Fyodor Dostoyevskiy: Ziddiyat, Ma’no va Shaxshiyatlar To’qnashuvi.

Fyodor Dostoyevskiy: Ziddiyat, Ma’no va Shaxshiyatlar To’qnashuvi.

Tabiati hissiyotlarga boy, har qanday narsada yaxshilik koʻra olishga qodir va yana ayni damda oʻta qabih shaxsiyatga ega boʻlgan, sirli olam vakili Dostoyevskiy Fyodor Mixaylovich.


Butun umrini insondek mavjudot jumboqlarini yechishga sarflagan va  shu yoʻlda haqiqiy inson boʻlib qolish istagida kurashgan rus yozuvchisi 1821-yilda, oʻta qattiqqoʻl, badjahl va shavqatsiz xarakterga ega ota va hilmga boy, mehribon, bosiq shaxsiyatga ega onaning bagʻrida dunyoga keladi. Va shu tugʻilgan vaqtida oilasida koʻrgan bir biriga zid xarakter uning umrining oxirigacha unga hamrohlik qiladi, asarlarida esa asosiy qahramonlarning xarakteristikasida namoyon boʻladi. Balkim shuning uchun ham uning asarlarini ming bir mulohaza yuritmasdan, siqilmasdan, chuqur oʻylarga kirishmasdan oʻqish ilojsiz. U har doim har narsada soʻnggi chegaragacha borishga harakat qilishi va oʻsha chegarani hatlab oʻtmaguncha tinchimasligi sabab koʻpchilikning nafrati ostida qolgan va shu oʻrinda koʻpchilikning muhabbati ham qozongan. 


Uning yozuvchiligi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, bunda onasining hissasi katta desak toʻgʻri boʻladi. Onasining turmush oʻrtogʻiga, yani otasiga yozilgan xatlari tahlil qilar ekansiz, Dostoyevskiyning yozish usuli, ohangi va ruhi aks etgani koʻrasiz. Ayniqsa uning "Bechora odamlar" asarida bir xil ohangdorlik jaranglaydi. Ushbu asarida inson psixologiyasining chuqur tadbiq etilgani, intelektual jihatdan yuksak darajaga erishgani bois ham odamlar orasida shov-shuvlarga va adabiyotchilar tomonidan yuksak baholarga sabab boʻlgan. Dostoyevskiy asarlarida boy va yuqori darajadagi odamlar emas, bir qarashda oddiy va nochor odamdek koʻringan ammo qalban boy va mehr-muhabbat, eʼtiborga ega aholi koʻrinish beradi.


Dostoyevskiy yoshligidan siyosiy qarashlarga ega, keng fikrlovchi jamiyat aʼzosi boʻlgan va oʻsha vaqtlarda Belinskiy kabi demokratik ziyolilarning inqilobiy gʻoyalariga mahliyo boʻlib qolib, xayoliy sotsializm gʻoyalarini qoʻllab quvvatlash aybi bilan oʻlimgacha hukm etilgan. Qatl etilishiga ayni aniq bir sanoqli soniyalar qolgan vaqtda Podshoh buyrugʻi sababli oʻlim jazosi, 4 yillik surgun bilan alishtirilgan Dostoyevskiy endi umuman boshqa bir insonga aylangan, odamni anglash, hayot tushunchasi, umr yoʻllari va umuman dunyo haqida toʻlaqonli oʻzgacha fikrlar girdobiga kirib, yangi bir yoʻnalishdagi asarlari egasi boʻlish boshlagan edi. "O‘liklar uyidan eslatmalar”, “Xo‘rlangan va haqoratlanganlar” romanlari, “Yoz taassurotlari haqida qishki eslatmalar” va “Yer ostidan eslatmalar” asarlari buning yaqqol namunasidir.


Uning asarlari doim ziddiyatli vaziyatlarga boyligi, keng tahlilga asoslanganligi, teran psixologizmga va teran fikr talab etilishi bilan rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir oʻtkazadi. Koʻplab mashhur, dunyo tan olgan yozuvchilar birinchi bilan Dostoyevskiy ijodiga murojaat qilgan va koʻp narsa oʻrgangandir. 

Odatda, koʻp tanqidchilar uning asarlarini tugallanmaganlikda ayblaydi, voqealar rivoji kengligi va ziddiyatli boʻlgani uchun ayrim qismlarida adashib qolish yoki boshidagi vaqealar unutib qoʻyish ham hech gap emas. Agarda, butun bir xayolni bir joyga qoʻyib, eʼtibor bilan oʻqilmasa, asarlarni anglash, tahlil qilish imkonsiz. Dostoyevskiy deganda koʻpchilik jahon adabiyotiga oʻtkir psixologizmni olib kirgan kuchli yozuvchini eslashi bekorga emas.


Asarlarida, odatda, hayotda koʻrgan, oʻziga yaqin shaxslar shaxsiyatlari har tomonlama ochib beradi. Albatta, toʻqima obrazlar ham koʻp lekin hayotiy obrazlar soni ham shunga yarasha. Ayniqsa, 1864-yillar atrofida ayoli, doʻsti va safdoshi qazo qilganidan soʻng ham yozuvchining hissiyotga boy asarlari yanada yuqori choʻqqiga chiqadi. Birinchi ayoli, Mariya xarakterini ham yozuvchining ayrim asarlarida kuzatish mumkin. Misol uchun, “Aka-uka Karamazovlar” romanidagi Grushenka, “Telba” asaridagi Nastasya Filippovna obrazlari, yoki “Xo‘rlangan va haqoratlanganlar” romanidagi Natasha, “Jinoyat va jazo”dagi Katerina Ivanovna obrazlari Dostoyevskiyning ilk ayoli Mariya Dmitriyevna xarakteriga oʻxshab ketishi koʻp joyda takrorlangan.


Umrining keyingi qismlarida Dostoyevskiy qumor oʻyinlariga berilib ketganligi va hattoki qoʻl soatigacha yutqazib, qarzga botganligi haqida ham maʼlumotlar mavjud. Aytishlaricha, aynan oʻsha ogʻir vaqtlarida uning eng mashhur asari "Jinoyat va jazo" yozilgan. Moliyaviy tang ahvolda boʻlganligi uchun asar boblarini toʻgʻridan-toʻgʻri nashriyotlarga joʻnatadi va shu orqali kun kechiradi.


Dostoevskiy butun bir umrini insonni va olamni anglashga sarflaydi. Doimiy ogʻir bir hissiyotlar ichida yashaydi. Balkim, bunday ogʻir va chuqur hissiyotlar ichida yashashi sababi oʻzining "Qaygʻu qanchalik chuqur boʻlsa, Xudo shunchalik yaqin boʻladi" fikrining izohidir, ehtimol. 


Shunday qilib, umrining soʻngida, "Aka-uka Karamazovlar" asarini yaratgan yozuvchi, 1881-yilda vafot etdi. Dostoyevskiy bugungi kunda odamlar orasida gʻamgin faylasuf, yovuz daho va hatto paygʻambar deya ham taʼriflanib kelinmoqda. Ammo, Dostoyevskiy oʻzini oʻzi qanday taʼriflagan boʻlar edi deb soʻrasangiz, uning quyidagi jumlalari keltirish mumkin "Men asr farzandi, kufr, shubha bolasidirman"


Izoh qoldirish

Mavzuga oid

  • 12:10 / 22.01.2024
Avraam Linkoln
  • 18:04 / 11.04.2024
Geometriya Otasi: Yevklid
  • 09:31 / 01.05.2024
Jaloliddin Rumiy