RAG’BAT Nima? (INCENTIVES)


Ta'rifi

Rag’bat nima?

Rag'bat - bu odamlarning qarorlari va xatti-harakatlariga undaydigan harakatning foydasi yoki xarajatlari. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, rag'batlantirish odamlarni boshqa hollarda qilmagan narsalarni qilishga majbur qilishi mumkin. Rag'batlar iqtisodiyot uchun ikkita sababga ko'ra muhimdir: odamlar ularga qanday munosabatda bo'lishadi va ular qanday yaratilgan va foydalaniladi.


Iqtisodiy rag'batlar odamlarga, bizneslarga va hukumatlarga biror narsani qilishga undaydigan har qanday narsa hisoblanadi. Bu qaysi mahsulotlarni sotib olish, qanday kasb tanlash, bizneslar qanday mahsulotlar ishlab chiqarishi va hukumat tomonidan qanday dasturlar joriy etilishi bilan bog‘liq.


Shaxslar uchun rag'batlar

Har bir shaxs har kuni ko'plab iqtisodiy rag'batlarga duch keladi. Agar siz maktabda o'qiyotgan bo'lsangiz, o'qishni tamomlash uchun kuchli rag'batlarga egasiz — ya’ni bitiruvchilar (o'rtacha) ko'proq daromad oladi va bitirmaganlarga qaraganda ko'proq jozibali kasblarga ega bo'ladi. Agar ishlayotgan bo'lsangiz, har kuni ertalab ishga borishga kuchli iqtisodiy rag'bat bor, aks holda ishdan bo'shatilishingiz mumkin (bu har doim ham shunday bo'lmasligi mumkin).


Shaxslar uchun rag'batlar asosan ikki toifaga bo'linadi: "Ichki Rag'batlar" va "Tashqi Rag'batlar".


Ichki rag'batlar

Ichki rag'batlar ichkaridan keladigan – shaxsiy did va afzalliklardan kelib chiqadigan rag'batlardir. Boshqacha qilib aytganda, "ichki rag'batlar" sizni biror narsani yoqtirganingiz yoki yoqtirmaganingiz uchun harakat qilishga undaydi.

Ichki rag'batlar juda kuchli – ular qaysi maktabga borishimiz, qaysi ishga murojaat qilishimiz, o‘sha ishda qancha ishlashimiz va yana ko‘plab narsalarni belgilaydi. Ular, shuningdek, qaysi mahsulotlarni sotib olishimiz, qaerda yashashimiz va kimlar bilan muloqot qilishimizda muhim rol o'ynaydi. Ba'zan bir mahsulotni boshqasidan ko'proq "yoqtirish" narxidan ko'ra uni sotib olishga kuchliroq ta'sir qilishi mumkin (va marketologlar buni bilishadi!).


Tashqi rag'batlar

Tashqi rag'batlar tashqaridan keladigan rag'batlardir – eng keng tarqalgan misol bu narxdir. Tashqi rag'batlantirishlar ichki rag'batlantirishdan ko'ra kuchliroqdir, Oyga ta'tilga qanchalik borishni xohlayotganingizdan qat'i nazar, sizda bunga pul bo’lmasligi mumkin.

Tashqi rag'batlarni ichkilariga qaraganda osonroq o‘lchash mumkin – iqtisodiyot asosan narxlarning o'zgarishi va boshqa tashqi omillarning iqtisodiyotga va umumiy o‘sishga qanday ta’sir qilishini o‘lchashga harakat qiladi.


O’zaro Reaksiya

Odamlar odatda adolatga adolat bilan, adolatsizlikka esa qasos bilan javob qaytaradilar. Iqtisodchilar uchun bu “O'zaro Reaksiya” (Tit-for-Tat) deb ataladi va iqtisodiyot hamda sotsiologiya bo'yicha tadqiqotchilar bu hodisani o'rganishga ko'p vaqt va kuch sarflashadi.

O'yin nazariyasidagi tadqiqotchilar “O'zaro Reaksiya”ni, ya'ni mehr-muhabbatga mehr-muhabbat bilan javob berish va adolatsizlikni tez kechirish “Mahbuslar dilemmasi” o'yinida g‘olib strategiya ekanini ko‘rsatganlar.

Bu o‘yinda bir o‘yinchi boshqasiga xiyonat qilsa, katta mukofotga ega bo‘ladi, lekin agar ikkalasi ham bir vaqtda xiyonat qilishsa, ular hech qanday mukofot olmaydi. Agar ular bir-birlariga ishonsalar, kichikroq mukofot olishadi. Ushbu o‘yinni qayta-qayta o‘ynab, har safar o‘tgan safar boshqa o‘yinchi nima qilganini bilgan holda, tadqiqotchilar turli xil “strategiyalar”ni sinab ko‘rishdi. O'zaro Reaksiya strategiyasi eng barqaror g'olib bo'ldi.


Bizneslar uchun rag'batlar

Bizneslar o‘zlari uchun o‘ziga xos iqtisodiy rag'batlarga ega – ularning eng kattasi foyda olishdir. Katta korporatsiyalar aksiyadorlar tomonidan boshqariladi, va bu aksiyadorlar o'z investitsiyalarining daromadli bo'lishini xohlaydi, shuning uchun bizneslar iloji boricha ko'proq foyda olish uchun harakat qilishadi va kelajakdagi kuchli o‘sishni saqlab qolishga harakat qilishadi.

Bu shuni anglatadiki, bizneslar o‘zlarining mahsulotlaridan maksimal darajada foyda olishga intilishadi. Bu shaxsning kerakli narsani iloji boricha arzonroq sotib olish istagi bilan ziddiyatda bo‘ladi, bu esa Ta’minot va Talab munosabatlarini hosil qiladi – yetkazib beruvchi mahsulotni ishlab chiqarish istagi bilan shaxsning uni sotib olish istagi birlashgan nuqtada foyda maksimallashadi (fond bozoridagi ta’minot va talab misollari haqida maqolamizga qarang).

Foyda olish uchun rag'batlar faqat narxlarga ta’sir qilmaydi – bu yangi va takomillashtirilgan mahsulotlarni tadqiq etish va rivojlantirish uchun ajratilgan byudjet miqdorini va hatto ekologik siyosatlarni ham belgilaydi. Agar biznesning atrof-muhitga va o'z jamoasiga bo'lgan munosabati potentsial mijozlar oldida ularga yaxshi taassurot qoldirsa, bu ularning mahsulotlariga bo'lgan talabni oshirishi mumkin.


Hukumatlar uchun rag'batlar

Hukumatning roli fuqarolar uchun hayotni qisqa va uzoq muddatli osonlashtirishdir. Davlat xizmatchilari uchun eng katta rag'bat ko'proq odamlar uchun foydali bo'lgan qonunlarni qabul qilishdir.

Bu shuni anglatadiki, davlat xizmatchilari ommalashgan qonunlarni qabul qilishga harakat qilishadi, chunki agar juda ko‘p odamlar norozi bo‘lsa, ular o‘z lavozimidan tushiriladi va ularning qonunlari keyingi amaldorlar tomonidan o‘zgartiriladi. Bu hukumat vakolatini muhim darajada cheklaydi, lekin uning bir kamchiligi bor – bu ba'zan qisqa muddatli foyda beradigan, lekin uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib keladigan siyosatlarni ilgari surishi mumkin, masalan, keyingi avlodlar to‘lashlari kerak bo‘lgan ortiqcha qarz olishdir.


Tarjimon: Munira Yunusaliyeva
Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov

1 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 16:00 / 29.12.2024
Kvota nima?
  • 21:34 / 17.11.2024
Ekonometrika
  • 23:20 / 18.11.2024
Buyuk Depressiya
  • 13:19 / 19.11.2024
KRIPTOVALYUTA TARIXI
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 21:57 / 24.11.2024
Ekologik iqtisodiyot
  • 21:06 / 25.11.2024
Kriptovalyuta nima?
  • 18:23 / 26.11.2024
Millatchilik nima?
  • 20:51 / 19.12.2024
Taqchillik
  • 22:03 / 07.11.2024
Baydenomika
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 22:43 / 07.11.2024
FOIZ NIMA?
  • 16:25 / 08.11.2024
MONOPOLIYA NIMA?
  • 10:58 / 09.11.2024
Eksport va import nima?
  • 12:13 / 09.11.2024
Masshtab iqtisodiyoti nima?
  • 10:30 / 14.11.2024
IQTISODIY QISQARISH NIMA?
  • 12:28 / 18.12.2024
Aylanma Iqtisodiyot
  • 12:38 / 18.12.2024
Pul va moliya-Taklif va talab
  • 13:28 / 18.12.2024
Iqtisodiy tizim
  • 20:35 / 17.11.2024
Z avlodi (Gen Z)
  • 15:13 / 29.12.2024
Sviftonomiya