- 21:50 / 02.12.2024
- 14:09 / 30.11.2024
- , Biznes
Venchur kapital nima? Uning ta’rifi, afzalliklari, kamchiliklari, va ishlash tardibi haqida.

Muhim xulosalar Venchur kapital (VC) – bu xususiy kapitalning bir shakli bo‘lib, uzoq muddatli o‘sish salohiyatiga ega startap kompaniyalar va kichik bizneslarni moliyalashtirishning bir turi hisoblanadi. Venchur kapitalist moliyalashtirishni, texnik, yoki boshqaruv tarjibalarinii qo’llab quvvatlaydi. VC firmalar cheklangan sheriklar (LP) orqali foyda topib, uni salohiyatli startaplar yoki kattaroq venchur fondlarga sarmoya qilishadi. Venchur kapitali (VC) nima? Venchur kapitalining tarixi va rivojlanishi Silikon vodiysi venchur kapital faoliyatining markaziga aylandi. 1992 yilga kelib, G‘arbiy qirg‘oq kompaniyalari VC investitsiyalarining 48 foizini, Shimoliy-sharqiy sanoat esa 20 foizini tashkil qilgan edi. 2022 yilga kelib ham bu ustunlik saqlanib qoldi: G‘arbiy qirg‘oq firmalari VC kelishuvlarining 37 foizini, O’rta-Atlantik hududi esa taxminan 24 foizini tashkil etdi. Venchur kapitalining turlari Dastlabki urug’: G‘oyalarni biznes rejalarga aylantirish bosqichi, ko‘pincha akseleratorlar yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki moliyalashtirish: Startapning birinchi mahsulotini ishlab chiqish va ishga tushirish uchun moliyalashtirish. Erta bosqich moliyalashtirishi: Mahsulotni ishlab chiqarish va sotuvni kengaytirish uchun qo‘shimcha bosqichlar (masalan, A Seria, B Seria) orqali mablag‘ yig‘ish. 2023 yilda global venchur kapitali yordamida moliyalashtirilgan kompaniyalar 285 milliard dollar yig‘ishdi, bu venchur kapitalining innovatsiya va o‘sishni rag‘batlantirishdagi ahamiyatini ta'kidlaydi. Venchur kapitali moliyalashtirishi uslublari Biznes rejasini taqdim etish: Tadbirkorlar venchur kapitali firmalariga yoki farishtalar investorlarga batafsil biznes rejasini taqdim etadilar. Reja "due diligence" (tekshiruv) jarayonidan o‘tadi, bunda kompaniyaning biznes modeli, mahsulotlari, boshqaruvi va tarixiga baho beriladi. Investitsiya majburiyati: Tekshiruv jarayoni yakunlangach, VC firma sarmoya kiritishni majburiyat sifatida qabul qiladi va evaziga aksiyalarni oladi. Mablag‘lar ko‘pincha bosqichma-bosqich taqsimlanadi, va VC firma kompaniyani maslahat berish va nazorat qilishda faol rol o‘ynaydi. Chiqish: Odatda birinchi investitsiyadan to‘rt-olti yil o‘tib, birlashish, qo‘shib olish yoki boshlang‘ich jamoa aksiyalarini sotish (IPO) orqali VC firma investitsiyasidan chiqadi. Venchur kapitalining afzalliklari va kamchiliklari Afzalliklari: Startaplarga operatsiyalarni boshlash uchun zaruriy kapitalni taqdim etadi. Mentorlik va tarmoq yaratish imkoniyatlarini taqdim etadi. Startaplar moliyalashtirishni olish uchun mavjud naqd pul yoki aktivlarga ega bo‘lishlari shart emas. Kamchiliklari: Asoschilar aksiyalarining katta qismini yo‘qotishi mumkin. Investorlar daromadni ustun qo‘yishi sababli, ijodiylkni cheklaydi. VC firmalari uzoq muddatli o‘sishni qo’llab quvvatlamaydi. Angel investorlar Venchur kapitalining muvaffaqiyati va xavfi Venchur kapitali yuqori daromad keltirishi mumkin, ammo u xavflidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, VC yordamida moliyalashtirilgan startaplarning 75% dan ortig‘i sarmoyani qaytarolmaydi, va asoschilarning 25% dan kamrog‘i foyda oladi. VC firmalari daromadni ba'zi muvaffaqiyatli investitsiyalardan ("home run") olishadi, lekin ko‘plab startaplar o‘z xarajatlarini ham qoplamaydi. Venchur kapitalining diqqatga sazovor misollari Apple: 1978 yilda Sequoia Capital va Arthur Rock $250,000 investitsiya kiritish orqali Apple II, birinchi mass-market shaxsiy kompyuterini ishga tushirishga yordam berdi. Google: 1998 yilda Sequoia Capital va Kleiner Perkins $25 million investitsiya kiritish orqali Google qidiruv tizimi texnologiyasini rivojlantirishga turtki berdi. Facebook: 2005 yilda Accel Partners $12,7 million investitsiya kiritish orqali Facebookni universitetlardan tashqari global ijtimoiy tarmoqqa aylantirishga yordam berdi. Amazon: 1995 yilda Kleiner Perkins $8 million investitsiya kiritish orqali Amazonni kitob sotishdan ko‘p toifadagi chakana savdo gigantiga aylantirishga turtki berdi. Uber: 2011 yilda Benchmark Capital $11 million investitsiya kiritish orqali Uberning yangi shaharlar bo‘yicha kengayishiga yordam berdi. Coinbase: 2013 yilda Andreessen Horowitz $25 million investitsiya kiritish orqali Coinbase’ni yetakchi kriptovalyuta birjasiga aylantirishga yordam berdi. Venchur kapitaliga alternativalar O‘z mablag‘lari bilan moliyalashtirish (Bootstrapping): Asoschilar o‘z shaxsiy tejashlari va biznes daromadlari orqali o’zlarini moliyalashtiradilar. Bu usul boshqaruvni saqlab qolishga imkon beradi, lekin o‘sish tezligini cheklaydi. Kroudfanding (Crowdfunding): Kickstarter kabi platformalar orqali startaplar ko‘plab ishtirokchilardan mablag‘ to‘plashlari mumkin. Bank kreditlari: An'anaviy kreditlar aksiyalarni qo’ladn boy berishsiz moliyalashtirishni taklif qiladi, ammo ular ko‘pincha garov va ishonchli moliyaviy tarixni talab qiladi. Daromadga asoslangan moliyalashtirish (Revenue-Based Financing): Investorlar kelajakdagi daromaddan ulush evaziga mablag‘ taqdim etadilar. Grantlar: Hukumat agentliklari, fondlar va korporatsiyalar muayyan loyihalar uchun, ayniqsa, tadqiqot va texnologiya sohalarida grantlar taqdim etadilar. O'zaro kreditlash (P2P Lending): Onlayn platformalar bizneslarni individual kredit beruvchilar bilan bog‘lashga yordam bersihadi. Venchur kapitalining asosiy tushunchalari Portfel kompaniyalari: VC firmalari investitsiya kiritgan startaplar. Diversifikatsiya xavfni kamaytiradi va muvaffaqiyatni oshiradi. Kech bosqichli investitsiyalar: Kamroq xavfli, institutsional investorlar tomonidan afzal ko‘riladi. Afzallik aksiyalari: VC-larga yuqori huquqlar beradi, xavfni kamaytiradi va zararlarni himoya qiladi. Venchur kapital rivojlanishidagi islohotlar Xulosa Tarjimon: Jaxongir AbdualimovVenchur Kapitali (VC): Asosiy Tushuncha
Venchur kapitali o'sish salohiyati yuqori bo'lgan startap va kichik kompaniyalarga moliyaviy yordam beradi. Bu ko'pincha xususiy kapital shaklida taqdim etilib, mulk ulushlari cheklangan sonli investorlarga sotiladi. Kapital bozorlariga yoki kredit olish imkoniga ega bo'lmagan startaplar uchun VC rivojlanish va muvaffaqiyatga erishishda muhim manba hisoblanadi.
Harvard biznes maktabi professori Jeorjs Doriot, "Venchur kapitalining otasi" sifatida tanilgan, 1946 yilda Amerika Tadqiqot va Rivojlanish Korporatsiyasini tashkil etib, sohaning asoschisi bo'ldi. U Ikkinchi jahon urushi davomida ishlab chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirishga qaratilgan kompaniyalarga investitsiya qilish uchun 3,58 million dollar yig'di. 1955 yilda birinchi investitsiyasi – saratonni davolash uchun rentgen texnologiyasidan foydalangan kompaniyaga kiritilgan 200 ming dollar – kompaniya ommaga chiqqanida 1,8 million dollar daromad keltirdi.
Yuqori daromadli shaxslar, yoki farishta investorlar, venchur moliyalashtirishning alternativ manbalaridir. Venchur kapitali firmalaridan farqli o‘laroq, farishta investorlar odatda o‘z boyliklarini ishlatib, startaplarning dastlabki bosqichlarini moliyalashtiradilar. Ular ko‘pincha o‘zlari tajriba orttirgan sohalarga sarmoya kiritadilar va boshqa farishta investorlar bilan hamkorlikda investitsiya qiladilar. Ularning investitsiyalari odatda VC bosqichlari uchun kichikroq bo‘lib, startapning boshlang’ich qismini qo’llab quvvatlashimi mumkin.
Silikon vodiysi venchur kapitali faoliyatining markazi bo‘lib, 2023 yilda San-Fransisko dunyoda eng ko‘p investitsiya jalb qilgan shahar bo‘lgan.
Venchur kapitali asosiy moliyalashtirish manbai bo‘lsa-da, startaplar boshqa tanlovlarga ham ega, jumladan:
1958 yildagi Kichik Biznes Investitsiya Qonuni va boshqa islohotlar VC sanoatini kuchaytirdi. 1979 yilda ERISAga kiritilgan o‘zgartirishlar pensiya fondlardiagi startaplarga 10% gacha investitsiya qilish imkonini berdi, 20-asr oxiridagi kapitallashgan foyda solig‘ining kamaytirilishi esa investitsiyalarni rag‘batlantirdi. Bu islohotlar 1980-yillarda VC sanoatining rivojlanishiga turtki berdi.
Venchur kapitali startaplarni moliyalashtirishda asosiy omil bo‘lib qolmoqda, bizneslarning ishga tushishiga, innovatsiyalarni amalga oshirishga va o‘sishiga yordam bermoqdai. Xavfli bo‘lishiga qaramay, u asoschilarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurslarni taqdim etadi. Xavf va mukofotni muvozanatlash orqali VC butun dunyo bo‘ylab sanoatlarning kelajagini shakllantirishda davom etmoqda.
Biznes Bo’limi Lideri: Husan Isomiddinov
Manba: https://www.investopedia.com/terms/v/venturecapital.asp#toc-venture-capital-success
Izoh qoldirish