- 16:00 / 29.12.2024
- 18:06 / 26.11.2024
- , Iqtisodiyot
Kapitalizm va Sotsializm o'rtasidagi farqlar

Kapitalizm va sotsializm dunyo mamlakatlari tomonidan aralashtirib yuborilgan ikkita har xil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlardir. Shvetsiya odatda sotsial jamiyatning kuchli misoli sifatida ko'rsatilsa, Qo'shma Shtatlar kapitalist mamlakatning asosiy misoli sifatida tushuniladi.
Ammo, amalda Shvetsiya ham AQSH ham qat'iy sotsial yoki kapital emas. Ko'p davlatlar kapitalizm va sotsializmning elementlaridan tashkil topgan aralash iqtisodiyotga ega.
Kapitalizm nima?
Kapitalizm - bu ishlab chiqarish vositalari (means of production) xususiy shaxslarga tegishli bo'lgan iqtisodiy tizim. "Ishlab chiqarish vositalari" deganda pul va boshqa turdagi mol-mulkni o'z ichiga oluvchi resurslar tushuniladi. Kapitalist iqtisodiyotda iqtisodiyot asosan shaxsiy kompaniyalar egalari va boshqaruvchilari tomonidan yuritiladi. Resurslarni qanday ishlatish qarorlari kompaniya yoki kompaniyalar egalari tomonidan qabul qilinadi.
Nazariy kapitalistik jamiyatda kompaniyalar va shaxslar bir xil qonunlar bilan munosabatda bo'ladi. Korporatsiyalar sudga berishi yoki sudlanishi mumkin; Ular mol-mulk sotib olishi va sotishi mumkin. Shuningdek ular shaxslardek boshqa ko'p faoliyatlarni qila olishadi.
Kapitalizmda kompaniyalar foyda istagida yashashadi. Ular pul ishlash maqsadida mavjud. Barcha kompaniyalarning egalari va boshqaruvchilari bo'ladi. Kichik bizneslarda xo'jayinlar va boshqaruvchilar odatda bir inson bo'lsa, biznes kattalashgan sari xo'jayinlar egalik ulushi bo'lgan yoki bo'lmagan boshqaruvchilarni ishga olishlari mumkin. Bunday holatlarda boshqaruvchilar xo'jayinlarning "agent"lari deyiladi.
Boshqaruvning vazifasi shunchaki foyda ko'rishdan ancha murakkabroq. Kapitalistik jamiyatda korporatsiyaning maqsadi aksiyadorlarning boyligini (shareholder wealth) maksimallashtirishdir.
Kapitalizm sharoitida xususiy kompaniyalar uchun teng shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch hosil qilish uchun qonunlar va qoidalarni qo'llash hukumatning ishi. Muayyan sohadagi tartibga soluvchi qonunlar va qoidalar miqdori, odatda, ushbu sohadagi suiiste'mollik ehtimoliga bog'liq. [1]
Kapitalizmning ijobiy va salbiy tomonlari
Ijobiy
· Raqobatni qo`llab-quvvatlaydi
· Haridorlarni birdan ortiq tanlovlar bilan taminlaydi
· Iqtisodiy o`sishga salohiyatli
Salbiy
· Ko`proq tengsizlik
· Ijtimoiy xavfsizlik tarmog'ining yetishmasligi
· Korrupsiya uchun imkoniyatlar
Ijobiy tomonlar
Raqobatni qo`llab-quvvatlaydi: Kapitalistik jamiyatda biznesda faqat eng kuchlilar omon qoladi. Yangi bizneslar tez-tez yaratiladi va bir xil sanoatda boshqalar bilan raqobat qiladi. Raqobatbardosh bozor – bu yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladigan va yuqori sifatli hizmat ko’rsatish amalda bo’lgan bozordir.
Haridorlarni birdan ortiq tanlovlar bilan taminlaydi: Raqobatbardosh bozorning yana bir foydali tomonlaridan biri bu haridorlarning birdan ortiq tanlovdagi mahsulotlar va servislar ega bo’lishlaridir.
Iqtisodiy o`sishga salohiyatli: Ko’proq bizneslar va ko’proq tanlovlar haridorlarni ko’proq sarflashga undaydi, va kompaniyalar ko’proq insonlarni ishga olishlari mumkin. Bu barcha omillar iqtisodiy kengayishga olib kelishi mumkin.
Salbiy tomonlar
Ko’proq tengsizlik: Takroran, kapitalizmning asosiy sharti bu eng kuchlilarning omon qolishidir. Talab qilinadigan qobiliyatlarga ega bo’lmagan insonlar ortda qolib ketgach, yetib olishlari qiyin bo’lishi mumkin. Boylar va kambag’allar o’rtasidagi tafovut kengayadi. Boylar boyroq, kambag’allar yanada kambag’alroq bo’lib ketaveradi.
Ijtimoiy xavfsizlik tarmog'ining yetishmasligi: Kapitalistik jamiyatda universal sog’liqni saqlash kabi ijtimoiy imtiyoz dasturlariga bo’lgan takliflar ko’p bo’lmasligi mumkin.
Korrupsiya uchun imkoniyatlar: Kapitalizmda hukumat va shaxsiy biznes har doim ham bir-biridan ajratilmagan. Bu degani, badavlat biznes egalari siyosatchilar o'rtasida iltifot uchun vositachilik qilishlari mumkin. Bu esa kuchga ega bo'lganlar va kuchsizlar o'rtasidagi tafovutni yanada oshirishi mumkin.
Sotsializm nima?
Sotsializm – bu pul va boshqa turdagi kapital kabi ishlab chiqarish vositalari (means of production) qisman jamoat tomonidan, hukumat orqali, egalik qilinadigan iqtisodiy tizim. Sotsial tizimda barcha keyinchalik hamma tomonidan taqsimlanadigan boylik uchun ishlaydi.
Sotsialistik iqtisodiy tizim bir inson uchun yaxshi bo’lgan narsa barcha uchun ham yaxshi va aksincha, degan tamoyilda ishlaydi. Hamma o’zlarining manfaati va boshqalar manfaati uchun ishlaydi. Hukumat davlat muassasalariga mablag’ qanday taqsimlanishini nazorat qiladi.
Nazariy sotsial iqtisodiyotda cheklangan mustaqil bozorlar arxetipik kapitalistik iqtisodiyotdagiga ko’ra ko’proq. Shuning uchun, soliqlar odatda kapitalistik tizimnikidan yuqoriroq bo’ladi. Soliq to'lovchilar uchun davlat tomonidan boshqariladigan sog'liqni saqlash va ta'lim tizimlari mavjud. Sotsialistik tizimlar boyliklarni xalq o'rtasida teng taqsimlashga urg'u beradi. [2]
Sotsializmning ijobiy va salbiy tomonlari
Ijobiy:
· Daromad tengsizligini kamaytiradi
· Ijtimoiy barqarorlik va infratuzilma
· Ishchilar va jismoniy shaxslar uchun kattaroq huquqlar
Salbiy:
· Hamkorlikka bog'liq
· Hukumat imtiyozlarini suiste’mol qilishi mumkin
· Innovatsiya uchun kamroq mukofotlar
Ijobiy tomonlar
Daromad tengsizligini kamaytiradi: Sotsializmda boylik aholi o’rtasida taqsimlanadi va nisbiy qashshoqlik kamayadi.
Ijtimoiy barqarorlik va infratuzilma: Umumjahon asosiy daromad, universal sog'liqni saqlash va soliqdan moliyalashtiriladigan ta'lim kabi dasturlar bilan odamlar og'ir kunlarga tushib qolish ehtimoli kamroq bo'lishi mumkin.
Ishchilar va jismoniy shaxslar uchun kattaroq huquqlar: Sotsializm ishchilarni ekspluatatsiyadan (exploitation) himoya qiladi, chunki ular ishlab chiqarish vositalariga egadirlar (means of production). Ko'pincha qattiq mehnat qonunlari ham mavjud.
Salbiy tomonlar
Hamkorlikka bog'liq: Sotsializmda hamma bir xil maqsadlar tomon ishlayapti degan tushuncha mavjud. Ammo shaxslar doimo birga ishlashga rozi bo’lishlariga kafolat yo’q.
Hukumat imtiyozlarini suiste’mol qilishi mumkin: Boylik qanday taqsimlanishini hukumat hal qiladi, ammo korruptsiyalashgan hukumat resurslar va boylik adolatli taqsimlanmaganligini anglatishi mumkin.
Innovatsiya uchun kamroq mukofotlar: Sotsializm raqobatga bog’liq emas, bu esa ishchilar va bizneslar doimiy tarzda o’zlarining mahsulotlarini va hizmatlarini yaxshilashga intilmasligiga olib kelishi mumkin.
Aralash iqtisodiyotlar
Ko’pchilik mamlakatlar kapitalizm va sotsializm elementlarini o’z ichiga olgan aralash iqtisodiyotga ega. Ko’pchilik sotsialistik davlatlarda – misol uchun Shvetsiya – xususiy bizneslar haligacha mavjud.
AQShda soliqlar orqali moliyalashtiriladigan, xususan Ijtimoiy sug’urta “Social Security”, Medicaid, “banking bailouts” va davlat maktablari kabi ko’plab hukumat dasturlari mavjud. [3]
Tez-tez so'raladigan savollar
Kapitalizm kim tomonidan va qachon ixtiro qilingan?
Shotlandiyalik siyosiy tahlilchi va faylasuf Adam Smit ko'pincha 18-asrda zamonaviy kapitalistik nazariyani ixtiro qilgan deb hisoblanadi. Uning mashhur ishlaridan biri "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini o'rganish" (An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations) 1776-yilda nashr etilgan. [4]
“Crony” kapitalizm nima?
Crony kapitalizm - bu ba'zi kapitalistik jamiyatlarda keng tarqalgan bo'lishi mumkin bo'lgan korruptsiya shaklidir. Crony kapitalizmda hukumat yoki davlat idoralari ma'lum korxonalarga nisbatan moyillik ko'rsatadilar, bu esa ularga raqobatchilardan oldinda borishga yordam beradi. [5]
Kechki bosqich kapitalizmi nima?
Kechki bosqich kapitalizmi kontseptsiyasi zamonaviy kapitalistik jamiyatlarda mavjud bo'lgan tengsizliklarga e’tibor beradi. Bu atama kapitalizmni tanqid qilish uchun ishlatiladi, chunki u o'zining dastlabki erkin bozorga asoslangan iqtisodiy tizimidan ijtimoiy sinflar o'rtasidagi tafovutning kengayishiga olib keldi.
Demokratik sotsializm nima?
Demokratik sotsializm sotsializmning zamonaviy shakli bo'lib, u dunyoning bir qancha mamlakatlarida, jumladan, Shvetsiya, Frantsiya va Germaniyada qo'llaniladi. U bepul universitet ta'limi va davlat tomonidan taqdim etilgan sog'liqni saqlash kabi ijtimoiy dasturlarga ko'proq e'tibor beradi.
Sotsializm va fashizm o'rtasidagi farq nima?
Sotsializm va fashizm mafkuralarining ikkalasi ham kapitalizmning qulashiga javoban yaratilgan. Sotsializm umumiy resurslar va umumiy maqsad orqali "kattaroq yaxshilik" sari ishlash orqali iqtisodiy tengsizlikni bartaraf etishga qaratilgan. Boshqa tomondan, fashizm o'zining "kattaroq yaxshilik" g'oyasini zo'rlik bilan bostirish orqali harakat qiladi, bu ko'pincha millatchilik, ksenofobiya va sotsial darvinizmga olib keladi. [6]
Tarjimon: Khojiakbar Sindorov
Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov
Manba: TheBalance
Izoh qoldirish