Zamonaviy dunyoda tamoyillarni topish.

Zamonaviy dunyoda maqsad, kuch va bog'liqlikni topish: Robert Greenedan saboqlar

 

Ma'lumot, o'z-o'zini targ'ib qilish va raqobatga to'la dunyoda ko'plab insonlar asosiy tamoyillarni topishga qiynalishadi. Bugun mashxur muallif va madaniyat tahlilchisi Robert Greene maqsad, kuch, zaiflik va oddiy bo'lmagan jamiyatda o'zini rivojlantirish kabi asosiy tushunchalar bo'yicha yo'l-yo'riq berib o'tadi. Bugun, Greene bu fikrlarni batafsil o'rganish, nima hayotni zavqli, bog'langan va maqsadlarga to'la qilishi haqida suhbatlashish niyatida neyrolog Andrev Huberman bilan muloqotga kirishdi. 

 

O'zi yo'lini topish: Maqsad qo'yishning kuchi

 

Greene uchun, zavqli hayotga birinchi qadam o'zini anglash, ayniqsa, uning borligining maqsadini yoki "hayotdagi vazifasini" topishdan iborat. Uning aytishicha bizning noyob va mislsiz hayot yo'limiz ko'pincha bolalikdagi tajribalardan va qiziqishlardan kelib chiqadi, va ular bizni ma'noli hayotga olib boradi. Bu "hayotdagi vazifa" nafaqat karyera tanlovida, balki, bu qiziqishlar va qobiliyatlar bilan mos keladigan ishlarni topishdir. Greenening fikriga qaraganda, xotiralarimizni eslab turish va qiziqishlarmiz, munosabatlarimuz va muvaffaqiyatlarimizdagi andozani (shablon) tanish har bir insonga tegishli yo'lini ravshanlashtiradi. Greene ning chorasi bugungi kungda juda muhim va aloqador, chunki juda ko'pchilik jamiyatning kutganiga qarshi chiqish bilan bir vaqtda o'zini anglash bilan qiynalishadi.U barcha insonlarni barchaga tanilgan an'anaviy muvaffaqiyatlar ta'rifini e'tiborga olmaslikga va har bir inson o'zining ichki motivatsiyasini tinglashga undaydi. Qachon biz kattaroq maqsadni harakatimizga bog'lar ekanmiz, Greene aytadiki, shundagina biz chidamli, moslashuvchan va hayotning qiyinchiliklariga tayyor bo'lamiz.

 

Kuchni anglash: Ta'sir, Bardoshlilik va ijtimoiy dinamika

 

Kuch dinamikasi ko'pincha manipulyatsiya yoki boshqaruv deb xato tushuniladi, lekin Greene kuchning mayda tafsilotlarga to'la deb tushunadi: bularning hammasi ta'sir, bardoshlilik, va inson tabiatining teran tushunchasi haqida. Greene fikricha, shaxsiy hamda professional munosabatlarni to'g'ri yo'naltirishda kuch juda muhim hisoblanadi. Bu turdagi hissiy intellektni o'zlashtirish odamlarga muammolarni muloyimlik bilan hal qilish, boshqa odamlarning motivatsiyalarini tushunish va sog'lom hamda o'zaro manfaatli munosabatlarni qurish imkoniyatini beradi. An'anaviy ierarxiyalar kamroq qat'iy bo'layotgan bir paytda kuch dinamikasini tushunish muhimligini ta'kidlaydi. Nafaqat ish joylarida, balki do'stlik va romantik munosabatlarida ta'sir qanday ishlashini tushunish - bizga munosabatlarga o'ychanlik bilab yondashishga hamda hurmatli va bardoshli aloqalar uchun asos yaratish imkoniyatini beradi. Greene fikricha - hamjihat bo'lgan holda o'z pozitsiyamizni saqlab qolishning e'tiborli balansi chidamlilikni rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishish uchun muhimdir.

 

Zaiflikni qabul qilish: Chuqurroq aloqalar kaliti 

 

Munosabatlar haqida muloqot qilganda, Greene ko'pincha zaiflik kuchsizlik bilan xato qilinishini, va u aslida kuchli bog'lovchi ekanligini ta'kidlaydi. O'zini namoyish etish va imidjini mukofotlaydigan jamiyatda zaiflikni ko'rsatish qo'rqinchili bo'lishi mumkin. Biroq, boshqalarga ochilib, samimiy his-tuyg'ularni ular bilan baham ko'rish ishonchni kuchaytiradi va hissiy farovonlikni rivojlantiradi. Greene shuni ta'kidlaydiki, zaiflikni qabul qilish nafaqat shaxsiy munosabatlarga, balki kreativlikka ham muhim va foydali. Hissiy devorlarni sekin-sekin olib tashlash boshqalar bilan aloqalarni boy va manoliroq qiladi, innovatsiya va hamkorlik rivojlanadigan muhitni shakllantiradi. Ochiqlikni qadrlash orqali biz kreativlik, tushunish va ishonch gullab yashnay oladigan muhit yaratamiz - bunday xususiyatlar raqamli vositalar orqali aloqa qiladigan, o'zaro bog'langan dunyoda juda muhimdir.

 

Erkaklik va ayollik krizisini yengish

 

Bu zamonaviy davrda, ayollik va erkaklik so'zlarining an'anaviy tarifi o'zgarib bormoqda va oqibatda, juda ham ko'p insonlar o'zlarining rollari haqida shubhaga boryapdilar. Greene buni "inqiroz" deb ataydi, chunki o'zgarib borayotgan gender dinamikasi tarixiy me'yorlarga qarshi chiqmoqda. Bu oqim nafaqat muhim, balki qiyinchiliklarga to'la deb ishonadi, bunga sabab odamlar munosabatlarni va jamiyat kutgan narsalarni aniq yo'l-yo'riqsiz yo'nalishni aniqlaydi. Namuna qilib ko'rsatilinadigan insonlar, Greene aytishicha, odamlarga o'zining erkaklik yoki ayollikni kuchli va moslashuvchan tarzda tushunib yetishga undaydi. U kuch, hamdardlik va originallik  kabi xususiyatlarga ega ustozlarni tanlashni tavsiya qiladi. O'zi xatti-harakatlarimizni bu namunalarga asoslasak, biz bu xususiyatlarni hayotimizga qanday kiritishni yaxshiroq tushunishimiz va genderning (jins) o'zgarib borayotgan landshaftidan ishonch va halollik bilan o'tishimiz mumkin.

 

Mentorlikning ahamiyati: o'z-o'zini kashf etish

 

Greene fikriga ko'ra, mentorlar o'zlarining tajribalaridan kelib chiqib, insonlarga bilim va donolik bilan qimmatli yo'l-yo'riqlarni taklif etadilar.   O'xshash sinovlarga duch kelgan insonlardan o'rganish orqali biz o'zi yo'limiz haqida chuqurroq tushunchaga ega bo'lishimiz mumkin. Mentorlar bizning maqsadlarimiz va qiymatlarimizni to'g'ri baholashga yordam berishadi, bu bilan shaxsiy rivojlanishni aniq yo'naltirilgan va kuchli fikrlashi tarziga ega bo'lgan holda yo'l tutishimizga imkon berishadi. Greene ning so'zlariga ko'ra, haddan tashqari ko'p ma'lumot va ijtimoiy bosim tufayli o'z-o'zini kashf etishda turli bosimga uchrab, shaxsiy rivojlanish yo'lida turli sinovlarga uchrayotgan yoshlar uchun mentor topish juda muhimdir. Mentorlikni izlab insonlar o'zlarining mustahkamlashlari hamda o'z maqsadlari va qadriyatlariga mos kelgan qarorlarni qabul qilishlari mumkin

 

Raqamli zamon ta'siri: Ijtimoiy tarmoq labirintida yo'nalishni topish

 

Raqamli davrda ijtimoiy tarmoq insonlarga muvaffaqiyat, go'zallik va maqsad haqida turli raqobatli fikrlarni taqdim qilmoqda, bu bilan o'z-o'zini kashf etishni qiyinlashtirmoqda. Greene shunday deb bizni ogohlantiradi, agar biz onlayn hayotda nimalarni iste'mol qilayotganimiz haqida fikr yuritmasak, biz o'zligimizni yoqotishimiz mumkin. Uning fikricha, ijtimoiy tarmoq boshqalar bilan aloqaga ega bo'lish kabi ijobiy ta'sirga ega, ammo u bizning fikrlashimizni buzishi va bizni tashvishga solishi mumkin. Greene mazmunli bir yo'lini taklif etadi: muhim bo'lmagan raqamli landshaftda bejiz vaqt o'tqizgandan ko'ra qiymatli kontentni tanlab ko'rish. Bu maqsadli harakat taqqoslash tuzog'iga tushib qolish o'rniga bizning ruhiy sog'lig'imizni himoya qiladi va haqiqiy o'z-o'zini anlashga undaydi.

 

Hissiyotlarni konstruktiv yo'llar orqali rivojlanishga yo'naltirish

 

Nihoyat, Greene his-tuyg'ularni konstruktiv yo'naltirish muhimligini ta'kidlaydi. Salbiy (negativ) his-tuyg'ular, uning fikricha, muqarrar lekin biz ularni qanday boshqarishimiz katta farq olib kirishdi mumkin. G'azab, xafa bo'lish yoki qayg'uni yengib, bostirish o'rniga, Greene ularni loyihalar yoki ijtimoiy tashabbuslar kabi konstruktiv harakatlarga yo'naltirishni taklif etadi. Bu bilan biz potensial ravishda halokatga olib kelishi mumkin bo'lgan energiyani ijobiy o'zgarish olib kelishi mumkin bo'lgan kuchga aylantirishimiz mumkin.

 

Bosim va murakkabliklarga to'la dunyoda Greene ning tushunchalari insonga chuqur darajada ta'sir qiladi. Maqsad, kuch, zaiflik, gender rollari, mentorlik, ijtimoiy media va emotsional barqarorlik boʻyicha yoʻnaltirishlari orqali u zamonaviy hayot murakkabliklarini yengish uchun yoʻl xaritasi taqdim etadi. Biz oʻzimizni tushunish va boshqalar bilan aloqa oʻrnatishga intilayotganimiz bilan bir vaqtda, Greene ning maslahatlari oʻzini anglash - doimiy safar (sayohat) ekanligini eslatib turadi hamda u mazmunli munosabatlar, baxt va maqsadli hayotga olib kelishi mumkin.


 

Tarjimon: Nafisaxon Akmalova 

Muharrir: Tillayev Asadbek

"MIya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev


Manba: https://www.youtube.com/watch?v=50BZQRT1dAg

 


Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri