Masshtab iqtisodiyoti nima?


Masshtab iqtisodiyoti bu kompaniyalarda ishlab chiqarish oshirilganda yuzaga kelib, ishlab chiqarish xarajatlarning kamayishini anglatadi. Adminstratsiya kabi doimiy harajatlar ko’pro’q ishlab chiqarish birliklariga taqsimlanadi. Bazida masshtab iqtisodiyotidan foyda ko’radigan kompaniyalar bilan o’zgaruvchan xarajatlarni ham pasaytirishga kelishish mumkin. 


Masshtab iqtisodiyotining izohi va namunasi 

Kompaniya ishlab chiqarish hajmini oshirib, xarajatlarni kamaytira olgan har qanday holat masshtab iqtisodiyotiga misol bo’la oladi .Ishlab chiqarish hajmi oshgani sari xarajatlarni qisqarib borishiga bir nechta sabablar mavjud. Masalan, ishlab chiqarish tizimini bitta mahsulotga qaratish orqali ,kompaniyalar boshqa turli mahsulotlarni ishlab chiqarishga talab qilinadigan xom-ashyolar va uskunalarni almashtirishga ketadigan harajatlarni saqlab qolishi mumkin. Bunga eng oddiy misol qilib boshqaruv va ma’muriy harajatlarni keltirishimiz mumkin- shunchaki ishchilaringiz kuniga ko’proq mahsulot ishlab chiqara boshlaganlari uchun qo’shimcha boshqaruvchilarni yollash shart emas. 

Masshtab iqtisodiyotining samarasiziligi 

Bazi holatlarda kompaniya masshtab iqtisodiyotini o’stirishga juda ko’p e’tibor qaratadi va bu uni juda kattalashib ketishiga olib keladi. Bu ortiqcha o’sish masshtab iqtisodiyotining samarasizligi deb ataladi. Malum bir nuqtaga yetganda maksimal samaradorlik erishiladi . Shu nuqtadan keyin ishlab chiqarilgan har qancha mahsulot harajatni kamaytirish o’rniga uni ko’paytiradi. Bu holat har doim ham jismoniy ishlab chiqarish samaradorligiga bog’liq emas.Masalan qaror qabul qilish ko’proq vaqt talab qilishi mumkin , bu esa kompaniyani moslashuvchanligiga yomon ta’sir o’tkazadi.Kompaniyada tushunmovchilik ham ro’y berishi mumkin ayniqsa kompaniya globallashsa. Yangi kompaniyalarni qo’lga kiritish esa korporativ madaniyatlarni to’qnashuviga olib keldihi mumkin. Agar bu madaniy xilma-xillikning boshqarishni o’rganishmasa,u kompaniya rivojlanishini sekinlashtiridhi mumkin. 

Masshtab iqtisodiyoti qanday ishlaydi 

Masshtab iqtisodining qanday ishlashi ishlab chiqarilyotgan maxsulotlar yoki ko’rsatilyotgan xizmatlarga bog’liq. Bu esa qimmat uskunadan ko’proq foydalanib qolish uchun ish vaqtlarini uzaytirish kabi oddiy bo’lishi mumkin. Har qanday holatda kompaniya ko’proq mahsulot ishlab chiqarib uni birlik narxini yaxshilay olsa bu masshtab iqtisodiyotidir. Masshtab iqtisodiyoti faqatgina mahsulot ishlab chiqaryotgan tashkilotga foyda bermaydi balki iste’molchilar ham pas narxlardan bahramand bo’lishi mumkin. Past narxlar esa talabni oshirgani sababli, iqtisod ham o’sadi. 


Qayd: Masshtab iqtisodiyoti katta korxonalarga kichik korxonalarga nisbatan raqobat ustunligini beradi. Bizness qancha katta bo’lsa, no-foyda yoki davlatnikimi har birlik mahsulot narxi shuncha pas bo’ladi.

Qanday qilib masshtab iqtisodiyotidan foydalanish mumkin. 

Masshtab iqtisodidan foyda olish uchun korporatsiya bo’lishingiz shart emas. Buni huddi katta oylalar qanday qilib katta miqdorlarda narsalar sotib olishiga o’xshatish mumkin.Katta miqdorda sotib olganingiz tufayli , yuvish vositasini bir qutisi uni har marotaba ishlatganingizga arzonroq tushadi. Ishlab chiqaruvchi esa qadoqlash va tarqatishdan tejab qoladi. Ko’p mahsulot sotib olganingiz tufayli savdo markazlariga kamroq qatnab siz ham pul tejab qolasiz.


 Qayd: Davlat hamda no-foyda tashkilotlar ham masshtab iqtisodiyotidan foyda ko’ra oladi qachonki kompaniya mahsulotini ko’p hajmda va samarali ishlab chiqarib, narxlarni tushira olsa. 

Qamrov iqtisodiyoti 

Qamrov iqtisodiyoti masshtab iqtisodiyotiga o’xshaydi ammo usodir bo’ladi qachonki kompaniya samaradorlikni va bizness funksiyalarni birlashtirish orqali turli mahsulotlar ishlab chiqara olsa.Bunga misol qilib gazetalarni olishimiz mumkin ular o’ziga o’xshash turli mahsulotlarni masalan online gazetalar va jurnallarni ham ishlab chiqarishi mukmkin. Boshqa so’z bilan aytganda masshtab iqtisodiyoti bir xil mahsulotni ishlab chiqarsa, qamrov iqtisodiyoti ko’plab mahsulotlarni ishlab chiqaradi. 

Qamrov iqtisodiyotini turlari 

Qamrov iqtisodiyotining 2 ta asosiy turi bor: ichki va tashqi. Ichki iqtisod kompaniyani o’zi tomonidan boshqarsa bo’ladi chunki u kompaniyani ichida . Tashqi iqtisod esa boshqa tashqi faktorlarga bog’liq bo’ladi bularga sanoat, geografik joylashuv yoki davlat kabilar kiradi. Ichki iqtisodiyot katta hajmda ishlab chiqarish orqali yuzaga keladi. Ichki masshtab iqtisodiyotining 5 ta turi mavjud va six ularni odatda katta tashkilotlarda ko’rasiz. Masalan katta kompaniyalar juda katta hajmlarda materiallar sotib olishlari mumkin bu esa usha materialni har birlik hajmi narxini pasayishiga olib keladi. Saqlab qolgan pullarini esa foydani oshirish uchun ishlatishlari yoki uni xaridorlarga o’tkazib narxlarini yaxshilashlari mumkin. 

Texnik masshtab iqtisodiyoti 

Texnik masshtab iqtisodiyoti ishlab chiqarish jarayonining o’zidagi samaradorlikni natijasidir. Qachonki bizness ishlab chiqarish hajmini ikki martta oshirganda ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar 70 hattoki 90 foizgacha kamayadi. Kattaroq kompaniyalar esa samaraliroq uskunalardan foydalanishi mumkin. Masalan , malumot izlovchi programma firmaga , bozordagi foyda olib keladigan nisalarni aniqlashga yordam beradi. Ulkan yuk tashish kompaniyalari esa super-tankerlardan foydalanib xarajatlarni kamaytirishadi. Vanihoyat , katta kompaniyalar texnik masshtab iqtisodiyotiga erishishadi chunki ular bajarish orqali , amaliyot orqali o’rganishadi. Ular o’rgansih bo’yicha kichik raqobatdoshlariga qaraganda ancha olidinda. 

Monopol kuch

Monopol kuch bu qachonki kompaniya shunchalik katta miqdorda sotib oladiki u usha mahsulotni birlik hajmi narxini tushira oladi. Masalan Walmart o’zini ulkan xarid kuchi bilan boshqa kichikroq raqobatdoshlardan ko’ra mashsulotlarni arzonroq sotishi mumkin. 

Boshqaruv masshtab iqtisodiyoti

 Boshaqaruv masshtab iqtisodiyoti katta firmalar mutaxasisslarni yollashga qodir bo’lishsa sodir bo’ladi. Ular kompaniyani malum qismlarini yaxshiroq boshqara olishadi. Masalan , tajribali savdo mutaxasissi katta buyurtmalarni bajarish uchun kerak bo’ladigan tajriba va qobilyatlarga ega. Ular katta maosh talab qilishadi ammo ularni ishi shunga arziydi. 

Moliyaviy masshtab iqtisodiyyoti

 Moyaviy masshtab iqtisodiyoti kapitalga arzonroq erishish mumkinligini bildiradi. Kattaroq kompaniyalar aksiyadorlik bozoridan birlamchi ommaviy taklif orqali mablag’ jalb qilishi mumkin. Katta kompaniyalarda yuqori kredit reytingi bor va obligatsiyalarga pastroq foizlarda stavkalarini taklif qilishlari mumkin. 

Tarmoq masshtab iqtisodiyoti 

Tarmoq masshtab iqtisodiyoti asosan online businesslarda uchraydi. Mavjud raqamli infrastruktura orqali qo’shimcha online mijozlarni qollab-quvvatlash deyarli hech qanday xarajat talab qilmaydi. Shunday ekan yangi mijozdan keladigan har qanday daromad bizness uchun faqat foyda olib keladi. 

Tashqi masshtab iqtisodiyoti 

Kompaniyada tashqi masshtab iqtisodiyoti bor agar uni hajmi imtiyozli muomala yarata olsa. Bu asosan davlatlar bilan yuz beradi. Masalan, davlat ko’p hollarda eng ko’p ish o’rni yaratadigan kompaniyalarni jalb qilish uchun soliqlarni kamaytiradi. Katta ko’chmas mulk ishlab chiqaruvchilar shaxarlarni o’z binolarini qo’llash uchun yo’llar qurishga undashadi bu bilan esa o’z binolariga shunaqangi infrastruktura xarajatlaridan saqlab qolishga yordam beradi. Katta kompaniyalar tadqiqot ketadigan xarajatlarni kamaytirishlari mumkin , universitetlar bilan birga tadqiqot o’tkazish orqali. Kichkina kompaniyalar tashqi masshtab iqtisodiyotidan foyda ko’rishga imkoniyatlari yo’q ammo ular birga harakat qilishlari mumkin. Kichkina kompaniyalar o’zlarinikiga o’xshash bizneslarni bir joyga to’plashalri mumkin. Bu ualarga geografik masshtab iqtisodiyotidan foydalanish imkonini beradi. Masalan , san’at loftlari , gallereyalar va restarantlarni shahardagi san’at tumanida birga joylashishdan foyda ko’radilar.



Tarjimon: Ahmad Qarshiyev

Iqtisodiyot Bo’limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov

Manba: What Are Economies of Scale?

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 16:00 / 29.12.2024
Kvota nima?
  • 21:34 / 17.11.2024
Ekonometrika
  • 23:20 / 18.11.2024
Buyuk Depressiya
  • 13:19 / 19.11.2024
KRIPTOVALYUTA TARIXI
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 21:57 / 24.11.2024
Ekologik iqtisodiyot
  • 21:06 / 25.11.2024
Kriptovalyuta nima?
  • 18:23 / 26.11.2024
Millatchilik nima?
  • 20:51 / 19.12.2024
Taqchillik
  • 13:15 / 07.11.2024
RAG’BAT Nima? (INCENTIVES)
  • 22:03 / 07.11.2024
Baydenomika
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 22:43 / 07.11.2024
FOIZ NIMA?
  • 16:25 / 08.11.2024
MONOPOLIYA NIMA?
  • 10:58 / 09.11.2024
Eksport va import nima?
  • 10:30 / 14.11.2024
IQTISODIY QISQARISH NIMA?
  • 12:28 / 18.12.2024
Aylanma Iqtisodiyot
  • 12:38 / 18.12.2024
Pul va moliya-Taklif va talab
  • 13:28 / 18.12.2024
Iqtisodiy tizim
  • 20:35 / 17.11.2024
Z avlodi (Gen Z)
  • 15:13 / 29.12.2024
Sviftonomiya