- 16:00 / 29.12.2024
- 11:32 / 09.11.2024
- , Iqtisodiyot
An’anaviy iqtisodiyot nima ?

An’anaviy iqtisodiyot bu an’analarga,tarixga hamda qadimiy e’tiqodlarga tayanadigan tizimdir. An’ana ishlab chiqarish va taqsimot kabi iqtsodiy qarorlarni boshqaradi. Ushbu iqtisodiyotga ega jamiyatlar asosan qishloq xo’jaligi, baliqchilik, ovchilik, yoki shularning jamlanmasiga tayanadi. Iqtisodchi va antropologlarning fikriga ko’ra barcha iqtisodiyotlarning kelib chiqishi an’anaviy iqtisodiyot tizimlariga borib taqaladi. Natijada, ko’pgina mutaxassislar an’anaviy iqtisodiyotning ma’lum bir qoldiqlari oxir-oqibat boshqa turdagi iqtisodiyotlarga ham o’tishini taxmin qilishmoqda.
An’anaviy iqtisodiyot qanday ishlaydi ?
An’anaviy iqtisodiyot bu madaniy qadriyatlarga, e’tiqodlarga hamda boshqa an’analarga tayanadigan iqtisodiy qarorlardir.An’anaviy iqtisodiyotnig 5 ta xususiyati bular:
1. Oila yoki urug’larga asoslangan
2. Ovchi-yig’uvchi va ko’chmanchi jamiyatlarda mavjud
3. Faqat o’z ehtiyojlarga ko’ra ishlab chiqarish
4. Ayirboshlash tizimiga asoslangan
5. Qishloq xo’jaligiga o’tish va unga joylashish
Birinchidan, an’anaviy iqtisodiyotlar oila yoki urug’larga asoslanga. Ular an’analarni Yoshi kattalarini tajribasiga tayangan holda kundalik hayotda va iqtisodiy qarorlarda ishlatishadi.
Ikkinchidan, an’anaviy iqtisodiyot ovchi-yig’uvchi va ko’chmanchi jamiyatlarda mavjud. Ushbu jamiyat o’zlarini ta’minlash maqsadida yetarli oziq-ovqat topish uchun keng hududlarni qamrab olishadi. Ular o’zlarini ta’milash uchu hayvonlar podalariga ergashadilar va shu bilan mavsumlar bo’yicha ko’chib yuradilar. Ushbu ovchi-yig’uvchi ko’chmanchilar boshqa guruhlar bilan tabiiy resurslar uchun raqobatlashadilar. Ular bir xil turdagi narsalarni iste’mol qilganligi va ishlab chiqarganligi tufayli savdo qilishga deyarli ehtiyoji mavjud emas.
Uchinchidan, ko’pgina an’anaviy iqtisodiyotlar faqatgina o’z ehtiyojlariga ko’ra ishlab chiqaradilar. Kamdan-kam hollarda ortiqcha narsalar bo’lganligi tufayli savdo qilishga yoki pul topishga ehtiyoj qolmaydi.
To’rtinchidan, an’anaviy iqtisodiyotlar savdo qilishganda, ular asosan ayirboshlashga tayanishadi. Bu faqatgina bir-biri bilan munozarada bo’lmagan guruhlar orasida kuzatilishi mumkin. Misol uchun, ovchilik bilan shug’ullanadigan guruh baliqchilik bilan shug’ullanadigani bilan oziq-ovqat almashadi. Ular faqatgina baliq yoki go’sht ayirboshlagani tufayli, hech qanaqa pulga ehtiyoj yo’q.
Oxirgi bo’lib, an’anaviy iqtisodiyotlar qishloq xo’jaligiga o’tganda rivojlanishni bishlaydi. Ular savdo qilish uchun foydalanigan ortiqcha mahsulotga ega bo’lish ehtimoli ko’proq. Bunday holatlarda, guruhlar uzoq masofalarga savdo qilishni osonlashtiradigan pul shaklini yaratishadi.
Eslatma: Ko’pgina an’anaviy iqtisodiyotlar tivojlanayotgan bozor va mamlakatlatda faoliyat yuritadi. Ularni asosan Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasida uchratish mumkin. Shunigdek, dunyo bo’ylab rivojlanayotgan mamlakatlarda an’anaviy iqtisodiyotlarning qismlarini uchratish mumkin.
Iqtisodchi va antropologlar barcha iqtisodiyotlar an’anaviy iqtisodiyotlardan boshlanganligiga ishonishadi. Shu tufayli, qolgan an’anaviy iqtisodiyotlarnig bozor yoki aralash iqtisodiyotlarini rivojlantirishini kutmoqdalar.
An’anaviy aralash iqtisodiyotlar
An’anaviy iqtisodiyotlar bozor yoki buyruq iqtisodiyotlari bilan birlashganda, ayrim narsalar o’zgaradi. Naqd pulning muhimliligi ortadi. Bu an’anaviy iqtisodiyotlardagilarga yaxshiroq uskunakar sotib oloish imkonini beradi, bu esa qishloq xo’jaligi,ovchilik va baliqchilikni foydaliroq qiladi. Bunday bo’lganda, ular aralsh an’anaviy iqtisodiyotga aylanadi.
Aralash iqtisodiyotga misollar
Fuqarolar urushidan oldin, AQShning janubiy shtatlari an'anaviy iqtisodiyotga ega edi. Ushbu shtatlar va ularning iqtisodiyoti qishloq xo'jaligiga juda bog'liq edi—uning ko'p qismi qullar tomonidan amalga oshirilardi. Urush tugagach va qullik tugatilgach, ushbu fermalar yangi usullar bilan ishlashga majbur bo'lishdi.
Boshqa bir misol — Buyuk Depressiyadan oldin AQShda an'anaviy iqtisodiyotning ko'plab jihatlari mavjud edi. 20-asrning boshlarida amerikaliklarning yarimidan ko'pi qishloq xo'jaligi jamoalarida yashardi. Qishloq xo'jaligi ish kuchining kamida 41% ni band etdi. Biroq, ular Birinchi Jahon Urushidan keyin yuqori talabni qondirish uchun yomon qishloq xo'jaligi usullarini qo'lladilar, bu esa qurg'oqchilikka olib keldi va natijada ”Dust Bowl“ paydo bo'ldi. 1930 yilga kelib, ish kuchining faqat 21.5% i qishloq xo'jaligida ishladi. Bu esa yalpi ichki mahsulotning atigi 7.7% ini ishlab chiqardi
Arktikada, Shimoliy Amerikada va sharqiy Rossiyada joylashgan mahalliy qabilalarda ham an'anaviy iqtisodiyot tarixi mavjud. Ushbu jamoalar baliq ovlash va ovchilikka tayanadilar. Masalan, Skandinaviya Sami xalqi ayirboshlash, baliq ovlash va ovchilikka asoslangan an'anaviy iqtisodiyot bilan faoliyat yuritgan.
An’anaviy iqtisodiyotning afzallik va kamchiliklari
Afzalliklari:
1. A'zolar o'rtasida oz yoki umuman qiyinchilik yo'q
2. Har kim o'z rolini va hissasini tushunadi
3. Texnologiyaga asoslangan iqtisodiyotga qaraganda barqarorroq
Kamchiliklari:
1. Tabiat va ob-havo o'zgarishlariga duch kelishadi
2. Tabiiy resurslarini sarflaydigan bozor yoki buyruq iqtisodiyotlariga nisbatan zaifdir
Afzalliklari yoritlganda
1. A'zolar o'rtasida oz yoki umuman qiyinchilik yo'q: An'ana va odatlar resurslarni taqsimlashni belgilaydi. Natijada, a'zolar o'rtasida kam qiyinchilik yuzaga keladi. Har kim o'z hissasini biladi: bu fermer, ovchi yoki to'qimachi bo'lishidan qat'i nazar.
2. Har kim o'z rolini va hissasini tushunadi: A'zolar, shuningdek, nima olishlari mumkinligini tushunadilar. Hatto agar ular mamnun bo'lmasa ham, qo'zg'olonga chiqmaydilar. Ular bu tizim jamiyatni birlashtirib, avloddan-avlodga faoliyat yuritishiga yordam berganini tushunadilar.
3. Texnologiyaga asoslangan iqtisodiyotga qaraganda barqarorroq: An'anaviy iqtisodiyotlar kichik bo'lgani uchun, ular rivojlangan iqtisodiyotlar kabi muhitga zarar yetkazmaydi. Ular ehtiyojlaridan ko'proq ishlab chiqara olmaydi, bu esa ularni texnologiyaga asoslangan iqtisodiyotga nisbatan barqarorroq qiladi.
Kamchiliklari yoritilganda
1. Tabiat va ob-havo o'zgarishlariga duchor bo'lish: An'anaviy iqtisodiyotlar tabiatdagi, ayniqsa, ob-havo o'zgarishlariga duchor bo'ladi. Shu sababdan, an'anaviy iqtisodiyotlar aholi o'sishini cheklaydi. O'simlik yoki ovchilik yomon bo'lsa, odamlar ochlikka uchrashi mumkin.
2. Tabiiy resurslarini sarflaydigan bozor yoki buyruq iqtisodiyotlariga nisbatan zaif: Ular shuningdek, bozor yoki buyruq iqtisodiyotlariga nisbatan zaifdir. Bunday jamiyatlar an'anaviy iqtisodiyotlar bog'liq bo'lgan tabiiy resurslarni ko'p iste'mol qiladi yoki urush olib boradi. Masalan, Rossiyada Sibirda neftni rivojlantirish oqibatida jarliklar va tundra zarar ko'rdi, bu esa o'sha hududlardagi an'anaviy baliq ovlash va muhorja boqish faoliyatini kamaytirdi.
Tez-tez so’raladigan savollar
Qaysi mamlakatlarda an’anaviy iqtisodiyotlar mavjud?
An'anaviy iqtisodiyotlar ko'proq mamlakatlar ichida mavjud bo'lishi mumkin, balki milliy iqtisodiyotning bir qismi sifatida emas. Masalan, AQShda, Alaskadagi ba'zi Inuit jamoalari nisbatan izolyatsiyada yashab, an'anaviy iqtisodiyotlardan foydalanishni davom ettirmoqdalar. Ba'zi odamlar qishloq davlatlarida an'anaviy iqtisodiyotning ba'zi xususiyatlari mavjud deb da'vo qilishi mumkin, ammo ularning ichida boshqa iqtisodiyot turlaridan kelib chiqadigan xususiyatlar ham bo'lishi mumkin
An’anaviy iqtisodiyotda iqtisodiy qarorlar qanday qabul qilinadi?
An'anaviy iqtisodiyotda iqtisodiy qarorlar shaxslar yoki mahalliy liderlar tomonidan qabul qilinadi. An'anaviy iqtisodiyotlar kamdan-kam hollarda ortiqcha mahsulot ishlab chiqaradi va ular odatda kam aholi yashaydigan jamiyatlar bo'lgani uchun, markazlashtirilgan rejalashtirishga shuncha ehtiyoj yo'q. Mahalliy liderlar jamiyat qarorlarini qabul qilishda yo'l-yo'riq ko'rsatishi mumkin, ammo rivojlangan davlatning markaziy banki darajasida emas.
Tarjimon: Ergashev Jonibek
Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov
Manba: https://www.thebalancemoney.com/traditional-economy-definition-examples-pros-cons-3305587
1 ta izoh:
Izoh qoldirish