanlashim kerak bo’lsa men P.G.Wodehouse ni tanlagan boʻlar edim. Aniqki, hech kim undan yaxshiroq yozgan emas. Lekin hech kim undan kam mehnat qilgan ham emas.  U 74 yoshida shunday yozadi:

       “Har bir yangi kitobim bilan men o’zimni adabiyot bog’ida limon tergandek his qilaman. Haqiqatan ham yaxshi, deb o’ylayman. Buning uchun odam tik oyoqlarda va har bir jumlani o’n marta qayta yozishga majbur bo’ladi. Yoki ko’p hollarda yigirma marta”.


      Bir o’ylashda olamshumul ko’rinishi mumkin. Lekin Bill Geyts ham qattiq ishlagan. O’n yil ichida bir kun ham dam olmaslik?.. Bu ikkala kishi ham mumkin bo’lgan hamma tabiiy qobiliyatga ega bo’lgan edi, lekin ular mumkin bo’lgan eng qattiq ishlarni ham bajargandi. Sizda ikkala ingredientga ham ehtiyojingiz bor.

Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.


      Bu juda ham ochiq-ayon, lekin amalda buni ozgina tushunishga qiylanamiz. Qobiliyat va mehnat orasida noto’g’ri tushunchalar bor. Bu qisman ommaviy madaniyatdan va qisman ham muvaffaqiyatli insonlar juda kamligidan kelib chiqqan. Agar, to’g’ri qobiliyat va yetarlicha harakat, ikkalasi ham kam bo’lsa, ikkalasiga ham ega bo’lgan odamlar yanada kamroq.

      Siz uchrashadigan ko’pchilik odamlarda, ularning birida ko’p bo’lsa, boshqasida kamroq bo’ladi. Lekin agar, siz o’zingiz ham muvaffaqiyatli bo’lishni xohlasangiz, ikkalasiga ham ega bo’lishingiz kerak. Siz tabiiy qobiliyatingizni o’zgartira olmasligingiz tufayli, amalda ajoyib ish qilish, yoki qurbingiz yetganicha, juda katta mehnat qilish talab qilinadi.



      Tashqi tomondan belgilangan maqsadlaringiz bo’lsa, maktabdagi kabi, qattiq ishlash oson. Bunda ba’zi usullar bor: avvalo, o’zingizga yolg’on gapirmaslikni, kechiktirmaslikni (bu o’zingizga yolg’on aytishning bir shakli), chalg’ib ketmaslikni va nimadir noto’g’ri ketganda tashlab ketmaslikni, o’rganishingiz kerak. Lekin bu darajadagi intizomga maktabgacha ta’lim olayotgan juda yosh bolalarga ham erishish mumkin, agar ular buni xohlasalar.


      Men bolaligimda bir narsani o’rganganman, bu esa aniq belgilanmagan yoki tashqi tomondan belgilanmagan maqsadlarga erishish uchun ishlay olishdir. Agar siz haqiqiy buyuk ishlarni qilmoqchi bo’lsangiz, buni ham o’rganishingiz kerak bo’ladi.


       Buning eng oddiy darajasi hech kim sizga aytmasa ham, ishlashingiz kerakligini his qilishingizdir. Hozir men qattiq ishlamayapman — ogohlantiruvchi qo’ng’iroq. Men qattiq ishlayotganimda qayerga yetib borishimga ishonchim komil emas, lekin ishlamasam hech qayerga yetib bora olmasligimga ishonchim komil. 


      Buni o’rganish tezda yoki hayotning bir nuqtasida bo’lmagan. Kichik bolalar kabi, men yangi narsa o’rganish yoki qilishda erishganlik yoki tugatish hissini yoqtirganman. Ulg’ayganimda esa, bu hislarim erishmaganlikdan nafratlanishga aylandi. 

Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.


      Men gaplashgan bir necha kishilar 13 yoki 14 yoshlarida ishga jiddiy yondashganlarini eslaydilar. Men Patrick Collison’dan qachondan boshlab bo’sh vaqtini yoqtirmay boshlagani haqida so’raganimda, u:

    — “Men 13 yoki 14 yoshimda bo’lgan paytimda xonamda o’tirib, tashqariga qarab, nima uchun yoz ta’tilimni isrof qilib yo'qotayotganim haqida o’ylaganimni aniq eslayman”, — dedi. 

      Balki bu davrda nimadir o’zgargandir. G’alati bo’lsa-da, ishga jiddiy yondashishda eng katta to’siq maktab bo’lishi, u yerda ish zerikarli va ma’noli emas deb ko’rilishi mumkin. Men haqiqiy buyuk ishni bajarishni istashimdan oldin, men bu haqiqiy ish nima ekanini o’rganishim kerak edi. Bu bir oz vaqt talab qildi, chunki universitetda ham ko’p ishlar; butun fakultetlar ma’noli emas. Lekin men haqiqiy ishning nima ekanligini o’rganganim sari uni bajarishni istaganim ham u bilan mos bo'lib ketaverdi, xuddi ular bir-biriga chambarchas bog’langandek.

      Men shubha qilmayman, aksariyat odamlar “ish” nima ekanini to’g’ri anglashlari kerak, shundagina ular bu ishni sevishlari mumkin. Hardy o’zining “A Mathematician’s Apology” kitobida bu haqida go’zal tarzda yozgan: “Men bola vaqtimda matematikani yaxshi ko’rganimni eslamayman va matematik sifatida hayotimni tasavvur qilgan fikrlarim ham yaxshi emas edi. Men matematikani imtihonlar va stipendiyalar jihatidan tasavvur qilardim: men boshqa bolalarni mag’lub etmoqchi edim, xolos”. 

      U universitetning birinchi kurslarida Jordan’s Cours d’analyse kitobini o’qimagunigacha matematika nima ekanini bilmas edi. 

“Men ushbu ajoyib asarni o’qigach, matematika nima ekanini birinchi marta bilib oldim va menga ilhom beruvchi birinchi asar bo’lgan Jordan’s Cours d’analyse kitobini hech qachon unutmayman”. 

      Haqiqiy ishni tushunish uchun siz ikki xil soxtalikni hisobingizdan chiqarib tashlashingiz kerak. Birinchisi Hardy maktabda uchratgan turdagi soxtalik. Ya’ni, fanlar bolalarga o’rgatilganda ular moslashtiriladi — ular shunchaki o’zgartiriladi — ko’pincha, shunchaki ular haqiqiy amaliyotchilar tomonidan bajarilgan ishga hech qaysi taraflama o’xshamaydi. Soxtalikning boshqa turi esa ba’zi ish turlariga xos. Ba’zi ish turlari tubdan soxta, yoki eng yaxshisi - har doim bandlik.

      Haqiqiy ishda bir xil barqarorlik bor. Barchasi qoidada yozilgan emas, ammo barchasi zarur deb his qiliniladi. Bu noaniq mezon bo’lishi bilan birga, ataylab qilingan noaniqlik hamdir, chunki u ko’plab turli xildagi narsalarni qamrab olishi kerak.

      Haqiqiy ishni tushunganingizdan so’ng, siz unga kun davomida necha soat sarflashingiz kerakligini tushunishingiz lozim. Siz muammoni faqatgina uyg’oq vaqtingizni butunlay ishga sarflab yecha olmaysiz, chunki ishlarning ko’plab turlarida natijasi qaysidir nutqadan keyin pasayib ketishni boshlaydi.

      Bu cheklov ishning turi va shaxsiga bog’liq. Men bir necha turdagi ishni qilganman va ularning har biri uchun cheklovlari turlicha edi. Men qiyin bo’lgan yozish yoki dasturlash ishlarini kuniga besh soatdan ko’p qila olmayman. Agar men boshlangʻich ishlarni boshqarsam, doim ishlay olaman. Buni men kamida oʻzim uchun uch yil davomida qilganman; agar ko’proq davom etgan bo’lsam, ba’zan men dam olishim kerak bo’lardi.

       Uning chegarasini topishning yagona yo’li — uni o’tib ko’rishdir. O’zingiz qilayotgan ishning sifatiga e’tiborli bo’ling va  qaysi vaqtda ishlaganingiz uchun pasayganini ilg’ab oling. 

      Bu yerda rostgo’ylik juda muhim: siz qachon dangasalik qilayotganingiz, shuningdek, qattiq ishlashingizni sezishingiz kerak. Agar siz qattiq ishlashda qandaydir ulug’vorlik bor, deb o’ylasangiz, ushbu fikrni miyangizdan chiqarib tashlang. Siz faqatgina yomon natijalarga erishganingizda balki ularni ko’rsatish uchun — agar boshqa odamlarga bo’lmasa, unda o’zingizga ko’rsatish uchun qilayotgandirsiz. 

      Qattiq ishlashning chegarasini topish doimiy, davomli jarayon, bu faqat bir marta qiladigan narsa emas. Ishning qiyinligi va uni bajarishga bo’lgan qobiliyatingiz har soatda o’zgarishi mumkin, shuning uchun siz doimiy ravishda qanchalik harakat qilayotganingizni va qanday natijaga erishayotganingizni baholashingiz kerak.

      Qattiq harakat qilish degani doim ko’proq ishlashga harakat qilish, degani emas. Shunday vaziyatlar bo’lishi mumkin, lekin fikrimcha, mening tajribam juda odatiy va faqatgina loyihani boshlaganimda yoki biror to’siq bilan uchrashganimda o’zim ko’proq va qattiqroq ishlashga harakat qilaman. Bu paytda men doim kechikmaslik niyatida bo’laman. 

      Meni ishga hayajonli qiladigan narsa ishning turi bo’yicha farq qiladi. Viaweb ustida ishlaganda, men muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqish bilan hayajonlangan edim. U vaqtda men deyarli hech qachon ishni kechiktirmagan edim, chunki ular har doim qilinadigan narsalar bo’lgan. Ammo hozir men maqolalar yozayotganimda, ulardagi kamchiliklar menga hayajon yoki motive beradi. Maqolalar ustida men bir necha kunlar ishlayman, xuddi o’zini qayerga otishni bilmay aylanayotgan itdek. Lekin birontasini boshlaganimda, men o’zimni ishga majbur qilmayman, chunki har doim ularning xatolari yoki qoldirib ketgan narsalar menni davom etishga majbur qiladi. 

      Men muhim mavzularga e’tibor berish uchun anchagina harakat qilaman. Ko’p muammolar markaziy qismida qiyin kelsa, atrofida unga nisbatan osonroq qismlari bor. Qattiq ishlash degani — siz qila olgan darajada markazga yaqinlashishdir. Ba’zi kunlarda siz buni qila olmasligingiz mumkin; ba’zi kunlarda siz faqat oson, cheklangan narsalarning ustida ishlay olasiz. Lekin har doim markazga imkon qadar yaqin bo’lishga intilishingiz kerak.

      Hayotda nima qilish kerakligi haqidagi savol bu — qiyin masalalardan biridir. Markazda muhim muammolar bor, ular odatda qiyin va unga nisbatan osonroq muammolar markazidan uzoqroqda joylashgan bo’ladi. Shuning uchun biror muayyan muammoni hal qilishda kichik, kunlik moslashuvlar bilan birga, siz vaqt-vaqti bilan hayotiy miqyosdagi katta moslashuvlar qilishingiz kerak bo’ladi. Qoida shunday: qattiq ishlash degani, markazga yo’naltirish — eng muhin muammolarga yaqinlashish deganidir. 

      Markaz deganda, men faqatgina markaz haqidagi joriy ijtimoiy fikrlarni emas, balki haqiqiy markazni nazarda tutaman. Qaysi muammolar eng muhim ekanligi haqidagi  ijtimoiy fikrlar esa tez-tez xato bo’ladi, ham umumiy olganda, ham muayyan sohalarda.

Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.


      Qilmoqchi bo’lgan ishingiz kattaroq bo’lsa, odatda qiyinroq bo’ladi, lekin qiyinchilikni bartaraf qilishga qaror qilishda ishonchli yo’riqnoma sifatida qabul qilmang. 

      Agar o’zingizga xos qobiliyatlaringiz, yoki ishga yangi yo’l topganingiz, yoki uni boshqalardan ko’proq istaganingiz uchun sizga bu ish boshqalardan osonroq bo’lsa, maqsadingizni topib olgan bo’lsangiz — albatta, shu ishni bajaring. Eng yaxshi ishlar oson yo’l bilan qiyin ishlarni bajargan kishilar tomonidan amalga oshiriladi.

      Haqiqiy ish nima ekanini o’rganishdan tashqari, sizga qaysi turdagi ish mos kelishini ham aniqlash kerak. Lekin bu, sizning tabiiy qobiliyatlaringizga eng mos keladigan turdagi ishni aniqlash degani emas; bu agar siz 7 fut bo’lsangiz, basketbol o’ynashingiz kerak, degani ham emas. Sizga qaysi turdagi ish mos kelishini aniqlash sizning qiziqishlaringizga ham bog’liq, balki qobiliyatlaringizdan ko’ra ham ko’proq. 

      Mavzu bo’yicha chuqur qiziqqan odamlar har qanday intizomli odamlardan ko’ra ko’proq ishlay oladilar. Qiziqishlaringizni qobiliyatlaringizdan topish qiyinroq bo’lishi mumkin. Qiziqishlarning turidan qobiliyat turlari kamroq va ular bolalikdanoq baholanishni boshlaydi, lekin qiziqish nozik narsa bo’lib, u sizning yigirma yoshingizda yoki hatto, keyinroq ham tushunilmasligi mumkin. Shuningdek, siz hisobga olishingiz kerak bo’lgan xatolar manbalari bor. Siz rostdan ham x ga qiziqasizmi, yoki ishlashni istaysizmi? Siz ko’p pul topmoqchimisiz yoki boshqa odamlarni hayron qoldirmoqchimisiz, yoki ota-onangiz sizdan shuni istashyaptimi?

      Nima ustida ishlashni aniqlashning qiyinchiligi har bir kishida o’zgachga farq qiladi. Bu mening bolalikdan boshlab ish haqida bilgan eng muhim narsalarimdan biri. Bu kinolarda va bolalarga taqdim etilgan soddalashtirilgan biografiyalarda shunday ko’rinadi. Haqiqiy hayotda ham ba’zan shunday bo’ladi.

      Ba’zi kishilar nima qilishlari kerakligini bolalikda aniqlaydilar va shunchaki bajaradilar. Masalan, Mozart. Lekin boshqalar, masalan, Nyuton, bir xil ishdan boshqasiga o’tib yuradigan bo’lgan. O’ylab ko’rsak, biz ularning birini tabiiy iste'dod sifatida aniqlay olamiz — biz Nyutonning matematika va fizika bilan ko’proq, kimyo va ilohiyat bilan kamroq shug’ullanishini istardik — lekin bu orqaga qarab yuzaga kelgan xatolik sababli yaratilgan xayoldir.

      Ba’zi odamlarning hayoti tez-tez yagona nuqtada birlashadi, lekin boshqalarining hayoti hech qachon birlashmaydi. Bu kishilar uchun nima ustida ishlash kerakligini aniqlash faqat ishni boshlashdan oldin emas, balki uni davom ettirishning bir qismi sifatida hisoblanadi. Bu kishilar uchun men avvalroq tavsif qilgan jarayon uchta komponentdan iborat: qilingan mehnat darajasi va qanchalik natijalaringiz yaxshiligini o’lchash bilan, shu sohada ishlashda davom etish kerak yoki boshqa sohaga o’tish kerakligini o’ylab ko’ra olasiz.

      Agar siz yetarlicha mehnat qilsangiz-u, lekin yetarli natijalarga erishmasangiz, siz bu sohani tanlamaganingiz ma'qul. Bu usul shunday ifodalanib qo’yilganda oddiy ko’rinadi, lekin amalda juda qiyin. Siz birinchi kun ishlaganingiz uchun hech nimaga erishmaganingiz sababli o’tib keta olmaysiz. Siz o’zingizga natija ko'rish uchun vaqt berishingiz kerak. Lekin qancha vaqt? 

       Agar yaxshi borayotgan ish yaxshi birdaniga to’xtasa, unda nima qilishingiz kerak? Unda o’zingizga qancha vaqt berasiz? 

      Yaxshi natijalar nimalar hisoblanadi? Buni aniqlash juda qiyin bo’lishi mumkin. Siz kam odam ishlaydigan sohada ishlayotgan bo’lsangiz, yaxshi natijalar qanday ko’rinishda bo’lishi kerakligini ham bilmay qolishingiz mumkin. Tarixda o’zi ishlayotgan narsaning ahamiyatini noto’g’ri baholagan odamlar misollari ko’p.   

Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.


  Siz ishni qiziqarli deb topasizmi? Bu xavfli darajada sub’yektiv o’lchov sifatida tuyulishi mumkin, lekin bu sizga berilgan eng aniq o’lchov bo’lishi mumkin. 

      Siz o’zingiz biror ishning ustida ishlayotgan odamsiz. Sizdan boshqa yana kim uni qadrini aniqlashga qodir? Uning qimmati haqida eng yaxshi ko’rsatkich nima, u qanchalik qiziqarli? 

      Bu sinov to’g’ri ishlashi uchun, siz o’zingizga nisbatan rostgo'y bo’lishingiz kerak. Haqiqatan ham, juda katta ishni qilish haqida butun savolning eng ajralib turuvchi qismi har bir nuqtada o’zingizga rostgo'y bo’lishingiz juda muhimligini ko’rsatadi .

      Qattiq ishlash har bir nuqtada to’g’ri so'zlanishi kerak bo’lgan murakkab, dinamik tizimdir. Siz haqiqiy ish nima ekanligini tushunishingiz, qaysi turdagi ishga eng yaxshi mos kelishingizni ko’rishingiz, uning haqiqiy markaziga qanchalik yaqinlashishingiz, har bir lahzada qobiliyatingiz va qanday yurayotganingizni aniq baholashingiz hamda natijaning sifatiga zarar keltirmasdan kuniga qancha soat ishlashingizni aniqlashdir. 

      Bu tizim xato qilish uchun juda murakkab. Lekin agar, doimiy teran va aniq bo’lsangiz, siz juda kamchilik qila olgan samaraga ega bo’lasiz.

©️ Iyun 2021, Paul Graham: https://www.paulgraham.com/hwh.html

Insho Umarbek Umarov tomonidan tarjima qilindi. Umarbek UmarovUumarbek Umarov

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 12:04 / 23.01.2024
Har Kimning O'z Loyihasi