- 16:00 / 29.12.2024
- 13:28 / 18.12.2024
- , Iqtisodiyot
Iqtisodiy tizim

Iqtisodiy tizim Robert L. Heilbroner, Peter J. Boettke tomonidan yozilgan Iqtisodiy tizim- insoniyat o’zining moddiy ta’minotini tashkil qilgan har qanday yo’ldir. Insoniyat jamiyatiga xos bo’lgan ko’plab madaniy tuzilmalarga mos keladigan bunday tizimlar juda xilma-xil bo’lishi mumkin. Ajablanarlisi shundaki, bunday emas. Garchi institutlar va ijtimoiy urf-odatlarning keng doirasi jamiyatning iqtisodiy faoliyati bilan bog’liq bo’lsada, bu xilma-xillik ostida ta’minlashning juda oz sonli asosiy usullarini aniqlash mumkin. Darhaqiqat, tarix faqat turdagi iqtisodiy tizimlarni yaratdi: an’analar printsipiga, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirilgan va buyruq bo’yicha tashkil etilganlar va tarixan aytganda, markaziy tashkiliy shakli bozor bo’lgan juda oz sonli tizimlar. Iqtisodiyotni tashkil etishning asosiy usullarining kamligi e’tiborni iqtisodiy « tizimlar» muammosining markaziy jihatiga, ya’ni barcha iqtisodiy tuzilmalar hal qilinishi kerak bo’lgan maqsad insoniyat tarixi davomida o’zgarmaganligiga e’tiborni qaratadi. Oddiy qilib aytganda, bu o’zgarmas maqsad - ovchilik va terimchilik jamiyatlarida oziq-ovqat bilan ta’minlashdan tortib, zamonaviy sanoat tizimlarida ma’muriy yoki moliyaviy vazifalargacha bo’lgan ta’minot bilan bog’liq individual faoliyatni muvofiqlashtirish. « iqtisodiy muammo» deb atalishi mumkin bo’lgan narsa bu faoliyatni o’zining uzluksizligini ta’minlash va o’zining tarixiy missiyasini bajarish uchun zarur bo’lgan tovarlar yoki xizmatlar bilan ijtimoiy tartibni ta’minlash ma’nosida izchil ijtimoiy yaxlitlikda tashkil etishdir. Ijtimoiy muvofiqlashtirish o’z navbatida ikkita alohida vazifa sifatida tahlil qilinishi mumkin. Ulardan birinchisi,ijtimoiy tuzumga zarur bo’lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish,jamiyat resurslarini, jumladan,uning eng qimmatli, inson mehnatini safarbar qilishni talab qiladigan vazifadir. Deyarli bir xil ahamiyatga ega bo’lgan ikkinchi vazifa- maxsulotni to’g’ri taqsimlash. Bu taqsimot nafaqat jamiyatning mehnat ta’minotining uzluksizligini ta’minlashi kerak, bali turli xil ijtimoiy tartiblarning hukmronlik qilayotgan qadriyatlariga ham mos kelishi kerak, bualrning barchasi daromad oluvchilarning bir qismini boshqalardan ko’ra afzal ko’radi- erkaklar ayollaarga nisbatan, aristokratlar oddiy aholi ustidan, mulk agalari egalari bo’lmaganlar ustidan yoki siyosiy partiya a’zolari a’zo bo’lmaganlar ustidan. Tarixiy rivojlanish Oldingi iqtisodiy tizimlar Iqtisodiyot,birinchi navbatda,bozr mexanizmining ishlash tartibi bilan bog’liq bo’lsa-da, bozordan oldingi muvofiqlashtiruvchi kelishuvlarning umumiy ko’rinishi nafaqat qiziqarli,balki jamiyatlarining o’ziga xos xususiyatlariga foydali yoritib beradi. Iqtisodiy tizimlarning eng qadimgi va tarixiy jihatdan eng ko’pligi ibtidoiy jamiyat bo’lib, u uchun an’analar tartibni ta’minlashning markaziy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Savdodan oldingi tizimalrning ikinchi ko’zga tashlanadigan xususiyati bu- ularning faoliyatining biron bir qismini ‘’ iqtisodiyot’’ni tashkil etuvchi sifatida tavsiflash qiyinligi. Hech qanday maxsus muvofiqlashtirish usullari ov yoki terimchlik faoliyatini yoki tarqatish tartib-qoidalarini ijtimoiy hayotning qolgan qismidan ajratib turmaydi. Ijtimoiy muvofiqlashtirihsning ikkinchi yirik tizimlarining kelib chiqishi,ya’ni buyruq va boshqaruvning markaziy apparatini yaratish haqida juda kam narsa ma’lum. Miloddan avvalgi 3-ming yillikda misr,xitoy va hindistonda qadimiy aholi guruhlari orasidan ta’sirchan sivilizatsiyalar paydo bo’lib, ular nafaqat madaniyatning ko’zni qamashtiruvchi yutuqlarini,balki tarixning yangi harakatlantiruvchi kuchi sifatida davlat hokimiyatining qudratli qurolini ham olib keldi.Ushbu markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi,shubhasiz, iqtisodiy va ehtimol butun tarixdagi eng hal qiluvchi o’zgarishdir. Ushbu yodgorliklarning yaratilishi barcha buyruq tizimlarining muhim umumiy tavsifini ko’rsatadi. Bunday tizimlar, an’analarga asoslangan tizimlardan farqli o’laroq,ulkan boyliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Buyruqbozlik sotsiolizmning asosiy muvofiqlashtirish tizimiga aylangan zamonaviy davrgacha,bu ishlab chiqaruvchichi kuchdan asosan o’zlarining hukmron elitalarining iste’molini qondirish yoki kuch va shon-shuhratini qondirish uchun foydalanish bunday buyruqbozlik tizimlariga xos edi. Bozor jamiyatining dastlabki shartlari Ushbu umumiy fikrlar bozorni muvofiqlashtirishzimida hal qilinishi kerak bo’lgan iqtisodiy muammolarning mohiyatini yengillashtiradi. Bunday tiizmni uzoq tarixda paydo bo’lgan bozor maydonlarining mavjudligidan farqlash kerak. Miloddan avvvalgi 1400-yilda qadimgi levantin qirolliklari va misr firavnlari o’rtasidagi savdo aloqalari tell-el-amarna lavhalaridan ma’lum. Mimg yil o’tkach, yunon notiq isokrat klassik yunonistonning gullab-yashnagan savdos bialn maqtangan, shu bilan birga boy va xilma-xil tovar ayirboshlash tarmog’I va pul kapitali uchun o’rnatilgan bozor qadimgi rimning asosiy belgilari edi Bozor tizimlari Kapitalizmning rivojlanishi Merkantalizmdan tijorat kapitalizmigacha Kapitalizmning dastlabki bosqichlarini merkantalizm deb ta’riflash odatiy holdir,bu so’z 17-18- asrlarda angliya,germaniya va quyi mamlakatlarda mashxurlikka erishgan xorijdagi savdogarlarning markaziy ahamiyatini bildiradi. Ko’plab risolalarda bu savdogarlar o’zlarining savdo faoliyati suveren hokimiyat manfaatlarini qo’llab-quvvatlash tamoyilini himoya qildialr, hatto sudni hayratda qoldirib,buning uchun chet elga ‘’ xazina’’ jo’natish kerak bo’lsa ham. Masalan, smit jamiyatini kapitalistik deb tan olish mumkin,chunki uning merkantilistik shaklda mavjud bo’lmagan elelmantlarning ko’pligi. Misol uchun, bir nechta istisnolardan tashqari, barcha tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqsimlash bir asr oldin ko’p bo’lgan oidalarga emas, balki bozor munosabatlariga ishonib topshirilgan. Shuningdek, ish haqqi darajasi ham mahalliy sudyalarning qarori bilan emas, balki mehnatga bo’lgan taklif va talabning o’zaro ta’siri bilan belgilanadi. Kompaniyaning daromadlari davlat monopoliyasi tomonidan himoyalangan emas,balki raqobatga duchor bo’lgan. Daromadli sanoatdan industrial kapitalizmgacha Daromadli kapitalizm vaqtinchalik xolos ekanligi isbotlangan. Keyingi shakli hukmron mexanizatsiyalashtirish va industriallashtirishning samarali jarayonlari va o’zgarishlari bilan farqlanishi mumkin. Industriallashishning rivojlanishi 18-19- asrlardagi davriy barqarorlik bilan hamrohlikda bo’lgan. Hayratlanarli emaski, o’sha vaqtda, industriallashishning ta’siri, bir tomondan ,tashkilotlarga bog’liq bo’lgan iqtisodiy inqirozlarni kamaytira olgan. Lekin,shunga qaramasdan, bu say-harakatlar odamlarning xatosi sabab bo’adigan salbiy natijalarni kamaytirgan. Markaziy rejalashtirilgan tizimlar Qiyosiy iqtisodiy tizimlarning hech bir tadqiqoti o’tmishdagi imperatorlik xo’jaliklarining zamonaviy avlodlari bo’lgan markazlashtirilganrejalashtirilgan tizimlar hisobisiz to’liq bo’lmaydi. Biroq, oldingi tormoz tuzumlaridan keskin farqli o’laroq, zamonaviy qomondonlik jamiyatlari deyarli barchasi sotsializm nomi bilan tashkil etilgan, ya’ni qomondonlik funksiyasi rasmiy ravishda aholining keng ommasiga xizmat qilish uchun mafkura nomidan boshqariladi. Tarjimon: Abdukabirova Iroda Iqtisodiyot bo'limi lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov Manba: BritannicaMarkazlashgan davlatlar
Izoh qoldirish