Xarajat Tezligi: Bu nima, turlari, formulasi va misollar

Xarajat Tezligi nima?

Xarajat Tezligi — bu daromadsiz kompaniya o‘z naqd pul zaxiralarini qanchalik tez sarflayotganini ko‘rsatuvchi moliyaviy ko‘rsatkich. Bu, asosan, startap kompaniyalarning operatsion xarajatlarini moliyalashtirish uchun mablag‘larni qanchalik tez sarflayotganini aniqlashga yordam beradi. Xarajat Tezligi salbiy pul oqimini o‘lchashda ishlatiladi.

Xarajat Tezligi ayniqsa, hali daromad yoki tushum ishlab chiqarmagan texnologiya yoki biotexnologiya startaplari uchun muhumdir. Bu ko‘rsatkich odatda oylik sarflanayotgan mablag‘ miqdori bilan ifodalanadi. Masalan, kompaniyaning xarajat tezligi $1 millionni tashkil etsa, bu kompaniya har oyda $1 million mablag‘ sarflayotganini bildiradi.

Asosiy jihatlar:

  • Xarajat Tezligi — bu kompaniyaning naqd pul zaxiralarini qanday tezlikda sarflayotganini o‘lchash ko‘rsatkichi.

  • Bu ko‘rsatkich, odatda, har oy sarflanadigan mablag‘ asosida hisoblanadi.

  • Brutto burn — kompaniyaning umumiy oylik operatsion xarajatlari.

  • Netto burn — kompaniyaning har oyda yo‘qotayotgan sof pul miqdori.

  • Xarajat Tezligi kompaniyaning moliyaviy "yo‘l davomiyligi"ga (runway) ta’sir qiladi, ya’ni kompaniyaning mablag‘lari tugashidan oldingi vaqtni bildiradi. Yuqori xarajat tezligi qisqaroq davomiylikni anglatadi.

Xarajat Tezligini tushunish

Xarajat Tezligi startaplar va investorlar tomonidan kompaniyaning har oy qancha mablag‘ sarflayotganini kuzatish uchun ishlatiladi. Bu ko‘rsatkich kompaniyaning "yo‘l davomiyligi"ni aniqlashda yordam beradi, ya’ni kompaniya pul tugashidan oldin qancha vaqt ishlay olishini ko‘rsatadi.

Masalan, agar kompaniyada bankda $1 million bo‘lsa va u har oyda $100,000 sarflayotgan bo‘lsa, uning yo‘l davomiyligi 10 oy bo‘ladi. Bu quyidagicha hisoblanadi:

To‘liq Kapital ÷ Oylik Operatsion Xarajatlar = Yo‘l Davomiyligi

Misol: $1,000,000 ÷ $100,000 = 10 oy

Kompaniya daromad ishlab chiqarish va/yoki xarajatlarni qisqartirish orqali brutto xarajat tezligini pasaytirishi mumkin. Masalan, xodimlarni qisqartirish yoki ishlab chiqarish jarayonlarini arzonlashtirish yo‘llarini izlash mumkin.

Xarajat Tezligini qanday hisoblash kerak?

Xarajat Tezligi ikki asosiy turga ega: brutto burn va netto burn.

1. Brutto Burn

Brutto xarajat tezligi kompaniyaning har oyda sarflaydigan umumiy operatsion xarajatlarini ifodalaydi. Bu quyidagi formulaga ko‘ra hisoblanadi:

Oylik Umumiy Operatsion Xarajatlar = Brutto Burn

2. Netto Burn

Netto xarajat tezligi kompaniyaning har oyda sof yo‘qotayotgan pul miqdorini ifodalaydi. Bu brutto xarajat tezligidan kichikroq bo‘lishi mumkin, chunki u kompaniya daromadlarini hisobga oladi.

Formula: (Oylik Daromad - Sotilgan Tovarlar Narxi) - Brutto Burn = Netto Burn

Misol:
Texnologik startap har oyda ofis uchun $5,000, serverlar uchun $10,000 va xodimlar maoshi uchun $15,000 sarflasa, uning brutto xarajat tezligi $30,000ni tashkil qiladi. Agar kompaniya har oyda $20,000 daromad ishlab chiqarib, sotilgan tovarlar narxi $10,000 bo‘lsa, netto xarajat tezligi quyidagicha hisoblanadi:

($20,000 - $10,000) - $30,000 = -$20,000

Kompaniya har oy $30,000 sarflayotgan bo‘lsa ham, faqat $20,000 yo‘qotmoqda. Bu moliyaviy yo‘l davomiyligiga ta’sir qiladi. Agar kompaniyada $100,000 mavjud bo‘lsa, uning yo‘l davomiyligi 3 oy emas, balki 5 oy bo‘ladi. Uzoq davomiylik kompaniyaning strategiyasi va investorlar qarorlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Yaxshi Xarajat Tezligi nima?

Startap biznesi uchun umumiy tavsiya — uchdan olti oygacha bo‘lgan xarajatlarni qoplay oladigan mablag‘ga ega bo‘lish. Masalan, kompaniyada $100,000 bo‘lsa, yaxshi xarajat tezligi $33,334 (uch oy) va $16,667 (olti oy) oralig‘ida bo‘ladi.

Xarajat Tezligi va Umumiy Xarajatlar bir xilmi?

Brutto xarajat tezligi operatsion xarajatlar bilan bir xil. Ammo netto xarajat tezligini hisoblashda daromad va sotilgan tovarlar narxi kabi omillarni ham hisobga olish kerak.

Xulosa

Xarajat Tezligi kompaniyaning moliyaviy sog‘lomligini baholashda muhim ko‘rsatkichdir, ayniqsa daromad ishlab chiqarmayotgan startaplar uchun. Bu menejerlar va investorlar uchun kompaniyaning kapitalni qanchalik tez sarflayotganini tushunishga yordam beradi.

Agar xarajat tezligi prognozdan yuqori bo‘lsa yoki daromad kutgan darajada bo‘lmasa, kompaniya xarajatlarini qisqartirishi shart. Bu, odatda, xodimlar sonini kamaytirish, ofis maydonini qisqartirish yoki marketing xarajatlarini kamaytirishni talab qiladi.

Tarjimon: Dilso'z Sattorov Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov Manba: https://www.investopedia.com/terms/b/burnrate.asp

Izoh qoldirish

Mavzuga oid