Avraam Linkoln

Kichkinagina yog'och uyda tug'ilib, AQSHda deyarli 2.5 asr davom etgan qullikka nuqta qo'ygan Avraam Linkolnning hayoti haqida

1809-yilning 12-fevralida Kentukki shtatidagi kamtargina yog‘och kabinada tug‘ilgan Avraam Linkoln Amerika tarixidagi eng nufuzli shaxslardan biriga aylanadi. Bolalik va o'spirin yillarida bilimga juda chanqoq bo'lgan. Juda qisqa vaqt maktabga borganiga qaramasdan, yosh Avraam kitoblarni, ayniqsa Bibliya, Ezopning masallari va Shekspirning asarlarini o'qishni juda yoqtirgan. Shuningdek, uning hazilkashlik va omma oldida gapirish qobiliyatlari uni tengdoshlari orasida hurmat qozonishiga sabab bo'ldi.

Linkolnning onasi erta olamdan o'tdi, biroq uning otasi, Tomas Linkoln, unga juda ko'p va kerakli hayotiy saboqlarni bergan. Linkolnlarning uyida halollik va mehnatsevarlik doimo birinichi o'rinda turgan, shuning uchun ham Avraamda bu xislatlar juda yaxshi shakllandi. Hattoki, odamlar orasida "Halol Av"("Honest Abe") degan taxallusga ham sazovor bo'ldi.

Yoshligidanoq Linkolnda o‘rganish va ta’lim olishga ishtiyoq paydo bo‘ldi. Uning kitoblarga bo’lgan qiziqishi va turli fanlarni mustaqil o’rganish qobiliyati keyinchalik huquqshunos bo'lib yetishishida muhim rol o’ynadi. O‘tkir zehni, chiroyli nutqlari tez orada uni ommaga tanitdi va siyosat olamiga kirib kelishiga sabab bo’ldi.

Uning tirishqoqligi, mustaqil o'rganish, rivojlanish qobiliyatlari uning huqushunos bo'lishida juda muhim rol tutdi. O'tkir zehni, chiroyli nutqlari tez orada uni ommaga tanitdi va siyosat olamiga kirib kelishiga sabab bo’ldi.

Linkoln bo'sh vaqtini ko'pincha shaxsiy rivojlanish, huquqni mustaqil ravishda o'rganish va tanqidiy fikrlash qobiyitani rivojlanitirishga sarflar edi. Odamlar uni Benjamin Franklinga o'shab juda mehnatsevar, haqiqatgo'y va boshqalarga yordam berishga moyil deb bilishardi.

Prezidentlikkacha bo'lgan yo'lida Avraam Linkoln qullikni bekor qilish g'oyalarini ilgari surgan. Uning bu g'oyasi axloqiy e'tiqod, siyosiy falsafa va Mustaqillik Deklaratsiyasida bayon etilgan tamoyillar uyg'unligining mahsuli hisoblanadi. Linkoln qullikka ega bo'lgan ba'zi badavlat shaxslarning iqtisodiy manfaatlariga zid bo'lsa ham, qullikning bekor qilinishiga chin dildan ishongan.

"Agar menga daraxtni kesish uchun olti soat vaqt bersangiz, men bu vaqtning to'rt soatini boltani o'tkirlash uchun sarflayman."- bu iqtibos biror vazifaga kirishishdan oldin tayyorgarlikning muhimligini anglatadi.


1860-yilda Linkoln prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonib, Amerika Qo'shma Shtatlarining 16-prezidenti bo'lish orqali hayotidagi muhim bosqichga qadam qo’ydi. Biroq, uning prezidentligi fuqarolar urushining boshlanishi, xalqni parchalab yuborishi mumkin bo’lgan halokatli mojaro bilan kechdi.

Urush davomida Linkoln ajoyib yetakchilik va qat'iyatni namoyish etdi. U tenglik va adolat tamoyillariga qat'iy ishongan holda, Ittifoqni saqlab qolish va qullikni tugatish uchun tinimsiz mehnat qildi. 1863-yilda uning Emansipatsiya deklaratsiyasi qullikka qarshi kurashda burilish nuqtasi bo'ldi, va keyinchalik aynan Linkoln Qo'shma Shtatlarda qullikning rasman bekor qilinishiga sababchi bo’ldi.

"Men g'alaba qozonishim shart emas, lekin men doim haq bo'lishim shart. Men muvaffaqiyatga erishishim shart emas, lekin menda mavjud bo'lgan nur bilan yashashim shart. Men kim haq bo'lsa, u bilan birga bo'lishim va u toki haq ekan, u bilan birga bo'lishim, nohaq bo'lganda esa, u bilan xayrlashishim kerak."-bu iqtibos muvaffaqiyat kafolatlanmaganligini, natija qanday bo'lishidan qat'i nazar Linkoln o'z tamoyillariga sodiq qolishi va ichki ovoziga quloq solib yashashi kerakligini anglatadi. Shuningdek, Linkoln o'zinikiga o'xshash tamoyillarga ega insonlarni qo'llab-quvvatlashi va yordam berishi kerakligini nazarda tutgan.
Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi. E'lon & Reklama berish uchun t.me/fasihuzadmin ga murojaat qiling.


Afsuski, 1865-yil 14-aprelda, fuqarolar urushi tugaganidan bir necha kun o'tgach, Vashingtondagi "Ford" teatrida spektakl vaqtida Jon Uilks But Linkolnga o'q uzadi. Keyingi kuni ertalab AQSHning 16-prezidenti Avraam Linkoln vafot etadi. Uning bevaqt vafoti xalqni qayg‘uga soldi, ammo uning merosi saqlanib qoldi. Linkolnning demokratiya, tenglik va erkinlikka sodiqligi avlodlarni ilhomlantirishda davom etib, uni Amerika tarixidagi eng buyuk shaxslardan biriga aylantiradi.

Avraam Linkoln qat'iyatlilik, yetakchilik va adolatga intiluvchanlik kabi fazilatlarni o’zida jamlagan insonning yaqqol namunasidir. Uning Amerika Qo'shma Shtatlarining rivojiga qo'shgan hissasi hech qachon unutilmaydi. Mutolaachilar Linkolnning doimiy rivojlanish, axloqiy qadriyatlarga sodiq qolish va qiyin paytlarda odamlarni birlashtirish qobiliyatidan saboq olishlari mumkin. Ushbu tamoyillarni o'z hayotingizga tatbiq etish shaxsiy o'sishga, chidamlilikka va ijobiy etakchilikka yordam beradi. Maqola Javoir Alikulov tomonidan yozildi. Shu kabi qiziqarli maqolalarni o'qish uchun Telegram Kanalimizga obuna bo'ling: https://t.me/fasih_uz

1 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 18:04 / 11.04.2024
Geometriya Otasi: Yevklid
  • 09:31 / 01.05.2024
Jaloliddin Rumiy
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 18:23 / 26.11.2024
Millatchilik nima?
  • 22:03 / 07.11.2024
Baydenomika
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 21:58 / 16.11.2024
Siyosat nima va nega u muhim?
  • 00:28 / 17.11.2024
Reallik va Tanlovlar