Holdan toyish.

Dushanba tongida uyg’onganingizda, hayotingizni tartibsiz holda ko’rasiz.  Kun davomida o’zingizni majburlaganingiz sari, topshiriqlar juda ko’p va qiyindek tuyuladi. Vazifalarni tugata olmaysiz. Endi, ertangi topshiriqlarning yuki yanada chalkashtiradigan darajada murakkab tuyuladi. Bu muammolar girdobi surunkali stress tufayli paydo bo’lgan doimiy aqlan va jismonan zo’riqishni davom ettiradi. Agarda bu vaqtida davolanmasa, oxir-oqibat aqliy va jismoniy energiyangizni butunlay tugatishi mumkin. 


Juda ko’pchiligimiz charchagan vaqtimizda biroz ko’proq uxlasak, o’zimizni aybdordek his qilamiz. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, surunkali stress va nosog’lom ish muhiti miyani uzluksiz ravishda xavf-xatarlarni eshitish va ularga javob qaytarish rejimida saqlab boradi. Kompyuter doimiy uning xotirasini to’ldirib boradigan bir nechta dasturlarni orqa fonda ishlatishi kabi, doimiy mehnat aqliy manbalarni doimiy ishlatib, charchash va holdan toyishga sabab bo’ladi. 


“Menimcha, jamiyatdagi tushunmovchiliklardan biri bu holdan toyish  tibbiy tomonlama tashxis qo’ysa bo’ladigan narsa emas. U kasbingizga oid bo’lgan hodisadir,” deydi Anthony Montgomery, U.K dagi Northumbria universiteti psixologi. 


Olimlar holdan toyishni tushunish va samarali davolash uchun uning biologik bog’liqliklarini o’rganishyapti. Ular holdan toyish aqliy faoliyatni kamaytirishini, insonlar o’zlariga yaxshi natijaga erishish uchun bosim berishiga sabab bo’lishini va har kungi vazifalar haqidagi oddiy ma’lumotlarni eslab qola olish qobiliyatiga ta’sir o’tkazishini aniqlashyapti. 


Stress ostida doimiy ishlash


Holdan toyish qisman uzoq davom etadigan stressga javob qaytarishdan ham yuza kelishi mumkin. Masalan, ibtidoiy homosapienlar Serengetida yirtqich sherni ko’rishganida, tabiiy ravishda sherdan qochish uchun tezroq yugurishgan. Bu stress reaksiyasi ularning organizmini adrenalin va  kortizol garmoni bilan to’ldiradi. Bu esa ularni qochish va hayotini saqlab qolish uchun aqliy va jismoniy manbalarini ishga solishga yordam beradi. Ular xavfsizlikka erishganida, tanasi stress reaksiyasini bartaraf qiladi va keyin ular dam olishi mumkin.


Siz boshlig’ingiz bilan judayam qiyin uchrashuvingiz bo’lganida ham, mana shunday bir xil kimyoviy reaksiya ro’y beradi. Lekin bu reaksiya uchrashuv tugagandan keyin ham tugamasligi, bosilmasligi mumkin. Chunki sizda yaxshi ishlashga va ishingizni saqlab qolishga undaydigan doimiy stress omillari bor bo’ladi. Bu garmonlardan ortiqcha ta’sirlanish vaqt o’tgan sari uyqu va tanadagi muvozanat mexanizmini buzadi. Bu holatda tana yanada holdan toyishga qarshi kurashish uchun zaiflashib boradi.


Montgomery 2022-yildagi tadqiqotida holdan toyish aqliy faoliyatning turli qismlariga qanday ta’sir qilishini o’lchab, 7 ta test o’tkazgan. U yuqori darajadagi holdan toyish kuzatilgan insonlar rejalash, o’zgartirish va turli vazifalarni boshqarish kabi miyaning boshqarish fuksiyasiga bog’liq bo’lgan vazifalarni yomon holatda bajarganini qayd etgan.


,, Boshqarish funksiyalari miyaning orkestr boshqaruvchisiga o’xshaydi, boshqa funksiyalar esa musiqachilar. Yaxshi mashq qilingan musiqani ijro qilish uchun drijior kerak emas, lekin bundan qiyinroq bo’lgan vazifani bajarish uchun sizga aniq drijior kerak. Yuqoridagi bu funksiyalar miyaning aqliy nazorat markazini o’z ichiga oladi,” deb tushuntiradi Kaisa Hartikainen,  University of Tampere dagi klinik neurolog va miya olimi. 


Bajarish va eslab qolishga bo’lgan qobiliyatni susaytirish


2023-yil oktyabr oyida Hartikanien boshqaruv funksiyalarini o’lchovchi ko’p maqsadli kompyuter asosidagi reksiya vaqti testini ishlab chiqdi. Ishtirokchilar boshlarining ustki qismiga elektroensefalografiya (EEG) elektrodlari qo’yilgan holda, uchburchak yuqoriga yoki pastga qaraganini aniqlash uchun tugmachani bosdilar. Qaysi rangning javob berish zarurligini va qaysi rangning javob berishni to’xtatishni belgilovchi qoidalar tez-tez o’zgarib turdi.


Qizig’i, holdan toyish kuzatilgan guruh sinash uchun mo’ljallangan guruh odamlari bilan bir xil ishlagan. Lekin EEG natijalari holdan toyish kuzatilgan guruhlarida jarayon sekinroq bo’lganligi va vazifaga oid aqliy manbalarni tajriba guruhiga qaraganda ko’proq sarflaganini ko’rsatgan.


Loura Sokka, klinik neuropsixolog 2016-yilda bir xil natijani olgan. Ishtirokchilar ko’rgazmali xotira mashqlariga diqqat qaratishi va onda-sonda bo’ladigan, hushyorlikni o’lchaydigan chalg’ituvchi tovushga reaksiya bildirishi yuklatigan edi. Holdan toyish insonlar biror vazifani tugatishga e’tibor qaratganida, ulardagi tashqi muhitga bo’lgan hushyorlikni pasaytirishi aniqlandi.


Sokka shunday deydi: “Biz orqa qismda ishlovchi xotira bilan bog’liq javoblarning kamayishini va old qismda esa ko’payishini  kuzatdik. Old miyadagi javoblarning ko’payishi ushbu vazifalarni bajarishda aqliy resurslarning ko’proq iste’mol qilinishini anglatadi, lekin charchoq yomonlashganda old miya faoliyatni saqlab qola olmaydi.


Holdan toyishga psixologik kasallik sifatida qarash


Holdan toyish faqatgina bizning fikrlarimiz yoki hissiyotlarimiz emas, balki, bu simptomlar ortida psixologik bog’liklar ham borligini ko’rsata olishimiz uchun, holdan toyishni boshdan kehirganimizda miyamizda nima sodir bo’lishini aniqladik.


Montgomery aytadiki:’’Holdan toyish shunchaki bizning faoliyatimizga bog’liq emas, balki, bu ijtimoiy hodisa sifatida boshlanadi. Odamlar bilan qanday munosabatga kirishishimizning sog’lig’imizga katta ta’siri bor. Qanday darajada o’zimizni qoniqarli his qilishimiz biz atrofimizdagi insonlar bilan qanday munosabat qilishimiz bilan bevosita bog’liqdir.


Jamiyat holdan toyishdan xalos bo’lishda samarali yoki sog’lom bo’lmagan usullarni qo’llashi mumkin. Lekin depressiya haqida ham insonlar shunday o’ylashgan toki dori ishlab chiqaruvchi kompaniyalar depressiya bu miyaga doir kasallik ekani va uni davolasa bo’lishini aniqlaguncha shunday o’ylashgan. “Agar holdan toyish yetarlicha uzoq vaqt davom etsa, miya tizimi va funksiyalarida jiddiy o’zgarishlar paydo bo’ladi.”


Hartikainen aytadi:“Juda jiddiy holdan toyish hattoki yoga yoki meditatsiya kabi o’zimizga g’amxo’rlik qilish uchun bajaradigan ishlarga bo’lgan ishtiyoqimiz va qobiliyatimizga ham ta’sir qiladi. Biror bir inson holdan toyishni boshdan kechirganida, ularning stressli kun tartibi sog’lom mashg’ulotlar bilan shug’ullanish uchun layoqat, energiya yetishmasligiga sabab bo’ladi.


U shuningdek ish joylari va qonun chiqaruvchi siyosatchilarga alohida ta’kidlab aytadi:

“Miyani reallikdan uzoq bo’lgan vazifalar va muddatlar bilan oshiqcha to’ldirish xavfli aqliy bosimga sabab bo’ladi. Bu esa insonlarning samaradorligi va shaxsiy aloqalarining sifatini buzilishiga sabab bo’ladi. Biz ish bilan bog’liq bo’lgan holdan toyishga miya bilan bog’liq bo’lgan muammo sifatida qarashni boshlashimiz kerak.”




Tarjimon: Po'latboyeva Dilnavoz

Muharrir: Asadbek Tillayev 

"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 21:11 / 30.10.2024
Charchoq va miya faoliyati.
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri