Taqchillik

Taqchillik

Danielle Zanzalari tomonidan yozilgan

Taqchillik ta’rifi va unga misollar

Iqtisodiyotda tanqislik deganda cheklangan tovarlar yoki xizmatlar, cheklangan vaqt yoki kerakli maqsadlarga erishish uchun cheklangan imkoniyatlar tushuniladi. Bordi-yu, hamma narsa bepul bo‘lsa, hayot shunchalik oson bo‘lardi! Nega men xohlagan narsamni o‘zim istagan paytda ololmayman? Nima uchun hamma narsa shunchalik qimmatga tushadi va shuncha kuch talab qiladi? 

Istalgan lahzada hamma narsaga erisha olmasligingiz bu hayot haqiqatidir. Shaxslar, oilalar, jamoalar va mamlakatlar buni o‘z manfaati uchun qanday amalga oshirishlari mumkinligini aniqlash iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Siz, ehtimol, titan, neft, ko‘mir, oltin va olmos kabi tabiiy resurslarni tanqis deb o‘ylashga o‘rgangansiz. Aslida, ularni ba’zan "kamyob resurslar" deb atashadi, bu ularning cheklanganligini yana bir bor ta’kidlaydi. Hamma tabiiy resurslar tanqisligiga qo‘shiladi, chunki ular juda ko‘p kuch, pul, vaqt yoki boshqa resurslarni talab qiladi yoki cheklangan miqdor mavjuddek tuyuladi.

Yana bir misol ko‘plab yuqori texnologiyali elektron komponentlarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan yarimo‘tkazgichlarning yetishmasligi tufayli avtomobillar tanqis bo‘lishi mumkin.

Natijada, ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar sotib olmoqchi bo‘lgan avtomobillarni ishlab chiqara olmaydi, shuning uchun transport vositalarining narxi oshishi mumkin. Ushbu misolda, vaqtinchalik bo‘lsa ham, avtomobillar tanqis deb hisoblanishi mumkin.

Mahsulotga bo‘lgan talab odamlarning didi, daromadi yoki tegishli tovarlarning narxi o‘zgarishi tufayli oshsa, yetkazib beruvchilar taklif qilingan tovarlar miqdorini oshirish uchun vaqt talab qilishi mumkin.

Natijada, bozorda vaqtinchalik tanqislik paydo bo‘lishi mumkin, bu odamlar mahsulotdan qancha xohlashi va sotib olish uchun qancha bo‘lishi o‘rtasida bo‘shliq hosil qiladi va ko‘proq tanqislikni keltirib chiqaradi. Odamlar qiyinchilikka duch kelganda, ular murosaga kelishlari kerak.

Etkazib beruvchilar uchun, agar tovar tanqis bo‘lsa, iste’molchilar do‘konda cheklangan miqdordagi mahsulotni kutib, eshik oldida navbatda turishlari yoki u mavjudligini tekshirish uchun tez-tez qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Agar yetkazib beruvchilar bunday bo‘lishini istamasalar, narxni oshirishlari mumkin. Narx oshgani sari iste’molchilar kamroq miqdorni yuqoriroq narxda sotib olishni xohlashadi, bu esa mahsulotni kutayotgan odamlar muammosini yengillashtirishga yordam beradi. Bu ta’minotchilar tanqislikka duch kelganlarida ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan kelishuvlardan biridir ya’ni bu siz boshqa narsani qilish uchun voz kechayotgan narsangiz.

Ho’sh nima uchun vaqt tanqis? Har safar divanda o‘tirib, televizor tomosha qilganingizda, siz boshqa narsa bilan shug‘ullanishingiz mumkin edi, masalan, mashq qilish, kitob o‘qish yoki sertifikat olish uchun o‘qish. Kunlik vaqtingiz cheklangan, lekin qiladigan ishlaringiz ko‘p. Siz murosa kelishingiz kerak.

Vaqtga o‘xshab, siz ham narsalarni sotib olish uchun deyarli cheksiz pulga ega bo‘lgan milliarder emassiz. Pul kamlik qiladi, shuning uchun sotib olishga qurbingiz yetadigan narsalar haqida qaror qabul qilishingiz kerak. Mikroiqtisodiyotda esa tanqislik asosiy tamoyil hisoblanadi, chunki har bir qaroringizda muvozanat yoki muqobil xarajatlar ishtirok etishi kerak bo’ladi.

Tarjimon: Malika Salimova

Iqtisodiyot bo'limi lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov

Manba: TheBalance

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 16:00 / 29.12.2024
Kvota nima?
  • 21:34 / 17.11.2024
Ekonometrika
  • 23:20 / 18.11.2024
Buyuk Depressiya
  • 13:19 / 19.11.2024
KRIPTOVALYUTA TARIXI
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 21:57 / 24.11.2024
Ekologik iqtisodiyot
  • 21:06 / 25.11.2024
Kriptovalyuta nima?
  • 18:23 / 26.11.2024
Millatchilik nima?
  • 13:15 / 07.11.2024
RAG’BAT Nima? (INCENTIVES)
  • 22:03 / 07.11.2024
Baydenomika
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 22:43 / 07.11.2024
FOIZ NIMA?
  • 16:25 / 08.11.2024
MONOPOLIYA NIMA?
  • 10:58 / 09.11.2024
Eksport va import nima?
  • 12:13 / 09.11.2024
Masshtab iqtisodiyoti nima?
  • 10:30 / 14.11.2024
IQTISODIY QISQARISH NIMA?
  • 12:28 / 18.12.2024
Aylanma Iqtisodiyot
  • 12:38 / 18.12.2024
Pul va moliya-Taklif va talab
  • 13:28 / 18.12.2024
Iqtisodiy tizim
  • 20:35 / 17.11.2024
Z avlodi (Gen Z)
  • 15:13 / 29.12.2024
Sviftonomiya