- 16:00 / 29.12.2024
- 06:00 / 08.11.2024
- , Iqtisodiyot
TRUMPONOMICS

Tramponomika: Sobiq AQSh Prezidenti Donald Trampning iqtisodiy dasturi, tamoyillari va siyosati. Tramponomika sobiq AQSh Prezidenti Donald Trampning iqtisodiy dasturi, tamoyillari va siyosatini tasvirlaydi. Tramponomika savdo-sotiqni erkinlashtirish, soliq imtiyozlari, proteksionizm va savdoga nisbatan tajovuzkor munosabatni o’z ichiga olgan. Ushbu siyosatlar ish o’rinlarini yaratish, ish haqini oshirish va iqtisodiy o’sishni kuchaytirishga qaratilgan edi. Tanqidchilarning ta’kidlashicha, shu kabi boshqa siyosatlar boylarni qo‘llab-quvvatlagan, davlat qarzini oshirgan va atrof-muhitga va jahon savdo munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Tramponomikaning yana bir muhim elementi COVID-19 pandemiyasi boshlanishiga javoban amalga oshirilgan siyosat va sa’y-harakatlardan iborat. Bunga jismoniy shaxslar uchun bonus to‘lovlar va korxonalar uchun ish haqini himoya qilish dasturlari kiradi. Trumponimika Tramp prezidentligi davrida AQSH iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi va iqtisodchilar va siyosatchilar o‘rtasida qizg‘in munozara mavzusi bo‘lib qolmoqda. Tramponomika - bu sobiq AQSh Prezidenti Donald Trampning deregulyatsiya, soliq imtiyozlari, proteksionizm va savdo taqchilligiga qaratilgan iqtisodiy dasturidir. Trampning soliq siyosati, jumladan, “Soliqlarni qisqartirish va ish o‘rinlari to‘g‘risidagi” qonun (TCJA) iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlarini yaratish maqsadida jismoniy shaxslar va korxonalar uchun soliq foizlarini pasaytirdi. Tramponomikaning iqtisodiy ta’siri bir qancha muvaffaqiyatlarga erishd, jumladan qishloq hududlarida; ammo, hech qaysi yirik infratuzilma normalari qonunga aylanmadi. Tramponomika proteksionist bo’lgani, ish o‘rinlari soni qisqarishi, va boylar va korporatsiyalarga nomutanosib foyda keltirgani uchun tanqidga uchradi, bu esa daromadlar tafovutini oshirdi. Tramponomikaning asosiy tamoyillari quyidagicha ifodalanadi: Tramponomika qonun-qoidalarni soddalashtirish, infratuzilmaga sarmoya kiritishni oshirish va import uchun bojxona to’lovlarini joriy qilish orqali AQSH ishlab chiqarishini rivojlantirishni ko’zlagan edi. Maqsad AQSHda ko‘proq ish o‘rinlari yaratish va boshqa davlatlar sanoatiga qaramlikni kamaytirish edi. Tramponomika AQSH savdo taqchilligini kamaytirish uchun boshqa mamlakatlar bilan savdo shartnomalarini qayta ko‘rib chiqish, import qilinadigan tovarlarga bojlar qo‘yish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishni reja qilgan. Maqsad eksportni oshirish va importni kamaytirishdan iborat edi. Tramponomika adolatli savdo siyosatini ilgari surish, immigratsiyani kamaytirish va kasbga o‘qitish dasturlarini ko‘paytirish orqali amerikalik ishchilarni qo’llab quvvatlashni reja qilgan. Maqsad amerikaliklarning ko‘proq ish o’rinlarini yaratish va ularning ish haqi va nafaqa bilan taminlash edi. Tramponomika iqtisodiy o‘sishni va yangi ish o‘rinlari yaratilishini rivojlantirish niyatida jismoniy shaxslar va korxonalar uchun soliqlarni kamaytirish siyosatini amalga oshirdi. Trampning soliq siyosatining markaziy qismi bo‘lgan Soliqlarni qisqartirish va ish o‘rinlari to‘g‘risidagi qonun (TCJA) belgilangan chegirmalarni oshirdi, shaxsiy imtiyozlarni tugatdi, jismoniy shaxslar uchun muqobil minimal soliqni kamaytirdi va uni korporatsiyalar uchun butunlay bekor qildi. Bundan tashqari, TCJA meros solig‘idan ozod qilishlar sonini ikki barobarga oshirdi hamda Arzon tibbiy yordam to‘g‘risidagi qonun (ACA)ning majburiy sug‘urtalanish talabini buzganlik uchun jazoni 0 dollargacha tushirdi. Tramponomika bizneslarga qo’yilgan qonun-qoidalarni kamaytirish, innovatsiyalarni rivojlantirish, xarajatlarni qisqartirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan edi. Savdo-sotiqni erkinlashtirish raqobatni rivojlantirishi, yangi korxonalarning bozorda o‘z o‘rnini topishiga imkon berishi va iste’molchilar uchun narxlarni tushirishi mumkin. Bu omillar iqtisodiy o‘sishning ortishiga olib kelishi mumkin. Tramp ma’muriyati davrida Amerika ishlab chiqarishini rivojlantirish va savdo taqchilligini kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Siyosatlar bojxona to’lovlari, savdo shartnomalarini qayta ko’rib chiqish va Xitoy va Yaponiya kabi davlatlar bilan ikki tomonlama savdo munosabatlariga e’tibor qaratishni o’z ichiga olar edi. Hukumat amerikalik ishchilar va korxonalarni himoya qilish bilan bir qatorda AQShga foyda keltiradigan savdo bitimlarini tuzishni maqsad qilgan edi. Ushbu siyosatlar proteksionizm, ish o’rinlarining kamayishi va kutilmagan oqibatlar tufayli tanqidga uchradi. Bojxona to’lovlarining joriy etilishi va savdo bitimlarining qayta tuzilishi jahon bozorini izdan chiqardi, ta’minot zanjirlariga putur yetkazdi va globallashuvdan uzoqlashishga olib keldi. Tramp ma’muriyati TCJA kabi soliq siyosatlarini joriy qilib, iqtisodiy o’sishni rivojlantirish va ish o’rinlari yaratish maqsadida jismoniy shaxslar va korxonalar uchun soliq foizlarini kamaytirdi. Daromad solig’i 35 foizdan 21 foizgacha tushirildi va korxonalar ayrim investitsiyalar xarajatlarini haqida qayg’urmasligi mumkin edi. Jismoniy shaxslar uchun soliq foizlari kamaytirildi va belgilangan chegirmalar oshirildi. Boshqa chegirmalar bekor qilindi yoki cheklab qo’yildi. Soliq siyosatining iqtisodiyotga ta’siri haqida bahs-munozaralar mavjud: tarafdorlari investitsiyalar va ish o‘rinlari ko‘payganini aytishsa, tanqidchilar bu siyosat boylarga nomaqbul foyda keltirgani va federal byudjet taqchilligiga hissa qo‘shganini ta’kidlashadi. Tramponomika Amerika infratuzilmasini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni yanada rivojlantirish va ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilgan edi. Infratuzilma tashabbusi doirasida davlat hisobidan 10 yil davomida 200 milliard dollar mablag‘ ajratish taklif qilindi. Trampning infratuzilma va iqtisodiy o‘sish siyosatining umumiy ta’siri ham yaxshi, ham yomon bo‘ldi. Yirik infratuzilma xarajatlari to‘plamlari qonunga kirmagan bo‘lsa-da, ba’zi individual siyosatlar va loyihalar, ayniqsa qishloq joylarida rivojlandi. Trampning savdo siyosati global iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Boshqa mamlakatlardan, ayniqsa Xitoydan olib kelingan tovarlarga bojlar qo‘yilishi javob choralarini ko‘rishga va savdoning qisqarishiga olib keldi. Qo‘shma Shtatlar-Meksika-Kanada kelishuvi (USMCA) kabi savdo bitimlarini qayta ko‘rib chiqish global ta’minot zanjirlariga ta’sir ko‘rsatib, savdoni qisqartirgan. Tramp ma’muriyatining yana bir ustuvor yo‘nalishi Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) tomonidan belgilangan bojlarni “qayta tiklash” edi. Ma’muriyat ushbu bojlar amerikaliklarga zarar keltirayotganini aytdi. Oxir-oqibat, AQSh-Xitoy savdo munosabatlarining uzilishi, yuqorida ta’kidlanganidek, globallashuvdan uzoqlashishga olib keldi va jahon iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Tramponomika proteksionizm, ish o‘rinlarining yo‘qolishi va Trampning ko‘pincha noto‘g‘ri xatti-harakatiga asoslangan kutilmagan oqibatlari uchun ziddiyatlar qurshovida qoldi. Tanqidchilar proteksionistik siyosatlar savdoning kamayishi va xarajatlarning oshishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladilar. Ayrim iqtisodchilar savdo siyosatining samaradorligi va uning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini shubha ostiga olishdi. Trampning qonun-qoidalarga qarshi kurashi ishchilarning salomatligi va xavfsizligini himoya qiluvchi talablarni kamaytirganligi va ish haqlarini pasaytirgani uchun tanqid qilindi. Shu bilan birgalikda, TCJA ostidagi soliq imtiyozlari boylar va korporatsiyalarga yon bosgani va salbiy iqtisodiy oqibatlarga olib kelgani uchun tanqid ostida qoldi. 2020-yil fevral oyida AQSh iqtisodiyoti COVID-19 inqirozi tufayli sekinlashishni boshladi, va Tramp 31-yanvarda uni favqulodda sog‘liqni saqlash holati deb e’lon qildi. 2020-yil mart oyida Kongress COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy zarbasini yengillashtirish maqsadida Koronavirusga qarshi Yordam, Yengillashtirish va Iqtisodiy Xavfsizlik (CARES) Qonunini qabul qildi. U jismoniy shaxslarga imtiyozlar berish, ipotekani undirish va ijarachilarni haydab chiqarishga taqiq qo‘yish, ishsizlik sug‘urtasini kuchaytirish, kichik korxonalar uchun ish haqini himoya qilish dasturini joriy etish va boshqa tashabbuslarni o‘z ichiga oldi. Prezident Tramp davridagi ushbu choralar boshqa moliyaviy siyosatlar bilan birgalikda pandemiyadan kelib chiqqan iqtisodiy zararni, shu jumladan iqtisodiy faollik va ish joylarini yo‘qotishga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Keyinchalik, ushbu dasturlar pandemiya davom etgani sababli qonunchilik orqali kengaytirildi. Agar Tramp yana prezidentlikka saylansa, Tramponomika qayta tiklanishi ehtimoli bor, va proteksionistik siyosatiga va savdo defitsitini kamaytirishga e’tibor qaratish davom etishi mumkin. Biroq, ushbu siyosatlarning samaradorligi va ularning iqtisodiyotga va daromadlar notengligiga potensial ta’siri siyosatchilar va iqtisodchilar o‘rtasida muhokama qilinishda davom etadi. Bayden ma’muriyati allaqachon Tramponomika ostidagi ayrim siyosatlarni, masalan, Parij iqlim kelishuviga qayta qo’shilish va savdo bitimlarini qayta ko‘rib chiqishni bekor qilish choralarini ko’rdi. Tramponomika uchun yana bir potensial muammo AQSH iqtisodiyotining o’zgaruvchan tabiati, xususan, bilimga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish va texnologiya va innovatsiyalarning ahamiyatining ortib borishidir. Ishlab chiqarish va infratuzilmaga yo‘naltirilgan siyosat ushbu yangi iqtisodiyotda unchalik samarali bo‘lmasligi va eskirgan yoki samarasiz deb qaralishi mumkin. Tramponomika Amerika ishlab chiqarishini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu borada me’yoriy talablarni qisqartirish, infratuzilma xarajatlarini oshirish va importga boj to’lovlari joriy qilish kabi choralar ko‘rildi. Bu AQSHda ko‘proq ish o‘rinlarini yaratish va xorijiy ishlab chiqarishga ehtiyojni kamaytirishga qaratilgan edi. Tramp prezidentligining dastlabki uch yili davomida ishlab chiqarish sohasida ish o‘rinlari biroz ortdi, ammo COVID-19 pandemiyasi davrida bu yutuqlar ko’ngildagidek davom etmadi. Tramponomika asosidagi soliq siyosati iqtisodiy o‘sishni rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratish maqsadida xususiy korxonalar va jismoniy shaxslar uchun soliq foizlarini kamaytirdi. Natijalar ham yaxshi, ham yomon bo’ldi: tarafdorlar bu yondashuv investitsiyalar va ish o‘rinlarini yaratishga olib kelganini ta’kidladilar, tanqidchilar esa bu siyosat asosan boylar va korporatsiyalarga foyda keltirganini va daromadlar notengligini oshirishga olib kelishi mumkinligini ta’kidladilar. Tramp birinchi marta lavozimga o’tirganida, iqtisodiyot kuchli edi. Tramp ma’muriyatining dastlabki yillarida ish o‘rinlari ko‘payishda davom etdi, ammo 2020-yilda pandemiya bu o‘sishni yo‘qqa chiqardi. Tramponomika bojxona to’lovlarini joriy qildi va savdo bitimlarini qayta ko‘rib chiqdi, bu esa xalqaro savdo munosabatlari fonida ayrim ziddiyatlarga olib keldi. Ushbu siyosatlar globallashuvdan uzoqlashishga hissa qo’shishi bilan birga, iqtisodiy o‘sish va rivojlanish uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Tramponomika Amerika ishlab chiqarishini rivojlantirish, soliqni qisqartirish va qonun-qoidalarni kamaytirishga qaratilgan edi, Baydenomika esa iqtisodiy tiklanish, toza energiya va issiqxona gazlarini kamaytirishni yanada rivojlantirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Tramponomika Amerika ishlab chiqarishini rivojlantirish, savdo tanqisliklarini kamaytirish va Amerika ishchilarini himoya qilishni maqsad qilgan edi. Tramp ma’muriyati xususiy korxonalar, jismoniy shaxslar va iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan savdo va soliq siyosatlarini amalga oshirdi. Tramponomikaning global ta’siri ham mavjud bo‘lib, u xalqaro savdo tarangliklarini keltirib chiqardi va ba’zan boshqa mamlakatlardan javob tariqasida boj to’lovlari joriy qilinishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, bu yondashuv proteksionizmga urg‘u bergani va daromadlar notengligiga ta’sir qilgani uchun noroziliklarga sabab bo’ldi.
Tarjimon: Zufarbek Xalilov
Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov Manba: InvestopediaTramponomikaning Asosiy Xususiyatlari
Tramponomikaning Asosiy Prinsiplari
Amerika Ishlab Chiqarishini Rivojlantirish
Savdo Tanqisliklarini Qisqartirish
Amerikalik Ishchilarni Himoya Qilish
Soliqlarni Qisqartirish
Savdo-sotiqni Erkinlashtirish
Tramponomika Asosidagi Savdo Siyosati
Tramponomika Ta’siri Ostidagi Soliq Siyosati
Infratuzilma va Iqtisodiy O‘sish
Tramponomikaning Global Iqtisodiyotga Ta’siri
Tramponomikaning Tanqidlari va Ziddiyatlari
Tramponomika va Pandemiyaga Qarshi Choralar
Tramponomikaning Kelajakdagi Rivoji
Tramponomika Amerika Ishlab Chiqarishini Qanday Rivojlantirishga Harakat Qildi?
Tramponomikada Soliq Siyosatining Korxonalar va Jismoniy Shaxslarga Ta’siri Qanday Bo‘ldi?
Tramponomikaning Xalqaro Savdo Munosabatlariga Potentsial Ta’siri Qanday Edi?
Tramponomika Baydenomikadan Qanday Farq Qiladi?
Asosiy Xulosa
90 ta izoh:
Izoh qoldirish