Ijodkorlikni kashf qilish.

Ijodkorlikni kashf qilish

Shovqin va chalg’ituvchilarga to’la dunyoda ijodkorlikka intilish ko’pincha qo'rqinchli tuyuladi. Afsonaviy, o’zining keskinlik bilan o’zgarish kuchiga ega uslubi bilan tanilgan musiqa prodyuseri Rick Rubin o’zining “Ijodiy harakat” kitobida ijodkorlik uchun yangicha qarashni ochib beradi. O’zining keng qamrovli tajribasidan kelib chiqqan holda, Robin ijodkorlikning nozik jihatlarini o’zgarmas xususiyat sifatida emas, doimiy rivojlanib boruvchi jarayon sifatida namoyish etadi. Uning kitobidagi bizni o’z ijodkorlik salohiyatimizni ochishga yordam beradigan bir qancha tushunchalarni ko’rib chiqsak:

Ijodkorlik: o’zgaruvchan bulut

Robin ijodkorlikni sirli va doimiy o’zgaruvchi bulutga o’xshatadi. Ushbu metafora ijodkorlikning asl mohiyatini ko’rsatib beradi: u tekis ketuvchi chiziq emas, yangi fikrlar va tajribalarning o’zaro kuchli bog’liqligidir. Bulutlar o’z yonalishi va shaklini o’zgartira olgani kabi bizning o’y-xayollarimiz ham shunday o’zgaruvchan. Ushbu o’zgaruvchanlikni qabul qilish bizni yangicha fikrlarga, tasodifiy go’yalarga ochiq bo’lishga undaydi.

Ong osti: sirli hamroh

Robinning fikrlarining yana bir o’ziga tortuvchi jihatlaridan biri uning ijodiy jarayondagi ong ostining rolini yoritib berishidir. U biz biror muommo haqida o’ylamagan vaqtimizda ham ong osti doimiy ma’lumotlarni qayta ishlash va ular orasida bog’liqliklar yaratish bilan bandligi haqida aytadi. Bu g’oyalar shuni bildiradiki ortga bir qadam tashlash - tabiat qo’ynidagi sairdami yoki ustida ishlanilayotgan loyihadami farqi yo’q - kutilmagan muvaffaqiyatlarga olib boradi. Ushbu tanaffus vaqtida miyamiz malumotlar va bog’liqliklarni yangilaydi va bu holat juda ko’p eng yaxshi g’oyalar nega aynan biz ularni kutmagan vaqtda kelishini isbotlab beradi.

Tanaffuslarning kuchi

Robin ijodiy urishishlardan tanaffus olishning muhimlihini alohida takidlab o’tadi. To’xtaliklar kuchsizlik belgisi emas, balki so’ngi mahsulotning qiymatini oshiruvchi strategik yo’ldir. Biz qachonki o’zimizga dam berib biroz vaqtga to’xtaganimizda, yangi g’oyalar yaralishi uchun imkoniyat yaratamiz. Bu

nevrologiyadagi bizning miyamiz yangi maulotlarni qayta ishlash uchun biroz to’xtalishni talab qilishi haqidagi kengroq tushuncha bilan mos keladi.

Tayyorgarlikdan so’ng ham hayratga tushish

Prodyuser ijodkorlik va kutilmagan vaziyatlarga boy bo’lgan sport , kurash o’rtasida inkor etib bo’lmas bog’liqlikni ko’rsatib beradi. Kurashda ishtirokchilar kutilmagan zarbalarga chaqqonlik bilan javob qaytarishlari kerak. Ushbu kutilmagan ajablanish tuyg’usi insonlarni nomalum narsalar bilan ham aloqaga kirishga undab kreativlikni shakllantiradi.

Qarama-qarshi tushunchalarning muhimligi

Qarama-qarshi fikrlarni tushuna olish kreativlik uchun juda ham ahamiyatli. Robin qachonki biz o’z fikr doiramizdan chiqib qarshi taraf g’oyalarini ham ko’rib chiqa olganimizda kreativlik yana ham o’sishini takidlaydi. Bu usul nafaqat bizning tushunchamizni kengaytiradi balki, yangicha yechimlar oqimini ham kuchaytiradi.

Tahminlardan shubhalanish

O’z kitobi orqali Robin bizning asosiy ishonadigan e’tiqodlarimiz ham faqat haqiqatdan iborat emasligining ehtimoli haqida ham o’ylab ko’rishga chorlaydi. O’z tushunchalarimizni hamda chuqur ishonadigan o’ylarimizni qayta ko’rib chiqish orqali kreativ yo’ndashuvga yo’l ochamiz. Bu tarzda fikrlash o’zgarishi yangi yo’llar va g’oyalarga olib boruvchi qiziquvchanlik hissini uyg’otadi.

Xulosa: O’rganish yo’lidagi sayohat

Rik Robinning tushunchalari kreativlik uchun yo’l faqatgina san’atkor qatlam uchun emas balki barcha uchun birdek ochiq ekanini isbotlaydi. O’z tadqiqot sayohatimizda davom etar ekanmiz shuni yodda tutishimiz kerakki ijodkor bo’lish bu manzil emas, davomiy no’malumlikni sarguzashtdir.


Tarjimon: Mushtariy Shermuhammadova

Muharrir: Tillayev Asadbek

"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev

Manba

3 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri