Baydenomika

Bidenomika

Bidenomika

Bidenomika - bu COVID-19 pandemiyasini bartaraf etishga qaratilgan yordam choralari va emlash harakatlari, infratuzilmaga investitsiyalar va yuqori daromadli jismoniy shaxslar va korporatsiyalar soliqlarini oshirish hisobiga moliyalashtiriladigan ijtimoiy xavfsizlik tarmog'ini mustahkamlash bilan tavsiflanadi. Boshqa maqsadlarga milliy eng kam ish haqini oshirish va ishchilar tayyorlashni kengaytirish, daromadlar tengsizligini kamaytirish, arzon tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va talabalar krediti qarzini kechirish kiradi.

Baydenomika turlicha insonlar uchun turli narsalarni ifodalaydi. Hatto Prezident Baydenda uchun ham bu turfa ma’nolarga ega. Aniq ta'rifning yo'qligi Baydenning iqtisodiyotni boshqarish siyosatidagi javobgarligini kamaytiradi. Iyun oyi oxirida o'tkazilgan so'rovlar shuni ko'rsatdiki, AQShning har 3 fuqarosidan biri uning iqtisodiy yetakchiligini ma'qullaydi.

Baydenomika ishchilar sinfi (hozirda, o’rta qatlam) vakillari uchun bandlik va ish sharoitlarini yaxshilashga ustuvor ahamiyat beradi. Sh bois barcha ishchilarning, jumladan, jamiyatning kam ta’minlangan qatlamlarining yaxshiroq ish haqiga va moliyaviy xavfsizligiga urg‘u beradi. Maqsad, prezident ta’kidlaganidek, "yuqoridan pastga emas, balki o‘rtadan va pastdan yuqoriga" iqtisodiy o’sishir.

Ma’muriyat bu maqsadga erishish uchun infratuzilmaga sarmoya kiritish va kasaba uyushmalarini qo‘llab-quvvatlash kabi bir nechta yo‘nalishlarni ko‘rib chiqqandi. Biroq, Bayden prezidentlik muddatining avvalidagi asosiy strategiyasi "iqtisodiyotni jadal rivojlantirish" edi. 2021-yil boshida e’lon qilingan Baydenning 1,9 trillion dollarlik pandemiyaga qarshi yordam paketi ishsizlik nafaqasi, oilalarga ijtimoiy ajratmalar va COVID-19 vaksinalarini ishlab chiqish uchun mablag‘larni o‘z ichiga olgan edi. Xarajatlarning har bir uchun asosli sabablar mavjud edi.

Ammo umumiy paket 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan keyin davom etib kelayotgab past o’sish sur’atlari va ish haqining turg‘unligi to’xtatish vositasi sifatida ko’rilgandi. Kuchli talab, deb ta’kidlaydi mas’ullar, daromadlarning inklyuziv bo‘lishini ta’minlaydi. Qiyin mehnat bozoriga duch kelgan firmalar jamiyatning kam ta’minlangan qatlamlaridan ishchi yollay boshlaydilar. Bu orqali ishchilar qo‘shimcha ko‘nikmalarga va daromadlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qaysidir ma’noda, strategiya ish berdi. Ishsizlik eng past darajaga tushib, joriy yilning iyun oyida atigi 3,6 foizni tashkil etdi. Ishsizlik darajasi qora tanlilar uchun 6% ga, ispanlar uchun esa 4,3% ga tushdi. 2022-yilda to‘liq vaqtda ishlaydigan qora tanli amerikaliklar uchun nominal ish haqining o‘sishi 11,3% ni, umumiy ishchi kuchi uchun esa 7,4% ni tashkil etdi.

Daromadlar o‘sishining katta qismi, albatta, inflyatsiya ta’sirida kamaydi: Real o‘rtacha daromadlar 2023-yil iyun oyida yillik hisobda 0,6 foizga oshdi. Baydenning iqtisodchilari iqtisodiyot qizib ketishi inflyatsiyani kuchaytirmaydi, deb taxmin qilishgan edi, negaki, moliyaviy inqirozdan keyin Obamaning xuddi shu siyosati inflyatsion bosimni yaratmagandi. Biroq, 2021-yilda to’xtagan inflyatsiya yana o’sishda davom etdi. Shu nuqtai nazardan, ma'muriyatning bashoratlari mutlaqo noto'g'ri bo’ldi.

 

Shubhasiz, Baydenning maslahatchilari inflyatsiyaning o’sishida yakka aybdor emaslar. Federal zaxira tizimining kechikkan chora-tadbirlari ham inflyatsiya o’sishiga ta’sir etgan. Shunday bo‘lsa-da, prezidentning iqtisodiy boshqaruvidan xalqning noroziligini ko’rsatadigan asosiy omil bu inflyatsiyadir. Pew Research Center tomonidan iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashgan amerikaliklar 65 foizi inflyatsiyani jiddiy muammo deb hisoblagan, bu ko‘rsatkich boshqa 15 ta masala bo‘yicha berilgan savollarga javoblardan yuqori bo‘lgan.

Izabella Weber kabi akademiklar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, Bayden iqtisodchilari inflatsiyaga sabab qilib, bozorda katta ulushga ega bo’lgan kompaniyalarning narxni sun’iy oshirishganini ko’rsatdi. Bu iddaolar Baydenomikaning ikkinchi jihati, ya’ni raqobat siyosatini qat’iy amalga oshirish na’munasidir. 2022-yil iyul oyida Bayden monopoliyaga qarshi siyosatni kuchaytirish to'g'risida farmon chiqardi. 2023-yil yanvar oyida Adliya vazirligining Monopoliyaga qarshi kurash bo‘limi Googlega reklama texnologiyalari biznesini monopoliya o’rnatgani uchun da’vo qo’zg’atdi. Mart oyida u narxlarni oshirish va raqobatni kamaytirish bahonasida JetBlue Airwaysni Spirit Airlines aviakompaniyasini sotib olishdan to‘sishiga qarshi sudga murojaat etdi. 20-iyul kuni Bayden ma’muriyati korporativ konsolidatsiyani sekinlashtirishga qaratilgan ko‘rsatmalarni e’lon qildi. Buning natijasida kompaniyalarning birlashishi va sotib olinishi kamayib, bir qator taklif etilgan bitimlar bekor qilindi. Shunday bo‘lsa-da, narxlarning pasayishi va raqobatning kuchayishi qanday natija berishini hozircha aytish qiyin.

Bayden ma’muriyatining yondashuvida uchinchi jihat, yana o‘rta sinfni birinchi o‘ringa qo‘yish bilan asoslanib, cheklangan savdo siyosati hisoblanadi. Bayden ko‘pchilik tomonidan o‘zidan oldingi Donald Trampga qaraganda ko‘proq erkin savdo tarafdori sifatida qabul qilingan edi. Biroq bu noto‘g‘ri tasavvur ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bayden Trampning Xitoyga nisbatan qo‘llagan tariflarini bekor qilmadi, aksincha, ularni yanada kuchaytirdi. U Xitoyga yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish uskunalari va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni eksport qilishni cheklash orqali bu siyosatni yanada rivojlantirdi. Aprel oyida Brukings institutida so‘zlagan nutqida Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan "o‘rta sinf manfaatlariga xizmat qiladigan tashqi siyosat" g‘oyasini ilgari surdi va Amerika siyosatida erkin savdo o‘rniga strategik ahamiyatga ega sohalarni himoya qilish ustuvor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Baydenning nutqi uning g‘aznachilik kotibi emas, balki milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi tomonidan aytilganligi uning zamiridagi motivlarni ochib beradi. Sallivan ma’muriyatning cheklovchi savdo siyosatini oqlash uchun o‘rta ish o‘rinlari himoyasini ta’kidlagan bo‘lishi mumkin, biroq asosiy maqsad Xitoyning yuqori texnologiyali ikki tomonlama foydalanish texnologiyalarini rivojlantirishini sekinlashtirish va Amerikaning strategik ahamiyatga ega tovarlarda o‘zini o‘zi ta’minlashini kuchaytirish edi. Bu choralar uchun milliy xavfsizlik argumentlari bo'lishi mumkin, ammo qisqa muddatda ular AQSh iste'molchilari uchun yuqori narxlarni anglatadi va yuqori narxlar Baydenomikadan norozilikni keltirib chiqaradi.

Strategik ahamiyatga ega tovarlarni ishlab chiqarishda o'z-o'zini ta'minlashga bo'lgan bunday urg'u Baydenomikadan yakuniy va eng munozarali tomoniga, ya'ni sanoat siyosatiga borib taqaladi. Ma'muriyat va Kongress yarimo'tkazgichlar, qayta tiklanadigan energiya va infratuzilma uchun yuzlab milliard dollarlik subsidiyalar berishga rozi bo'ldi va uchta savolni o’rtaga tashladi. Birinchidan, bu subsidiyalar to'g'ri yo'naltirilganmi - qaysi sektorlar va faoliyatlar strategik ahamiyatga ega va subsidiyaga loyiq ekanligini qayerdan bilamiz? Ikkinchidan, subsidiyalar ishlaydimi? Uchinchidan, agar ular ishlasa ham, buni badali qanday bo’ladi?

Qo'shma Shtatlarning ilg'or yarimo'tkazgichlarni loyihalashidan farqli o'laroq, ishlab chiqarish bo'yicha Osiyoga qaramligi COVID-19 pandemiyasi davrida muammoga sabab bo’lgan, o'shanda yuk tashishdagi uzilishlar ularning importiga to'sqinlik qilgan, bu esa avtomobilsozlik kabi sohalarning to'xtab qolishiga olib kelgan. Shunday qilib, yangi yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun CHIPS qonuniga muvofiq soliq imtiyozlari va ilg‘or chip prototiplarini rag‘batlantirish uchun ilmiy-tadqiqot subsidiyalari bo’yicha argumentlar mavjud. Ammo Baydenning siyosati po‘lat ishlab chiqarishdan tortib quyosh panellarigacha bo‘lgan boshqa turli sohalar uchun potensial subsidiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Siyosiy iqtisodchilar lobbi sabab, subsidiyalar samarasiz yo’naltirilishdan xavotirda.


"CHIPS" to‘g‘risidagi qonunning, aytaylik, yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga erishishi u hal qiladigan investitsiya va tadqiqot xarajatlarining nisbiy ahamiyatiga, shuningdek, ruxsat berish talablari va tegishli malakali ishchi kuchiga bog‘liq. Ammo AQSH iste’molchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori narxlar yoki bilvosita ularning soliq orqali moliyalashtiriladigan subsidiyalar sabab yuqori xarajatlarga duch kelishlari ham mumkin. Ushbu noaniqliklar - Baydenomiksning sanoat siyosatini xavfsizlik nuqtai nazaridan emas, balki iqtisodiy nuqtai nazardan qimorga aylantiradi..


Shunday qilib, yuzaki qaraganda Baydenomikaning dastlabki natijalari ijobiy. Uzoq muddatli oqibatlar esa so’roq ostida.



Tarjimon: Xadyatillo Sobirxo'jayev

Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov

Manba: Intereconomics


2 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 16:00 / 29.12.2024
Kvota nima?
  • 12:10 / 22.01.2024
Avraam Linkoln
  • 21:34 / 17.11.2024
Ekonometrika
  • 23:20 / 18.11.2024
Buyuk Depressiya
  • 13:19 / 19.11.2024
KRIPTOVALYUTA TARIXI
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 21:57 / 24.11.2024
Ekologik iqtisodiyot
  • 21:06 / 25.11.2024
Kriptovalyuta nima?
  • 18:23 / 26.11.2024
Millatchilik nima?
  • 20:51 / 19.12.2024
Taqchillik
  • 13:15 / 07.11.2024
RAG’BAT Nima? (INCENTIVES)
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 22:43 / 07.11.2024
FOIZ NIMA?
  • 16:25 / 08.11.2024
MONOPOLIYA NIMA?
  • 10:58 / 09.11.2024
Eksport va import nima?
  • 12:13 / 09.11.2024
Masshtab iqtisodiyoti nima?
  • 10:30 / 14.11.2024
IQTISODIY QISQARISH NIMA?
  • 21:58 / 16.11.2024
Siyosat nima va nega u muhim?
  • 00:28 / 17.11.2024
Reallik va Tanlovlar
  • 12:28 / 18.12.2024
Aylanma Iqtisodiyot
  • 12:38 / 18.12.2024
Pul va moliya-Taklif va talab
  • 13:28 / 18.12.2024
Iqtisodiy tizim
  • 20:35 / 17.11.2024
Z avlodi (Gen Z)
  • 15:13 / 29.12.2024
Sviftonomiya