- 18:36 / 11.04.2024
- 18:04 / 11.04.2024
- , Falsafa
Geometriya Otasi: Yevklid

Yevklid Miloddan avvalgi 300-yillarda “Geometriyaning otasi” sifatida e'tirof etilgan Yevklid O'rta Yer dengizidagi jonli bilim markazi bo'lgan qadimiy Iskandariya shahrida (hozirgi Livan) tug’ilgan. Uning hayoti haqida juda kam narsa ma'lum, ammo uning ilmiy merosi asrlar davomida matematika asoslarini shakllantirdi. Intellektual jo'shqin shaharda o'sgan Yevklid o'zini juda ko'p bilimlar bilan o'rab oldi. Iskandariya kutubxonasidagi ustozlari rahbarligida u turli fanlarni chuqur o‘rgandi. Aynan o’sha yerda uning matematikaga bo’lgan chuqur ishtiyoqi paydo bo‘lgan. O'tkir aql-idrokka ega Yevklid o'z ixtiyorida bo'lgan ulkan ma'lumotlar ba’zasidagi barcha imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga intilgan. Yevklidning merosi bizga imkoniyatlar qanchalik keng bo'lmasin, intizom va tizimli fikrlashni o'rgatadi. Uning hayoti esa bizni o'zimizdagi potentsialni his qilishga, izlanishlarimizga aniqlik va mantiqiy qat’iylik bilan yondashishga undaydi. “Geometriyaga shohona yo'l yo'q.” “Tabiat qonunlari faqat Xudoning matematik fikrlaridir”. “Shoirga bog’liq bo'lmagan matematik hech qachon mukammal matematik bo'lmaydi.”
Yevklid geometriya sohalarini chuqur o'rganar ekan, u shunchaki shakl va chiziqlarni ko'rmadi; u koinotning asosiy haqiqatlarini ifoda etadigan tilni ko'rdi. “Geometriyaga shohona yo'l yo'q” deya geometriyani tushunishga mashaqqatli mehnat va fidoyilik muhimligini ta'kidladi. Uning yangicha bilimga intilishi va mayda detallarga ham e’tibor qaratishi Yevklidga o'z davriga nisbatan oldinda bo'lgan meros yaratishga imkon berdi.
Yevklidning “Negizlar” asari matematikaning tamal toshi bo‘lib, asrlar davomida olimlar va o‘quvchilarning tafakkurini shakllantirdi. Uning ishi nafaqat geometriya bo'yicha qo'llanma bo'libgina qolmay, balki deduktiv fikrlashning go'zalligini ham ko'rsatdi. Yevklidning yutuqlari nazariy sohadan tashqariga chiqdi. Uning ishi qadimgi yunon matematiklarining nazariyalarini ko’rib chiqib, fanga yangi innovatsiyalarni kiritgan. Bu esa hozirgi Yevklid geometriyasi deb ataladi.
Ayrimlarning aytilishicha, Injildan tashqari, “Negizlar” G'arb dunyosida barcha kitoblar ichida eng ko'p tarjima qilingan, nashr etilgan va o'rganilgan. Yevklid birinchi darajali matematik bo'lmagan bo'lishi mumkin, lekin u 2000 yildan ortiq vaqt davomida deyarli o'zgarmagan deduktiv fikrlash va geometrik ko'rsatmalar uchun standartlar o'rnatdi.
Hayotining keyingi bosqichlarida uning ta'limoti sinfdan tashqarida ham amalga oshirildi. U matematik fikrlashlarga yo’l ochib beradigan va asosiy taxminlar bo'lgan aksiomalarning ahamiyatini ta'kidlagan. Bu qarash uning hayotiy falsafasini - mustahkam poydevor qo‘yishdan boshlashning ahamiyatini aks ettiradi.
Iqtiboslar:
Manbalar:
Euclid | Biography, Contributions, Geometry, & Facts | Britannica
https://en.wikipedia.org/wiki/Euclid
6 ta izoh:
Izoh qoldirish