Inflyatsiya: qanday hisoblanadi va boshqariladi

Inflyatsiya nima?

Inflyatsiya - bu iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar narxlarining umumiy o'sishida aks ettirilgan pulning xarid qobiliyatining pasayishi.

Inflyatsiya ma'lum bir davrda, odatda, bir yil ichida tovarlar va xizmatlar to'plami qanchalik qimmatlashganini o'lchaydi.


Nima uchun inflyatsiya Fedning eng ustuvor vazifalaridan biri?

Inflyatsiya­­­ har bir valyutaning xarid kuchini pasayishi bo’lib, bu vaqt davomida mahsulotlar va xizmat ko’rsatish narxining oshishiga olib keladi. Bu iqtisodiy atama sizning benzin bakingizni to’ldirishingiz uchun, bir gallon sut uchun yoki sochingizni qisqartirish uchun endi yanada ko’proq sarflashingizga to’g’ri kelishini anglatadi. Bu sizning yashash harajatlaringizni oshiradi.

Agar siz xozirgi dollar kursi bilan o’tmishdagi kurslarni solishtirsangiz, qo’shma shtatlar inflyatsiyasi uning xarid kuchini pasaytirdi. Shuning qilib,narxlar oshishi  bilan sizning pulingiz kamroq sotib oladi- vaqt o’tishi bilan sizning yashash me’yorlaringiz pasayadi.

 

Inflyatsiya darajasi

Inflyatsiya darajasi bu narxlardagi foizning ma’lum davr davomida oshishi yoki kamayishi, odatda bir oyda yoki yilda. foiz sizga narxlarning vaqt davomida qanchalik tez oshishini aytadi. Gaz narxlari agar inflyatsiya darajasi bir gallon gaz uchun yiliga 2% bo’lsa, keyingi yil uning narxi 2% balandroq bo’ladi. Bu agar bir gallon gaz $2 tursa,u keyingi yil $2.04 bo’lishini anglatadi.

Inflyatsiya darajasi qashshoqlik indeksining muhim tarkibiy qismi bo’lib,u o’rtacha fuqaroning moliyaviy sog’ligini aniqlashga yordam beradigan iqtisodiy ko’rsatkichdir. Boshqa komponent esa ishsizlik darajasi. Odamlar qashshoqlik darajasi 7% dan baland bo’lganda yo inqirozdan aziyat chekmoqda,yo unga qarshi kurashishmoqda yoki ikkalasi ham.

 

Inflyatsiya sabablari

Inflyatsiyaning ikkita umumiy sabablari bor. Eng keng tarqalgani-talab inflyatsiyasi. Bu qachonki mahsulot yoki xizmat ko’rsatish servislariga bo’lgan ehtiyoj keskin oshishni talab qilganda sodir bo’ladi. Xaridor u to’lamoqchi bo’lgan baland narxiga mos shuncha maxsulot xohlaydi.

Ikkinchisi xarajatlar inflyatsiyasi, kamroq tarqalgan sabab. Bunda ta’minot cheklansada,talab cheklanmaydi. Bunday holat 2005 yilda Katrina tarnadosidan so’ng gaz ta’minot yo’llarining shikastlanishidan kelib chiqqan. O’sha vaqtda gazga bo’lgan talab o’zgarmagan, lekin ta’minotdagi cheklovlar gaz narxining bir gallon uchun $5 ga oshishiga sabab bo’lgan.

Ba’zilar o’rnatilgan inflyatsiyani uchinchi sabab deb hisoblashadi. Bu odamlarning kelajakdagi inflyatsiyani kutishlariga ta’sir qiladi. Narxlar ko’tarilganda ishchilar ish haqining oshishini kutadi, lekin yuqori maosh mahsulotlar narxini oshiradi. Qolaversa, bu tovarlar va xizmat ko’rsatish narxlarini yana oshiradi. Agar bu sabab- oqibat davom etsa, bu oylik-narx spiraliga aylanib boradi.

 

Inflyatsiya va iste’molchi narx indeksi

Aqsh mehnat statistika byurosi (BSL) inflyatsiyani o’lchash uchun iste’mol narxlari indeksidan (CPI) foydalanadi. Indeks o’z ma’lumotlarini 23 000korxona ishtirokidagi so’rovnomadan oladi. Unda har oy 80 000 ta iste’mol tovarlari narxlari qayd etilgan. CPI sizga inflyatsiyaning umumiy darajasini aytib beradi.  Quyidagi BSL diagrammasida 1990 yildan beri inflyatsiya darajasini kuzatish uchun CPI dan foydalanadi.

 

 

CPI bu inflyatsiyani o’chaydigan vosita bo’lib, bu ikkalsi bir xil ma’noda keladi. Ular bir-biridan mutlaqo farq qilmaydi.

Shaxsiy iste’mol xarajatlari indeksi ham inflyatsiyani o’lchaydi. U CPI dan ko’ra ko’proq biznes tovarlari va xizmatlarini o’z ichiga oladi,masalan, tibbiy sug’urta tomonidan to’langan tibbiy to’lovlarni o’z ichiga oladi.

 

Markaziy banklar inflyatsiyani qanday boshqaradi?

Butun dunyoda markaziy banklar inflyatsiya va uning aksi deflyatsiyani oldini olish uchun pul-kredit siyosatidan foydalanadi. Aqshda federal  zaxira tizimi maqsadli inflyatsiyani darajasini yiliga 2% ga oshirishnj maqsad qilgan.

FOMC 2020 yil 27 avgustda,agar bu maksimal balandlikni ta’minlashga yordam beradigan bo’lsa, maqsadli inflyatsiya darakasini 2% dan yuqori bo’lishiga ruxsat berishini e’lon qildi. U hali ham vaqt o’tishi bilan 2% inflyatsiyaga intiladi,ammo agar inflyatsiya bir muncha vaqt past bo’lsa u yuqori ko’rsatkichlarga ruxsat berishgada tayyor. Buni 2021 yil oktabr oyidagi kursda ko’rish mumkin.

FED asosiy inflyatsiya darajasidan foydalanadi, bu energiya va oziq-ovqat narlarini hisobga olmaydi. Ushbu  narxlar tovar  savdogarlari tomonidan belgilanadi va  bu masala juda o’zgaruvchan.

2022 yil mart oyida  FOMC 2018 yildan beri birinchi marta federal mablag’lar stavkasini oshirish orqali yuqori inflyatsiya darajasiga javob berishni boshladi.

 

O’zingizni qanday himoya qilishingiz kerak?

O’zingizni inflyatsiyadan himoya qilishning eng kuchli usuli, agar iloji bo’lsa, daromad olish qobiliyatingiz va daromadingizni oshirishdir. Yillik 5%  oshirish yoki sizga 20% daromad keltiradigan reklama inflyatsiya ahamiyatini  kamytiradi. Agar buning iloji bo’lmasa yoki siz doimiy daromadga ega bo’lsangiz boshqa variantlarni o’rganishingizga to’g’ri keladi.

Omonatlaringizni himoya qilishning yagona usuli fond bozoriga sarmoya kiritishdir. Vaqt o’tishi bilan u investitsiyalarning taminan 10% ini qaytaradi. Ammo kelajakda shunday bo’ladimi yo’qmi no’malum va fond bozoriga sarmoya kiritish xavfi ham mavjud.

 

Eslatma

Umumiy maqsadlaringizga ta’sir qilishiga mumkin bo’lgan qarorlar qabul qilishdan oldin moliyaviy rejalashtiruvchi bilan maslahatlashing.

 

Ko’p beriladigan savollar:

 

Inflyatsiya kimga foyda keltiradi?

Inflyatsiya qimmatli qoog’ozlar va tovarlar kabi aktivlarga ega bo’lganlarga inflyatsiya bilan birga ko’tarilish tendensiyasiga ega bo’lganlarga foyda keltiradi. Ruxsat etilgan stavkali ipoteka kreditiga ega bo’lgnalar, boshqa stavkalar inflyatsiya bilan ko’tarilganligi sababli, past foiz stavkasini saqlab qolish orqali ham foyda ko’radilar.

 

Inflyatsiya foiz stavkalariga qanday ta’sir qiladi?

Inflyatsiya foiz stavkalarini oshirihsga harakat qiladi. Kreditorlar tabiiy ravishda dollarning devalvatsiyasini bartaraf etish uchun stavkalarni oshirishi mumkin va federal rezerv inflyatsiyani sekinlashtirish uchun may oyidagi FOMC yig’ilishida bo’lgani kabi maqsadli stavkalarni oshiradi.

 

Inflyatsiya iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?

Inflyatsiyaning iqtisodga ta’siri uning nisbiy  og’irligi  va prognoz qilinishiga bog’liq. Iqtisodchilar barqaror xarajatlarni va iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan barqaror, past darajadagi inflyatsiyani afzal ko’radilar. Agar inflyatsiya darajasi juda yuqori bo’lsa yoki ular vaqti-vaqti bilan o’zgarib tursa, ta’minot zanjiri bosimini keltirib chiqaradigan va inflyatsiyani yanada kuchaytiradigan bo’lsa, iste’mol xarajatlari juda tez o’sishi mumkin.


Tarjimon: Abdukabirova Iroda

Iqtisodiyot Bo'limi Lideri: Xojiakbar Tursunmuhammatov

Manba: TheBalance

10 ta izoh:

Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 16:00 / 29.12.2024
Kvota nima?
  • 21:34 / 17.11.2024
Ekonometrika
  • 23:20 / 18.11.2024
Buyuk Depressiya
  • 13:19 / 19.11.2024
KRIPTOVALYUTA TARIXI
  • 22:48 / 20.11.2024
Imperializm nima?
  • 12:44 / 21.11.2024
Giperinflatsiya bo’ladimi?
  • 21:57 / 24.11.2024
Ekologik iqtisodiyot
  • 21:06 / 25.11.2024
Kriptovalyuta nima?
  • 18:23 / 26.11.2024
Millatchilik nima?
  • 20:51 / 19.12.2024
Taqchillik
  • 13:15 / 07.11.2024
RAG’BAT Nima? (INCENTIVES)
  • 22:03 / 07.11.2024
Baydenomika
  • 06:00 / 08.11.2024
TRUMPONOMICS
  • 22:43 / 07.11.2024
FOIZ NIMA?
  • 16:25 / 08.11.2024
MONOPOLIYA NIMA?
  • 10:58 / 09.11.2024
Eksport va import nima?
  • 12:13 / 09.11.2024
Masshtab iqtisodiyoti nima?
  • 10:30 / 14.11.2024
IQTISODIY QISQARISH NIMA?
  • 12:28 / 18.12.2024
Aylanma Iqtisodiyot
  • 12:38 / 18.12.2024
Pul va moliya-Taklif va talab
  • 13:28 / 18.12.2024
Iqtisodiy tizim
  • 20:35 / 17.11.2024
Z avlodi (Gen Z)
  • 15:13 / 29.12.2024
Sviftonomiya