Samarali mashg’ulot va nevrologiya.

Samarali mashg’ulot ortidagi nevrologiya

Mushaklarning rivojlanishi ahqida o’ylaganimizda hayolimizga ko’pincha og’ir vazn va mashaqatli mashqlar keladi. Lekin sog’lom va kuchli mushaklar ortida nevrologiya, to’g’ri ovqatlanish va muskullarning tiklanishining murakkab jamlanmasi turadi. Mashg’ulotlarimizni yanada samarali qilsih uchun Dr. Hubermanning ushbu bog’liqlik haqidagi tuushunchalariga to’xtalsak.

Miya va muskullar

Mushaklar harakatining asosi aslida miya va mushaklar o’rtasidagi bog’liqlikdir. Bizning miyamiz mushaklar bilan yuqori va quyi harakat nevronlari orqali muloqot qiladi. Ushbu sistema bizning mushaklarimiz rejalarimziga to’g’ri javob qaytarishini taminlaydi va uni tushunish mashg’ulotlarimizning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

O’gir yuklarsiz kuch to’plash

Mashg’ulotlardagi eng ko’p tarqalgan noto’g’ri tushunchalardan biri “kuch yig’ish uchun og’irlik ko’tarish kerak” degan fikr hisoblanadi. Hubermanning takidlashicha sizning bir martalik maksimal ko’taradigan o’girligingizning 30 foizichalik og’rilik orqali ham kuch yig’ish mumkin. Bu fikrlar ancha vaqtlardan beri o’g’rilikdan qo’rqib mashg’ulot boshlay olmayotganlar uchun ayniqsa dadillik beradi. To’g’ri usullar va texnikalar orqali qanday holatda bsohlashidan qatiy nazar hamma o’z kuchini va mushaklar rivojlanishini oshira oladi.

Qayta tiklanish: mushaklar o’sishining maqtalmagan sababi

Aynan qayta tiklanish bosqichida mo’jizalar sodir bo’ladi. Zararlangan mushaklar mustahkamlanadi o’sadi va rivojlanadi. Agar mushaklar yetarlicha tuzalmasa, Huberman takidlaydiki, mashg’ulotlar kutilganidek foyda bermaydi. Ushbu jarayonni tezlashtirish uchun odamlar dam olish, uyqu va tuzalish usullariga ko’proq e’tibor berishlari kerak.

To’g’ri ovqatlash: mushaklar uchun quvvat

To’g’ri ovqatlash muskullar tiklanishi va o’sishida muhim rol o’ynaydi. Proteinlarning asosida bo’ladigan aminokislotalar muskullaring rivojlanishi uchun juda ham zarurdir. Huberman mashg’ulotlarlarning sifatini yaxshilash uchun ushbu kislotalarga boy muvozanatdagi diyeta qilishni maslahat beradi. Yetarli miqdorda protein istemol qilishni taminlash mushaklar so’g’lig’ini va kuchini oshiradi va bu sizga keyingi mashg’ulotlarda chidamli bo’lishingizga yordam beradi.

Tanangiz bilan uyg’unlikni saqlash

Mashg’ulotlarni to’g’ri yo’naltirish uchun tiklanish jarayonini kuzatib, o’rganib borish juda ham muhim. Yurak urish o’zgarishini o’lchovchi kabi vositalar tuzalish jarayonida katta yordam beradi va ehtimol stressdan tanangiz qanchalik tez tiklanishini aniqlaydi. Xuddi shunday, mushaklardagi kuchni o’lchab borish umumiy chidamlilikni o’lchash uchun vosita sifatida yordam beradi. Bu o’lchamlarni e’tibor markazida saqlab, siz haddan ortiq charchoqni oldini olgan holda samarali treyning mashg’ulotlari bilan shug’ullanishingiz mumkin.

Sovuq dush

Sovuq dush qabul qilish to’g’ri vaqt tanlanmasa yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. U mashg’ulotdan keyingi charchoq uchun foydali bo’lsa ham, muskul treyninglaridan keyinoq sovuq dush qabul qilish mushaklar o’sishini sekinlashtiradi. To’g’ri vaqt qo’ya olish muhim: tanangizga sovuq dushdan oldin mashg’ulotlar stressiga moslashishga vaqt berish tiklanish va mushaklar sog’lig’ini rivojlantiradi. Tiklanish strategiyalarida to’g’ri muvozanatni topa billish eng yaxshi natijalarga erishish uchun juda ham zarur.

Xulosa: samarali mashg’ulotdagi ilm-fan

Nevro Sistema, muskullar fiziologiyasi, to’g’ri ovqatlanish va tiklanish orasidagi o’zaro murakkab bog’liqlikni tushuna olish fitness salohiyatimizni oshirish uchun asosiy kalitdir. Dr. Andrew Huberman ko’rsatib berganidek, mushaklar o’sishi faqatgina siz ko’targan o’g’irliklar orqali emas, to’g’ri usullar tanlay olish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, professional atletikachimisiz yoki yangi boshlovchi shuni yodda tutinki kuchli mushaklar uchun yo’l bilim va strategiya orqali ochiladi.


Tarjimon:Mushtariy Shermuhammadova

Muharrir: Tillayev Asadbek 

"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev

Manba

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri