- 21:05 / 17.11.2024
- Fasih.uz
- Copyright © 2024
- 20:53 / 17.11.2024
- , Miya Ilmi
Kam uxlashning miyangizga ta‘siri.

Yetarlicha yaxshi uxlmaganingizda, siz biroz g‘alati va chalkashgan his qilishingiz mumkin. Bu qisman miyangizda ma‘lumot berish kamayishi natijasida sodir bo‘ladi, bu harakat, kayfiyat, e'tibor va xotira kabi funksiyalarni pasaytiradi. Bir necha tun davomida uxlamaslik, uzoq muddatli xotiralarni shakllantirish qobiliyatini kamaytiradi va miyangizga keraksiz ma'lumotlarni yo'qotishda qiyinchilik tug'diradi.
Siz butun kechani videolarni tomosha qilish bilan o‘tkazdingiz. Endi esa, uzizni sust his qilyapsiz va oddiy vazifalarni bajarishda qiynalayapsiz.
Sizning sustkashligingiz, bir kecha uxlamaganlikdan so‘ng miyangizning ishlashini aks ettiradi. Siz ozgina uxlaganingizdan keyin hushyor turishga harakat qilayotganingizda, miyangizning eng tashqi qatlamlari, ya’ni korteksning turli joylari, odatdagidan kamroq faol bo‘ladi.
Prefrontal korteksning kamaygan faoliyati sizga har bir ma’lumotni qayta ishlashni va atrofingizdagi vaziyatlarga javob berishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, vizual korteks va intraparietal sulkusdagi kamaygan signallar sizning vizual ma’lumotlarni integratsiya qilish va ularni harakatlaringiz bilan muvofiqlashtirish qobiliyatingizni qiyinlashtiradi.
Miyaning oldi qismida kamaygan faoliyati sizga har bir damdagi ma’lumotni qayta ishlashni va atrofingizdagi vaziyatlarga javob berishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan miya qismi va intraparietal sulkusdagi kamaygan signallar sizning ko‘rish bilan bog‘liq ma’lumotlarni biriktirishni va ularni harakatlaringiz bilan birgalikda harakatlantirish qobiliyatingizni qiyinlashtiradi.
Parietal korteksning faolligi pasayganda, vaqtinchalik ma'lumotlarni kuzatish qobiliyatingiz zaiflashadi. Bu, shuningdek, eski xotiralarni eslash va yangi ma'lumotlarni o'rganish qobiliyatingizga ham ta’sir qiladi. Ushbu barcha sohalarning faoliyati sekinlashganda, diqqatni talab qiladigan vazifalarni bajarish va kayfiyatni yaxshi saqlash qiyinlashishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida uyqusizlik miyangizning uzoq muddatli xotiralarni shakllantirish qobiliyatini kamaytirishi va miya ichida to‘planadigan keraksiz ma‘lumot chiqarib tashlash qobiliyatingizni susaytirishi mumkin.
O'zingizni charchagan yoki uyquga ehtiyoj sezmayotgandek his qilmasangiz ham, yo'qotilgan uyqudan to‘liq tiklanish uchun tanangizga bir necha kun kerak bo‘lishi mumkin. Shu sababdan, telefonni chetga qo‘yib, yetti-sakkiz soat to‘liq uyqu olishga harakat qilish yaxshi sabab bo‘lishi mumkin.
Tarjimon: Mustafo Tairov
Muharrir: Tillayev Asadbek
"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev
Manba: BrainFacts/SfN
Mavzuga oid
- 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
- 21:21 / 17.11.2024
Internetga qaramlikni rivojlantirish.
- 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
- 21:34 / 17.11.2024
Miyaning jarohatdan keyin tiklanishi.
- 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
- 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
- 22:19 / 17.11.2024
Uxlash san’atini o’zlashtirish.
- 22:26 / 17.11.2024
Odatlarni shakllantirish va tark etish.
- 22:32 / 17.11.2024
Uyqu ilmi: sog'liq va farovonlik.
- 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
- 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
- 23:04 / 17.11.2024
Chidamlilik va yog‘ yo‘qotish.
- 23:10 / 17.11.2024
Zamonaviy dunyoda tamoyillarni topish.
- 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
- 23:29 / 17.11.2024
Vazn yo'qotish – Neyrofiziologiya.
- 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
- 23:35 / 17.11.2024
Dopamin tomonidan qarash – xohish.
- 23:39 / 17.11.2024
Ruhiy salomatlik va shaxsiy rivojlanish.
- 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
- 23:47 / 17.11.2024
Samarali mashg’ulot va nevrologiya.
- 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
- 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
- 15:27 / 18.11.2024
Bolalik travmasini miyaga ta’sirlari.
- 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
- 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
- 21:19 / 28.10.2024
Sirkad ritmi: tana soati
- 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri
- 20:09 / 08.11.2024
Tabiiy ofatlar va ruhiy salomatlik
Profil
Profil ma'lumoti
Familiya:
Ism:
E-mail:
Profil
Profil ma'lumoti
Familiya:
Ism:
E-mail:
Izoh qoldirish