Finlyandiya - Umumiy bazaviy daromad tajribasi

Finlyandiya Yevropadagi birinchi milliy, hukumat tomonidan qollab-quvvatlangan asosiy daromad tajribasini o'tkazdi.


2017 va 2018 yillarda Finlandiya hukumatining bir dasturi dunyo hamjamiyati ni oziga qaratdi. Bunga kora hukumat 2000 ta tasodifiy tanlangan ishsiz insonlarga doimiy $660 oylik tolab berdi va ularga ish qidirmasa ham, yoki ishga joylashsa ham bu pul kamaymasligi aytildi. 


Dastur asosan shuni o‘rganishga qaratilgan edi: kafolatlangan daromad insonlarga kam haq to‘lanadigan yoki vaqtinchalik ishlarga kirishishga yordam beradimi va ular ijtimoiy yordamlarni yo'qotish dan qo'rqmas dan ishga kirishadimi? Ammo, ushbu loyiha barcha uchun mo‘ljallangan asosiy daromad (Universal Basic Income, UBI) sinovi hisoblanmas edi, chunki bu to'lov larni faqat cheklangan guruhga to‘lashgan va bu mablag‘lar hayot kechirish uchun yetarli emas edi. 


Loyiha UBI pilot sinovini amalga oshirdi va bu odamlarga passiv iste'molchidan ko‘ra faolroq hayot kechirishga, masalan, o‘z startaplarini ochishga imkon berdi. Shunday qilib, asosiy ehtiyojlarni kafolatlash «ishlamaslik» haqida emas, balki odamlarga ular uchun muhim bo‘lgan narsalar bilan shug‘ullanish uchun vaqtni bo‘shatib berish haqida.


Helsinki universiteti tadqiqotchilari olib borgan tadqiqot shunday xulosaga keldi: “Asosiy daromad olganlar o‘z hayotlaridan ko‘proq qoniqish hosil qilishdi va nazorat guruhiga qaraganda ruhiy siqilishni kamroq his qilishdi. Ular, shuningdek, iqtisodiy farovonlik borasida ijobiyroq fikrga ega edilar.”


Tadqiqotchilar, shuningdek, ayrim toifalarda, masalan, bolali oilalar orasida ish bilan ta'minlanish borasida ijobiy ta'sir kuzatilganini qayd etishdi. Ishtirokchilar, shuningdek, mustaqillik, moliyaviy xavfsizlik va kelajakka ishonch tuyg‘ularida yaxshiroq natijalarga ega bo‘lishdi.


Tadqiqot rahbari professor Helena Blomberg-Kroll shunday dedi: “Ba’zi odamlar asosiy daromad ularning mahsuldorligiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaganini aytishdi, chunki ular tayyorlangan sohasi bo‘yicha hali ham ish topa olishmagan. Ammo boshqalar asosiy daromad ularga past haq to‘lanadigan ishlarga kirishishga tayyor bo‘lish imkonini berganini aytishdi, shunday ishlar ular avval rad etar edilar.


Ba’zilar esa asosiy daromad ularga ishsiz bo‘lishdan oldingi hayotlariga qaytish imkonini berganini aytishdi, boshqalari esa bu ularga kam haq to‘lanadigan va barqaror bo‘lmagan ishlardan voz kechish imkonini bergani va bu orqali o‘z mustaqilligini oshirganini aytishdi.”


Blomberg-Krollning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha ba'zi ishtirokchilarga “o‘z orzularini amalga oshirish” imkoniyatini ham bergan. “Frilanserlar, rassomlar va tadbirkorlar asosiy daromadning ta'siriga nisbatan ijobiyroq fikrda edilar, chunki ba’zilari bu ularga biznes ochish imkoniyatini yaratganini his qilishdi.”


Bundan tashqari, ba'zi ishtirokchilar jamiyatda ko‘proq faol bo‘lish, masalan, ko‘ngilli ishlar bilan shug‘ullanish istagini sezishdi. Tadqiqotchilardan biri Christian Kroll shunday dedi: “Ba'zilar kafolatlangan daromad ularga oilasiga yoki qo‘shnilariga norasmiy yordam berish imkoniyatini oshirganini his qilishdi.”


“Asosiy daromadning xavfsizligi ularga mazmunli ishlar qilish imkonini berdi, chunki ular bunday g‘amxo‘rlikni qonuniy ish sifatida his qilishdi. Ikki yil davomida bunday bepul ishlarni bajargan odamlarning ko‘pchiligi buni ‘ish’ deb hisoblashdi.”


Krollning fikriga ko‘ra, tadqiqot natijalari asosiy daromad uchun ham, unga qarshi ham dalillarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. “Ammo barchamiz 2020 yilning boshida o‘rganganimizdek, noaniqlik bilan yashash yaxshi emas,” dedi u.


“Asosiy daromad barcha sog‘liq va ijtimoiy muammolarimizni hal qila olmasa ham, iqtisodiy qiyinchilik davrlarida bu qisman yechim bo‘lishi mumkinligi haqida suhbat qilish mumkin.”



Tarjimon: Mamashokirov Husanboy

Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov

Manba: Wellbeing Economy Alliance

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 16:00 / 29.12.2024
Kvota nima?
  • 12:10 / 22.01.2024
Avraam Linkoln
  • 21:34 / 17.11.2024
Ekonometrika
  • 23:20 / 18.11.2024
Buyuk Depressiya
  • 13:19 / 19.11.2024
KRIPTOVALYUTA TARIXI
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 21:57 / 24.11.2024
Ekologik iqtisodiyot
  • 21:06 / 25.11.2024
Kriptovalyuta nima?
  • 18:23 / 26.11.2024
Millatchilik nima?
  • 20:51 / 19.12.2024
Taqchillik
  • 13:15 / 07.11.2024
RAG’BAT Nima? (INCENTIVES)
  • 22:03 / 07.11.2024
Baydenomika
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 22:43 / 07.11.2024
FOIZ NIMA?
  • 16:25 / 08.11.2024
MONOPOLIYA NIMA?
  • 10:58 / 09.11.2024
Eksport va import nima?
  • 12:13 / 09.11.2024
Masshtab iqtisodiyoti nima?
  • 10:30 / 14.11.2024
IQTISODIY QISQARISH NIMA?
  • 21:58 / 16.11.2024
Siyosat nima va nega u muhim?
  • 00:28 / 17.11.2024
Reallik va Tanlovlar
  • 12:28 / 18.12.2024
Aylanma Iqtisodiyot
  • 12:38 / 18.12.2024
Pul va moliya-Taklif va talab
  • 13:28 / 18.12.2024
Iqtisodiy tizim
  • 20:35 / 17.11.2024
Z avlodi (Gen Z)
  • 15:13 / 29.12.2024
Sviftonomiya