- 11:51 / 20.10.2024
- 13:38 / 22.10.2024
- , Biznes
Startap Tuzoqlaridan Ehtiyot Bo'ling

Yangi kompaniya ochayotganda bu o’ziga jabl qiluvchi g’oyalardan qoching!!! Asosiy nuqtaga e’tibor berishda maslahatlar Maykl Seybel: Bu Maykl Seybell hamda Delton Kaldvell. Bugun biz ko’pchilik kompaniya asoschilari ko’p e’tibor beradigan va aksincha etiborsiz qoldiradigan mavzular haqida mulohoza qilish orqali sizga maslahat berishga harakat qilamiz.Biz bularni yoqilg’i botqog’i nomli g’oyalar deb ataymiz. Delton, bular qanaqa g’oyalar ekanligini tushuntirib bera olasanmi. Yoqilg’i botqog’i izohi Delton: Hammasi mana bunaqa Maykl, Qachonki bizga har bir to’plamlarda topshirilgan yangi kompaniyalar to’g’risidagi g’oyalar yoki intervyularni ko’rib chiqqanimizda, biz ko’plab odatiy va takrorlanuvchi fikrlarga duch kelamiz. Shuningdek, bugun biz men bir necha daqiqa ichida tushuntirib beradigan o’sha botqoqsifat fikrlar haqida gaplashmoqchimiz. Bular shunaqangi g’oyalarki- ko’pchilik kompaniyalar bunaqangi g’oyalarni ishlatib na muvaffaqtiyatga erishishadi na qaytib chiqib keta oladigan g’oyalardir. Shuning bilan birga ko’plab kompaniyalarni yo’q bo’lib ketishini sababi hamdir. Maykl, biz nima uchun bu botqoq so’zini ishlatyapmiz, tushuntirib bera olasanmi? Maykl : Yoqilg’i botqog’i bu benzin va shu kabi yoqilg’i turi yer ostidan sizib chiqadigan. Shuningdek, bu kabi botqoqlar toza suvli botqoqlarga juda o’xshaydi shu sababli hayvonlarni o’ziga jalb qiladi. Botqoq juda yopishqoqligi sababli hayvon tiqilib qoladi va vafot etadi. Natijada uning hidi boshqa hayvonlarni o’ziga tortadi va shu negativ sikl shu tarzda davom etadi. Endi keling bu botqoq g’oyasi yangi kompaniyalar tashkil etishga qanday aloqador bo’lishi haqida gaplashamiz. Delton: bu kabi g’oyalar juda chiroyli tuyulib o’ziga ko’p kompaniya asoschilarini jalb qiladi chunki u yer ostidagi keng jilvali ochiq toza suv hovuzi kabi ko’rinadi.va biz hozir siz mana shunaqangi qopqonlarga tushib qolmasligingiz uchun bu muhokomani olib boryapmiz. Maykl: biz shunchaki bu g’oyalarni ko’rib yoki intervyu olish orqali bilib qolmadik. Biz bu turdagi g’oyaning yaqqol misolini YC kompaniyasini muvaffaqiyatsizligida ko’rdik. Iste’mol g’oyasi Delton: Keling unda bugun biz eng ko’p gaplashayotgan iste’mol g’oyalari haqida gaplashamiz. Iste’molchi bu biz bilganimiz xaridordir. Maykl, unda bizga iste’mol g’oyasi nimaligini tushuntirib bera olasanmi? Maykl: bu kompaniyalarga emas asosan insonlarga sotilayotgan mahsulotlardir. Bular ba’zan tekin va reklama bilan iqtisodiy barqarorlashtirilgan bo’ladi va ba’zan pulli bo’ladi. Delton: balki buyerda ba’zi kichik farqlar bo’lishi mumkin ammo bugun biz shunchaki to’liq izholar bilan gaplashmoqchimiz. Maykl, nima deb o’yliysan aslida nega ko’pchilik asoschilar shu kabi iste’mol g’oyalarini tanlashmoqda va nega ular botqoqli g’oyalar bo’lib chiqmoqda. Nega? Nega ko’pchilik kompaniya asoschilari botqoq g’oyalarini tanlashmoqda? Maykl: Ha bularni hammasi biz kabi xaridorlar bilan boshlanadi.Qachonki biz o’z muammolarimiz haqida o’ylaganimizda, biz har doim o’zimiz yoki do’stlarimiz foydalanadigan narsalar haqida fikrlay boshlaymiz. Menimcha, bu eng kattalaridan biri. Delton: Biz eng ko’p biladigan hikoyalar iste’mol kompaniyalari va ularning yutuqlari haqida. Masalan, Steve Job hamda Mark Zuckerbergning ajoyib ishlanmalari. Ular Delton o’ylamaslikni iloji yo’q chunki biz har kuni o’zimizni Iphone rusumli telefonimiz yoki uni ichidagi ilovalarni ko’rganimizda, ular esimizga tushaveradi.Shuningdek, ularni ko’rganimizda, iste’molchilar uchun ilova g’oyalari kabi fikrlarni o’ylaymiz. Shu kabi iste’mol g’oyalari bizni botqoqli g’oyalarga olib borishi mumkin, shunday emasmi? Qachonki siz to’satdan kompaniya ochish haqida o’ylasangiz, agar siz Kompaniya ochish Dunyosi haqida bilmasangiz, birinchi o’ylaydigan fikringiz bu iste’mol g’oyasi bo’ladi. Nega bunaqa Maykl? Nega bunchalik qiyin iste’mol narsalarini ishlab chiqarish? Iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish nega bunchalik qiyin? Maykl: Menimcha, bu yerda ikkita turdagi qiyinchiliklar bor. Bularni birinchisi shuki- chunki Asoschilar bu mahsulotlardan foydalanish qanchalik qiyinligini bilishmaydi. Ular o’zlarini qanchalik yaxshiligini ham bilishmaydi shuningdek qancha kishi muvaffaqiyatga uchragan yoki qancha kishi bankrot bo’lgan bular haqida umuman malumtga ega emaslar. Ikkinchisi esa vaqt bilan ishlashdir. Ba’zida odamlar iste’mol biznesida vaqt bilan ishlash ularga qachon yordam berayotganini yoki qachon zarar berayotganini bilishmaydi. Google Delton: Keling unda bularni bir o’lchamga keltirish bilan boshlaymiz. Ko’pchilik asoschilar o’zlari qilayitgan iste’mol mahsulotlari eng yangisi deb o’ylashadi lekin ular talab nimaligini ham bilishmaydi. Keling buni o’rganishni Google haqida gaplashish bilan boshlaymiz. Google ishlab chiqilganda men kollej talabasi edim. U tezda odamlar orasida keng tarqaldi. Siz uni internet yoki biror bir joyda o’zingiz eshitib qolishingiz mumkin edi va web saytga kirardingiz hamda “google.stanford.edu” deb yozib kirishingiz mumkin edi. Ular hech qanaqangi reklamalar qilishmagandi. Shunga qaramay, millionlab odamlar har kuni o’sha web brouzerni ochishardi. Hozirgi kunga kelib ular yuz minglab har kunlik foydalanuvchilarga ega va o’zlarining web saytidagu reklamalardan bir kunda yarim milliardlab pul ishlab topishadi. Endi e’tibor bering, ular o’z mahsulotini hech qanaqangi reklama qilishmadi. Ular shunchaki odamlar xohlagan va odamlarga kerak bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishdi. Maykl: Nafaqat odamlar xohlashdi balki ular uni yoyishga harakat qilishdi. Mening xonadoshim meni Google dan foydalanmayotganimni ko’rdi va menga baqirdi “ sen yomon qidiruv mashinasidan foydalanasan” deb. Delton: Google asoschilari yangi kompaniya ochishga xattoki qiziqishmagandi ham.Ular shunchaki bu texnologiyani sotishga urunishardi va Yahoo ni sotib olishga harakat qilishardi. Istemolchilar esa ularning mahsulotini sevib qolishgandi va ularni yangi kompaniya ochishga undashardi. Nega? Chunki ularni mahsulotining sifati juda yaxshi edi. Yaxshi istemol g’oyasi mana shu odamlar judayam o’rganib qoladigan sifatli mahsulotdir. Siz keyin yangi kompaniya ochishga majbur bo’lasiz boshqa tanlovingiz ham bo’lmaydi. Sizda boshqa namuna bormi? Facebook Maykl: Facebook ham juda o’xshash edi. Facebook chiqarilganidan 48 soat o’tib Harvard universiteti hududida talabalarning 75% undan foydalanayotgandi. O’ylashimcha Peter Thiel va Reed Hoffman unga sarmoya kiritishgandi.Lekin ular xuddi Google kabi umuman reklama qilishmagandi o’z mahsulotlarini. Odamlar shu kabi mahsulotlar qanday boshlanganligini tan olishni xohlashmaydi. Ularni ko’pchiligi bilishadi ham lekin yaxshilab o’ylab ko’rishmaydi. Delton: Biz hozir faqat mana shunaqangi juda mashhur kompaniyalar haqida gaplashyapmiz. Ularning umumiy jihatlari ko’p edi. Ular umuman reklamalarga pul sarlashmagandi. Ular shunchaki odamlar juda erta va tez o’rganib qoladigan mahsulot ishlab chiqarishgandi. Vaqt bilan ishlash- web 2 Maykl: Siz va men iste’mol g’oyalari ishlab chiqish tarixidagi eng katta ikkita davrda yetarlicha tajribaga egamiz. Ya’ni web2 hamda Uyali aloqa. Nega 2005,2006,2007-yillarda iste’mol kompaniyasini ochish yoki 2009,2010,2011-yillarda uyai aloqa kompaniyalarini ochish juda oson edi? Delton: 2000-yillarda ko’plab odamlar kompyuterlarga ega bo’lishdi hamda ularni internetga ulay boshlashdi va ular zerika boshlashdi. Qachonki Facebook chiqarilganda, ular hech qanaqangi boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan musoboqalashmayotgandi. Bu kollej talabalari esa unga judayam o’rganib qolishgandi. Minglab odamlar har kuni bir necha soatlab undan foydalanishardi chunki o’sha soatlarda ularni e’tiborini tortishi mumkin bo’lgan deyarli hech nima yo’q edi. Maykl: Shaxsiy tajribamizdan kelib chiqib gapiradigan bo’lsak, bizning yotoqxonamizda deyarli hammada kompyuter bor edi ammo bittagina televizor bor edi. Ammo musoboqa bo’lishi mumkin bo’lgan joy ham televizor edi. Kompyuterda hamma narsa bor edi ammo iste’mol g’oyasi yo’q edi. Bu xuddi qo’l telefonlarimizdagi o’yinlar g’oyasiga ham juda o’xshab ketadi. Qo’l telefoni Delton: Ha shunaqa juda o’xshash edi. O’sha paytda hammada telefon bor edi, App store bor edi. Agar siz biror bir oddiy ilova yaratsangiz ham minglab foydalanuvchilarga tezda erishardingiz. Hozir esa har bir ilova kategoriyasida minglab ilovalar bor. Iste’mol g’oyalarining deyarli hammasi to’g’ri vaqtda to’g’ri joyda bo’lish haqida. Maykl: O’ylashimcha Biz yetarlicha gaplashdik bu haqida. Keling asosiy mavzuga qaytaylik, O’sha botqoq g’oyasi nima aslida? Botqoq g’oyasi nima? Delton: Botqoq g’oyasi bu ko’plab odamlar urunib ko’radigan iste’mol g’oyasidir. Biz buni botqoq deb atayotganimizning sababi uning shuncgaki qiyinligida emas uning jilvakor bo’lib ko’rinishida va sizni ruhlantirishida.Agar siz biror bir g’oyadan tezda chiqib ketsangiz bu botqoq g’oyasi emas, bu odatiy yomon fikrdir. Botqoq g’oyasi esa esa sizni osonlikcha qo’yib yubormaydi. Maykl: Siz bir narsani bir necha marta takrorladingiz “ bular umid yo’qdek ko’rinadigan g’oyalar emas. Bu kabi g’oyalar ba’zida ishlab ketadi va bu u yerda umid bordek ko’rinishini izohidir. O’ynayotgan o’yiningiz nima ekanligini biling, talab haqida biling. Yangi narsalarni ishlab chiqarish uchun ilova. Delton: Yangi narsalarni kashf qilish bu yangi tamaddixonalar, yangi musiqiy guruhlar, yangi musiqalar degan ma’noni anglatadi. Ko’pchilik aytishi mumkin “ men kashf qilishim o’xshamadi. Ko’plab odamlar restaran ochishni yangi g’oyasini xohlashini aytadi. Do’stlarimdan, YC maslahatchilaridan tavsiya oldim. Hamma yangi turni xohlaydi”. Shuningdek , biz odamlar o’sha narsani xohlashini ham bilamiz. Nega o’sha g’oyalar ish bermaydi? Maykl: xo’sh, menda shaxsiy tajriba bor bu bo’yicha. Uzoq vaqt davomida, men ishondim bu narsaning mavjudligiga. Ammo “sehrli o’lka” mavjud emas. Bu meni ruhiy tushkunlikka tushursa ham men buni angladim. Bugun kechqurun ko’plab tamaddixonalar ochiq. Siz ularni yaxshi variant bo’lishini xohlashingiz yaxshi variant mavjuda degani emas. Dunyo cheksiz ammo bu kabi jismoniy narsalar uchun u cheklangan. Siz shahringizda yomon deb bilgan restaranlar bo’lishi mumkin. Shuningdek bu mavjud bo’lgan narsalar yetarli emas degani. Bu haqiqat shunchaki “ men shahrimdagi restaranlarni yoqtirmiman” Delton: Men hayotimning ko’p yillarini Musiqa kashfiyotlarini tadqiq qilishga sarfladim, u yerda muammolar bor. Muammolardan biri biz hammani o’zimizga o’xshaydi deb o’ylaymiz. Insonlar yangi musiqa kashf qilishni xohlashadi, ammo amaliyotda ko’pchilik odamlar atigi bir nechta mashhur guruhlarning mashhur musiqalarini yoqtirishadi. Bular ham restaranlar bilan bir xil. Ko’pchilik McDonald’s kabi mashhur tamaddixonalardan ovqat buyurtma qilishadi lekin o’zlari bilmagan kichik oshxonlardan emas.Agar shunaqangi g’oyani ishlatmoqchimisiz, unda tadqiqot qiling, sizdan oldin qilgan odamlar haqida o’rganing. Mana bunaqangi fikrlardan qoching – “ Oo, ajoyib toza suvli hovuz. Hech kin bundan suv ichmayapti men ichib ko’raman”. Bu botqoqli hovuz bo’lishi mumkin. Maykl: Delton, “men bu fikrni kashf qilgan birinchi odam bo’sam kerak” – degan fikrlar keladi. Eng so’nggi botqoq g’oyalari Delton: Software- odamlar garov qilishga yordam beradi. Aksiya savdo-sotig’i yoki O’yin yaratish g’oyalari. Bular eng so’nggi botqoq g’oyalariga namunalar. YC ga hujjat topshirayotgan kompaniya asoschilarning ko’pchiligi shunaqa g’oyalar bilan topshirishadi. Talab katta siz shunchaki bunaqangi mashhur g’oyalarni ishlatib muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. “ OO, odamlar aksiyalarni sotish-sotib olishni yoqtirishadi. Men ham shuni ishlatib muvaffaqiyatga erishaman” degan g’oyalar ish bermaydi. WEB 3 Maykl: WEB 3 ko’plab ehtimoliyliklarni ochishi mumkin chunki u qayta qurulishi mumkin bo’lgan g’oyadir. Bu hamma narsa qurilib bo’lgan dunyoga yosh asoschini kirib kelishiga sabab bo’ladi chunki hamma narsa qayta qurulishi mumkin. Bu judayam nazariydek tuyuladi. Delton: Shuning uchun siz aksiya qog’ozlarini qo’shishingiz mumkin. Men Open C bilan suhbat o’tkazganimni eslayman. Ular nazariy emas. Ular kompaniya tashkil qilishdi , ularni ko’plab foydalanuvchilari mavjud, ular pul ishlab topishyapdi. Bu narsalarni hammasi orzu emas. Maykl: Xo’sh,sizda bu bo’yicha nazariya bor, shunday emasmi? Talab va Ta’minot Delton: Keling yangi ochilayotgan kompaniyalarda Talab va Ta’minot haqida gaplashamiz. Ba’zi yangi ochilayotgan kompaniya g’oyalarida asoschilarning katta soni mavjud , ba’zilarida esa juda kam. Masalan, siz biror bir mashhur insonga konsert tashkilashtirish g’oyasini berib u bilan ishlashingiz mumkin ammo bunaqa g’oyasi bor asoschilar juda ko’p. Ammo orkestr anjomlarini yasash g’oyasi bilan keladigan asoschilar esa juda kam chunki siz ham programmist, ham texnik bo’lishingizga to’g’ri keladi. Bu Ta’minot tomoni haqida edi. Talab Delton: Keling, Talab haqida haqida gaplashamiz. Maykl, hali ishlab chiqilmagan, boshqalardan farq qilmaydigan ijtimoiy ilova uchun talab qanday? Maykl: Nolga teng. Delton: Bir kunda yuzlab minglab ilovalar joylanadi App Storega. Odamlar esa band ular har bir ilovani yuklab yoki ochib ko’rishga vaqti yo’q. Aksincha, katta kompaniya muammolarini yechadigan sifatli dasturiy ta’minot uchun talab qanday? Albatta, juda baland. Maykl: Keling sizni eng qimmat ishlchilaringizni olaylik va ularni 50 barobar samaraliroq qilaylik. Delton: Ular ishlab chiqgan mahsulot uchun talab cheksiz.Botqoq g’oyalari esa mana shular agar haddan ortiq asoschilar bitta g’oya haqida o’ylashsa. Agar sizda boshqa asoschilardan ajratib turuvchi qobiliyatingiz bo’lmasa, yangi kompaniya boshlash juda ham qiyin. Maykl: Biz Avstraliyalik insonning komoaniyasiga sarmoya kiritdik. O’ylashimcha xuddi shu inson kabi yangi kompaniya ochish ular uchun emas deb o’ylaydigan odamlar ko’p. Yangi kompaniya ochish faqatgina yangi narsalar haqida o’ylaydigan yoki ishlab chiqadigan odamlar uchun emas, siz ham yangi kompaniya ochsingiz mumkin agar siz katta sanoatda faqat mutaxassislar tushudagigan muammoni yechgan bo’lsangiz. Agar sizda noyob g’oya yoki qobiliyat bo’lsa. Eng yaxshi asosiy markazlar Delton: Eng yaxshi kompaniylar Talab va Ta’minot nazariyasini biladigan hamda ko’p boshqa asoschilar qilayotgan ishlardan boshqasini qilayotganlari hamda mahsulotiga katta talab bo’lgan kompaniyalardir. Maykl: Oson ko’ringan yengil yo’ldan yurgandan ko’ra qiyin tog’lar yoki cho’llardan yurganingiz yaxshi. Yakunlovchi fikrlar Delton: Yakunlovchi fikrlar: tadqiq qiling, kompaniyalar haqida o’rganing, Talab va Ta’minot haqida o’rganing. Bu suhbatni o’tkazishdan maqsad muvafaqqiyatga erishayotgan ko’plab asoschilarni ko’rish va ularga yordam berish. Maykl: Biz sizga yutish uchun qanday o’ynashni ayta olmaymiz ammo biz yutqazmaslik uchun nima qilishni aytishga ma’sulmiz. Rahmat, Delton. Delton: Ajoyib suhbat!!!
Tarjimon: Xurramov Farxod
Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov
101 ta izoh:
Izoh qoldirish