Startap Boshlash Kerak Va Muhimmi?

Ushbu maqola Harj Taggar nuqtayi nazaridan taqdim etiladi.


Men Harj Taggar, “YCombinator”dagi kompaniya sherikchilaridan biriman. “YC” startaplarga investitsiya qilishni erta boshlaganim uchun men kompaniya ochish bo'yicha ikkilanayotgan insonlar bilan ko'p vaqt sarflaganman. Ular orasida oila a'zolarim va do'stlarim ham bor edi. Bugungi maqsad qilingan auditoriya startap boshlashga o'zini tayyor his qilmasa-da, bir kun boshlamoqchi bo'lgan har qanday inson uchun.

Siz haqiqatdan ham startap asoschisi bo‘la oladigan insonmisiz?

Men aniq va to‘g‘ri javob topib bera oladigan birorta test bo‘lishini juda xohlagan bo‘lardim-u, bunday test yo‘q. Men “YC”da guruh sherikchisi sifatida 10 mingta startap asoschilari bilan ishlaganman. Hozirgacha insonlarning startapga moslashuvlari turlichaligini ko‘rib hayratda qolaman.

Bu hikoyalar shunday tasvirlanadiki, agar siz “Ijtimoiy Tarmoq” (The Social Network) filmidagi to‘xtamaydigan, aqlli dasturchi Mark Zakerberg yoki uning filmlarida, kitoblarida tasvirlangan Stiv Jobsdek mahsulot sotish dahosi bo‘lmasangiz, balki startap asoschisi bo‘lib tug‘ilmagandirsiz, deb o‘ylashingiz mumkin. Men aqlli dasturchi bo‘lish, mahsulot sotish dahosi bo‘lish, albatta, yaxshi startap asoschisi bo‘lishni ta’minlaydi, deb rad etmayman, lekin ko‘p muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan ishlaganimdan keyin o‘sha stereotiplardan ko‘ra boshqacharoq kuchli taraflari bilan muvaffaqiyatga erishgan insonlar ham borligini bildim.

Startapga mosligingizni aniq bilish qiyin. Siz shunchaki qaysidir insonning maktab va ishni qanday yaxshi o‘tkazganiga qarab, shu yerdagi muvaffaqiyat startap muvaffaqiyatiga ham yetaklaydi, dersiz. Men ham birinchi marta 2010-yilda “YC”da ishlashni boshlab, “YC”ga keladigan homiylik arizalarini o‘qiy boshlaganimda, shunday o‘ylagandim. Lekin ko‘proq startaplar bilan ishlay boshlaganimdan keyin, bu dastlabki signallar kutganimdan ham kamroq ahamiyatga ega ekanligini sezdim.

Siz startapda ishlayotganingizda, 10 yoki 100 mijozni qo‘yib, hattoki bitta foydalanuvchini ham mahsulotingizni sinab ko‘rishga ishontirish uchun ko‘z yoshlaringizni, ter to‘kishni ayamasligingiz kerak. Maqsadga erishish uchun siz anchagina ko‘p rad etishlardan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi, bu sizning startapingiz bo‘lgani uchun, bunday rad etilishlar “FAANG” kompaniyasida kimdir uchun mahsulot ishlab chiqarayotgan paytingizdagi holatdan farqli o‘laroq sizga qandaydir shaxsiy tuyuladi. O‘ylashimcha, mana shu startap asoschilarida bo‘lishi kerak bo‘lgan eng muhim sifat — matonat. Matonatli insonlar startaplar uchun juda mos keladi.  Sizda startap asoschisi bo‘lish uchun yetarli matonat borligi qayerdan bilasiz? Men “YC”da birinchi marta ishlashni boshlaganimda, o‘ziga bo‘lgan ishonchni matonat uchun o‘rinbosar deb hisoblar edim. Homiylik intervyularimizda kimdir yuqori energiya bilan ishontirib gapirsa, o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘naltirib bera olsa, o‘shalarni men asoschi bo‘ladi derdim. Lekin ko‘proq asoschilar bilan ishlaganim sari, bu ham xato ekanini sezib qoldim. Ba’zida biror kishi boshida juda o‘ziga ishongan ko‘rinsa-da, ishlari ozgina qiyinchilikka duch kelganda, matonatli bo‘lishmas ekan.

Aksincha, dastlab kam gapiradigan, uncha o‘ziga ishongan ko‘rinmagan asoschilar men ishlagan eng matonatli asoschilar bo‘lib chiqdi. Ko‘plari esa kompaniyalarini ham keyinchalik mashhur qilib yuborishdi.

Men Sajidni 2012-yilda “Benchling”ga asos solganida uchratganman. “Benchling” hozirda 6 milliard dollar qiymatga teng. Men uni sherik asoschisi Kori Li va uni o‘zini intervyu qilgan paytimni eslasam, ikkalasi ham yumshoq gapiradigan muhandislar edi. Biz hammamiz ular biznes asoschisi bo‘la olmaydi, deb xavotirda edik. Chunki “Benchling”ning orqasidagi asosiy g‘oya farmasevtika va biotexnologiyaga asoslangan kompaniyalarga kompyuter tizimlari sotish orqali foyda ko‘rish edi. Biz ularning bunday turdagi biznes oldi-sotdisida muvaffaqiyatli bo‘lishlariga ishonchimiz komil emasdi.


Bu xavotir “Benchling” tomonidan taklif qilingan biotexnologiya mahsulotlari yaxshi sotilib keta olmaydi, deb xavotirlangan “Demoday” kompaniyasidagi investorlar orasida ham uchragandi. Shu sababli “Benchling” “Demoday”da juda oz miqdordagi moliyaviy homiylikda edi. Oldi-sotdi ishlari haqiqatan ham “Benchling” uchun katta muammo bo‘ldi. Ba'zi bitiruvchi do‘stlar “Benchling”ga qiziqqan dastlabki foydalanuvchilari bo‘lgani qaramasdan, hattoki “YC”ni bitirib 1 yil o‘tgandan keyin ham “Benchling” hech qanday foyda ko‘rmadi. Lekin bir paytda mahsulot kundan kunga yaxshilandi. Bir yildan keyin, “YC”dan ketganlaridan ikki yildan keyin, birinchi marta savdo qilib, foyda olishni boshlashdi.


Oxirgi paytlarda faqatgina pul topish uchun kompaniya ochmaslik kerakligi mashhur bo‘lib qoldi. Bu, o‘ylashimcha, nozik motivatsiya, ya'ni uzoqqa bormaydi. Aslida, startaplar nisbatan oz vaqtda hayotni o‘zgartirib yuboradigan darajada pul topishning eng oson yo‘llaridan biri. Agar pul topish uchun bo‘lgan xohish sizni ishga qarab qo‘zg‘ayotgan bo‘lsa, bu ajoyib.

Startapga asos solish qanday? 

Startap asos solishga qiziqish borligini aniq bilishning yagona yo‘li bu startapni qilishdir. Nega boshidagi motivatsiyalar uncha muhim emasligiga bo‘lgan bunday qattiq ishonchim sababi shuki, men motivatsiyani vaqt o‘tgan sari o‘zgarganini guvohi bo‘lganman. Men boshida 1 yildayoq kompaniyani sotish rejasi bilan ishni boshlab, keyinchalik kompaniyalarida ishlagani sari fikrlari o‘zgarganlarni ko‘rdim. 


Agar siz kompaniya boshlash qanday bo‘lishini bilishga qiziqsangiz, o‘zingizdan shu kompaniyani boshlasam, nimani yo‘qotaman, degan savol bilan boshlang. Bu savolni men ritorik emas, balki amaliy savol sifatida aytyapman. Agar siz startap boshlagan bo‘lsangiz, eng yomon ssenariy nima bo‘lishini toping,unga chidab yashay olasizmi, yo‘qmi, o‘ylab ko‘ring. Siz ishlayotgan loyiha ishlash uchun arzirli ekanligini bilish uchun yetarli ma'lumot yig‘ishga, taxminan, 1 yilcha ketadi. Eng yomon holatda, siz kompaniyani o‘sha yili hech qanday foydasiz yoki oyliksiz yopib yuborasiz. Shu eng yomon holatga chidolasizmi? Ba’zida savdo-sotiqqa ham, mahsulot chiqarishga ham, mijozga yordam berishga ham bir vaqtni o‘zida javobgar bo‘lib qolishingiz mumkin.


Men 2-startapimda “Triple Bite” kompaniyasiga ajoyib kandidatlarni topish va ishga olishga yordam berganman. Men eng zo'r talantli insonni qidirib yurgan yuzlab ishchilar bilan birga ishlaganman. Shu paytda bitta narsani sezganmanki, ular oldin startap tajribasi bo'lgan insonlarni qidirib yurishayotgandi.“YC” dagi ko'p kompaniyalar o'zi shu bosqich orqali o'zlarini ishga olish jarayonlarini o'tkazishadi. Parker Konrad tomonidan asos solingan 10 milliard dollarlik “YC” kompaniyasi “Rippling” ham sobiq asoschilarni ishga oladi.


“Biz odatda sobiq startap asoschilarni ishga olishni, ularni kompaniyamizdagi mahsulot bo'limlarini yurg'izishlarini va umumiy qilib aytganda, menejer bo'lishlari uchun ishga olishni yoqtiramiz. Biz ishga olish jarayonlarida anchagina muvafaqqiyatga erishdik deb o'ylayman, chunki hozirda “Rippling”da 50 dan ortiq asoschilar bor,” — “Rippling” asoschisi Parker Konrad.


Nik Grendi 2008-yilda startapi “Wonderbar”ni moliyalashtirgan edi. Bu loyiha muvafaqqiyatsizlikka uchradi, lekin Nik bundan keyin “Airbnb” deb tanilgan yana bir “YC” kompaniyasiga qo'shildi. “Airbnb”da ko'p yillar ishlagandan keyin u bu yerni ham tark etdi, hozirda 3 milliard dollar qimmatdagi yangi “YC” kompaniyasi “OutSchool”ga asos soldi. Men bu karyera o'sishlarini shunchaki karyera yo'lagi har doim ham tekis emasligini ko'rsatish uchun sizlar bilan ulashyapman. Hayotda sal tasodifga taslim bo'lib turish, maqsadli insonlar bilan uchrashish ham karyerangizni tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin. 

Kelajakda birorta kompaniya ochish uchun o'zingizni qanday qilib tayyorlashingiz mumkin? Kompaniya boshlash uchun sizga ikkita narsa kerak: g'oya va sherik. Ba'zida g'oya va sherik sizga tez keladi. Bu kompaniyalar poygasiga tez qo'shilib ketasiz. Hamma yerda startapga tayyor bo'lsangiz, nima qilish kerakligi bo'yicha ma'lumot bor. Lekin biz hozir o'sha darajaga chiqib olish uchun biroz vaqt kerak bo'lsa, nima qilish kerakligini ko'rib chiqamiz. Men sizga sherik va g'oya topishni ikkita alohida vazifalar sifatida ko'rmaslikni qo'llab-quvvatlash bilan boshlagan bo'lardim. Chunki topilgan g'oyani kimdir bilan muhokama qilish, bahslashish juda muhim narsa. Buni qilish uchun eng yaxshi odam ,albatta, sherik-asoschida. 

Startap boshlayotganda, kelajakda sizga sherik asoschi bo'lishi mumkin bo'lgan insonlarni atrofida bo'lish juda muhim. Menimcha, buni qilish uchun eng yaxshi muhit startap boshlashning o'zi. Shunda ikkalangiz ham startap qanday ishlashini yaqindan bilib olasiz, sizni hamkasblaringiz ham odatiy “FAANG” ishchisidan ko'proq tavakkalchi ishchilar bo'lishadi. Agar siz hozir universitetda bo'lsangiz, uni bitirgandan keyin ishlash uchun startap g'oya topishni, yoki agar hozir siz “FAANG” ishchisi bo'lsangiz, bu ishni tashlab, hoziroq startapga qo'shilishni maslahat beraman. Bularning hammasi biror kun kompaniyangizni boshlash uchun sizga boshlang'ich qadam bo'ladi. Siz shunaqa o'zingiz gaplashishni yoqtiradigan insonlarni oldida bo'lganingizda, kelib chiqayotgan g'oyalarni kichik loyihalarga o'zgartirib, tajriba qilib ko'rishni maslahat beraman. 

Xuddi shunday suhbatlarning orasida bitta payt bo'ladiki, siz "qaniydi, kimdir X narsa yasaganda edi", deb aytasiz. Bu payt siz uchun o'ylagani to'xtab, aynan o'sha X mahsulotni siz qanday qilib qurishingiz mumkinligini aniqlaydigan payt. Dam olish kunini o'zida yasasa bo'ladigan qandaydir patent mahsulot yasay olasizmi, yoki bo'lmasam, xuddi shu X mahsulotni ishlatishi mumkin bo'lgan insonlarni topib, bu g'oyaga qanday reaksiya bildirishlarini ko'rasizmi - farqi yo'q. G'oyangizni birorta bir real narsaga o'zgartirguncha shu uzun ipni tortishda davom eting. Hozir siz bir milliard dollarlik kompaniyangizni ochmayapsiz, shunchaki bitta g'oyani reallikka aylantirishga, qandaydir loyihani boshlash hissiga moslashyapsiz. G'oyalaringizni reallikka aylantirish uchun birinchi bo'lib ularning poydevoriga ketadigan bilimlarni bilishingiz kerak. Dasturchi bo'lmasangiz, dasturlashni o'rganishingiz yoki dasturlashni biladigan sherik topishingiz kerak.  O’z kompaniyangizni ochishga ju'rat qilish vaqti kelganini qanday bilasiz?  Siz ishlayotgan loyihalar juda katta kuch yig'ishni boshlab qolib, siz qilgan qarorni yanada osonlashtirib qo'ysa ham, siz bunga ishonib qola olmaysiz. Siz o'zingizni kichik loyihalaringizni boshlasangiz, bir necha foydalanuvchilar topsangiz ham, siz qabul qiladigan izohlar har xil bo'ladi. Har qanday mahsulotni dastlabki foydalanishda, mahsulotga nisbatan xursand bo'lish, hayron qolish yoki qiziqishni so'nib qolishiga o'xshagan turli tuyg'ular jamlanmasi kengayishi ko'p uchramaydigan holat emas. Sizni kichik loyihalaringiz startap g'oyasi sifatida qanchalik ishonchliligini belgilash uchun, men “Y Combinator” dagi sherigim Paul Bukhaidan maslahat olgan bo'lardim. Ko'p odamlar qiziqmaydigan mahsulot ishlab chiqqandan ko'ra juda ham kam insonlar yoqtiradigan mahsulot yaratgan yaxshi. Agar sizni shu kichik loyihangiz kimdirdan sizning mahsulotingiz bu dunyoda borligi ularni ishini turlicha qilib qo'yayotgani qo'rqmasdan ayta oladigan reaksiya ola olsangiz, unda balkim siz haqiqatan ham siz bitta buyuk g'oya ortida turibsiz. Dam olish kuni davomida beo'xshov qilib yaratilgan prototip uchun bir dona qiziqqan foydalanuvchini topish, hali paydo bo'lmagan mahsulotga millionlab oldindan buyurtmadan afzalroq.



Tarjimon: Mamadaliyev Soxobullo Muharrir: Ergashova Shahnoza

Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov

Manba: https://youtu.be/BUE-icVYRFU?si=Azu4NbDBOT_oDgPB

1 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 12:04 / 23.01.2024
Har Kimning O'z Loyihasi