Bolalik travmasini miyaga ta’sirlari.


Bolalik travmasi toksik stressni qo’zgash orqali miyani jismonan zararlaydi. Kuchli, tez-tez va davomiy sodir bo’ladigan toksik stress miyaning ayrim qismlarini, hamda ularning hissiyotlar va tanaga ta’sirini o’zgartiradi.


Biz barchamiz bolaligimizda ayrim turdagi stressni boshdan kechirganmiz. Ehtimol, u siz tayyorgarlik ko’rmagan test yoxud maktab almashtirish va yangi do’stlar topish bo’lgandir. Shunga qaramay, vaqti-vaqti bilan bo’ladigan oz miqdordagi stress foydali ekanligini unutmasligimiz kerak. 


Ammo, stress ko’p marotaba qo’zg’atilsa, uning miyaga uzoq muddatli ta’siri bo’lishi mumkin. Stress bola rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Stressning 3 turi mavjud bo’lib ular -  ijobiy, chidash mumkin bo’lgan, va toksik stress. 


Ijobiy stress yurak urishining tezlashishi va stress garmonlarini ko’tarilishi bilan namoyon bo’ladi. U qisqa muddatli bo’lib, emlash olish yoki birinchi marta bog’chaga borish kabi kichik stress holatlarida qo’zg’aladi. Biroq, kattalar qo’llab-quvvatlasa, bolalar muammolarni qanday hal qilishni va qiyinchiliklarni yengishni asta-sekin o’rganadilar. Bu esa ularda stressga nisbatan sog’lom javob tizimini rivojlantiradi. 


Chidash mumkin bo’lgan stress biroz jiddiyroq bo’ladi. Balki siz yoqtirgan insoninggizni yo’qotdingiz yoki tabiiy falokatni boshdan kechirdingiz. Bunday vaziyatlar miyaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin, ammo rag’batlantiruvchi munosabatlar bilan vaqt o’tishi bilan hammasi o’z iziga tushadi. 


Ammo stress juda ko’p marta qo’zg’atilsa, jiddiy oqibatlar yuzaga keladi. Bu xavf toksik stress deb ataladi. U kuchli, tez-tez va uzoq muddat davom etadi. Toksik stressni sabablari ko’p, misol uchun zo’ravonlik va e’tiborsizlik.


Bu turdagi stress miyani jismonan zararlaydi, ayrim qismlarini o’zgartiradi. Toksik stress miya tuzilishi va boshqa organlarni rivojlanishini buzadi, va kelgusi yillarda stress bilan bog’liq kasalliklar xavfini oshiradi. Bolalikdagi holatlar qanchalik yomon bo’lsa, bolalar katta bo’lgandagi oqibatlari shunchalik katta bo’ladi. 


Toksik stress miyaning ayrim qismlariga, ayniqsa amigdala, miya katta yarimsharning peshona bo’limi va anterior singulat korteksga doimiy zarar beradi. Amigdala (qo’rquv markazi sifatida ham ma’lum) atrofdagi xavfni aniqlaydi va tanaga harakat qilishni buyuradi. Ammo toksik stress natijasida u haddan tashqari faol bo’lib qoladi. 


Ya’ni sizdagi amigdala tanaggizga doimiy xafda ekanligini aytib turadi, natijada surunkali stress yuzaga keladi. Bu vaziyatda odam o’zini xavfsiz his qilmaydi va bezovta bo’ladi. Undan tashqari be’morlar mayda asab-buzarliklarga ham ortiqcha reaksiya ko’rsatishadi. Sababi, travma natijasida ulardagi amigdala haddan ziyod sezuvchan bo’lib qoladi, ya’ni kichik stressli holatlar ham qo’rquvga sabab bo’ladi. 


Peshona bo’limi ya’ni bizning fikrlash markazimiz atrofdagi narsalarni biroz xavfsiz qilib ko’rsatish orqali bizdagi stressga nisbatan reaksiyani nazorat qiladi. Stressdan tashqari u emotsiyalar, xotira va sezgilarimizni boshqaradi. Shu tufayli biz o’rganish yoki muammoni hal qilish kabi xar hil vaziyatlarda tanamizdan to’g’ri foydalanamiz. 


Ammo travma peshona bo’limi faoliyatini suslashtiradi. Natijada diqqatni jamlash va o’rganish bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Boisi, biz stressdaligimizda kortizol buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladi. Kortizol yurak urushi, qoz bosimi, nafas olish va muskul qisqarishini tezlashtiradigan garmon hisoblanib, bizni qochishga yoki kurashishga tayyorlaydi. Katta miqdordagi kortizol odamning mantiqan fikrlashiga xalaqit beradi. Agar tanamiz har doim xavfda ekanligini o’ylasa, bizda doimiy ravishda katta miqdorda kortizol bo’ladi, bu esa diqqatni jamlash va yangi narsalarni o’rganishimizga ta’sir qiladi. 


Peshona bo’limi bilan bog’liq ravishda, anterior singulat korteks ham stressdan zarar ko’radigan bo’limlardan biri. U emotsiyalarni boshqarish markazi bo’lib, stressli vaziyatlarda noqulay hissiyotlarni nazorat qiladi. Anterior singulat korteksning shikastlanishi emotsiyalarni boshqarishda qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Misol uchun, biror bir insonga hazil qilinsa, hazil tugagandan ancha keyin ham qo’rqishda davom etadi. 


Bolalik travmasi posttravmatik stress buzilishi, yuqori stress darajasi va depressiya kabi ko’plab psixologik muammolarni yuzaga keltiradi. Ammo bu muammolar sabr, mehr va g’amxo’rlik bilan tuzalishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, hayotning ilk yillarida g’amxo’r va mehribon ota-ona bilan bo’lgan iliq munosabatlar toksik stressning zararli ta’sirini oldini oladi. 


Travmani davolashning eng xavfsiz yo’li bu vaqt. Asta sekin o’ziga ishonchni qurish va o’zini yana xavfsiz his qilish uchun harakat qilish - yaxshi fikr. Bundan tashqari sabrli va mehribon ota-onalar toksik stressni yengillashtiradi. Chunki bu munosabatlar bolalarda ishonch va birdamlik hissini shakllantiradi, va nihoyat ular o’z travmalarini yengishni o’rganadilar. Davolanish uzoq va qiyin yo’l bo’lishi mumkin, ammo yetarlicha qo’llab-quvvatlash, sabr va mehr bilan inson bu yukdan qutuladi. 




Tarjimon: Madinaxon Odilova

Muharrir: Tillayev Asadbek

"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev


Manba: https://www.brainfacts.org/thinking-sensing-and-behaving/childhood-and-adolescence/2020/wired-for-danger-the-effects-of-childhood-trauma-on-the-brain-101920

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri