- 12:57 / 22.01.2024
- 20:21 / 23.10.2024
- , Biznes
Hamasoschilar O'rtasida Aksiyalarni Taqsimlash

Mayk Saybel kim? Maykl Saybel- amerikalik tabdirkor va investor. U Justin.tv streaming platformasining asoschisi (Twitchga aylangan) va Y Combinator hamkori sifatida tanilgan. U yerda u yuzlab muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirishda va ularga maslahat berishda yordam bergan. Maykl Saybel ishga tushirishga yordam bergan eng taniqli startaplar bu Airbnb, Dropbox va Reddit. Hamasoschingizga qancha kapital berishingiz kerak Bu ko’p odamlar yozgan muammo va savoldir. Va siz internet orqali juda ko’p turli xil maslahahatlarni ko’rishingiz mumkin. Mening nuqtai nazarim shundaki, ko’pchilik ta’sischilar o’z kapitalini taqsimlashda bir nechta muhim fikrlarni tushinmay qolishadi. Aksiyalarning bo’linishi motivatsiyani oshirishi kerak Birinchisi, sizning hammuassislaringiz bilan o’z kapitalingizning bo’linishi, sizning hammuassislaringizni yillar davomida sizning kompaniyangizda qolishga undaydi.Va katta ta’sirga ega bo’lgan yirik kompaniyani qurish uchun sizga yillar kerak bo’ladi. Ko’pincha, siz gaplashayotgan hammuassislar, startap (yangi boshlanayotgan biznes)ga qancha vaqt sarflashlari kerakligini tushinmaydilar. Va shuning uchun, aksiyalarning bo’linishi nima ekanligini aniqlash uchun mas’ul bo’lgan bosh direktor sifatida, siz ko’pincha sizning hammuassislaringiz, hozirda o’zlarining uzoq muddatli manfaatlari haqida o’ylamayotgan bo’lsa ham, nimani xohlashlari haqida o’ylashingiz kerak. Men ta’sischidan eshitadigan eng katta xato fikr bu- “Biz bu kapitalni shunaqa bo’lishdik, chunki biz shunga kelishgandik”. Ajoyib bosh direktor sifatida, sizning birinchi fikringiz “Muzokaralar asosida aksiyani taqsimlashni qanday o’ylab topaman” emas, balki sizning birinchi fikringiz “Jamoadoshlarimning motivatsiyasini maksimal darajada oshiradigan aksiyalarning bo'linishi bilan qanday kurashaman”, bo’lishi kerak. Va agar siz jamoadoshlaringizga qancha kapital berishdan xavotirda bo’lsangiz, bu bejizga emas. O’sha vaziyatda, ko’plab startap jamoalari tarqalib ketishadi. Kapital uchun xavfsizlik mexanizmi-Vesting va Cliff Tark etadigan juda ko'p ta’sischilar bor, ammo kapitalni berishda sizning asosiy mexanizmingiz Vesting va Cliffdir. Shunday qilib, odatda, kompaniyangizdagi har qanday shaxsga o’z kapitalini berganingizda, ta’sischilarni o’z ichiga olgan holda, sizda to’rt yillik Vesting deb ataladigan narsa bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, siz ushbu aksiya ulushini olish uchun kompaniyada to’rt yil ishlashingiz kerak. Odatda, sizda bir yillik Cliff deb atalgan narsa ham bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, agar siz birinchi yil davomida, kompaniyani tark etsangiz, yoki bo’shatilsangiz, siz hech narsa olmaysiz. Shunday qilib, sizning maksimal motivatsiyalangan jamoangiz borligiga ishonch hosil qilishga harakat qilayotgan bosh direktor sifatida, bu sizning oldini olish chorangizdir. Bu sizning vaziyatdan chiqish uchun tekin kartangizdir. Agar siz hammuassislaringizni tanlashda noto’g’ri qaror qabul qilgan bo’lsangiz, uni bir yil ichida tuzatsangiz, kompaniyangizga uzoq muddatli zarar yetkazilmaydi. O’z mablag’lari bilan ko’proq saxiylik, kam emas Boshqa tomondan, sizda bu to’siq borligi sababli, siz hammuassislaringizga berayotgan kapitalingiz bilan kamroq emas, ko’proq saxiy bo’lganingiz sizga foyda beradi. Aksiyadorlik sizning startapingiz bilan qolish uchun uzoq muddatli motivatsiya yaratishini tushinishingiz kerak, ayniqsa siz ba’zan yaxshi ishlamayotgan paytlarda va deyarli har bir startapda ishlar yaxshi ketmayotgan vaqtlar bo’ladi. Shunday qilib, siz bosh direktor sifatida o’ylashingiz kerak bo’lgan narsa bu- men har kuni hammuassislarimni rag'batlantirishim kerak bo'lgan vaziyatni yaratmoqchi emasman, men ularning ushbu kompaniyadagi aksiyalari ularni yarim tunda uyg'otadigan narsa bo'lishini xohlayman. Bu ularni dam olish kunlarida ishlashga majbur qiladi, bu ularni kech ishlashga majbur qiladi, bu esa do'stlarini yollashga majbur qiladi. Bu ularni nafaqat xodimlar, balki kompaniyaning haqiqiy egalari ekanliklarini his qildiradi. O'ylaymanki, men kapitalning qanday bo'linishi qanday hodisani keltirib chiqarishini aniq belgilashni xohlamayman. Lekin agar siz uni uddalagan bo’lsangiz, sizning kompaniyangiz yanada qimmatroq bo'ladi, chunki sizning hammuassislaringizning barchasi g'ayratlidir. Kapitalning teng bo’linishi O’tmishda, men ko’pchilik kompaniyalar kapitalni teng bo’lishi kerak deb aytganman. O'ylaymanki, hamma narsani teng deb hisoblash yaxshi va oson qoidadir, lekin uni har doim ham qo'llash mumkin emas, shuning uchun men bosh direktorga kelajagi va hammuassislarining motivatsiyasi haqida e'tiborli bo'lishini aytaman. Va agar siz hammuassislaringizning kelajak motivatsiyasiga qiziqmasangiz, agar siz ular sizga uzoq muddatga kerak bo'lmaydi deb o'ylamasangiz, nega ularni yollayapsiz? Agar siz ularni saxovatli grantga loyiq deb hisoblamasangiz, jamoangizda kimlar borligini qayta ko’rib chiqishingiz kerak.
Tarjimon: Sattorova Dilsõz
Muharrir: Muhammad Dovud Kenjayev Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov
Manba: https://youtu.be/9NhEBVPlJs4?si=_lokQj8CXjxCXNrP
71 ta izoh:
Izoh qoldirish