Mahsulotni Rivojlantirish Bo'yicha Qo'llanma

Maykl Saybel tomonidan.

Justin.tv, Twitch, va Socialcam bo'lib o'sishidan oldin, biz mahsulot yaratish bo'yicha noto'g'ri tushunchaga bilan yillarni yo'qotdik. Biz mahsulot bo'yicha yig'ilishlarda qarorlarimizni yozib bormadik. Yangi mahsulotlarni sinchiklab ishlab chiqmadik, shuning uchun jamoa a'zolarida nimani yaratayotganimiz haqida turlicha fikrlar paydo bo'lardi. Biz har doim to'liq tayyor mahsulotlar yaratishni xohlardik, Minimal Hayotiy Mahsulot (MVP) emas. Yangi mahsulotlarning natijalarini o'lchash uchun esa ko'pincha tahlillarni aniq belgilamadik, shuning uchun ular ishga tushgandan keyin qanday ishlayotganidan bexabar qoldik.

Rivojlantirish sikllari ko'pincha bir necha oy davom etadi. Yangi funksiyani ishga tushirgunga qadar biz undan charchab qolardik, shuning uchun uni takomillashtira olmasdik., chunki ular hech qachon qurilmaydigandek ko'rinardi. Mahsulotimizning yo'l xaritasi shunchalik uzun ediki, jamoa a'zolari yangi mahsulotlar haqida fikr yuritishdan qochardilar, chunki ularning qachon yaratilishi noma'lum edi. Eng dahshatlisi esa, mahsulot qarorlari faqat asoschilar tomonidan yopiq va noaniq jarayonda qabul qilinardi. Ishlar alg‘ov-dalg‘ov edi.

Ushbu maqolada men yuqoridagi barcha muammolarni hal qilishga yordam beradigan mahsulotni rivojlantirish sikli asoslarini yoritib beraman. Bu jamoaingizni to'liq jalb qilgan holda mahsulotingizni tezkor ravishda takomillashtirish, o'lchash, sinovdan o'tkazishga yordam beradi. Bu MVPni chiqarish bilan bir xil emas. Men o’ylaymanki siz MVPni ishga tushirgansiz va keyingi qadamda nima qilish kerakligini tushunishga urinyapsiz. Ko'pgina startaplar vaqtlarining asosiy qismini aynan shu bosqichda sarflaydilar.

Rivojlanish sikli uzunligini aniqlang Sizning rivojlantirish siklingiz mahsulotga bog'liq bo'lishi kerak. Socialcamda biz iOS uchun mahsulot yaratayotgan edik, shuning uchun App Store-ga chiqarishdan oldin uni to'liq sinovdan o'tkazish imkonini beradigan ikki haftalik siklga o'tdik. Agar siz veb-ilova ishlab chiqayotgan bo'lsangiz, sikl qisqaroq bo'lishi mumkin, agar bu texnik uskuna bo'lsa, uzoqroq bo'lishi mumkin. Muhimi, jamoa a'zolari mamnun bo’lishlari va yangi g'oyalarni o'ylab topishlari uchun siklni to'g'ri tuzishdir.

Maqsad(lar)ingizni va mahsulot yetakchisini aniqlang Biz bitta va yagona jamoaviy yig'ilish o'tkazganmiz. Bu yig'ilishi mahsulot haqida bo'lib, rivojlantirish siklining birinchi kunida o'tkazilgan. Ba'zan bu yig'ilish besh soatga cho'zilardi (kechirasiz).

Har bir mahsulot yig'ilishi quyidagi uchta maqsaddan biriga qaratilgan edi:

1. Kontent yaratishni oshirish
2. Yangi foydalanuvchilarni jalb qilish
3. Foydalanuvchilarni saqlab qolishni oshirish

Qaysi maqsadni tanlagan bo'lsak, keyingi ikki haftaning diqqat markazi shu bo'lar edi. Jamoada mahsulotga mas'ul sifatida mening vazifam rivojlantirish siklini himoya qilish, takomillashtirish va mahsulot yig'ilishlarini boshqarish edi. Bu barcha jamoa a'zolari o'z g'oyalarini bemalol ayta olishi uchun zarur edi. Ko'pincha o'z fikringizni e'lon qilish va uni taxtaga yozib qo'yish imkoniyatiga ega bo'lish – hatto rivojlanmasa ham – jarayonga qiziqishni sezilarli darajada oshiradi.

Uyushgan va inklyuziv brainstorming (g‘oya almashish) Brainstorming vaqtida barcha g'oyalar quyidagi toifalardan biriga oq doskaga yozib qo'yilar edi: yangi xususiyatlar/xususiyatlarni takomillashtirish, texnik xizmat ko'rsatish va A/B testlar. Har bir kishi hissa qo'shishi kutilgan edi. Munozara qilish yoki boshqa odamlarning g'oyalarini kamsitish taqiqlangan edi. Bu barcha g'oyalarni baholash va tanqid qilmasdan ulashish vaqti edi. Mahsulot yetakchisi bu muhitni yaratish va saqlab turish uchun mas'uldir.

Keyin har bir g‘oya muhokama qilinib, muhandis tomonidan quyidagicha baholanardi: oson (bir kunda bir nechta bajarilishi mumkin), o‘rtacha (bir kishiga yarim kun kerak bo‘ladi) va qiyin (ko‘pincha butun rivojlantirish siklini oladi). Biror narsaning qiyinligi shunchalik bo'lmas ediki, u boshqa siklga cho'zilib ketardi va agar shunday bo'lsa, biz uni kichikroq bo'laklarga bo'lardik. Odatda bu baholashni ushbu sohada eng ko'p tajribaga ega bo'lgan muhandis amalga oshirardi. iOS funksiyalari iOS dasturchisi tomonidan baholangan va hokazo. Bu texnikaga aloqasi yo’q odamlarga o'z g'oyalarini qaysi biri qurishga oson va qaysi biri qiyinligini tushunishga yordam berdi. Bu tushuncha ularning fikrlarini osonroq va soddaroq MVPlarni o'ylab topishga undadi. Ushbu oson g'oyalar keyin qurilar edi va agar ular ish bersa, takomillashtirilardi.

Kelishuvga erishish Biz o'z g'oyalarimizni yozib bo'lgach, ular ustida qanday ishlashimizni kelishib olardik. Biz qiyin g'oyalardan boshlardik – kelishuvga erishish oson edi, chunki biz faqat bittasini amalga oshirishimiz mumkinligini va ikki haftadan keyin yangi rivojlantirish siklini boshlashimizni bilardik. Shundan keyin o'rtacha va oson g'oyalar tanlanardi. Kelishuvga erishish qiyin emas edi, chunki har bir kishi o'z g'oyalarini taklif qilish imkoniyatiga ega edi va qaysi g'oya qancha vaqt olishini aniq o'lchash uchun maqsad va mezon mavjud edi. Ushbu jarayon sizning g'oyangizning sifatini baholashga imkon berdi va shaxsiy manfaatdorlikka ega bo'lgan g'oyalarning o'z yo'lini topishiga yo'l qo'ymadi.

Muvaffaqiyatning aniq xususiyatlari va oʻlchash mezonlari Keyin biz ro'yxatimizdagi har bir elementni batafsil ko'rib chiqar edik va har bir elementni jamoa a'zosiga (yoki bir nechta jamoa a'zolariga) topshirar edik. Bundan tashqari, funksiyaning samaradorligini qanday o'lchashimiz kerakligini ham belgilar edik. Biz hech qachon biror funksiyani tahlillar bilan birga chiqarmasdik va nimani aniq o'lchamoqchi ekanligimizni oldindan bilmasdan ishga tushirmasdik. Nihoyat, biz ro‘yxatdagi kerakli narsalarni “kerakli” va “yaxshi bo‘lsa” qismlariga ajratdik. Agar vaqt yetmasa, “yaxshi bo‘lsa” qismi qurilmas edi. Bularni bajarib bo'lgach, doskaning rasmini olardik va o'chirib tashlardik. Bizda bu ikki haftalik sikldan tashqari mahsulot yo'nalishi yo'q edi va har bir mahsulot yig'ilishida yangi maqsad, oxirgi ikki haftalik yangi tahlil ma'lumotlari va ko'pincha o'zimizning ofisimizda o’tkazilgan yangi foydalanuvchi sinovlari natijalari asosida yangidan boshlardik. Bu sinovlarni oyiga bir marta o'tkazishga harakat qilardik.

Rivojlantirish sikli davomida ishlash Men uchun rivojlantirish siklining birinchi dushanbasidan keyingi kunlar jim o'tardi. Mening vazifam barcha biznes va operatsion vazifalarni bajarish edi. Keyin Mixpanel orqali mahsulotga oid qiziqarli tahlillar yoki potentsial xatolarni qidirib topardim. Nihoyat, har oy ofisimizda foydalanuvchi sinovlarini o'tkazardim. Mening jamoadoshlarim - muhandislar va dizayner - cheklangan doiradagi loyihalari borligini bilib, jim va tez ishlardilar. Nihoyat, har bir rivojlantirish siklining oxirgi uch kunida biz qurishni to'xtatib, sinov o'tkazardik. Bizning Excel-dagi sinov ro'yxatimiz barcha asosiy funksiyalar uchun qo'lda sinovlarni o'z ichiga olardi. Har bir sikl davomida biz yangi qurilgan funksiyalar uchun yangi sinovlar qo'shganmiz va ro'yxatdagi barcha elementlarni ikki marta sinab ko'rganmiz. Jamoaning barcha a'zolari sinovdan o'tkazishda ishtirok etgan va biz ko'pincha kim sinovni tezroq o'tkazishi va kim ko'proq xatolarni topishi bo’yicha musobaqalashganmiz. Sinovlar zerikarli bo'lganligi sababli bu jarayonni barcha uchun teng taqsimlash muhim edi.

Natijalar Oxir oqibat, Socialcam "Video uchun Instagram" bo'lish orzumizga erisha olmadi. Aslida biz qurishimiz kerak bo'lgan mahsulot Snapchatga o'xshardi. Ammo ushbu jarayon bizga mahsulotni juda tez takomillashtirish imkonini berdi. Natijada, biz video filtrlari, video ramkalari, video sarlavhalari, video saundtrek, video tasmasini optimallashtirish, bir nechta vizual dizaynlar, foydalanuvchi profillari, tavsiya etilgan kanallar, video davomida old orqa kamerani almashtirish va boshqa ko'plab ajoyib funksiyalarni juda tez yaratishga muvaffaq bo'ldik. Bu shuningdek, o'sish funksiyalari bilan tajriba o'tkazishga imkon berdi va natijada taxminan 3 oy ichida 16 million yuklab olish va shu davrda 100 milliondan ortiq odamlar veb-saytimizda video ko'rishiga erishdik. Eng muhimi shundaki, biz bu ishlarni tez, samarali va katta muammosiz, asoschilarning majburiyatlari yoki jamoaning muammolari bilan hech qanday muammosiz amalga oshirdik. Ba'zida kompaniyani sotish o'rniga yana bir yil rivojlantirishda davom etganimizda nima bo'lishini o'ylab qolaman… Lekin bu boshqa hikoya

Jared, Geoff va Craigga ushbu postda yordam bergani uchun, Ammon va Guillaume - Socialcam’dagi hamkorlarimga, va Justin, Emmett va Kylega Justin.tv’dagi eski og‘ir kunlarni yengib o‘tganlari uchun tashakkur.


Tarjimon: Ortiqova Xadicha Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov Manba: https://www.ycombinator.com/library/4e-guide-to-product-development

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 15:47 / 25.10.2024
Pivoting Nima?