Startaplarda MVP Qanday Qurilishi Kerak?


Ushbu maqola "Y Combinator" platformasida omma uchun ochiq hisoblangan "Startup Library" kursidan tarjima qilingan. Quyida kurs asoschilaridan biri hisoblangan Maykl Seybel haqida qisqacha. 

Maykl Seybel Y Combinator’ning boshqaruvchi hamkori va Twitch hamda Socialcam asoschilaridan biri. Uning Startup Library kursi startaplarni muvaffaqiyatli boshqarish bo‘yicha to‘plagan tajribasiga asoslangan. Kursda startaplarning dastlabki bosqichlaridagi qiyinchiliklarni qanday yengish, biznesni o‘stirish va rivojlantirish bo‘yicha aniq va amaliy tavsiyalar beriladi. Seibelning maslahatlari ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar tajribasiga tayanadi, shu sababli, bu kurs startap yaratishni istaganlar uchun juda foydali va zarur hisoblanadi.

Ushbu tarjima Maykl Seibel nuqtai nazaridan taqdim etiladi!

*

Ismim Maykl. Y combinatorda ishlayman. Bundan avval, 2 ta YC startaplarni amalga oshirganman, biri 2007-yilda, boshqs biri esa 2012-yilda. Bugun MVP haqida gapirmoqchiman. Biz har doim kompaniya asoschilariga jargon ishlatmang deb aytamiz, lekin bizda bir to’plam ahmoqona startap jargonlari bor. Va MVP mana shulardan biri. MVP haqida o’yalaganingizda, uni judayam oddiy deb o’ylashingiz kerak. 

O’tgan hafta qanday qilib g’oyalar bilan chiqish, yechishni xohlagan muammolar bilan chiqish haqida suhbatda bo’lgandingiz. Bugun men sizga o’z MVP ingizni qurishdan avval, ba’zi foydalanuvchilar bilan gaplashishingiz foydaliroq bo’lishini aytaman. Bu siz 3 yil izlanishingiz yoki 10 yildan beri sanoatda ishlashingiz kerak degani emas. Lekin foydalanuvchilar bilan bo’lgan ba’zi suhbatlar foydalidir. Men har doim birinchi foydalanuvchilarimni qanday topaman degan g’alati savolni olaman. Bu savol meni biroz chalkashtirib qo’yadi. Chunki siz o’zingiz bilgan muammosi bor qaysidir insonning muammosini yechishga qaror qilgansiz. Agarda siz kimligi haqida umuman xabaringiz bo’lmagan sirli foydalanuvchilar guruhi uchun mahsulot yaratayotgan bo’lsangiz, biroz so’roqqa tutib ko’ring.

Demak, hali boshlanmagan startapning maqsadi judayam oddiy. Birinchi qadam, tezlik bilan boshlang. Mana shu YC mezonlarining eng boshidan beri asosiy qismi bo’lib kelgan, va bu 10 yillardan beri eng zo’r maslahat bo’lgan va hozir ham eng zo’r maslahat bo’lib kelmoqda. Agar siz ushbu prezintatsiyadan bir narsa ola oladigan bo’lsangiz, u ham bo’lsa judam tezlik bilan nimadir boshlang. Bundan buyog’iga aytadiganlarim mana shu maslahatning qayta xulosalangan shakli bo’ladi.

Ilk pog’onadagi startap qilishi kerak bo’lgan ikkinchi narsa bu ilk xaridorlarni ushlab qolishdir. Siz qanday qilib mahsulotingizdan foydalanayotgan barchani ushlab qolish haqida tasavvurga ega bo’lishingiz shart emas, shunchaki mahsulotingizdan qiymat olayotganini ko’rayotganlarni ushlab qolish. Yaratgan mahsulotidan hali bittagina bo’lsa ham xaridor foydalanmasidan ko’plab biznes egalarining bizneslari tugashini ko’rib hayratda qolasiz. Bu juda juda keng tarqalgan. Shuning uchun iltimos, mana shu qadamni ham bosib o’ting. Bu juda ham muhimdir.

Keying qadam esa, MVP ni boshlanganingizdan keyin foydalanuvchilaringiz bilan gaplashing va fikr-mulohazalarini eshiting. Mana shu ham judayam ko’p uchraydigan xatodir. Chunki ko’pgina asoschilarning miyasida ular qurishni xohlaydigan narsaning g’oyasi bor bo’ladi va o’ylashadiki, hali to’liq bu loyihani qurmagan bo’lsam, judayam arzimas boshlang’ich narsa haqida fikrlarni olish foydasiz deb o’ylashadi. "Aniq, bu ish bermaydi. Loyiha hali tugagani yo’q. To’liq loyihani yakunlash uchun 3 yil vaqt, 10 million dollar, butun bir jamoa ketadi. Shuning uchun judayam kichik narsa haqidagi fikrlar foydasizdir."

Haqiqat shundaki, to’liq loyiha sizning miyangizda judayam ajoyib g’oya bo’lishi mumkin. Lekin u judayam judaym foydalanish uchun qulay bo’lishi kerak. Chunki siz qurmoqchi bo’lgan o’sha to’liq narsa aslida xaridorlaringiz umuman xohlamaydigan narsa bo’lib chiqishi mumkin. Shuning uchun, meda shunaday bir maqol bor: yechishga harakat qilayotgan muammoyingizni mahkam ushlang, xaridorlarni mahkam ushlang, siz qurayotgan yechimni esa bo’shroq ushlang.

Juda ko’p asoschilar, biror narsani qanday qurish mumkinligini tushunishganida, o’sha narsaga muhabbat qo’ya boshlaydi. Va agar u biror bir turdagi foydalanuvchilar uchun ish bermasa, ular o’ylashni boshlashadi : “ xo’sh, bu yana qaysi boshqa muammolarni hal qila olishi mumkin?”. Yaxshi, bilasizmi, bu otvertka biror narsani yaxshi buray olmaydi, lekin o’ylayapman u boshqa qaysi mumamoni yecha olishi mumkin. ,, Oh, balki uni ovqat tayyorlash uchun ishlatish mumkin. Balki uni tozalash uchun ishlatishingiz mumkin.” Yo’q, aslida muammo men nimadir burashim kerak. Foydalanuvchi mexanik( mashina ustasi) edi. Agar otvertka mexanikga muammoni yechishda yordam bermasa, mexanikni saqlang, muammoni saqlang. Men nimanidir burashim kerak, otvertkani tuzatishim kerak. Buzulgan narsa mexanik emas. Yechimingizni u muammoni hal qilguncha rivojlantirishda davom eting.

Ko’p holatlarda, ko’p odamlar judayam kuchli MVP qurishlari kerak. Bu bilan biz siz MVP ni oylar ichida emas, bir necha haftalardayoq qurishingiz kerakligini nazarda tutyapmiz. Bu balki kompyuter dasturini o’z ichiga olishi mumkin.

Ko’pgina startaplar juda juda tez boshlashi mumkin. Ikkinchisi, judayam cheklangan vazifalar bajara olish qamrovi. Foydalanuvchingizga nima kerakligini judayam oddiy bir to’plam qilib qisqartirib chiqishingiz kerak. Ko’p holatlarda asoschilar barcha foydalanuvchilarning muammolarini yechishni xohlashadi. Aslida esa, ular oz miqdordagi boshlang’ich foydalanuvchilarining va eng ko’p so’ralgan muammolarga e’tibor qaratishlari kerak. Sizda barchaning tasavvuri bo’lishi kerak. Juda kichkina MVP ga ega bo’lishingiz kerak. Shunchaki boshlashingiz kerak. Va shuningdek, iltimos, siz qurgan MVP judayam o’zgachadek his qilmasligingizga ishonchingiz komil bo’lsin.

Yaxshi. Mana sizga yaqqol bir misol. Mana bu 2008- yildagi Airbnb’ ning birinchi vebsayt bosh sahifasi. Airbnb’ning birinchi mahsuloti haqida sizga qiziqarli bo’lishi mumkin bo’lgan narsalardan biri bu hech qanday to’lovlar yo’qligi bo’lishi mumkin. Airbnb’da turish uchun joy topganingizda, mezbon bilan yuzma-yuz pulingizni almashtirishingizga to’g’ri kelardi. Aytish kerakki, bu judayam katta muammo bo’lgan. Lekin ular to’lovlarsiz boshlagan. Xarita ham yo’q. Airbnb’ ni qidirganingizda, shahardagi uylarni qanday ko’rishni bilasizmi? Ko’rolmaysiz, uzur. Yaxshi? Va barcha kodni yozayotgan inson, Nate, yarim stavka ishlayotgandi. Eng boshidan hammasi mukammal bo’lgani haqida afsonaviy hikoyalar aytishadi. Airbnb boshidan mukammal emas edi.

Keyingisi esa Twitch. Unchalik tanish emas. Twitch onlayn TV shou bo’lgan Justin.tv bo’lib boshlangandi. Faqatgina bitta Justin degan kanal bor edi. Siz uni hayotini kuzatishingiz kerak edi. Agar uning hayotini yoqtirmagan bo’lsangiz, vebsaytdan chiqib ketishingiz kerak edi. Vebsaytda bor yo’gi shu bor edi xolos. Video tiniqligi judayam past edi. Judayam kulguli edi, o’sha paytlari asoschi mendan “ oh, bu g’alatimasmi, siz videoni kvartirangizda olgan ekansiz. Odamlar ko’rib qolishi mumkin bo’lgan sirli hujjatlaringiz, buyumlaringiz bo’lmaganmidi? “ aslida esa, siz bizni yuzimizni arang ko’ra olardingiz, hujjatlarni gapirmasa ham bo’ladi. Va eng muhimi, video o’yinlar bo’lmagandi. Agar Twitch haqida o’ylasangiz, u hozir anchagina murakkab.

Oxirgisi, Stripe. Hech qanday bank kelishuvlari yo’q. Ular to’lovlarni qanday amalga oshirishini aytmayman, lekin judayam tez rivojlanayotgan startaplarga xos bo’lgan usulda edi. Agar Stripe dan foydalanishni xohlagasangiz, Stripe asoschilari ofisingizga kelardi va uni siz uchun birlashtirishardi. Qanday yaxshi-a? Chunki, birinchidan, ular barchani ularni xizmatidan foydalanishini judayam xohlashardi. Ikkinchidan esa, bu foydalanuvchilari ularni xatosini topishidan avval o’zlari topishining eng zo’r yo’li edi.

Demak, bular eng oddiy va eng tez qurilgan MVP larning uchta misoli edi. Bularning barchasi milliard dollarlik kompaniyalar, va barchasi insonlar judayam yomon deb biladigan narsa bilan boshlagan. Judayam kam holatdlarda siz katta, kuchli MVP qurishingiz kerak. Agarda siz sug’urta yoki bank, ba’zida dronlar, kabi ulkan nazoratli sanoatda bo’lsangiz, boshlash qiyin. Boshlash ancha qiyinroq. Birinchi o’rinda siz bir nechta nazorat, tekshiruvlardan o’tishingiz kerak. Agar siz raketalar qurayotgan bo’lsangiz, 2 hafta ichida raketa qurish qiyin.

Biotexnologiya, 2 hafta ichida o’simtani davolash uchun dori kashf qilish qiyin. 2 hafta ichida yer tagida tunellar o’yish va mashinalarni o’rnini bosadigan o’ttayam tez yuradigan mashinalarni chiqarish qiyin. Agar, siz mana shunday vaziyatda bo’lsangiz, iltimos, esingizdan chiqarmang, sizning MVP nima qilishingiz haqida ma’lumot beradigan oddiygina vebsaytdan boshlanishi mumkin. Hozir, startaplarni boshlash haqida gapirmoqchiman. Chunki ko’plab asoschilarda boshlash haqida noto’g’ri tushunchalar bor. Ular katta kompaniyalarning boshlashlarini ko’rishadi va startaplar shunday boshlashi kerak ekan deb o’ylashadi. Aslida, ular katta kompaniyalarda ko’radiganlarini startaplar haqida ham o’ylashadi. Katta kompaniyalar matbuot, gap-so’zlar e’tiboriga tushayotganini ko’radi va muvaffaqiyatli kompaniyalar boshlaganida mana shunday bo’lishi kerak fikrni miyalariga singdirishadi.

Yaxshi, sizga bir savol beraman. Shu yerda necha kishi Google ishini boshlagan kunni eslay oladi? Twitternichi ? Yo’q. Ajoyib. Demak, boshlash umuman ahamiyatli emas ekan. Agar sizni miyangizda startapingizni mo’jizaviy, o’zgacha boshlash fikri bo’lsa, uni uloqtiring. Bu unchalik ahamiyatli emas. Eng muhim birinchi narsa bu xaridorlarni jalb qilish.

Xaridorlaringizdan hali ularda sinab ko’rishi mumkin bo’lgan mahsulot bo’lmasidan avval ulardan fikrlarini o’rganish anchagina qiyinroqdir. Xaridorlaringiz bilan kun bo’yi gaplashishingiz mumkin, lekin siz yaratmoqchi bo’lgan narsa ularning muammolarini yecha oladimi, yo’qmi bilolmaysiz. Agar siz o’sha narsani ularni oldiga qo’yib, fikrini o’rgansangiz, va u narsa ularni muammosini yechamsa, siz buni o’rnida bila olasiz. Xullas, izlanish yaxshi, lekin siz xaridorlarni oldiga biror narsani qo’ymaguningizcha, u ishlash yoki ishlamasligi haqida hech qanday fikrga ega bo’lolmaysiz.

Vanihoyat, MVPni judayam tez qurish uchun ba’zi usullar. Birinchi, o’z dasturingizni amalga oshirish uchun muayyan bir vaqtni ajrating. Dasturingiz siz boshlashingizdan oldin qurishingiz kerak bo’lgan narsalarning ro’yhati. Muayyan vazifalarni tugatish uchun ma’lum bir vaqtni belgilang. Aytaylik, 3 hafta ichida boshlashni xohlasam, nima bo’ladi? Yaxshi, demak, sizning dasturingiz siz 3 hafta ichida qura oladigan narsalarni o’z ichiga olishi kerak. Bu hayotingizni anchagina soddalashtiradi. Bu holatda siz 3 hafta ichida qura olmaydigan barcha narsani ro’yhatdan olib tashlaysiz.

Ikkinchisi, o’z dasturingizni yozib chiqing. Bu judayam oddiy va sodda tuyulishi mumkin. Lekin ko’plab odamlar shuni rasvosini chiqaradi. Boshlamasingizdan oldin ustida ishlayotgan ishingizni o’zgartirish juda oson. Chunki siz uni hech qachon yozmaysiz. Biror narsani ustida ishlashni boshlaysiz, foydalanuvchi bilan gaplashasiz. Va ular “ oh, men bundan foydalanmagan bo’lardim” deydi. Investor bilan gaplashasiz va ular ham,” oh, bu umuman kompaniya bo’la olmaydi chunki investorlar hamma narsani biladi.” Va siz ishlayotgan narsangizni o’zgartirishga qaror qilasiz. Siz o’z dasturingizni yozib chiqmaganingiz uchun hatto uni o’zgartirayotganingizni anglamaysiz ham. Shuning uchun 3 haftalik rejangiz 3 oylik rejaga aylanadi. Agar siz uni yozsangiz, hech bo’lmasa uni doimiy o’zgartirayotganingizni vijdonan his qilib turasiz.

Keyingisi esa, ro’yhatingizni qisqartiring. 3 haftalik rejangizning 1-haftasida ro’yhatingizga juda ko’p narsalar qo’shib yuborganingiz va belgilangan muddatgacha tugata olmasligingizni anglaysiz. Bu yaxshi. Shunchaki muhim emasligi aniq ko’rinib turgan narsalarni olib tashlang. Agar muhim bo’lmagan narsalar yo’q bo’lsa, muhimlarini olib tashlang. Va oxirgisi, startapingiz MVP sini yaxshi ko’rib qolmang. Ko’plab odamlar miyalaridagi tasavvurga oshiq bo’lib qolishadi. Sizga ko’rsatgan kompaniyalarning natijalarining hech biri haqidagi ilk tasavvur bunday bo’lmagan. MVP shunchaki eng birinchi qadam xolos. Birinchi sinfda yozgan yozma ishingizni yaxshi ko’rmagan bo’lardingiz. Shuning uchun, iltimos, MVP ni yaxshi ko’rib qolmang. Shu bilan suhbatimiz tugadi. Savollar uchun biroz vaqtim bor. Savollar bormi? Savollar yo’q. Zo’r. Rahmat barchaga.

Tarjimon: Dilnavoz Po'latboyeva
Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov
Manba: https://www.youtube.com/watch?v=1hHMwLxN6EM&t=3s

2 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 12:04 / 23.01.2024
Har Kimning O'z Loyihasi