Tabiiy ofatlar va ruhiy salomatlik

Tabiiy ofatlarning oqibatlari odatda bir qancha hisoblashlar bilan o’lchanadi: o’lim va jarohatlanganlar soni, buzilgan uylar va binolar soni, qayta qurilishning narxlari. Lekin ushbu qiymatlar qatorida omon qolganlarga yetkazilgan ruhiy jarohatlar hisoblanmaydi.

Odamlar bu kabi travmatik va ko’pincha kutilmagan holatlarni boshdan o’tkazganlarida, Ularning birinchi reaksiyalari qo’rquv va stessning birlashmadir. “Ushbu vaziyatlar odatiy inson duch kelmaydigan holatlar bo’lganligi uchun haqiqatdan ham ajralib turadi” - deydi Craig Sawshuk, Minnesotaning Mayo klinikasi psixologi.

Hattoki yomg’irlar yog’ib tugaganidan, suv toshqinlari to’xtaganidan yoki olovlar o’chganidan keyin ham juda ko’p odamlar katta miqdorda stress va xavotirni his qilishadi. Olimlar tahmin qilishicha, halokatli ob-havo hodisalari global haroratning oshib borishi bilan yanada ko’proq va og’irroq sodir bo’ladi va bu juda ko’p odamlarning ruhiy kasalliklarga chalinish xavfini oshiradi.

Stressga sabab bo’ladigan hodisalar adrenalin va cortisol kabi stress garmonlarini chiqarib, tananing “qochish yoki urush” rejimini ishga tushiradi. Tabiiy ofatlarga uchragan deyarli hamma shu kabi darhol sodir bo’luvchi psixologik va biologik holatlarni boshdan kechiradi. Lekin bazi odamlar shunchalik stressni yuqori darajada his qilishganidan dorilar va alkagolga mukkasidan ketishi mumkin. Sababidan qat’iy nazar surunkali stress miyaning fikrlash va o’z o’zini boshqarishga javob beradigan qismlarini kuchsizlantiradi va beixtiyor impulsiv hatti xarakatga hamda giyohmandlikka chalinish ehtimolining oshishiga olib keladi. 2010-yilda tadqiqotchilar Katrina bo’ronidan omon qolib, Texas shtatining Houston shahriga ko’chirilganlardan tahminan uchdan bir qismida bo’rondan keyin tamaki, alkagol va marixuanaga bo’lgan ehtiyoji oshib ketganini aniqlashdi.

“Tabiiy ofatlardan keyin sizning butun bir hayotingiz tartibi chigallashib ketadi” – deydi Christie Manning, Minnesota shtati Macalester kollegi yordamchi psixolog professori. Ko’pkina odamlar ishlariga qayta olishmaydi, ba’zilarida kuchli ijtimoiy qo’llab quvvatlash kam bo’ladi, ularga qo’shimchasiga buzilgan mol mulkni tuzatish xarajatlarining tashvishi qiynaydi. Qurilish va tuzatishning uzoq davri odamlardagi stress va xavotirni davom ettiradi. Alkagol yoki dorilarga ruju qo’yish odamlarda yo’qolgan o’z hayoti ustidan boshliqlik tuyg’usini qaytarishi mumkin. Ayniqsa, ularda bu hatti-xarakatlar ofatdan oldin bo’lgan bo’lsa, deydi Manning.

O’z uyining buzilishiga guvoh bo’lish, sevgan kishilarini yo’qotishdan kelib chiqadigan travma xavotir va depressiya darajalarini oshiradi. Kaliforniyada sodir bo’lgan olov bo’ronidan keyin, misol uchun, ruhiy kasalliklar uchun muolaja qidiruvchilar soni ikki baravar oshdi.
Aholining kambag’al qatlami, qariyalar, ayollar va bolalar ofatlardan keyin ruhiy hastaliklarga chalinishga moyilroq. Ayniqsa bolalarning xotirasi, rivojlanishi va o’zini tutishida o’zgarishlar kuzatilishi mumkin. Ular ovqat zahirasidagi uzilish tufayli notog’ri ovqatlanishdan aziyat chekadilar va qorin og’rig’i kabi jismoniy kasalliklar boshlanadi.

Hattoki kattalar ham qo’rqinchili tushlar ko’rishni, xavfsizlik haqoda ortiqcha qayg’urishni, yoki ofat haqida eslaganda nafas qilishi kabi kuchli jismoniy og’riqlarni boshdan kechirishni boshlaydilar.

Lekin hammaga ham davolash muolajasi kerak emas. “Juda ko’p odamlar chidamli bo’ladilar va uzoq vaqtli psixologik kasalliklardan azoblanmaydilar” deydi Sarah Lowe, New Jersey shtatidagi Montclair universiteti yordamchi psixolog professori. Lowe va uning hamkasblari Katrina bo’ronidan omon qolganlardan intervyu olishdi va 60% dan ko’plarida chidamlilik kuchliligini aniqlashdi. Bu odamlarda ko’proq ijtimoiy qo’llab quvvatlash, moliyaviy manbalar bo’lgan va umuman olganda boshqalarga qaraganda optimistikroq bo’lishgan.

Jamiyatning qayta qurilishi va psixologik birinchi yordam ham odamlaring sog’lig’ini tiklashda anchagina foydali bo’ladi. Kattalarda bu yordamlar salbiy fikrlar va hissiyotlarga qarshi kurashish yo’llarini shakllantiradi. Bolalar uchun maktabdagi do’stlari bilan ko’rishishlari, kattalardan yordam olish foydali bo’ladi.

Belgilangan psixologik va ijtimoiy yordamlarni amalga oshirish tabiiy ofatdan keyin, Lowe takidlaydi, insonlar hayotini, ishlarini va oilalarini saqlab qolish uchun juda ham muhim.

Manba

Tarjimon: Mushtariy Shermuhammadova

Muharrir: Tillayev Asadbek

"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullev

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri