- 09:50 / 18.11.2024
- 05:05 / 17.11.2024
- , Siyosat
Siyosatda qanday maqsadlarni izlashimiz kerak?

KIRISH Janubiy Xitoy dengizida taranglik kuchayib bormoqda. Xitoy, o'z ta'sir doirasini kengaytirishga intilib, harbiy qudratini va mavjudligini oshirmoqda. Tayvan o'zini mustaqil davlat deb hisoblaydi; Xitoy esa Tayvanni ajralib chiqqan Xitoy provinsiyasi deb biladi. AQSH ehtiyotkorlik bilan kuzatmoqda: u Ikkinchi jahon urushidan keyin mintaqadagi hukmron harbiy va iqtisodiy qudrat bo'lib kelgan, Xitoy bilan asosiy savdo sherigi hisoblanadi va Tayvan bilan maxsus munosabatlarga ega. Bu muammolar urushga olib keladimi yoki tinchlik o'rnatish imkoni bormi? 2.2-rasm. Xitoy prezidenti Si Tsinpin nutq so'zlamoqda. (Manba: “14/11/2019 XI BRICS Liderlar Sammitining Plenar Majlisi” Palácio do Planalto/Flickr, CC BY 2.0) Xalqaro munosabatlardagi eng katta mo'jaroning asosi oxir-oqibatda individual insonlarning xulq-atvoriga bog'liq: siyosiy liderlar, ularni qo'llab-quvvatlovchi (yoki qarshi chiqqan) fuqarolar, ularning qabul qilgan qarorlari va amalga oshirgan harakatlari. Siyosatni tushunish uchun—kim nima qilayotganini, qachon va qanday qilib amalga oshirayotganini tushunish uchun—insonlarni tushunish zarur. Ammo insonlarni tushunish, faqat ularning qanday xulq-atvor qilayotganini kuzatishdan ko'ra ko'proq narsani talab qiladi; ular nima uchun, qanday axloqiy maqsadlarni ko'zlayotganlarini aniqlashga harakat qilish ham foydalidir. Shu nuqtai nazardan, Xitoy, Tayvan va AQSH qanday harakat qilmasin, ularning harakatlari faqatgina material manfaatlarini himoya qilishdan ko'ra ko'proq narsani anglatadi. Bu mamlakatlarning liderlari dunyo qanday bo'lishi kerakligi, ular qaysi prinsiplarga amal qilishlari kerakligi va siyosiy qoidalar va maqsadlar ideal holatda qanday bo'lishi kerakligi haqidagi o'z g'oyalarini amalga oshirmoqdalar. Siyosatda qanday maqsadlarni izlashimiz kerak? Insonlar siyosiy harakatlar orqali tuli xil maqsadlarga intiladilar. Ushbu intilishlarning aksariyati shaxsiy manfaatlarga asoslangan, shu jumladan qudratga intilish. Lekin shaxsiy manfaatni ko'zlash siyosiy harakat uchun eng oliy va eng yaxshi maqsadmi? Yoki "Menga xohlaganimdan ko'prog'ini bering" dan yuqoriroq maqsadlarni aniqlash mumkinmi? Ushbu maqsadlarni aniqlashga ketadigan harakat bizni normativ siyosiy nazariya siyosiy falsafaga olib kiradi. Insonlar nimani maqsad qilishlari kerakligini ko'rsatib berishning iloji yo'qligi uchun, normativ siyosiy nazariya mantiq va ishontirishga tayanadi. Normativ siyosiy nazariyachilar insonlar kim va nima qila olishini tasvirlash bilan qiziqishmaydi, ular insonlar kim bo'lishi mumkinligi va ular nima qilishlari kerakligi bilan qiziqishadi. Dunyo qandayligi va qanday bo'lishi kerakligi orasidagi farq har doim ham aniq emas. Quyida berilgan ulkan savollarga ba'zilar javob borligini va ularni topish inson vazifasi ekanligini ta'kidlaydilar. Boshqalar esa katta savollarimizga insonlar o'zlari javob yaratadi deb da'vo qiladi. Siyosiy bo'lmagan analogiya " Matematiklik qobiliyati inson onggidan mustaqil ravishda mavjud va insonlar uni kashf qiladimi, yoki insonlar uni o'zlari yaratadimi?" degan savoldir. Bu savolga dalillar orqali javob berish mumkin emas — matematik dalillarning kelib chiqishi haqida hech qanday dalil yo'q — shuning uchun har bir tomon tarafdorlari bizning axloqiy sezgilarimiz va fikr yuritish qobiliyatimizga murojaat qilishadi. Inson Huquqlari deb nimalar hisoblanadi? Qaysi huquqlarni inson huquqlari deb atash kerakligi siyosiy nazariyadagi assosiy savoldir. Inson huquqlari haqida o'ylash uchun uchta asosiy yo'l bor. Ulardan biri shuki inson huquqlari mavjud; Kuzatib bo'lmasa ham, ular (inson huqulari) haqiqiy, xuddi tortishish kuchi kabi. Ularning manbaasini bilish mumkin bo'lmasligi mumkin, ammo turli faylasuflar ular(inson huquqlari) Xudo, tabiat, yoki inson aqli orqali mavjudligini ta'kidlashgan. Bu nuqtai nazardan qaraganda, odamlar inson huquqlarini yaratishmaydi, yoki uni topishlari ham sharmas. Inson huquqlari ajralmasdir: ularni rad etib ham, tortib olib ham, yoki boshqa odamga o'tkazib ham bo'lmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlarini " biz shunchaki inson bo'lganimiz uchun egalik qiladigan huquqlarimiz — u hech qanday davlat tomonidan berilmaydi. Bu umuminsoniy huquqlar bizning millatimiz, jinsimiz, milliy yoki etnik kelib chiqishimiz, rangimiz, dinimiz, tilimiz yoki boshqa har qanday holatdan qat'i nazar barchamizga xosdir. Ular eng asosiy — yashash huquqidan — hayotni yashashga arziydigan qiladigan ovqat, ta'lim, ishlash, sog'liq va erkinlik huquqlarigacha farq qiladi." deb tasvirlash orqali tepadagi birinchi yo'l (tomon) ni egallaydi. Bunga muqobil ravishda, inson huquqlarini odamlar ixtirosi — ijtimoiy qurilish yoki ijod sifatida ko'rish mumkin. Bu nuqtai nazardan, insonlar payqasa ham payqamasa ham o'z kuchini o'tkazadigan tortishish qonunidan farqli o'laroq, inson huquqlarini yaratish va himoya qilish uchun siyosiy harakat zarur hisoblanadi. Bu qarashning asosi atrofimizdagi dunyoni kuzatishdan kelib chiqadi. Agar atrofga qarasangiz ochlik, uysizlik, kamsitishlar va zo'ravonlikni ko'rasiz. Milliardlab odamlar odatda ajralmas (tortib olib bo'lmaydigan) deb ataladigan inson huquqlari ularda yo'qligini tasdiqlay oladi. Bu nuqtai nazarga ko'ra, inson huquqlari siyosiy harakatlar orqali vujudga keladi: ular(inson huquqlari) odamlar ularni qanday belgilasa shundaydir. Lekin hali uchinchi ehtimollik ham bor: inson huquqlari (tortishish kuchi kabi) tabiatga xosdir, lekin ko'pincha e'tibor berilmaydi. Inson huquqlari yaratilmagan, balki kashf qilingan. Siyosiy nazariyaning vazifalaridan biri shu huquqlarning nima ekanligini aniqlash, va siyosatchilarning majburiyatlaridan biri shu huquqlarni amalga olib kirish. Ya'ni, davlatlar ko'pincha bu huquqlarni himoya qila olmaganligi huquqlarning yo'q ekanligini emas, balki siyosiy harakatlardagi kamchiliklarni ochib beradi. 2.3-rasm So'z erkinligi inson huquqidir. (Kredit: Index on Censorship/Flickr, CC BY 2.0 tomonidan "2018-yilda so'z erkinligi mukofotlari")
Inson huquqlarini e'tiborga olish xalqaro huquq, tashkilotlar, va shartnomalarning markazida turadi. Juda ko'plab boshqa milliy va xalqaro tashkilotlarda ham inson huquqlarining ta'rifi va rag'batlantirilishi faoliyatlarining markazida tursa ham, BIrlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), ayniqsa o'zining Universal Inson Huquqlari Deklaratsiyasi bilan, inson huquqlari bo'yicha yetakchi ovoz bo'lib kelmoqda.
Tarjimon: Muhammadyusuf Tursunboyev Siyosat Bo’limi Lideri: Sardor Xamdamov
Manba: https://openstax.org/books/introduction-political-science/pages/2-1-what-goals-should-we-seek-in-politics
Izoh qoldirish