FOIZ NIMA?

Foiz nima?

Kreditning foiz stavkasi - bu qarz oluvchiga pul olish uchun to'laydigan xarajat. Yillik foiz stavkasi (APR) foiz stavkasi va kredit uchun olinadigan qo'shimcha to'lovlarning o'lchovidir. Ikkalasi ham foiz sifatida ifodalanadi.



Asosiy ma’lumotlar:
Foiz - bu qarz olayotganda yoki qarz berayotganda oladigan pulingizdir.
Kredit beruvchilar foiz miqdorini kredit summasidan foiz sifatida hisoblaydilar.
Iste’molchilar qarz berish (masalan, obligatsiya yoki depozit sertifikati orqali) yoki mablag‘larni omonatli bank hisobiga qo‘yish orqali pul olishlari mumkin.
"Murakkab foiz" — bu vaqt o‘tishi bilan olingan foizlar asosiy summaga qo‘shilib, kelgusida ularga ham foiz hisoblangan holatni anglatadi.
Foizlar qanday ishlaydi?
Foiz — qarz qiymatini belgilovchi ko‘rsatkichdir. Har kim qarz beruvchi yoki oluvchi bo‘lishi mumkin: qarz olganda foiz to‘lanadi, boshqalarga (masalan, bankka) pul berilganda esa foiz daromadi olinadi. Bu summa odatda yillik stavka sifatida ko‘rsatiladi, ammo har doim ham shunday bo‘lavermaydi.

Foizli xarajatlar kredit yoki depozitning asosiy summasidan tashqari qo‘shimcha to‘lovlarni talab qiladi. Natijada, qarz oluvchi olingan mablag‘dan ko‘proq qaytaradi, kredit beruvchi esa foizdan daromad oladi.

Sodda misol sifatida, agar siz avtomobil sotib olish uchun 10 000 AQSH dollari qarz olsangiz, qarzning asosiy summasi va unga hisoblangan foizni qaytarishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, 6% yillik foiz stavkasida siz jami 10 600 AQSH dollari (10 000 dollar asosiy qarz + 600 dollar foiz) to‘laysiz. Qarz beruvchi esa ushbu summani qaytarishingiz uchun qancha vaqt ajratilishini belgilaydi.

Biroq agar omonotga pul qo‘ysangiz, siz foiz oluvchi shaxsga aylanasiz. Masalan, 6% yillik stavkasida 10 000 dollar qo‘ysangiz, bir yildan so‘ng nafaqat 10 000 dollaringizni saqlab qolasiz, balki 600 dollar foiz daromadga ega bo’lasiz. Shunday qilib, oddiy foiz hisobida jamg‘arma hisobingizda bir yil yakunida 10 600 dollar bo‘ladi.

Namuna:
Foizlarni hisoblashning oddiy namunasini ko‘rish uchun ushbu Google Sheets elektron jadvalidan foydalaning. Aksariyat banklar va kredit karta emitentlari oddiy foizlardan foydalanmaydilar. Buning o‘rniga, murakkab foizdan foydalanishadi va natijada foizlar miqdori tezroq o‘sadi.

Foizlarni hisoblashning bir nechta usullari mavjud, va ayrimlari kreditorlar uchun ko‘proq foyda keltiradi. Qarz olishda foiz to‘lash qarori siz evaziga oladigan manfaatlarga bog‘liq. Shu bilan birga, kredit orqali daromad olish qarori esa, pulingizni investitsiya qilish uchun mavjud bo’lgan muqobil variantlarni solishtirishga asoslanadi.

Qarz olishda foiz to‘lovlari
Qarz olganda, asosiy summani qaytarishingiz bilan birga qarz beruvchining risk va noqulayliklarini qoplash uchun qo‘shimcha to‘lov ham qilishingiz kerak. Qarz beruvchi sizning moliyaviy tavakkalchilik darajangiz va qarz muddatining uzunligiga qarab foiz stavkasini belgilaydi. Tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lsa yoki qarz uzoq muddatga olinayotgan bo‘lsa, foiz xarajatlari ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Qarz berishda foiz to‘lovlari
Agar qo‘shimcha mablag‘ingiz bo‘lsa, uni o‘zingiz qarzga berishingiz yoki omonatga qo‘yishingiz mumkin, bu esa bankka mablag‘ni qarzga berish yoki investitsiya qilish imkonini yaratadi. Buning evaziga siz foiz daromadini kutasiz. Biroq, agar daromad olishni istamasangiz, mablag‘ni sarflash qiyinchiligiga duch kelishingiz mumkin, chunki kutishning foydalari juda kam.

Siz oladigan foizlar ham qarz oluvchining tavakkalchilik darajasiga va ular mablag‘ingizdan qancha vaqt foydalanishiga bog‘liq. Jamg‘arma hisobvaraqlari federal sug‘urtalanganligi sababli, siz pulingizni istalgan vaqtda yechib olishingiz mumkin. Shu tufayli, jamg‘arma hisobvaraqlaridagi foiz stavkalari ko‘pincha boshqa investitsiya yoki kredit variantlariga qaraganda pastroq bo‘ladi.

Foiz to'lash shartmi?
Qarz olayotganingizda, odatda, buning uchun foiz to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Ammo har doim ham bunday bo’lavermaydi, sababi foizli xarajatlar uchun alohida hisob-kitob yoki o‘tkazmalar bo’lmaydi.

Muddatli to‘lov bo‘yicha qarz foizlari
Standart uy-joy, avtomobil va talabalar kreditida foiz xarajatlari oylik to‘lovga kiritiladi. Har oygi to‘lovingizning bir qismi asosiy qarzni kamaytirishga, qolgan qismi esa foiz xarajatlarini qoplashga sarflanadi. Ushbu kreditlar belgilangan muddat davomida to‘lanadi, masalan, 15 yillik ipoteka yoki 5 yillik avtomobil krediti.

Aylanma qarz uchun foizlar
Boshqa kredit turlari aylanma kreditlar hisoblanadi, ya'ni siz har oy ko‘proq qarz olishingiz va davriy to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Masalan, kredit kartalari sizga kredit limitining past bo‘lganida qayta-qayta pul sarflash imkoniyatini beradi. Bu turdagi kreditlar sizning moliyaviy ehtiyojlaringizga qarab moslashuvchanlik taqdim etadi.

Foizlarni hisoblash usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Foizlar qanday hisoblanishi va to‘lovlar qanday amalga oshirilishini aniqlash uchun kredit shartnomangizga qarang. 

Foizdan tashqari qo‘shimcha to‘lovlar
Kreditlar ko‘pincha yillik foiz stavkasi (YFS) bilan ko‘rsatiladi, bu esa yil davomida qancha to‘lashingizni ko‘rsatadi va foiz to‘lovlaridan tashqari qo‘shimcha xarajatlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Sizning sof foizli xarajatingiz esa faqat foiz stavkasiga bog‘liq emas. Ba’zi kreditlar yopilish xarajatlari yoki moliyaviy xarajatlarni ham talab qiladi, bu esa texnik jihatdan foiz xarajatlari emas. Foiz stavkasi va yillik foizli xarajatlar (YFS) o‘rtasidagi farqni tushunish foydali. YFS, odatda, taqqoslash maqsadida yaxshiroq vosita hisoblanadi, chunki u foizlar bilan birga barcha qo‘shimcha xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Qanday qilib foiz orqali daromad olishim mumkin?
Siz foizli bank hisobvarag‘iga, masalan, jamg‘arma hisobvarag‘iga pul depozit qilib yoki qarz berish orqali foiz olasiz. Banklar sizning depozitlaringizdan foydalangan holda boshqa mijozlarga kreditlar berish va sarmoya kiritish imkoniyatiga ega. Banklar ushbu faoliyatdan daromad olganda, bu daromadning bir qismini sizga foiz shaklida qaytaradi. Bu jarayon sizga qo‘shimcha daromad olib keladi, shu bilan birga bankning moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirishga yordam beradi.

Vaqti-vaqti bilan (masalan, har oyda yoki har chorakda) bank jamg‘armalaringiz uchun foiz to‘laydi. Foiz to‘lovi hisobotda ko‘rinadi va hisob balansingiz oshganini ko’rasiz. Ushbu pulni sarflashingiz yoki foiz daromadini olishda davom etish uchun hisobingizda saqlashingiz mumkin. Bu jarayon sizning boyligingizning ortishiga yordam beradi.

Hisobingizdagi mablag’ni yechib olsangiz, jamg‘armalaringizda impuls paydo bo’lishi mumkin. Siz dastlabki depozitingiz, shuningdek, hisobingizga qo‘shilgan foizlardan foiz olasiz. Avval ishlagan foizingiz ustiga foiz olish "murakkab foiz" deb ataladi.

Namuna:
Ushbu Google Sheets elektron jadvalida murakkab foizlar misol ko‘rishingiz mumkin. Murakkab foizlar haqida ko‘proq ma’lumot ega bo‘lish uchun jadvaldan nusxa olib o‘zgartirishlar kiritib ko‘ring.

Aytaylik, siz 5% foiz stavkasini to‘laydigan jamg‘arma hisobiga 1000 dollar qo‘ydingiz. “Oddiy foiz” bilan siz bir yil davomida 50 dollar ishlab topasiz. Hisoblash uchun:

1000 dollar tejashni 5% foiz bilan ko‘paytiring.
1000 dollar x.05 = 50 dollar daromad
Bir yildan keyingi mablag‘ = 1050$.

Biroq aksariyat banklar foizli daromadni bir yildan keyin emas, balki har kuni hisoblaydi. Bu sizning foydangizga ishlaydi, chunki bank “murakkab foiz” tizimini ishlatyapti. Aytaylik, bank kunlik “murakkab foiz”ni ishlatadi:

Hisobingizdagi mablag‘ bir yildan keyin 1051,27$ bo‘ladi.
Yillik foizli daromadingiz (YFD) 5,13% bo‘ladi.
Yil davomida 51,27 dollar daromad olasiz.

Farq dastlab unchalik katta emasdek tuyulishi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan, jarayon katta daromad olib keladi. Har 1000 dollardan oldingidan biroz ko‘proq pul ishlab topasiz. Agar siz hisobingizdagi pulni yechib olsangiz, birinchi yili 51,27 dollar, keyingi yil esa 53,87 dollar foiz daromadi olasiz. Murakkab foizning ta'siri tufayli, mablag‘ingiz yanada ortadi. Vaqt o‘tishi bilan, qo‘shimcha depozitlar kiritish va foizlarni hisobda saqlash orqali yanada ko‘proq daromad olishingiz mumkin.

Ko‘p beriladigan savollar
Kim kredit uchun foiz to‘laydi?
Kreditda foizni qarz oluvchi to‘laydi. Ba’zi holatlarda, qarz beruvchi foiz talab qilmasligi mumkin. Bu esa o’z navbatida qarz olgan insonning pulini tejab qoladi. Biroq qay holatda qarz ustiga foiz qo’yilsa, qarzdor shaxs barcha xarajatlarni qoplaydi.

Foiz stavkalarini oshirish inflyatsiyaga qanday yordam beradi?
Foiz stavkalari oshsa, qarz qaytarib berishda xarajatlari ortadi. Nazariy jihatdan, bu odamlar va korxonalar kamroq kredit olishlarini va butun iqtisodiyotda xarajatlar kamayishini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, foiz stavkalarining oshishi talabni “sovitadi”. Talab chizig‘i siljisa, tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab kamaysa, korxonalar narxlarni ko‘tara olmaydi va, natijada, inflyatsiya sekinlashadi.

Tarjimon: Shoxo‘jayev Nizomiddinxo‘ja
Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov
Manba: TheBalance

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 16:00 / 29.12.2024
Kvota nima?
  • 21:34 / 17.11.2024
Ekonometrika
  • 23:20 / 18.11.2024
Buyuk Depressiya
  • 13:19 / 19.11.2024
KRIPTOVALYUTA TARIXI
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 21:57 / 24.11.2024
Ekologik iqtisodiyot
  • 21:06 / 25.11.2024
Kriptovalyuta nima?
  • 18:23 / 26.11.2024
Millatchilik nima?
  • 20:51 / 19.12.2024
Taqchillik
  • 13:15 / 07.11.2024
RAG’BAT Nima? (INCENTIVES)
  • 22:03 / 07.11.2024
Baydenomika
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 16:25 / 08.11.2024
MONOPOLIYA NIMA?
  • 10:58 / 09.11.2024
Eksport va import nima?
  • 12:13 / 09.11.2024
Masshtab iqtisodiyoti nima?
  • 10:30 / 14.11.2024
IQTISODIY QISQARISH NIMA?
  • 12:28 / 18.12.2024
Aylanma Iqtisodiyot
  • 12:38 / 18.12.2024
Pul va moliya-Taklif va talab
  • 13:28 / 18.12.2024
Iqtisodiy tizim
  • 20:35 / 17.11.2024
Z avlodi (Gen Z)
  • 15:13 / 29.12.2024
Sviftonomiya