Spirtli ichimlik va sog'lik.

Miyaga alkogolning yashirin ta'siri: ichish odatlari, mastlikdan keyingi holatlar va tiklanishni tushunish.


Ijtimoiy yig‘ilishlar va bayramlarda alkogol o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, uning miya va tanaga bo‘lgan ta’siri dastlabki kayfiyatdan ancha chuqur. Ko‘pchilik ko‘p miqdorda ichish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishini bilsa-da, yangi tadqiqotlar hatto me’yoriy darajadagi ichish ham miyaga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Keling, alkogolning miya funksiyasiga, mastlikdan keyingi holatlarga va tiklanishni qo‘llab-quvvatlash strategiyalariga qanday ta’sir qilishini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganamiz.


Alkogolning Nneyrokimyoviy ta'siri: miyada nima sodir bo‘ladi?


Alkogol qon aylanish tizimiga kirganda, miya faoliyatini buzadi, ayniqsa miyyaning oldidagi qismiga— bu qism qaror qabul qilish, impuls nazorati va xulqni boshqarishga javobgardir. Alkogol bu sohada faollikni pasaytiradi, shuning uchun ichganimizda o‘zimizni nazorat qilish qobiliyatimiz pasayadi va natijada biz keyinchalik afsuslanadigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin. Xotira ham xiralashadi, chunki alkogolning miyaning hotira qismiga ta'siri uzoq muddatli va aniq xotiralar shakllanishini qiyinlashtiradi.


Bu ta’sirlar faqat ko‘p miqdorda ichishda emas, balki hatto me’yoriy darajadagi ichishda ham kuzatiladi. Hatto oz miqdordagi alkogol ham vaqtincha xulq-atvorimiz va aqliy funksiyamizga ta’sir qilishi mumkin.


“Me’yoriy” ichishni qayta ko‘rib chiqish: miyaga salbiy ta'sir xatari.


Keng tarqalgan “me’yoriy ichish zararsiz” degan tushuncha endilikda qayta ko‘rib chiqilmoqda. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto kam yoki o‘rtacha darajadagi alkogol iste'moli ham vaqt o‘tishi bilan miyaning yomon tomonga o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Tomografiya tekshiruvlari me’yoriy darajada ichuvchi odamlarning miya qismlarida qarish va xotira va aqliy faoliyat uchun mas'ul bo‘lgan joylarining kichrayishini ko‘rsatadi.


Bu vaqti-vaqti bilan ichish zararlidir, degani emas, lekin muntazam me’yoriy ichishning salomatlikka ta’sirini qayta ko‘rib chiqish zarurligini bildiradi. Kam miqdorda ichish ham vaqt o‘tishi bilan xotira, aqliy qobiliyat va hatto hissiyotni boshqarishga ta’sir qilishi mumkin.


Ichish odatlari qanday qilib chidamlilikni va qaramlik xavfini oshiradi?


Alkogolga chidamilik asta-sekin rivojlanadi, ayniqsa muntazam, me’yoriy ichish natijasida. Vaqt o‘tishi bilan chidamilik oshgani sari, miyaga bir xil ta’sirni his qilish uchun katta miqdorda alkogol kerak bo‘ladi, bu esa iste'molning ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zgarish xavfsiz tuyulishi mumkin, ammo qaramlik va bog‘liqlik xavfini oshiradi.


Shu sababli, ichish odatlariga e'tibor berish va iste'moldagi o‘zgarishlarni kuzatib borish sog‘liq uchun muhimdir. O‘sayotgan chidamilik belgilari, ayniqsa oddiy ijtimoiy ichish holatida e’tibordan chetda qolishi mumkinligi sababli, buni aniqlash juda muhimdir.


Mastlikdan keyingi holat: nima haqiqatda sodir bo‘ladi?


Ko‘pchilik mastlikdan keyingi holatni suvsizlanish bilan bog‘lasa-da, uning sababi murakkabroq. Alkogol uyqu sifatiga, ayniqsa tez ko‘z harakati uyqusiga ta’sir qiladi, bu esa charchaganlik hissini keltirib chiqaradi. Shuningdek, u ichak mikrobiomasini buzadi, bu esa hazm qilish, immunitet va hatto kayfiyatga ta’sir qiladi. Bu buzilish ichak yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin, bu esa jismoniy va ruhiy holatimizga ta’sir qiladi.


Mastlikdan keyingi holatning haqiqiy sabablari yomon uyqu va ichakdagi muvozanatsizlikdir va bu tushunilishi bilan, samarali tiklanish strategiyalarini qabul qilish mumkin bo‘ladi. Bu oddiygina suyuqlik ichishdan tashqari chora-tadbirlarni qamrab oladi.


Alkogolga chidamilikda genetikaning roli.


Genetika alkogolga qanday javob berishimizda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi odamlar alkogolni samaraliroq hazm qilsa, boshqalar qaramlikka moyil bo‘lishi mumkin. Bu farqlar genetik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, oilaviy tarix bir kishi uchun alkogol bilan bog‘liq xavf haqida ko‘p narsani ochib berishi mumkin.


Ushbu genetik omillarni bilish odamlarni ichish odatlari bo‘yicha ongli qarorlar qabul qilishga undaydi. Agar oilada alkogolizm tarixi mavjud bo‘lsa, uzoq muddatli sog‘liq uchun alkogoldan ehtiyot bo‘lish oqilona qaror bo‘lishi mumkin.


Sovuq boshdan kechirish: mastlikdan keyingi holat uchun kutilmagan davo?


So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, sovuqni his qilish mastlikdan keyingi holat alomatlarini yengillashtirishi mumkin. Sovuq his qilish adrenalin ajralishini qo‘zg‘atadi, bu esa alkogolni qondan tezroq chiqarishga yordam beradi. Sovuq dush yoki sovuq narsani bosish kabi oddiy amallar ichish oqshomidan keyin foydali bo‘lishi mumkin, chunki ular hushyorlikni oshiradi va tiklanish jarayonini tezlashtirishi mumkin.


Ichak salomatligi va alkogoldan Tiklanish: achitilgan oziq-ovqatlarning kuchli ta'siri.


Sog‘lom ichak alkogolning ta’siridan tiklanishda muhim rol o‘ynaydi. Alkogol ichak mikrobiotasini buzishi mumkinligi sababli, yogurt, kimchi yoki kombucha kabi achitilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish muvozanatni tiklashga yordam beradi. Fermentlangan oziq-ovqatlar ichak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydigan foydali bakteriyalar bilan ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida hazm qilish, immunitet va kayfiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Bu oziq-ovqatlarni dietangizga qo‘shish orqali ichakdagi alkogolning salbiy ta’sirini bartaraf etishga yordam berishingiz va umumiy sog‘ligingizni oshirishingiz mumkin.


Alkogol iste’molida muvozanatli yondashuv.


Oxir-oqibat, alkogolning miya va tanaga ta’sirini anglash ichish odatlariga nisbatan ongliroq yondashishga yordam beradi. Me’yoriy daraja nafaqat miqdor, balki jadalligi va odatlarimiz haqida ham bo‘lishi kerak. Alkogol ko‘pchilik uchun ijtimoiy hayotning bir qismi bo‘lib qolsa-da, uning miya faoliyati, xulq-atvor va tiklanishga qanday ta’sir qilishini bilish bizni sog‘liq maqsadlarimizga mos keladigan tanlovlar qilishga undaydi.



Manba: https://youtu.be/DkS1pkKpILY?feature=shared

Tarjimon: Mustafo Tairov


Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 13:19 / 23.11.2024
Uzoq umr sirlari
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri