Mark Tsukerberg Facebook’ni Qanday Yaratdi?

Dunyoni bog’lash : Mark Zuckerberg Facebook’ni qanday yaratdi.


Facebook’ ni yaratish tarixi bu insonni o’ziga jalb qiladigan kelajakni ko’ra olish, moslashuvchanlik, va qat’iyat hikoyasidir. Aslida talabalarni bog’lash uchun maqsad qilingan, shaxsiy loyiha sifatida boshlangan Facebook paydo bo’lganidan beri milliardlab insonlar tomonidan foydalaniladigan global ijtimoiy aloqa vositasiga aylandi. Yaqinda bo’lib o’tgan suhbatda Mark Zuckerberg Facebook’ning tarixi, u duch kelgan qiyinchiliklar va u liderlik va innovatsiya haqida o’rgangan darslarini ulashdi.


Ilk kunlar: Aniq tasavvur bilan paydo bo’lgan g’oya


Zuckerberg universitet yotoqxonasida Facebook’ni birinchi yaratgan vaqtida, uni kompaniya sifatida tasavvur qilmagandi. U shunchaki insonlarning o’zaro bir - biri bilan aloqalaridan hayratlangandi va insonlarni bog’lash uchun platforma xohlagandi. Bu kuchli xohish hozirgi Facebook’ning eng asosiy missiyasini qurishga olib keldi. Ya’ni Facebook faqatgina biznes emas, balki insonlar munosabatlarini kuchaytiradigan bir vositadir. Zuckerberg’ning diqqati dunyo muammosini - odamlar qanday qilib do’stlari bilan hayotlarini uzluksiz va zavq beradigan usulda ulashishi- yechishda bo’lgan.


Foydalanuvchi ehtiyojlari tufayli jadallashgan o’sish


Facebook’ning shiddatli rivojlanishi reklama yoki sotuv strategiyalari tufayli emas, balki foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishi tufayli yuzaga keldi. Foydalanuvchini ehtiyojlari, xohishlaridan kelib chiqib ishlash Facebook’ni yanada tez rivojlanishiga, yangi trendlar va fikrlarga moslashishiga sabab bo’ldi. Boshida universitetlarda, keyinchalik omma ichida ham kengayib, Facebook o’zining  asl maqsadini yo’qotmasdan doimiy o’sib bordi. 


O’rganish va tajriba : davomiy rivojlanish madaniyati


Facebook’ning kuchli jihatlaridan biri bu kompaniyaning tezlik bilan o’rganishi va tajribalaridir. Zuckerberg aytishicha, o’rganish madaniyatiga ruhlantirish jamoani o’zgarishlarga tez moslashishi, davomiy yangiliklar qilishi va natijada foydalanuvchilarga yanada yaxshiroq xizmat ko’rsatishini ta’minlaydi. Facebook doimiy foydalanuvchilarini o’rganish uchun tajribalar qiladi va shu ma’lumotlarga ko’ra qarorlar qabul qiladi. Eng kichik o’zgartirishlardan katta o’zgarishlargacha bo’lgan natija ehtiyotkorlik bilan kuzatish va moslashish tufayli bo’lgan. 


Hal qiluvchi lahzalar : Yahoo’dan Facebook’ni  sotib olish haqidagi taklifini rad etish


Facebookning rivojlanish hikoyasining eng muhim qismi - ham ichki ham tashqi to’siqlarni yengib o’tish bo’lgan. Eng muhim nuqta Zuckerberg Yahoo’ dan Facebook’ni 1 millard dollarga sotib olish taklifini rad etganda bo’lgan. Zuckerberg qisqa muddatlik moliyaviy yutuqdan ko’ra Facebook’ni missiyasida ko’proq potensial ko’rgan. Bu tajriba garchi yo’lda boshqa bir takliflar bo’lsada,  bir maqsad tomon haqiqiy fidokorlik bilan intilish uzoq muddatlik kuchli natija qila olish uchun muhim degan fikrni yanada kuchaytiradi. 


Sun’iy idrokning roli va global bog’liqlik

Bugungi kunda Zuckerberg Facebook’ni faqatgina ijtimoiy media kompaniyasi sifatida ko’rmaydi; u bu platformani butun dunyo bo‘ylab odamlarni bog‘lashga qaratilgan texnologiya platformasi deb biladi. U internetdan umumiy foydalanishni faol ravishda qo‘llab-quvvatlaydi, va ulanganlikni global muammolarni hal qilish uchun kuchli vosita sifatida ko‘radi. Bundan tashqari, Zuckerberg sun’iy intellektning, ayniqsa, sog‘liqni saqlash va jamoat xavfsizligi kabi sohalardagi o‘zgartiruvchi imkoniyatlariga qiziqadi. Uning fikricha, AI inson imkoniyatlarini oshirib, muhim muammolarni hal qilishda yordam berishi mumkin. 

Tadbirkorlar uchun tavsiyalar: Maqsad, moslashuvchanlik va bardoshlilik

O‘z faoliyati haqida o‘ylarkan, Zuckerberg yangi tadbirkorlarga quyidagi asosiy tavsiyalarni beradi:

  1. Maqsad bilan boshlang: Mahsulot yaratish haqiqiy muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak, shunchaki kompaniya yaratish uchun emas. Zuckerberg’ning insonlarni bog‘lashga bo‘lgan dastlabki ishtiyoqi Facebook’ga o‘ziga xoslik berdi va uni boshqa startaplarga qaraganda ajratib turdi. Maqsadga asoslangan yondashuv haqiqiy innovatsiyani rivojlantiradi va foydalanuvchilar orasida aks-sado beradi.

  2. O‘zgarishni qabul qiling: Bizneslar moslashuvchanlik asosida rivojlanadi. Zuckerberg kompaniyalar foydalanuvchilarning fikri va real ma'lumotlarga asoslanib doimiy ravishda o'zgarishlar kiritishi kerakligini ta'kidlaydi. Facebook o'sish strategiyasi katta o'zgarishlardan ko'ra kichik o'zgarishlarga tayangan bo'lib, bu unga silliq va samarali moslashishga imkon berdi.

  3. Qiyinchiliklardan o‘rganing: Muvaffaqiyatsizlik o‘sishning ajralmas qismidir. Zuckerberg katta daromad keltiruvchi takliflarni rad etish va ichki ziddiyatlarni boshqarishdagi qiyinchiliklarni ochiq muhokama qiladi hamda bu tajribalardan Facebook’ning bardoshlilik madaniyatini mustahkamlash uchun foydalangan.

  4. Ma'lumotga asoslangan qarorlar: Tajriba va ma'lumot tahlili Facebook’ning rivojlanishida muhim o‘rin tutgan. Foydalanuvchilarning xatti-harakatlariga asoslangan xabardor qarorlar qabul qilish, yanada aniqroq va maqsadli takomillashtirishga imkon beradi hamda uzoq muddatli muvaffaqiyatga olib boruvchi o‘rganish madaniyatini rivojlantiradi.

  5. Global tasavvur: Zuckerberg’ning dunyoni bog‘lash vazifasi texnologiya chegaralarni oshib o‘tib, butun dunyo uchun internetdan foydalanishni targ‘ib qilishi kerakligiga ishonchini aks ettiradi. Ushbu global nuqtai nazar Facebook’ni jamiyatga ta’sir ko‘rsatadigan masalalar bilan moslashtirishga yordam berdi.

  6. Hisoblangan xatarlar: Zuckerberg xatarlarni oldini olish xatarni o‘z zimmasiga olishdan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin degan fikrda qat’iy turadi. Tez o‘zgarayotgan sharoitda innovatsiyalar jasorat va strategik xatarlarni qabul qilish istagini talab qiladi. Bularsiz kompaniya to‘xtab qolishi va ahamiyatini yo‘qotishi mumkin.


Tarjimon: Po’latboyeva Dilnavoz
Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov Manba: https://www.youtube.com/watch?v=Lb4IcGF5iTQ

5 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 15:47 / 25.10.2024
Pivoting Nima?