Internetga qaramlikni rivojlantirish.

Siz biror marta nimagadir qaram bo'lib qolganmisiz? Yo'q? Unda bu maqolani o'qiganingizdan so'ng, fikrlaringiz o'zgarishi mumkin.


America giyohvandlik (biror narsaga qaram bo'lish) tibbiyot jamiyatining ma'lumotlariga ko'ra giyohvandlik yoxud biror narsaga qaram bo'lish bu "miyya tuzilishi va funktsiyasiga ta'sir qiluvchi, salbiy oqibatlarga qaramay zavq beruvchi narsalarga intilish yoki har hil moddalarni iste'mol qilish, ya'ni xalq tilida aytganda qora dori va spirtlik ichimliklarni iste'mol qilish".


Lekin, bilasizmi biz insonlar internetning noaniq tushunchasiga qaram bo'lamiz. Hozirgi davrda, biz qiladigan har bir ish internet bilan bog'liq, o'yin-kulgudan tortib rivojlanish va muloqot ham.


UI yoki UX ilovada uzoqroq qolib, tark etmasligingiz uchun juda yaxshi dizayn bilan yaratilgan. Agar ilovalar orqali siz til o'rgansangiz yoki bilim olsangiz bu juda ham yaxshi, ammo sevimli ilovangizda, ma'nosiz videolarni ketma-ketlikda ko'rib, uyga vazifalaringiz va mas'uliyatingizni unutsangiz-chi? Biz har hil dorilarga/moddalarga emas, miyyamizni haddan tashqari ko'p zavqlantiradigan va o'ziga jalb qiladigan oxiri yaxshilik bilan tugamaydigan kontentlarga qaram bo'lamiz.


Giyohvandlik/qaram bo'lish nevrologiyasi


Internetga qaram bo'lish, bu xulq-atvorga qaramlik bo'lganligi uchun, biz shu xulq-atvorga/xatti-harakatga mas'ul bo'lgan nevrologiya jarayonlari orqali chuqurroq va ko'proq o'rganamiz.

Aytaylik, sizning sevimli ijdokoringiz yangi video joylagani haqida habar keldi. Bu tezlik bilan sizni e'tiboringizni tortadi, va siz ular videoda mushuklar ovqatining qanday turini ko'rib chiqishgani haqida tasavvur qilishni boshlaysiz. Yoki, qachonki siz mushuklar Beyoncening "Single ladies" ya'ni "Yolg'iz ayollar" musiqasini kuylayotgani haqidagi haqiqatda kulguli bo'lgan videoni ochsangiz siz uchun oddiy videodek tuyulishi mumkin.


Bu xatti-harakat "dopamin" deb ataladigan, neyrotransmitterlar va albatta murakkab, ammo qiziqarli miya jarayoni bilan bog'liq. Qaramlik haqida gap ketganda, bizning miyamiz quyidagicha ishlaydi. Miyaning uchta asosiy qismi bor, biz ularni samalyot analogiyasidan foydalanib ko'rib chiqamiz:

1. Uchuvchi yoxud shaxsiylik markazi, ayniqsa Dorsolateral prefrontal korteks. Bu miyangizning bir qismi bo'lib, u peshonangiz orqasida joylashgan. Siz buni qaror qabul qilish va narsalarni rejalashtirish uchun boshqaruv markazi deb o'ylashingiz mumkin, bu sizga diqqatingizni jamlash, va muhim vazifalarda yordam beradi.

2. Dvigatel: striatum va nucleus accumbens (motivatsiya va harakat o'rtasidagi interfeys). Inson sifatida bizga harakat qilish uchun maqsad kerak, striatum esa bizga maqsadlar yoki motivatsiyalar beradi.

3. O'rta miya, ayniqsa ventral ruhiy sohada (VTA). Bu hudud e'tiborni bitta maqsadga qaratishga yordam beradigan dopamin ishlab chiqarish vazifasini bajaradi.


Ko'zingiz bilan bildirishnomalarni ko'rganingizda, qizil nuqtalar e'tiboringizni tortadi, va bu miyyangizni chalg'ituvchi yoki hissiyotlaringizni qo'zg'atuvchi vazifani bajaradi.


Bu sizni videolar qanday bo'lishi mumkinligi haqida tasavvuringizni uyg'otadi, va siz yanada ko'proq tomosha qilishga intilasiz. Bu barcha jarayonlar miyyaning asosiy maqsadlar ishlab chiqaruvchi joyida ya'ni "striatum" da ro'y beradi. Tasavvur qilganingizdek, aql-idrok kuchlilashib boradi, bu jadallashuv deb ham aytiladi. Qachonki miyya motori ya'ni striatum kuchli bo'lsa, bu o'rta miyyaga dofamin ya'ni baxt garmonini ko'proq ishlab chiqarishga signal beradi, ayniqsa dofamin ishlab chiqarishni rag'batlantiruvchi ishlarni ko'proq qilishni hohlaysiz, o'z hohishlaringizni amalga oshirasiz va uchuvchi ya'ni miyyaning markazi tugmachani bosishga buyruq beradi, va yana videolar ko'rishda davom etasiz.


Va vualya, siz o'zingizni yengil his qilasiz, va miyyangiz jarayondan nimadir o'rganadi. Buning sababi esa o'z-o'zini rag'batlantirish orqali miyyani mukofotlashdir. Striatum va VTA o'rtasidagi yo'l doimiy ravishda ishlatilganligi sababli, yanada kuchliroq bo'ladi. Siz har safar sizga yuborilgan xabar yoki bildirishnomalarni ko'rganingizda, telefoningiz ham siz shu ishlarni qayta va qayta takrorlashingizni hohlaydi.


Telefonni olish oson ish: buni qilish uchun sizga qandaydir fuksiyalar yoki munozaralar kerak emas! Buni ko'rishda davom etish esa dofamin ishlab chiqarishning eng oson yo'li va manbaasidir. Siz qizil nuqtalarni ko'rasiz, o'ylaysizki bu ajoyib, va bu zudlik bilan dofamin ishlab chiqarish hohshi haqida miyyaga signal yuboradi. Yana bir narsa, neyron yo'llar katta yo'llarga aylanganda, miyya rivojlanish davrida, u qolib ketadi rivojlanishdan, va davr (tsikl) buzuladi.

Pruning (daraxtlar chiroyli ko'rinishi uchun, keraksiz shoxlarni kesib tashlash) bu kichik butani bonsai daraxti kabi go'zallashtirishdir, miyyada ham shunday, qancha ko'p bilim olish shunchalik miyyaga foydali va samarali.


Siprtlik ichimliklar, pornografiya (18+kontentlar) va shu jumladan internetdan foydalanishda yosh cheklovining ham sababi bor. O'zimizni mukofotlash yo'lidan tashqari, "now appeal" ya'ni "hozir murojaat qilish" deb nomlanuvchi miyya hodisasi ham mavjud. Belgilangan vaqtgacha uyga vazifalarni qilish o'rniga, internetda qisqa videolar ko'rish, ya'ni "kechiktirilgan chegirma" ning ham sababi bor. Bu kechiktirilgan chegirma internetdan foydalansangiz yanada o'sadi, chunki bu sizga yorqin ranglar, jozibali tovushlar, tasvirlar eskizlar va shu kabi yuqori darajadagi noyob narsalar o'rtasidagi bog'liqlikni taqdim qiladi. Bu qiziqish muloqot yoki ICN(Intrinsic Connectivity Network" degan ma'noni anglatadi. Ushbu tarmoqlar miya dam olayotganda o'zaro bog'liq faoliyatni ko'rsatadigan miya hududlariga aytiladi, bu funktsional ulanishni ko'rsatadi. Miyaning turli qismlari turli kognitiv jarayonlarda qanday aloqa qilishini va hamkorlik qilishini tushunish uchun muhimdir) internet foydalanuvchilari tomonidan buziladi.


Internetga qanday, va nega qaram bo'lishni bildingiz, endi siz salbiy oqibatlardan va salbiy kontentlardan voz kechishingiz mumkin, bu bilan siz hayotingizni nazorat qila olasiz va salbiy oqibatlarni oldini ola olasiz.



Tarjimon: Oysha Ikromova
Muharrir: Tillayev Asadbek
"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev



Manba: https://www.brainfacts.org/diseases-and-disorders/addiction/2023/how-do-we-develop-an-internet-addiction-120523

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri