Millatchilik nima?

Kirish

Millatchilik – bu o‘z xalqini boshqa barcha xalqlardan ustun deb bilish g‘oyasi. Bu ustunlik hissi ko‘pincha umumiy etnik kelib chiqishga asoslanadi va til, din, madaniyat yoki ijtimoiy qadriyatlar atrofida shakllanadi. Millat ko‘pincha umumiy ramzlar, folklor va mifologiyaga urg’u beradi.

 

Millatchilikning ta’rifi va misollari

Millatchilik – bu millatingizni, ko‘pincha umumiy etnik kelib chiqish yoki qadriyatlar to‘plamiga asoslangan holda, boshqa barcha millatlardan ustun deb bilish g‘oyasidir. Millatchilik ko‘pincha boshqa millatlarga nisbatan tajovuzkorlik sifatida namoyon bo‘ladi. Millatchilik tashqi va ichki siyosiy qarorlarga ta’sir qilishi, shuningdek, iqtisodiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Izoh:
Millatchi – o‘z millatini boshqa barcha millatlardan ustun deb hisoblaydigan shaxsdir. So‘nggi yillarda dunyoning turli hududlarida millatchi siyosatchilar ommalashgan.

XXI asrda millatchilikning misollari dunyo bo‘ylab kuzatilinadi. 2014-yilda Hindiston hindu millatchisi Narendra Modini bosh vazir etib sayladi. 2015-yilda Vladimir Putin Rossiyaliklarni "etnik ruslarni qutqarish" uchun Ukrainaga bostirib kirishga undadi. 2016-yilda Buyuk Britaniya Brexit (Yevropa Ittifoqidan chiqish) foydasiga ovoz berdi. Qo‘shma Shtatlarga yaqinroq misol sifatida, 2016-yilda AQShda populist Donald Tramp prezident etib saylandi. 2018-yildaTramp Texasdagi mitingda o‘zini millatchi deb e’lon qildi, garchi uning proteksionistik siyosati orqali bu allaqachon ma’lum bo‘lgan bo’lsada. Tramp va uning sobiq maslahatchisi Stiv Bannon ko‘pincha iqtisodiy millatchilikni targ‘ib qilgan.

Millatchilik qanday ishlaydi?

Millatchilar boshqa mamlakatlardan mustaqil bo‘lishni talab qiladi. Ular global tashkilotlarga qo‘shilmaydi yoki boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmaydi. Agar ular boshqa millat tarkibida bo‘lsa, o‘z davlatlarini va erkinliklarini talab qiladilar.

Millatchilar o‘zlarining umumiy xususiyatlari ustun ekanligiga ishonishgani sababli, ko‘pincha turli etnik, diniy yoki madaniy guruhlarni stereotiplashtiradilar. Natijada yuzaga keladigan xurofot millatning birligini saqlab qolishga yordam beradi.

Murosasizlik "boshqacha" deb qaraladigan kishilarni mamlakatdan quvg’in qilishga olib kelishi mumkin. Ekstremal shaklda esa bu etnik tozalash va genotsidga olib borishi mumkin.

Muhim:
Millatchilar o‘z-o‘zini boshqaruvchi davlat qurishga intiladi. Ularning hukumati millatning manfaatlarini targ‘ib qilish uchun iqtisodiyotning turli jihatlarini boshqaradi. 

Millatchilik siyosati ishlab chiqarishning to‘rt omiliga egalik qiluvchi mahalliy subyektlarni mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu to‘rt omil quyidagilardan iborat:

 

· Kapital tovarlar

· Tadbirkorlik

· Tabiiy resurslar

· Mehnat

Turli millatchilar hukumat yoki xususiy korxonalar bu omillarga egalik qilishi kerakmi degan masalada kelishmovchilikka ega bo‘lishlari mumkin, ammo ular odatda bu omillar mamlakatni mustahkamlayotgan bo‘lsa, qoniqish hosil qiladilar.

Millatchilikning savdo siyosati proteksionizmga asoslanadi. U milliy manfaat uchun muhim deb hisoblangan ichki sanoatni subsidiya qiladi. Bundan tashqari, importga tarif va kvotalar qo‘llaydi. Agar bu savdo urushiga aylanib ketsa, barcha tomonlar uchun xalqaro savdo hajmi kamayadi.


Millatchilik va vatanparvarlik

Millatchilar o‘zlarining umumiy manfaatlarini barcha individual yoki guruh manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Ular globalizm va imperiyalarga qarshi turadi. Shuningdek, ular milliy sadoqatdan ustun bo‘lgan har qanday falsafaga, masalan, din, qarshi chiqadilar. Millatchilar har doim harbiy bo‘lishmasa-da, xavf tug‘ilganda tezda harbiylashishga moyil bo‘lishi mumkin.

Millatchilikni vatanparvarlikdan ajratib turuvchi narsa ularning ustunlik hissidir. Vatanparvarlik o‘z mamlakati bilan faxrlanish va uni himoya qilishga tayyorlikni anglatadi.

Millatchilik esa buni takabburlik va ehtimoliy harbiy tajovuzga olib boradi. Millatchilar o‘zlarining ustunligi sababli boshqa millatni bo‘ysundirishga haqli deb hisoblaydi. Ular hatto bo‘ysundirilgan millatga yaxshilik qilayotganiga ishonishi mumkin. Bunday yondashuv harbiylashuvni rag‘batlantirishi mumkin.

Iqtisodiy millatchilikning farqi

Iqtisodiy millatchilik – bu millatchilikning bir ko‘rinishi bo‘lib, u aynan mahalliy bizneslarni ustuvor deb hisoblaydi. U globalizm tufayli foyda ko‘ruvchi transmilliy korporatsiyalarga qarshi turishni va mahalliy sanoatlarni himoya qilishni maqsad qiladi. Bunga proteksionizm va mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlovchi savdo siyosati kiradi. Prezident Tramp iqtisodiy millatchilikni po‘lat va Xitoy importiga tariflar joriy etganida targ‘ib qilgan.

Iqtisodiy millatchilik ikki davlat o‘rtasida tuziladigan ikki tomonlama savdo kelishuvlarini afzal ko‘radi. U ko‘p tomonlama kelishuvlar korporatsiyalarga foyda keltiradi va individual millatlarning zarariga xizmat qiladi deb hisoblaydi. Ba’zida kuchliroq davlat zaifroq davlatni o‘ziga foyda keltiruvchi savdo siyosatini qabul qilishga majburlagan bir tomonlama kelishuvlarni ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

1929-yildagi fond bozori qulashidan so‘ng, mamlakatlar ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida proteksionistik choralarni qabul qila boshladilar. Biroq, bu choralar dunyo iqtisodiyotini 60% ga pasayishiga olib keldi. Natijada, ushbu choralar Buyuk Depressiyani uzoqroq davom ettirgan.

Savdoning kamayishini qoplash uchun iqtisodiy millatchilik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy siyosatni, jumladan, infratuzilmani rivojlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirish va bizneslar uchun soliq imtiyozlarini kiritishni taklif qiladi.

Iqtisodiy millatchilik noqonuniy immigratsiyaga ham qarshi chiqishi mumkin, chunki bu mahalliy ishchilardan ish o‘rinlarini olib qo‘yadi deb hisoblaydi. Prezident Trampning immigratsiya siyosati millatchilikni aks ettirgan bo‘lib, u Meksika chegarasida devor qurishni amalga oshirgan.


Xulosalar

Millatchilik – bu kishining millati barcha boshqa millatlardan ustun ekanligini ta’kidlovchi mafkura. Millatchilikning ildizlari ko‘pincha umumiy etnik kelib chiqishga asoslanadi.

Millatchilik va vatanparvarlik o‘rtasidagi farq – bu ustunlik hissida. Millatchilar o‘z mamlakatlarini barcha boshqa mamlakatlardan yaxshiroq deb hisoblaydi, vatanparvarlar esa o‘z mamlakati bilan faxrlanadi.

  Tarjimon: Amirxon Ergashev

  Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov

  Manba: TheBalance

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 16:00 / 29.12.2024
Kvota nima?
  • 12:10 / 22.01.2024
Avraam Linkoln
  • 21:34 / 17.11.2024
Ekonometrika
  • 23:20 / 18.11.2024
Buyuk Depressiya
  • 13:19 / 19.11.2024
KRIPTOVALYUTA TARIXI
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 21:57 / 24.11.2024
Ekologik iqtisodiyot
  • 21:06 / 25.11.2024
Kriptovalyuta nima?
  • 20:51 / 19.12.2024
Taqchillik
  • 13:15 / 07.11.2024
RAG’BAT Nima? (INCENTIVES)
  • 22:03 / 07.11.2024
Baydenomika
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 22:43 / 07.11.2024
FOIZ NIMA?
  • 16:25 / 08.11.2024
MONOPOLIYA NIMA?
  • 10:58 / 09.11.2024
Eksport va import nima?
  • 12:13 / 09.11.2024
Masshtab iqtisodiyoti nima?
  • 10:30 / 14.11.2024
IQTISODIY QISQARISH NIMA?
  • 21:58 / 16.11.2024
Siyosat nima va nega u muhim?
  • 00:28 / 17.11.2024
Reallik va Tanlovlar
  • 12:28 / 18.12.2024
Aylanma Iqtisodiyot
  • 12:38 / 18.12.2024
Pul va moliya-Taklif va talab
  • 13:28 / 18.12.2024
Iqtisodiy tizim
  • 20:35 / 17.11.2024
Z avlodi (Gen Z)
  • 15:13 / 29.12.2024
Sviftonomiya