Uzoq umr sirlari

Uzoq va sog’lom hayotga intilarkanmiz, uzoq umr ko’rishga oid ilmlar bizga yangi strategiyalarni taklif qiladi. Bu sohadagi yetakchi ovozlardan biri — doktor Devid Sinkler, qarish mexanizmlari va ularni qanday nazorat qilishimiz mumkinligi bo'yicha taniqli tadqiqotchi. Yaqinda u "ro’za tutish" usuli va jismoniy faoliyatning kuchli foydalari haqida muhoka qildi, shu bilan birga qanday qilib umrni uzaytiradigan genlarni faollashtirishni ko’rsatdi. Keling, uning asosiy tushunchalarini ko'rib chiqaylik.


Ro’za tutish strategiyasi


Sinkler falsafasining markazida ro’za tutish tushunchasi yotadi, ya’ni qisqa muddatli ro'za tutish va jismoniy faoliyat orqali umrni uzaytiradigan genlarni faollashtirish. Doimiy kaloriya cheklovidan farqli ravishda qisqa muddatli oziqlanish va jismoniy mashqlar tanamizning o’zini tiklash mexanizmlarini samaraliroq ishlashiga yordam beradi. Sinklerni fikricha, bu uusul nafaqat jismoniy sog'liqni yaxshilaydi, balki hujayralarimizni yangilashda ham muhim ahamiyatga ega.


Gormezis: Kichik Stressning Foydasi


Sinkler gormezis tushunchasini, ya’ni ro'za tutish, jismoniy faoliyat yoki atrof-muhitdagi omillar natijasida yuzaga kelgan past dozadagi stress salomatlikni mustahkamlashi mumkinligini ko'rsatadi. Bu tushuncha stress har doim zararli degan fikrni inkor etib, sog’lom jismoniy qiyinchiliklar tanamizni mustahkamlash va chidamliligimizni oshirishga yordam beradi degan fikrni qo’llab quvvatlaydi. Kam miqdordagi stressni qabul qilish orqali biz sog'lig’imizni yaxshilash va qiyinchiliklarga moslashishni optimallashtirishimiz mumkin.


O’simliklar kuchidan foydalanish


Sinkler, shuningdek, o'simliklardan olingan oziq moddalar muhimligini ta'kidlaydi, ayniqsa, stressga uchragan o'simliklardan olinganlar. Ushbu o'simliklar himoya birikmalarini, masalan, resveratrolni ishlab chiqaradi, bu esa uzoq umr ko’rish bilan bog'liq jarayonlarni faollashtiradi. Fitokimyoviy moddalarni iste'mol qilish sog'liq uchun foyda keltiradi va ovqatlanishimizda o'simliklarning ahamiyatini ko'rsatadi.


Balansdagi dieta 


Sinkler, hayvon mahsulotlarining ham ahamiyatini e'tibordan chetda qoldirmaydi. Hayvon mahsulotlari zarur oziq moddalarga boy bo'lsa-da, ularni haddan tashqari ko’p iste’mol qilish qarishni tezlashtirishi mumkin. Shuning uchun, o'simlik va hayvon mahsulotlaridan iborat balansli dieta sog'liq uchun eng yaxshisi hisoblanadi. U bizga zarur vitamin va minerallarni olish imkoniyatini beradi, shu bilan birga ortiqcha iste'molning salbiy ta'siridan saqlaydi.


O'lchov: Salomatlik Strategiyalarining Kaliti


Ushbu strategiyalarni amalga oshirishda Sinkler o'lchovning ahamiyatini ta'kidlaydi. Sog'liq ko'rsatkichlari, masalan, qondagi shakar miqdori, yurak urish tezligi va boshqa bioko’rsatkichlar odamlar o’zlarining salomatligi borasida to’g’ri qarorlar qabul qilishiga yordam beradi. Ma’lumotlarga asoslangan bu yondashuv bizni sog’lig’imiz haqidagi subyektiv fikrlardan xalos qiladi.


Biologik yosh testi


Doktor Sinklerning ambitsiyali maqsadlaridan biri biologik yoshni o'lchash imkoniyatini kengaytirishdir. Biologik yosh, xronologik yoshimizdan farqli o'laroq, tanamizning tengdoshlarimiznikiga nisbatan qanday ishlayotganini ko'rsatadi. Odamlar uchun biologik yoshni o’lchaydigan sodda testlarni rivojlantirish ularni sog’lig’iga oid faol qarorlar qabul qilishiga, shu orqali qarishni sekinlashtirishiga yordam beradi. 


Ta’limning ahamiyati


Sinklerning maqsadi — sog'liq va uzoq umr ko’rish haqidagi bilimlarni ommaga tarqatish. Ommaviy ta'lim orqali odamlarni o'z sog'lig’i va umr davomiyligini boshqarishga undash, bu borada madaniyatni shakllantirishga yordam berish. Ommaviy ta'lim va salomatlik bilimlari orqali, insonlar o'z hayotlariga faol ravishda ta'sir etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.


O'z hayotimizni yaxshilash va sog'liqni saqlash harakatlariga hissa qo'shish vaqti keldi.




Tarjimon: Madinaxon Odilova

Muharrir: Tillayev Asadbek

"Miya Ilmi" bo'limi lideri: Jamshidbek Izzatullaev


Manba: https://youtu.be/n9IxomBusuw?si=6jLj9anOJ2AhaUBj



Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 21:14 / 17.11.2024
Tabiiy bo'shliqlar va miya.
  • 21:29 / 17.11.2024
Yorug'likning ta'siri.
  • 21:42 / 17.11.2024
Holdan toyish.
  • 22:08 / 17.11.2024
Charchagan holda uyg'onish.
  • 22:38 / 17.11.2024
Diqqatni jamlash.
  • 22:43 / 17.11.2024
Tonggi mashq orqali energiya.
  • 23:23 / 17.11.2024
O‘z kuchingni angla.
  • 23:31 / 17.11.2024
Spirtli ichimlik va sog'lik.
  • 23:43 / 17.11.2024
Sog'lom ovqatlanish.
  • 23:51 / 17.11.2024
Ijodkorlikni kashf qilish.
  • 21:19 / 20.02.2025
Ong nima?
  • 17:35 / 18.11.2024
Ko'z salomatligi.
  • 19:57 / 08.11.2024
Yolg'izlik va uning ta'siri