Investor nima qiladi? Ularning turlari qanday?

Investor kim?


Investor - bu moliyaviy daromad olish maqsadida kapital ajratadigan har qanday shaxs yoki boshqa sub’yekt (masalan, kompaniya yoki investitsiya fondi).


Maqsadlarni amalga oshirish uchun aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar, investitsiya fondlari, ETF, opsionlar, kelajak shartnomalari, valyuta ayirboshlash, oltin, kumush, nafaqa rejalari va ko'chmas mulk kabi turli investitsiya vositalari mavjud. Investorlar riskni kamaytirish va daromadni oshirishni afzal ko’radilar.


Investorlar daromadni kapitalni aksiyalar yoki qarz investitsiyalari sifatida joylashtirish orqali olishadi. Aksiyalar dividend to’lash va kapital daromadi keltirish imkonini berishi mumkin, qarz investitsiyalari esa foiz to’laydigan obligatsiyalar yoki kreditlar orqali amalga oshiriladi.

Uslublar va tavakkal qilishga bardoshlilik

Investorlar turlicha bo’lib, ularning risk toleransiyasi, kapitali, uslublari va vaqt chegaralari farq qiladi. Ba’zi investorlar past darajadagi tavakkalni talab qiladigan investitsiyalarni afzal ko’rsa, boshqalari katta foyda uchun yuqori xavf-xatarga duch kelishga tayyor. Institutsional investorlar, masalan, moliyaviy firmalar yoki investitsiya fondlari, katta portfellar yaratib, kichik investorlarning pullarini yig'ib, katta investitsiyalar qilishadi. Shu sababli, ular bozorlar ustida katta ta’sirga ega bo’lishadi.

Passiv va Aktiv Investorlar

Investorlar turli bozor strategiyalarini qabul qilishlari mumkin. Passiv investorlar bozor indekslarining tarkibiy qismlarini sotib olib, kapitalni optimallashtiradilar. Faol investorlar esa kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga asoslanib, aksiyalarni tanlashadi. Misol uchun, “value” (“qiymat”) investorlar past narxdagi aksiyalarni sotib olishni maqsad qiladilar, “growth” (“o’sish”) investorlari esa hozirda zarar ko’rsatsa ham, tez o’sayotgan va kelajakda katta imkoniyatlarga ega aksiyalarga uzoq muddatli sarmoya kiritadilar. 2023-yilda passiv investitsiyalar aktiv strategiyalarni ortda qoldirdi, bunda past narxli maqsadli sana fondlari va ETFlar o‘sishiga sabab bo‘ldi.

Investorlar Turlari

ANGEL INVESTORLAR - yuqori moliyaviy imkoniyatga ega bo’lgan shaxslar bo’lib, ular startap yoki tadbirkorlarga moliyaviy kapital taqdim etadilar. Bu kapital ko’pincha kompaniyada ulush olish evaziga beriladi. Angel investorlar yangi biznesning dastlabki, yuqori xavfli bosqichlarida kapital kiritib, bitta yoki muntazam ravishda moliyaviy qo’llab-quvvatlashni amalga oshiradilar. Ular odatda ortiqcha mablag‘larini yuqori xavfli investitsiyalarga yo’naltiradilar.


VENTURE KAPITALISTLAR -  odatda kompaniya shaklida faoliyat yurituvchi xususiy kapital investorlar. Faoliyat boshida bo’lgan emas, kengayishni istayotgan, ammo resurslari yetishmayotgan erta bosqichdagi kichik bizneslarga sarmoya kiritishni afzal ko’radilar.

Sarmoya evaziga kompaniyada ulush olishni va keyinchalik ulushni foyda bilan sotishni maqsad qiladilar.


P2P KREDITLASH - bu an’anaviy banklar kabi vositachilarsiz, boshqa shaxslardan qarz olish shaklidir. Masalan, kraudfandingda bizneslar mahsulotlar yoki boshqa imtiyozlar evaziga ko’plab investorlar orqali onlayn mablag’ yig’adi.


SHAXSIY INVESTORLAR o’z mablag’larini aksiyalar, obligatsiyalar yoki fondlarga sarmoya qilib, oddiy jamg’armalarga qaraganda yuqori daromad olishni maqsad qiluvchi shaxslardir.


INSTITUTSIONAL INVESTORLAR -  bu boshqa odamlarning pullarini investitsiya qiluvchi tashkilotlardir. Misollar: investitsiya fondlari, ETFlar, hedge-fondlar va pensiya jamg’armalari. Ular katta miqdordagi kapitalni yig’ib, yirik aksiyalar bloklarini sotib oladi va ko‘pincha aktivlar narxiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular katta va tajribali investorlar hisoblanadi.

Investorlar vs Savdogarlar

Investor odatda savdogarda(trader)dan farq qiladi. Investorlar uzoq muddatli foyda olish uchun kapitalni ishlatadi, savdogarlar esa qisqa muddatli foyda olish uchun savdo qiladilar.

Investorlar pozitsiyalarini yillar yoki o’n yillar davomida saqlaydi, savdogarlar esa qisqa muddatli pozitsiyalarni ushlab turadi.

Shuningdek, investorlar va savdogarlar turli tahlil omillariga e’tibor qaratadilar: savdogarlar texnik tahlilga asoslanadi, ya’ni aksiyaning narxining qayerga yo’nalishini prognoz qilishadi.

Investorlar kompaniyaning uzoq muddatli o’sishiga va aksiyaning narxining oshishiga e’tibor beradi.

Investor bo’lish uchun  nima qilish kerak.

Investitsiya asoslarini o’rganing. Aktivlar turlari, investitsiya strategiyalari va risklarni boshqarish haqida bilib oling.


Tavakkal qilishga bardoshlilikni aniqlang. Yaxshi daromad olish uchun ko’proq risk olish talab qilishi mumkin, lekin buni qilishda moliyaviy yo’qotishlar yuzaga kelishi mumkin.


Broker hisobi oching. Aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritish uchun ishonchli broker orqali hisob oching.


Ko’chmas mulk yoki jismoniy mulkda sarmoya kiritish uchun mahalliy qonunlar bilan tanishing.


Investitsiya maqsadlaringizni, masalan, maqsadli daromadingizni va vaqt chegarangizni aniqlash juda muhim.


Investitsiyalaringizga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan moliyaviy, siyosiy yoki ijtimoiy yangiliklarni kuzatib boring va zarur bo’lsa strategiyangizni o’zgartiring.

Investorlar nimaga investitsiya qiladilar?

Investitsaning asosiy falsafasi oddiy: bir kishi aktivga kapital qo’yadi  va shu aktivning sotish yoki likvidatsiya qilish vaqtida oshishini kutadi. Shuning uchun, investorlar qiymati oshishi mumkin bo’lgan har qanday narsaga investitsiya qilishi mumkin.

Biznesdagi 3 turdagi investor kimlar?

Biznesdagi 3 turdagi investorlar – pre-investorlar, passiv investorlar va aktiv investorlar. Pre-investorlar professional bo’lmagan investorlar bo’lib, ular biznesga kichik miqdorda kapital kiritishi mumkin, masalan, do’stlar va oilalar. Passiv investorlar professional investorlar bo’lib, kapital kiritadilar, lekin biznesni boshqarishda faol ishtirok etmaydilar. Misol uchun, angel investorlar. Aktiv investorlar esa kapital kiritibgina qolmay, biznesda faol ishtirok etadilar. Ular strategiya, yuqori boshqaruv va boshqa qarorlarni qabul qiladilar. Misollar: venture kapitalistlar va xususiy kapital firmalari.

Investorlar qanday pul topadi?

Investorlar ikki yo’l bilan pul topadi: qiymat oshishi va daromad. Qiymat oshishi – bu mulkning qiymati oshganida yuzaga keladi. Investor aktivni sotib olib, uning qiymati o’sib, uni yuqoriroq narxda sotib, foyda olishni kutadi. Daromad esa aktivni sotib olish orqali doimiy to’lovlar olishdan iborat. Masalan, obligatsiyalar ma’lum muddatlarda doimiy to'lovlarni amalga oshiradi.


XULOSA

Investor – bu o’z kapitali yoki boshqalarning kapitalidan foydalanib, foyda olishni maqsad qilgan shaxs yoki tashkilotdir. Investorlar onlayn brokerlik hisobida aktsiyalar sotib oladigan oddiy shaxslardan tortib, global miqyosda investitsiya qiladigan milliardlab dollarlik fondlargacha bo’lishi mumkin. Asosiy maqsad har doim bir xil – boylik yaratish uchun foyda olish. Tarjimon: Ibragimova Munira Biznes Bo'limi Lideri: Husan Isomiddinov Manba: https://www.investopedia.com/terms/i/investor.asp


5 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid