- 20:53 / 17.11.2024
- 22:08 / 17.11.2024
- , Miya Ilmi
Charchagan holda uyg'onish.

Uyg’otkich jiringlaydi, uyg’ondingiz, va hali ham uyqusiragan holdasiz? Nega? Ertalab uyqusirashni tushunib bo’lmaydi, hammasidan ham, 8 soat uxlagan bo’lsangiz. Kuchga to’lib, ishtiyoq bilan, diqqatingiz jamlangan holda uyg’onishingiz kerakmasmi? Yo’q, va negaligini tushuntirish uchun bir nechta narsalar bor.
O’tgan bir necha soatlar davomida ko’p vaqtingizni REM uyquda, ya’ni tush ko’rib o’tkazgansiz. Miyangiz tush ko’rish davomida judayam faol bo’lgan va ATP energiya molekulasining katta miqdorini sarflagan. ATP dagi A adenozinni anglatadi. Miyangizda adenozinning ishlab chiqarilishi va ajralib chiqishi uxlayotganingizda sodir bo’ladigan metabolik faoliyatga bog’langan. Miyangizda adenozin miqdorining oshishi va uyqusirashning ortishi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik bor. Nega? Adenozin bu nerv hujayralari o’rtasida axborotni uzatishda yordam beradigan kimyoviy moddadir. U sizni diqqatingizni jamlashda va ishtiyoqli his qilishingizga javobgar bo’lgan neyronlarni bloklaydi. Siz tush ko’rayotganingizda miyangizda to’planib qolgan adenozin tufayli uyqusiragan holda uyg’onasiz. Juda ko’p miqdordagi adenozin uchun yagona davo bu kofedir.
O’tgan tun kech uyquga yotganmidingiz?
Juda ko’p odamlar juda ko’p marta juda kech uxlashadi. Sababi, kech uyquga yotish shunchaki yaxshiroq tuyuladi. Shuningdek, uyquga yotishni kechiktirsak, tezroq uxlab qolishga moyilmiz. Har tunda bir soat ertaroq uyquga yotishdan ko’ra, bir soat kechroq uyquga yotish osonroq. Nega? Chunki inson zoti paydo bo’lganida, ichki biologik soati 25 soat bo’lgan. Lekin biz hozir qat’iy 24 soatlik rejimda yashaymiz. Shuning uchun bir soat kech uyquga yotish har doim osonroq.
Kech uxlashni afzal ko’radigan odamlar kechroq uyg’onadi va ham aqlan ham jismonan zo’r faoliyat olib boradi. Lekin kechqurun ishlashni afzal ko’radiganlar judayam yomon uyqu sifatidan, kunduzgi sifatsiz faoliyatdan va ertalab ko’proq faol bo’ladigan shaxslarga qaraganda uyquga bog’liq muammolardan ko’proq aziyat ko’rgan. Yanada tashvishlanarlisi, kech uyquga yotish gipokampus hajmini pasayishiga olib keladi. Gipokampus- miyaning bir qismi bo’lib, xotira, o’rganish kabi jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Gipokampus hajmining pasayishi o’rganish va eslab qolish qobiliyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’tgan tunda och uxlaganmidingiz?
Uxlashdan oldin nima yeyishingiz ham yaxshi uxlashingizga yordam berishi mumkin. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatadiki, uxlashdan oldin shirinlik iste’mol qilish uyqusirashga sabab bo’lishi mumkin. Qon shakarining normadan yuqori darajada bo’lishi uyquni yuzaga keltiradigan neyronlarning faollashishiga olib keladi. Bu neyronlar miyaning miya va asab tizimini himoya qiluvchi murakkab tuzilma yetishmaydigan qismlarida yashaydi. Shuning uchun ular qonda shakarning borligini sezishi bilan, sizni uyqusiratadi. Bu biz nega katta miqdordagi taom yeganimizdan keyin ham uyqumiz kelishini ham izohlashi mumkin. Bu odatiy funksiyani bajarish uchun miyamizning shakarga bo’lgan katta ehtiyoji borligini ham bir isbotidir.
Tunda yaxshi uxlash ko’plab insonlar uchun hard doim ham oson emas. Yosh o’tishi bilan, odatiy uyqu ritmlari buziladi. Bu esa kunduzi uyqusirashga olib keladi. Olimlar biz 9-18 yosh oralig’ida zo’r uxlashimiz, keyin vaqt o’tgan sari esa uyqu sifatimiz pasayishini aniqlashgan.
Yetarlicha uxlamasangiz nima bo’ladi?
Olimlar nega biz uxlashimizni aniqlashmagan bo’lsa ham, ular biz 6 va 8 soat oralig’ida uxlashimiz kerakligini aniqlashgan. Yetarli miqdorda uxlamaslik bizni ko’proq salbiy xotiralar va hissiyotlarga e’tibor qaratishimizga sabab bo’ladi. Hissiy o’zgaruvchanlik – bu hissiyotlarimiz ustidan nazoratni saqlab qolishimiz uchun old miyamizning yomonlashgan qobiliyati sababli bo’lishi mumkin. Shuningdek, suhbatlarga quloq sola olmaymiz va suhbat davomida diqqatimizni yo’qotib qo’yamiz. Uyqudan mahrum bo’lish ma’lumotlarni vaqt o’tishi bilan saqlash jarayonini yomonlashtiradi va biz umuman sodir bo’lmagan voqealarni ,,eslashimiz’’ga sabab bo’ladi.
Doimiy ravishda yetarlicha uxlamaslik sizni immunitet kasalliklari, o’simta, metabolik sindrom, va depressiya kabi xavfli kasalliklarga olib keladi. Nega? Ba’zi yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar uyquning miya uchun ahamiyatini, xususan, miya uchun normal bo’lmagan va ehtimolki toksik oqsillarni tozalashda muhimligini ko’rsatdi. Ushbu oqsillar to’planib, qarilikda demensiya rivojlanish ehtimolini oshirishi mumkin.
Hozir nima qilayotgan bo’lsangiz ham, to’xtang va mizg’ib oling.
Tarjimon: Po'latboyeva Dilnavoz
Muharrir: Tillayev Asadbek
"Miya Ilmi" bo'limi lider: Jamshidbek Izzatullaev
Izoh qoldirish