Tonggi mashq orqali energiya.

Tonggi mashq orqali energiyaga boy bo'lish va yaxshi uxlash


 

Ertalab uyg'onaman va telefonimni olishni xohlayman. Ammo bilaman xatto telefonim ekrani eng yorug' bo'lsa ham, u menda kortisolni qo'zgash, kun davomida tetik va diqqatli bo'lish, va tunda uyquni yaxshilashim uchun yetarli emas. So’ng, o'rnimdan turaman va tashqariga chiqaman. 


Agar yorqin va bulutsiz kun bo'lsa va quyosh ufqning quyi qismida yoki endi chiqayotgan bo'lsa (biz uni quyi quyosh burchagi deb ataymiz) to'gri vaqtda tashqariga chiqganimni sezaman. Agar osmonni bulut qoplagan va quyoshni ko'ra olmasam, men to’g’ri ish qilayotganimni bilaman. Chunki aynan bulutli kunlarda tashqariga chiqging va ko'zlaringga iloji boricha ko'p yorug'lik energiyasi va fotonlar olging keladi. Lekin, aytaylik osmonda bulut umuman bo’lmasa va quyoshning qayerda ekanligini ko'ra olsam, bunday holatda quyoshga tik qarashimga hojat yo'q. Agar quyosh ufqdan endigina ko'tarilayotgan bo'lsa, unga qarashim mumkin, chunki u ko'zlarimni og'ritmaydi. Ammo, quyosh ufqdan biroz ko'tarilgan va yorqinroq bo'lsa, unga qarash ko'zlarimni og’ritadi.


Quyosh nurini kunning boshida olish uchun u tomonga qarash kerak. Agar u juda yorqin bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri qarash shart emas. Ko'zlaringizni yumish mutlaqo normal holat va qachon ko'zlaringizni yumishni xohlasangiz, yumishingiz kerak. Hech qachon yorqin va ko’zga og’riqli nur manbalariga qaramang, chunki bu ko'zingizga zarar yetkazadi. Ammo ertalab quyosh nurini ko'rishda qora ko'zoynak taqmaslik yaxshiroq. Hech bo'lmaganda faqat shu tonggi quyosh nuri paytida. Ammo, oddiy ko'zoynak yoki linzalar taqish mutlaqo yaxshi. Ular ko'z retinangiz va melanopsin hujayralariga yorug'likni to'g'ri yo'naltirishda yordam beradi. 


Agar ko'zoynaklaringiz yoki kontakt linzalaringizni ultrabinafsha (UV) nurdan himoyasi bo'lsa, bu ham yaxshi. Quyoshdan keladigan turli to'lqin uzunlikdagi yorug'liklar yetarli darajada yorqin bo'lib, kunning shu vaqtida siz xohlagan mexanizmlarni faollashtiradi. Shu bois, uyg'onganingizdan keyin, imkon qadar tezroq, 5 yoki 15 daqiqada tashqariga chiqing, hech bo’lmaganda uyg’onganingizdan keyingi bir soat ichida. Siz bilan tonggi quyosh nuri haqida uchta muhim narsani bo'lishmoqchiman. Birinchidan, bu biror-bir asosga ega bo’lmagan biologiya emas; u bizning fiziologiyamizning asosiy qismiga asoslangan. 


Yuzlab, xattoki minglab ishonchli maqolalar, kunduzgi quyosh nurini kun davomida tetiklik va tunda yaxshi uyquga yordam beruvchi asosiy omil ekanligini ko’rsatgan. Kunduzgi quyosh nuri tundagi yaxshi uyquni ta’minlash va kun davomida o’zingizni bardam his qilishingiz uchun asosiy quvvat vositasidir. Ikkinchidan, agar siz quyosh chiqishidan oldin uyg’ongan bo’lsangiz, uyingiz yoki kvartirangizda sun’iy chiroqlarni yoqishingiz kerak.


 Agar siz soat 4 da uyg’onsangiz, to’liq uyg’oq bo’lish uchun sun’iy chiroqlarni yoqing. Biroq quyosh chiqqandan keyin, tashqariga chiqishingiz kerak. Sun’iy chiroqlar bunday paytlarda quyosh nurini o’rnini bosadimi deb so’rasangiz, afsuski yo’q. Hech qanday sun’iy chiroqlar quyosh nurichalik sizda kortizol mexanizmini ishga tushirish uchun yetarli emas. Qiziqarlisi shundaki, uyingizdagi shu chiroqlar xattoki telefoningizni ekrani ham yarim tunda qarasangiz uyqungizni buzadigan darajada yorqin. 


Xulosa shuki, ko’zimiz va miyamiz biologiyasida assimetriya bor. Erta tongda uyg’onganingizdan keyin sizga ko’p quyosh nuri, fatonlar va yorug’lik energiyasi kerak. Sun’iy chiroqlar siz xohlagan vazifani bajarmaydi. Ammo tunda xatto ozgina sun’iy yorug’lik ham sizning 24-soatlik biologik soatlaringizni va yuqoridagi barcha mexanizmlarni faoliyatini buzishi mumkin. Agar siz quyosh chiqishidan oldin uyg’onsangiz va hali atrof qorong’u bo’lsa, imkon qadar ko’p va yorug’ sun’iy chiroqlarni yoqing. Ammo quyosh chiqganida va ayniqsa bulutli kunlarda tashqariga chiqing. 


Takrorlayman, bulutli kunlarda tashqariga chiqishingiz va ko’p quyosh nuri olishingiz juda ham muhim. Qancha quyosh nuri olishingiz kerak? Bu odam va joyga qarab katta farq qiladi. Misol uchun, Yerning qaysi qismida yashashingiz, daraxtlar ko’p-kamligi va ko’zingizni sezgirligi kabi omillar. Aniq bir fikr bildirish qiyin, lekin umumiy tavsiyalar berishimiz mumkin. Umumiy holatda, bulutsiz kunda ko’zingizga quyosh nuri tahminan 5 daqiqa davomida ta’sir qilishi kerak. Bulutli kunlarda esa, quyosh qisman ko’rinayotganda, 10 daqiqa yorug’lik nuri olish tavsiya etiladi. Qalin bulutli va yomg’irli kunda 20 yoki 30 daqiqa quyosh nuri oling. 


Yana bir muhim jihat, quyosh nurini mashina yoki deraza ortidan olishga harakat qilmang. Bunday vaziyatda kerakli mexanizmlar faollashmaydi, natijada judayam ko’p vaqt ketadi. Ko’zlaringiz yetarli quyosh nuri olish uchun kun bo’yi turishingizga to’g’ri keladi. Bu vaqtgacha quyosh ufqga botib bo’ladi. Shu bois, oynalar yoki qora ko’zoynak orqali yorug’lik nuri olmang. Bu foyda bermaydi. Tashqariga chiqing. Agar havo juda yomon bo’lsa yoki biror bir sababga ko’ra ko’chaga chiqa olmasangiz, deraza yoniga yaqinroq turing. Bu ohirgi chora bo’lishi mumkin. Lekin quyosh nuri olish uchun siz haqiqatdan ham tashqariga chiqishingiz lozim.



Tarjimon: Madinaxon Odilova

Muharrir: Tillayev Asadbek

"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Tillayev Asadbek


 

Manba: https://www.youtube.com/watch?v=WDv4AWk0J3U

 


Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri