- 16:00 / 29.12.2024
- 12:28 / 18.12.2024
- , Iqtisodiyot
Aylanma Iqtisodiyot

Aylanma Iqtisodiyot Tze Ni Yeoh tomonidan yozilgan Barqaror, qayta tiklanadigan va aylanma biznes modellari shunchaki axloqiy tanlov emas, balki innovatsiya va rivojlanishning yangi chegarasidir. Xo’sh, aylanma iqtisodiyot o’zi nima va undan korxonalar qanday foyda olishi mumkin? Bugungi kunda biz qaysidir ma’noda isrofgarchilikda yashayapmiz. Bu iqtisodiyotimiz maksimal darajada qulaylik va arzonlik bilan ehtiyoj va xohishlarimizni qondirishga yo‘naltirilgan. Lekin Iqtisodiyotning boshlanishi bo‘lgan Sanoat inqilobi ommaviy ishlab chiqarish uchun xomashyo oqimini oshirishga qaratilgan edi ya’ni ko‘proq olib, ko‘proq sotish, arzonroq va tezroq sotish va uzoqroq bozorlarni qamrab olish maqsad qilingan edi. Biroq, bu yo‘l endi ekologik ham, iqtisodiy ham barqaror emas. Insoniyat iste’moli hozirda Yerdan olinadigan resurslardan 1,7 baravar ko‘proqni tashkil etadi. Shuning uchun ham biz bizneslarni ekologik chegaralarga mos ravishda ishlab chiqarish va biznes modellarini tubdan o‘zgartirish uchun iqtisodiy asos yaratishga ko‘proq e’tibor qaratishimiz kerak. Aylanma Iqtisodiyot Imkoniyatlari Aylanma iqtisodiyot uchta asosiy tamoyil bilan ta'riflanadi: chiqindilar va ifloslanishni yo‘q qilish, mahsulotlar va materiallarni qayta ishlatishda davom etish, va tabiiy tizimlarni qayta tiklash. Aylanma biznes modellariga asoslangan mahsulot va xizmatlar (masalan, xizmat sifatida mahsulot ulash platformalari, resurslarni tiklash va qayta ishlash) resurs iste’molini talablardan ajratib, mahsulot samaradorligini oshirishni maqsad qiladi. Xizmatga yo‘naltirilgan modellar, masalan, Filipning aylanma yoritgichi yorug‘lik mahsulotlarini emas, balki yoritishni xizmat sifatida sotadi. Kompaniya mijozlarga mahsulotni mulk qilib berish o'rniga, xizmat ko‘rsatish va texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasini taklif qiladi. Bu mijozlarga barqaror va sifatli yoritish kafolatini beradi va ularni singan chiroqlarni almashtirish va yo‘q qilish kabi qiyinchiliklardan ozod qiladi. Ishlab chiqaruvchi esa singan uskunalarni qaytarib olishdan foyda ko‘radi, ular esa qayta ishlash va tuzilishini demontaj qilish uchun maxsus tayyorlangan bo‘lib, bu qayta ishlash va qayta foydalanish imkoniyatlarini maksimal darajaga yetkazadi. Bu esa singan chiroqlarni umumiy chiqindi idishlariga tashlash yoki undan ham yomoni, mahalliy chiqindi oqimlariga ketishidan himoya qiladi, bu esa ekologik zarar keltirishi mumkin. Resursni tejash kompaniyalar uchun katta iqtisodiy foyda keltirishi va cheklangan tabiiy resurslarga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirishi mumkin. Masalan, Walmart qadoqlashni kamaytirish va yuk mashinalarining yo‘nalishini o‘zgartirish orqali 200 million dollar tejagan va bir vaqtning o‘zida ko‘proq mahsulot sotishga erishgan. Plastmassalar bilan bog‘liq chiqindilarni boshqarishning innovatsion usullari ham kompaniyaga chiqindilarni ko‘milishiga ketadigan millionlab xarajatlarni tejashga yordam bergan. Aylanma iqtisodiyotda strategik joylashuv Aylanma iqtisodiyot imkoniyatlari mavjud tartibni qayta ko‘rib chiqishni va qayta tasavvur qilishni talab qiladi. An’anaviy fikrlash odamlar va sayyoramizni yanada xavf ostiga qo‘yadi. Quyidagi asosiy tamoyillar kompaniyalarni aylanma iqtisodiyot tamoyillari bilan moslashtirish uchun yo‘l ochib berishi mumkin: Uzoq muddatli fikrlash: qisqa muddatli moliyaviy natijalarni ta’minlashga bo‘lgan bosim kompaniyaning uzoq muddatli qiymat yaratish imkoniyatini pasaytirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, joriy daromad va foyda ko‘rsatkichlarini bajarishga majbur bo‘lgan menejerlar o‘lchash qiyin, ammo muhim ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sarmoyalarni e'tibordan chetda qoldirishlari mumkin. Shunday qilib, agar biz biznes modellarni qayta tasavvur qilishni ko‘rib chiqsak, masalan, teskari logistika tizimini yaratish bu dastlab yuqori sarmoyani talab qilishi mumkin, lekin bir necha yil ichida yaxshi natijaga olib kelishi mumkin. Biroq, uzoq muddatli sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan kompaniyalar uzoq muddatda sezilarli darajada xarajatlarni kamaytirishlari yoki hatto o‘z raqobatchilaridan oldinroq ekologik talablarni bajarishlari mumkin. Logistikani yaxshilash: Logistika aylanma tizimlarning asosiy yordamchisi bo‘lib, bu ishlab chiqarishning turli bosqichlari (masalan, yig‘ish, saqlash, tashish) bilan bog‘liq bir qator ta’minot zanjiri boshqaruvi amaliyotlari va strategiyalarini o‘z ichiga oladi. Logistika mahsulot yoki xom ashyoning iqtisodiy va ekologik izini kuzatishga, qayta ishlatish va qayta ishlash tamoyillarini amalga oshirishga yordam beradi. Mahsulotlar o‘z hayot siklini tugatganida xavfsiz tarzda qayta ishlatish, qayta ishlash yoki yo‘q qilishni ta’minlash uchun teskari logistika tizimini yaratish zarur. Logistikani yaxshi yo‘lga qo‘ygan kompaniyalar resurslarni qaytarib olish, ta'sirni o‘lchash va natijalarni investorlar va iste’molchilarga yetkazishda yaxshiroq imkoniyatga ega bo‘ladi. Hamkorlik qilish: Aylanma iqtisodiyotni yaratish uchun tizimli yondashuv kerak. Misol uchun, plastik qadoqlashni olib ko‘raylik. Ko‘p hollarda yuqori darajadagi qayta ishlash darajalariga erishish uchun ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar, hukumat va iste’molchilar uyushmalari kiruvchi mas’uliyat tashkilotlarini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bunday tashkilotlar qiymat zanjiri bo‘ylab strategik qarorlarni etkazish, moliyalashtirish va samarali amalga oshirish imkonini beradi. Misol uchun, kengaytirilgan ishlab chiqaruvchi mas’uliyati tizimlari ishlab chiqaruvchilarni ko‘proq qayta ishlanadigan mahsulotlar yaratish uchun yuqori dizayn me’yorlarini (masalan, mono-materialli qadoqlar, demontaj qilish uchun qulay dizaynlar) joriy qilishga undaydi. Ammo bu jarayon mahsulotning qayta ishlanishini kafolatlamaydi. Iste’molchi hali ham o‘z chiqindilarini ajratib (masalan, organik va noorganik chiqindilarni ajratib), kerakli qayta ishlash markaziga yetkazishi kerak. Bu yerda hukumat yoki jamoatchilik tashkilotlari yordam beradi. Ushbu jarayon orqali yig‘ilgan mablag‘ esa qayta ishlovchilar, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan qadoqlash startaplari kabi aylanma bizneslarga investitsiya qilish imkonini beradi. Tan olish kerakki, aylanma iqtisodiyotga o'tish oson kechmaydi, ammo aylanma biznes modellarini qurish uchun bilimga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan kompaniyalar o‘z raqobatchilaridan o‘zib ketishlari mumkin. Shu yo‘l bilan ular iste’molchilar va investorlarning e’tiborini qozonadi va qattiq ekologik talablar bajarilmagan taqdirda boshqa kompaniyalar o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi va atrof-muhit va chiqindilar inqirozida ortda qoladi. Tarjimon: Malika Salimova Iqtisodiyot bo'limi lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov Manba: https://www.sir.advancedleadership.harvard.edu/articles/embracing-the-economics-of-circularity
Izoh qoldirish