- 16:00 / 29.12.2024
- 11:20 / 09.11.2024
- , Iqtisodiyot
Buyruq Iqtisodiyoti yaʼni rejalashtirilgan iqtisodiyot (Command Economy) nima?

Ta’rif Buyruq iqtisodiyoti — bu tizim bo'lib, unda markaziy hukumat barcha iqtisodiy qarorlarni qabul qiladi. Yerdan va ishlab chiqarish vositalaridan, odatda, davlat yoki kollektiv foydalanadi. Markaziy hokimiyat mahsulotlarni qanday ishlab chiqarilishi, qanchalik ko'p ishlab chiqarilishi va narxlarning qanday belgilanishi kabi masalalarni hal qiladi. Asosiy xulosalar: - Buyruq iqtisodiyoti, shuningdek, rejalashtirilgan iqtisodiyot sifatida tanilgan, markaziy hukumat barcha iqtisodiy faoliyatlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va boshqaradi, ijtimoiy farovonlikni maksimal darajada oshirishga intiladi. - Buyruq iqtisodiyotlari, erkin bozor iqtisodiyotlaridan farqli o'laroq, bozor kuchlari (taklif va talab) ishlab chiqarish yoki narxlarni belgilashga erkinlik bermaydi. - Buyruq iqtisodiyoti innovatsiyani to'sishi mumkin va ko'pincha samaradorlikni pasaytiradi, shuning uchun Xitoy va Rossiya kabi sobiq buyruq iqtisodiyotlari vaqt o'tishi bilan aralash iqtisodiyotlarga aylanishdi. - Boshqa buyruq iqtisodiyotlari misollariga Belarus, Eron, Shimoliy Koreya va sobiq Sovet Ittifoqi kiradi. Zamonaviy markaziy rejalashtirilgan buyruq iqtisodiyoti hukumat tomonidan markaziy iqtisodiy reja yaratiladi. Misol uchun, hukumat besh yillik reja tuzishi mumkin, bu esa mamlakatning har bir sektori va hududi uchun iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarni belgilaydi. Qisqa muddatli rejalar maqsadlarni amaliy maqsadlarga aylantiradi. Hukumat barcha resurslarni markaziy reja bo'yicha taqsimlaydi va davlat kapital, mehnat va tabiiy resurslarni eng samarali tarzda ishlatishga harakat qiladi. Eslatma: Buyruq iqtisodiyoti har bir insonning ko'nikmalari va qobiliyatlarini eng yuqori darajada ishlatishga intiladi. Shu bilan birga, buyruq iqtisodiyoti ishsizlikni yo'q qilishni maqsad qiladi. Markaziy reja barcha tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishiga ustuvorliklar belgilaydi, bu esa kvotalar va narx nazoratini o'z ichiga oladi. Maqsad — mamlakatdagi har bir kishining ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli oziq-ovqat, uy-joy va boshqa asosiy narsalar ta'minlanishi. Namunalar: - Belarus: Sobiq Sovet tarkibida bo'lgan bu mamlakat hali ham buyruq iqtisodiyoti hisoblanadi. Hukumat mamlakatdagi bizneslarning taxminan 70% va banklarning 75% ni boshqaradi. - Xitoy: Ikkinchi jahon urushidan keyin Mao Tszedun kommunizmga asoslangan jamiyatni yaratdi va qat'iy rejalashtirilgan iqtisodiyotni joriy etdi. Hozirgi rahbariyat bozor asosidagi tizimga o'tishga harakat qilmoqda, ammo besh yillik rejalarga amal qilishda davom etishmoqda. - Kuba: Fidel Kastroning 1959 yildagi inqilobi kommunizm va rejalashtirilgan iqtisodiyotni o'rnatdi. Sovet Ittifoqi Kubaning iqtisodiyotini 1990 yilgacha subsidiyaladi. Hozirgi kunda hukumat iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish uchun bozor islohotlarini asta-sekin amalga oshirmoqda. - Eron: Hukumat iqtisodiyotning keng sohalarini to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita nazorat qiladi. Bu nazorat samaradorlikni pasaytirgan va iqtisodiy inqirozlarni keltirib chiqargan. - Liviya: Liviya iqtisodiyoti deyarli to'liq neft va gaz sektoriga bog'liq bo'lib, ko'pchilik liviyaliklar hukumatda ishlaydi. Shimoliy Koreya: Yillar davomida Shimoliy Koreya dunyodagi eng markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotlardan biriga ega bo'lib kelmoqda. AQSh hukumati Shimoliy Koreyaning sanoat kapitali zaxirasini noto'g'ri boshqarish, yetarli investitsiya yo'qligi va materiallarni yetishmasligi sababli deyarli ta'mirlash imkoniyatidan mahrum deb hisoblaydi. Shimoliy Koreya fuqarolari davomiy ochlik va qashshoqlik muammolari bilan yuzlashmoqda. Rossiya: 1917 yilda Vladimir Lenin va Rossiya inqilobi birinchi kommunistik buyruq iqtisodiyotini yaratdi. Sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi (SSSR) ham eng uzoq davom etgan buyruq iqtisodiyoti bo'lib, 1930-yillardan 1980-yillarning oxirigacha davom etgan. SSSRning qulashi bilan Rossiya davlatining eng yirik kompaniyalarining mulkini oligarxlarga o'tkazdi. Eslatma: Ba'zi markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotlar, masalan, Xitoy va Rossiya, bozor iqtisodiyoti jihatlarini qo'shishni boshlagan, bu esa aralash iqtisodiyotni yaratadi. Boshqa iqtisodiyotlar, masalan, Shimoliy Koreya va Kuba, iqtisodiy jihatdan cheklangan holda qolmoqda. Vena iqtisodchisi Otto Neurath rejalashtirilgan iqtisodiyot tushunchasini Birinchi jahon urushidan keyin ishlab chiqdi. Neurath bu tushunchani giperinflyatsiyani nazorat qilish usuli sifatida taklif qildi. "Buyruq iqtisodiyoti" ifodasi nemischa "Befehlswirtschaft" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, u fashistlar nazariyasi asosidagi iqtisodiyatni tasvirlaydi. Natsist Germaniyasidan kelib chiqqan bo'lsa-da, markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotlar undan ancha oldin mavjud edi. Har qachon hukumat bozor kuchlari o'rniga sanoatlarni nazorat qilsa, bu buyruq iqtisodiyoti namunasidir. Hatto AQSh ham, an'anaviy ravishda erkin bozor iqtisodiyotini qadrlagan bo'lsa-da, Ikkinchi jahon urushi paytida urush sa'y-harakatlariga materiallarni yo'naltirish kabi buyruq iqtisodiyotining ba'zi xususiyatlaridan foydalangan. Quyida iqtisodiy erkinlik darajasiga qarab, mamlakatlarning reytinglarini ko'rishingiz mumkin, eng erkinidan eng koʻp nazorat qilinadigangacha. Afzalliklari: - Tezlik: Rejalashtirilgan iqtisodiyotlarning asosiy afzalliklaridan biri hukumat iqtisodiy resurslarni katta miqyosda tez mobilizatsiya qila olishidir. Ular katta loyihalarni amalga oshirishi, sanoat qudratini yaratishi va ijtimoiy maqsadlarga erishishi mumkin. Ular shaxsiy da'volar yoki atrof-muhit ta'siri haqida hisobotlardan sekinlashmaydi. - Birdamlik: Buyruq iqtisodiyotlari jamiyatlarni hukumatning ko'rinishiga mos ravishda to'liq o'zgartirishi mumkin. Yangi boshqaruv xususiy kompaniyalarni milliylashtirishi va fuqarolarga kerakli qonunlarni joriy qilishi mumkin, shunda butun mamlakat muayyan maqsadga erishish uchun birgalikda ishlaydi. Ishchilar hukumatning ularning ko'nikmalariga qarab yangi ishlar olishlari mumkin. Kamchiliklari: - Iste'molchilar xohishlarini e'tiborsiz qoldiradi: Bu tez mobilizatsiya ko'pincha buyruq iqtisodiyotlari boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni e'tiborsiz qoldiradi. Masalan, hukumat ishchilarga qaysi ishlarni bajarishlari kerakligini aytadi, bu esa ularni harakat qilishdan to'xtatadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar har doim iste'molchilar talabiga asoslanmaydi. Biroq, fuqarolar o'z ehtiyojlarini qondirish yo'lini topishadi va bu ko'pincha buyruq iqtisodiyoti tomonidan ishlab chiqarilmaydigan narsalarni sotib olish va sotish uchun yashirin iqtisodiyoti (shadow economy) yoki qora bozorni ( black market)keltirib chiqaradi. Rahbarlarning bu bozorni nazorat qilishga bo'lgan urinishlari ularga bo'lgan qo'llab-quvvatlashni zaiflashtiradi. - Samarasizliklar: Buyruq iqtisodiyotlarining bir xususiyati shundaki, ular ko'pincha bir narsani juda ko'p ishlab chiqaradi va boshqasini yetarlicha ishlab chiqarmaydi. Markaziy rejachilarga iste'molchilarning ehtiyojlari haqida zamonaviy ma'lumotlarni olish qiyin. Xalqaro bozorlarning ehtiyojlarini qondirish esa yanada murakkab, shuning uchun buyruq iqtisodiyotlari global raqobatbardosh narxlarda to'g'ri eksportni ishlab chiqarishda qiynaladi. - Innovatsiyalar ragʻbatlantirilmaydi: Buyruq iqtisodiyotlari biznes rahbarlarini buyruqlarga rioya qilgani uchun mukofotlaydi. Ushbu tizim yangi yechimlar yaratish uchun zarur bo‘lgan tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymaydi. Tez-tez So'raladigan Savollar (FAQs) Buyruq iqtisodiyotining asosiy xususiyati nima? To'liq buyruq iqtisodiyotining markaziy xususiyati hukumat nazoratidir. Bozor kuchlariga tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni belgilashga imkon bermasdan, hukumat iqtisodiy ustuvorliklarni belgilaydi va ishlab chiqarish va narxlarni boshqaradi. Buyruq iqtisodiyoti va aralash bozor iqtisodiyoti qanday farqlanadi? Aralash bozor iqtisodiyoti- buyruq iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti elementlarini birlashtiradi. Iqtisodiyotning ba'zi jihatlari hukumat nazorati ostida, boshqalari esa bozor kuchlari tomonidan erkin shakllanadi. Amerika Qo'shma Shtatlari aralash iqtisodiyotga yaqqol misol bo'la oladi. Buyruq iqtisodiyotida qarorlarni kim qabul qiladi? Buyruq asosidagi iqtisodiyotda hukumat yoki boshqa markaziy organ iqtisodiyotning barcha jabhalarini boshqaradi. Tarjimon: Madina Abdullayeva. Iqtisodiyot Bo’limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov Ishlatilgan manbalar: Bon Kristoffer G. Gabnay, Roberto M. Remotin Jr., Edgar Allan M. Uy. "Economics: Its Concepts and Principles," Page 42. Rex Book Store, 2007. The World Factbook. "Belarus." Congressional Research Service. "China’s 14th Five-Year Plan: A First Look." Marines. "Country Profile: Cuba," Page 4. The World Factbook. "Iran." The World Factbook. "Libya." The World Factbook. "Korea, North." The World Factbook. "Russia." U.S. Department of the Treasury. "Treasury Designates Russian Oligarchs, Officials, and Entities in Response to Worldwide Malign Activity." John Eatwell et al. "Problems of the Planned Economy," Page 58. Palgrave Macmillan UK, 1990.Qanday ishlaydi:
Nazariyaning Rivojlanishi.
Dunyo boʻylab Iqtisodiy Erkinliklar haqida:
Buyruq Iqtisodiyotining Afzalliklari va Kamchiliklari
Manba: TheBalance
Izoh qoldirish