- 22:09 / 22.01.2024
- 12:57 / 22.01.2024
- , Biznes
Qanday qilib yoqtirgan ishingizni qilishingiz mumkin?

Ushbu insho Pol Grem tomonidan yozilgan. Pol Grem - taniqli kompyuter olimi, tadbirkor, investor va esseist, 1964-yil 13-noyabrda Angliyaning Veymut shahrida tug'ilgan. U dunyodagi eng nufuzli startap tezlatkichlaridan biri Y Combinator asoschilaridan biri sifatida shuhrat qozondi. Gremning texnologiya sanoatiga ta'siri uning tadbirkorlik harakatlaridan tashqariga chiqadi, chunki u texnologiya, startaplar va dasturlash bo'yicha chuqur insholari bilan ham mashhur. Yaxshi ish qilmoqchi bo'lsangiz, avvalambor, uni yoqtirishingiz kerak. Bu tushuncha biroz eskirib qolgan. Biz uni to’rt so'zga soddalashtirdik: "O’zing sevgan ishni qil." Ammo odamlarga shunchaki buni aytish yetarli emas. Aslida o’zingizga yoqqan ishni qilish kengroq tushuncha hisoblanadi. Bu fikr ko'pchiligimiz bolaligimizda o’rganganlarimizga teskari tuyiladi. Bolaligimda “ishlash” va “xursandchilik” so’zlari bir-biriga to’liq qarama-qarshi edi go’yo. Hayot ikki tusdan iborat edi: ba'zida kattalar sizni biror ish qilishga majbur qilishgan va bu – “ish” deb atalgan; qolgan vaqtda o’zingiz xohlagan mashg’ulot bilan shug’ullanishingiz mumkin edi va bu “o’yin” deb atalgan. Ba’zan kattalar tomonidan berilgan topshiriqlar quvnoq va qiziqarli bo’lardi, yana boshqa paytlar esa o’ynash ham qayg’uli – bolalar maydonchasida yiqilib tushib o’zingizni jarohatlaganingizni eslang. Biroq mana shu bir nechta g'ayritabiiy holatlardan tashqari, mehnat umuman olganda qiziq emas deya ta'riflangan. Va bu tasodif emasdek edi. Aytishlaricha, maktab zerikarli ekanligining asosiy sababi bizni kattalar hayotiga tayyorlashgani edi. O'shanda dunyo ikki guruhga bo'lingan: kattalar va bolalar. Kattalar, qandaydir la'natlangan millat kabi, ishlashlari kerak edi. Bolalarda bunday mas’uliyat yo’q edi, lekin ular maktabga borishlari kerak edi, bu bizni haqiqiy hayotga tayyorlash uchun xuddi ishning yengillashtirilgan ko’rinishi edi. Biz maktabni qanchalik yoqtirmas ekanmiz, kattalarning hammasi o’zlarining ishlarini qiyinroq va bizda hammasi oson deb bilishgan. Ayniqsa, o'qituvchilar o’zlarining ishlari zerikarli ekanligiga bilvosita ishonishardi. Buning ajablanarli joyi yo'q: ish ko'pchilik uchun qiziqarli emas edi. Nega biz o’rtaga tushar o'ynash o'rniga davlat poytaxtlarini yodlashimiz kerak edi? Xuddi shu sababga ko'ra, ular sohil bo’yida yotish o'rniga bir guruh bolalarni kuzatib o’tirishlari kerak edi. Shunchaki, hech kim o'zi xohlagan ishni qilishga qodir emasdi. Bu bilan kichkina bolalarga xohlagan ishini qilishiga ruxsat berishimiz kerak demoqchi emasman. Ular ba'zi narsalar ustida ishlashga majbur bo'lishlari kerak. Ammo agar biz bolalarni zerikarli narsalar ustida ishlashga majbur qilsak, ularga zerikarlilik ishning asosiy sifati emasligini tushuntirish oqilona bo'lishi mumkin va ular hozir zerikarli narsalar ustida ishlashlari, ular keyinchalik qiziqarliroq narsalar ustida ishlashlari uchun ekanligini uqtirish kerak. Bir marta, taxminan 9-10 yoshimda, otam menga katta bo'lganimda xohlagan kasb egasi bo’lishim mumkinligini aytdi va men shundan beri bu xotirani g’ayritabiiy bo’lgani uchun yaxshi eslayman. Bu xuddi quruq suvdan foydalanishni aytishga o'xshaydi. Men u nimani nazarda tutgan deb o'ylasam ham, u ish tom ma'noda o'ynash kabi qiziqarli bo'lishi mumkin emasligiga amin edim. Buning aksi haqiqatligini anglab yetishim uchun menga yillar kerak bo'ldi. Kasblar O'rta maktabda, haqiqiy ish g’oyasi ancha ehtimolga yaqin bo’lib qolgandi. Ota-onamiz ba'zan bizga o'z ishlari haqida gapirib berishardi yoki biz ularni ish joyiga ko'rgani borardik. Ular qilayotgan ishlaridan zavq olishlari har doim tushunarli edi. Orqaga nazar tashlaydigan bo'lsak, menimcha, kattalarda xususiy samolyot uchuvchisi bo’lsa kerak deb o’ylaganman. Ammo endi, bu bank menejerida bo’lgan ham deb o’ylamayman. Ularning barchasi o'z ishlaridan zavqlangandek harakat qilganlarining asosiy sababi, ehtimol siz taxmin qilishingiz mumkin bo'lgan o'rtadan yuqori sinf konventsiyasidir. O'z ishingizdan nafratlanganingizni aytish nafaqat martaba uchun, balki ijtimoiy soxtalik uchun ham yomon bo'lardi. Nima uchun qilayotgan ishingizni yoqtirgandek ko'rsatish odatiy hol? Ushbu essening birinchi jumlasi buni tushuntiradi. Agar biror narsani yaxshi qilish uchun u sizga yoqishi kerak bo'lsa, unda eng muvaffaqiyatli odamlar qilgan ishi o’zlariga to’laqonli ravishda yoqadi. O‘rtadan yuqori sinf vakillarining an’anasi ana shundan kelib chiqqan. Butun Amerikadagi uylar egalari bilmagan holda 250 yil avval fransuz qirollari uchun moʻljallangan oʻrindiqlarning n-darajali taqlidlari boʻlgan stullar bilan toʻla boʻlgani kabi, mehnatga nisbatan odatiy munosabat ham egalari bilmagan holda n-darajali buyuk ishlarni qilgan odamlarning xulq-atvoriga taqlid kabi bo’lgan. Haqiqatdan uzoqlashtirish uchun qanday zo’r retsept. Ular nima qilishni xohlashlari haqida o'ylay oladigan yoshga yetganlarida ko'p bolalar o'z ishini sevish g'oyasi haqida to'liq adashadilar. Maktab ularni ishni yoqimsiz burch deb bilishga o'rgatgan. Haqiqiy ishga ega bo'lish maktabda o’qishdan og'irroq ekanligi aytiladi. Shunga qaramay, kattalarning ko’pi o'zlarining ishlarini yoqtirishlarini da'vo qilishadi. Siz bolalarni "Men bu odamlarga o'xshamayman; men bu dunyoga mos kelmayman" deb o'ylashlari uchun ayblay olmaysiz. Aslida, ular uchta yolg’on qurboni bo’lishgan: ularga maktabda ish sifatida qarashga o'rgatilgan narsalar haqiqiy ish emas; kattalar ishi maktabda o’qishdan yomon emas; va ularning atrofidagi kattalarning ko'pchiligi, ular qilayotgan ishlarini yoqtirishlarini aytishganda, yolg'on gapirishadi. Eng xavfli yolg'onchilar bolalarning o’z ota-onalari bo'lishi mumkin. Agar siz ko'pchilik kabi oilangizda yuqori turmush darajasi bo’lishi uchun zerikarli ammo yuqori maoshli ish bilan shug'ullansangiz, bolalaringizga ish zerikarli degan fikrni yuqtirishingiz xavfi tug'iladi. Agar ota-onalar shunchalik fidokor bo'lmasalar, aynan bu holatda bolalar uchun yaxshiroq bo'lar edi. O'z ishini sevishda o'rnak bo'lgan ota-ona farzandlariga qimmat uydan ko'ra ko'proq yordam berishi mumkin. Kollejda o‘qib yurgan paytlarimgina men uchun mehnat va tirikchilik qilish turli tushunchalar ekanligiga amin bo’ldim. Keyin o’zimga qanday qilib pul topish emas, balki nima ustida ishlash kerak degan savolni bera boshladim. Ideal holda, bular bir-biriga to'g'ri keldi, lekin ba'zi ajoyib mustasno holatlari (masalan, patent idorasidagi Eynshteyn) ularning bir xil emasligini isbotladi. Ishning ta'rifi endi dunyoga original tarzda hissa qo'shish va jarayonda och qolmaslik edi. O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas deganlaridek shuncha yillik odatimdan keyin ish g'oyamning katta qismini baribir og'riq tashkil etgan. Ish baribir intizom va mehnatni talab qiladigandek tuyulardi, chunki faqat qiyin muammolar katta natijalarni beradi va ular tom ma'noda qiziqarli bo'lishi mumkin emas edi. Darhaqiqat, qiyin ish ustida ishlash uchun odam o'zini majburlashdan o’zga chora yo’q edi. Agar biror narsa og’riqli bo’lishi kerak deb o'ylasangiz, uni noto'g'ri bajarayotganingizni sezmay qolishingiz mumkin. Bu mening aspiranturadagi barcha tajribalarimni umumlashtiradi. Maqola havolasi: https://www.paulgraham.com/love.html Report content on this pageQanday qilib yoqtirgan ishingizni qilishingiz mumkin?
Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.
Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.
Izoh qoldirish