Sizga saraton kasalligi tashxisi qo’yildi, va sizda bor yo’g’i yashash uchun bir oy muhlat bor.
So'nggi 60 yil mobaynida, siz dunyo bo‘ylab sayohat qilish o’laroq, odamlarga qanday qilib erkin hayotga erishish, ichki xotirjamlik va haqiqiy sevgiga ega chiqish haqida o’rgatib kelmoqdasiz.
Ammo bugun, omma oldidagi nutqingizning so’nggi pallasi.
O’sha chog’da, sizni qanday hissiyotlar qamrab olgan bo’lar edi? Va siz o’zingizni qanday his qilar edingiz?
Bu savollar taniqli hind faylasufi va ruhiy ta’limot beruvchi Jiddu Krishnamurtiga o’limidan oldin berilgan edi.So‘nggi nutqi yozib olingan va uni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin. Men bu odamni birinchi marta taniganimda, aynan shu nutq orqali taniganman — shuni bilamanki, bu uning hayotidagi eng so‘nggi nutqi edi. Bu insonda bo‘lgan xotirjamlikni hech narsa buzolmasdi. O‘lim oldida, hayotiy missiya(vazifa)sidan xayrlashayotgan vaqtda ham u shu yerda edi —90 yosh bo’lishiga qaramay haliyam o’sha xotirjamlik bilan murakkab bir mavzuni tahlil qilayotgan edi. Ajablanarlisi shundaki, miyada hech qanday zaiflik, qo‘rquv soyasi yoki ruhiy bezovtalik yo‘q edi.
Birinchi marta kimningdir so‘zlari meni chinakamiga o‘ziga tortdi. Oldin ham ko‘plab ruhiy yetakchilarni tinglaganman, ammo ularning nutqlari menga ko‘pincha bo‘sh, mazmunsiz gaplar kabi tuyulardi. Xuddi hech kim o‘z ta'limotlariga mos kelmayotgandek, aytayotgan gaplariga butunlay amal qilmayotgandek edi. Ammo bu odam boshqachaligini darrov sezdim.
Axir o‘lim — bu haqiqatning o‘zi; buni soxtalashtirib bo’lmaydi.
Uning siri nimada edi?
Krishnamurti o‘zini uchinchi shaxsda "suhbatdosh" deb atagan kishi edi. Ko‘plab ruhiy ustozlardan farqli o‘laroq, u shaxsiy tajribalari haqida hech qachon gapirmagan. U hech qanday usullar taklif qilmaslikni tanlagan va psixologiya sohasida muallif bo‘lishni rad etgan.
Ko‘plab odamlar uni o‘n yillar davomida kuzatishlariga qaramay, uning ta'limotlarini aniq tushunmas edilar. Sadhguru ta'kidlaganidek: “Krishnamurtining ongi keskin, pichoq kabi, haqiqatning asosiga kirib borardi.” Biroq, juda oz odam uni tushina olishi mumkin edi. Lekin bunga u ahamiyat bermasdi; u doimo o’zining asosiy falsafasiga sodiq bo’lib qolaverar edi. Ya’niy:
"O‘qituvchi ham, shogird ham yo‘q; yetakchi ham yo‘q; diniy yetakchi ham yo‘q; usta ham, qutqaradigan ham yo‘q. O‘zingiz o‘qituvchi va shogirdsiz; siz ustasiz; siz diniy va ommaviy yetakchisiz; siz hamma narsasiz."Odamzod har narsa qila olishi uning asosiy falsafasi edi.
Umrining oxiriga yaqin, u tomoshabinlarini yana bir bor hayratda qoldirdi.
‘Sirlarimni bilmoqchimisiz?’ u to'satdan so’radi.
To'liq sukut bo'ldi va hamma juda hushyor bo'lib qoldi.
‘Mana, bu mening sirim,’ u oshkor qildi.
Nima bo’lishidan men qayg’urmayman.
Keyin u qo'shimcha qildi: "Agar men muvaffaqiyatsizlikka uchrasam yoki muvaffaqiyat qozonsam, pulim bor yoki yo'q... Menda hech qanday muammo yo'q, chunki men hech kimdan yoki hayotdan hech narsa talab qilmayman."
Bu Buyuk Rim imperatori Markus Areliusning qarashlariga o’xshash edi. Arelius shunday deydi:
“Taqdir sizga beradigan qo‘lni seving va uni o‘z qo‘lingizdek o‘ylang, chunki sizda bundan yaxshiroq narsa bo‘lishi mumkinmi?”
Men nima bo‘lishidan umuman xavotir olmaganimda, bu nimani anglatadi?
Bu hozirgi lahzada yashashni, mavjud bo‘lgan narsalarga qarshi hech qanday qarshilik ko‘rsatmaslikni anglatadi. Bu hayot bilan kurashish o’rniga, hayotga ochiq ko’z bilan qarashni o’rgatadi. Xuddi suv kabi bo’lishni, yumshoq bo’lishiga qaramay, u osonlik bilan oqadi va ulkan kuchga ega, chunki eng kuchli toshlar ham uning kuchiga bo’ysunadi.
Ammo, sizda bu amalda qanday bo’ladi? degan savol tug’iladi.
Agar kimdir nima bo‘lishidan xavotir olmasa, bu u hech qachon harakat qilmaydi degani emasmi? Axir, agar men natijalarga befarq bo‘lsam, umuman harakat qilishning ma’nosi nima? Bu haqiqatning negativ(salbiy taraf) nuqtai nazarimi? deb o’ylab qolishingiz mumkin.
Bu mutlaqo xato fikr.
Hozirgi paytni maqsadga erishish vositasi sifatida ishlatish.
Hinduizmning asosiy matnlaridan biri bo’lgan Bhagavad Gitada shunday deyilgan:
“Vazifangizni muvozanatda bajaring, ey Arjuna, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka bo‘lgan barcha bog‘liqlikni tark eting. Bunday muvozanat yoga deb ataladi.” — 2-bob, 48-oyat
Bu oyat bizning harakatlarimiz natijalariga bog‘lanishni rad etishning ahamiyatini ta'kidlaydi.
Hayotda har bir amalga oshirgan harakatimiz, odatda, biror mukofotga erishish istagi bilan boshqariladi. Mukofotni kutish, yaxshi va yomon, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik tushunchalarini shakllantiradi.
Misol uchun, biz maktabga yaxshi baholar olish maqsadida qatnamiz, bu esa keyinchalik nufuzli universitetga kirishning poydevori bo'ladi.
Universitet ta'limi esa, foydali kasbga yo'l ochadi.
Foydali kasb odatda moliyaviy foyda keltiradi.
Pul esa hayotiy qulayliklarni, masalan, yaxshi avtomobil, katta uy, yaxshi ko’rgan insonimiz e’tiborini jalb etish va oilani qurish uchun zarur vosita bo'ladi.
Oilamiz esa yolg'izlikdan qochish uchun boshpanamizga aylanadi.
Mana, bu bizning hayotimiz.
Doimiy ravishda, baxt keltirishi mumkin bo‘lgan hayoliy mukammallashtirilgan kelajakka qaratilgan o‘zimizga xos harakat bor. Biz kelajakda baxt bor deb ishonamiz, lekin bu kelajak hech qachon kelmaydi va baxt hech qachon u yerda emas, balki bu yerda, ya’ni hozirda mavjud ekanligini ko‘ra olmaymiz.
Bundan tashqari, haqiqat ushbu hayoliy mukammallashgan kutishlar faqat kutish ekanligini anglaganimizda.Hayolimizda qilingan narsalarning barchasi amalga oshmasligi bilan bog‘liq o’zimizdan ko’nglimiz o’ksishi, o’zimizga bo’lmagan ishonch kamayishi va turli xil ichki azob-uqubatlarga duch kelamiz. Haqiqat va mukammallik orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, biz his qiladigan salbiy his-tuyg‘ular shuncha kuchli bo‘ladi.
Biroq, agar boshqa bir yo‘l bo’lsa-chi?
Harakatga e'tibor qaratish, mukofotga emas
Haqiqiy ustunlik harakatda, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik tushunchalaridan o‘tishdir.
Bu narsalar qanday natijaga olib kelishini o‘rganishdan, chuqur ildiz otgan bog‘liqlikni yo‘qotish haqida.
Bunday ajralish harakat qilmaslik yoki mas'uliyatlarimizni e'tiborsiz qoldirishni anglatmaydi. Bu, qilayotgan ishlarimizning natijalari orqali his-tuyg‘ularimiz va fikrlarimizni boshqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida.
Epiktet, stoik faylasufning fikrlarini aks ettirib:
“Vaziyatlar siz xohlaganingizdek bo'lishini talab qilmang; balki ularni o’zligicha qabul qiling, va siz yaxshi davom etasiz.”
Bu har bir vazifada qo'ldan kelganicha harakat qilish va so'ngra qo'yib yuborish haqida, muvaffaqiyatga erishganimiz yoki erishmaganimizdan qat’i nazar, bu jarayonning bizning nazoratimizdan tashqaridagi katta rejaga, ilohiy dizaynga bog‘liqligiga ishonishdir.
"Ilohiy" so'zini aytilganida, mutlaqo bir xudo yoki diniy tushuncha nazarda tutilmayapti. Faqatgina odamzodning nazorati doirasidan tashqaridagi har qanday narsani nazarda tutilyapti.
Qiziqishingizni toping va uni sizni boshqarishga ruxsat bering
Sizni qiziqtiradigan narsalar tasodifiy emas. Uni quvvatlang. U sizni o'ziga tortsin, sizni egallasin. Agar siz o'zingizni sevgan narsani kashf etsangiz, harakatning o'zi mukofotga aylanadi. Shunda muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik bormi?
J. Krishnamurti so'zlari bilan aytganda:
“Shunday qilib, siz to'g'ri ishni to'g'ri ish uchun qilishingiz kerak, mukofot umidida emas; siz ishni ishning o'zi uchun qilishingiz kerak, natijani ko'rish umidida emas; siz o'zingizni dunyoga xizmat qilishga berishingiz kerak, chunki siz buni sevishingiz va buni qilishga qodirsiz.”
Siz bu yerda Medium'da asosan diqqat yoki pul mukofotlari uchun yozyapsizmi, yoki har bir lahzani chin dildan zavqlanib o'tkazyapsizmi? Agar hech kim qiziqmasa, hech qanday foyda olmasangiz ham, buni davom ettirarmidingiz? Agar bu savollarga javob ‘yoq’ bo'lsa, unda ehtimol sizning motivatsiyangiz o'zingiz qilayotgan ishga haqiqiy sevgi bilan bog'liq emas. Buning o'rniga, u ijodiy sevgi o'rniga qo'rquv va tirik qolish istagi bilan boshqarilayotgan bo'lishi mumkin.
Men Medium'da so‘nggi 2-3 hafta davomida yozib keldim va doimo kuzatuvchilarni qanday olish, ko‘proq pul ishlash va muvaffaqiyat qozonishning turli strategiyalari haqidagi maqolalarni ko‘raman. Bu platforma ijodiy ifoda uchun joy bo‘lish o‘rniga, odamlarning harakatlarini pulga o’zgartirishni o‘rganishga qaratilgan platformaga aylangan.
Sun’iy intelekt(aql) hamma narsani egallaydi. Yagona samarali yechim texnologiyani soliqga tortish va keyin bu resurslarni odamlarga qaytarish bo'ladi. Biz G'arbda allaqachon xavfsiz turar joy, yetarli oziq-ovqat va toza suv kabi qulayliklardan foydalanamiz, bu esa 300 yil avvalgi qirollarning yashash standartlaridan ancha yuqoridir. Xo’sh, agar kelajakda ko'pchilik uchun ish qilish zarurati bo'lmasa, biz nima qilamiz?
Haqiqatan ham nimalar qoladi, nimalarni mashina bajara olmaydi?
Insonning haqiqiy maqsadi
O'qishni o'rganing, lekin avvalo boshqalarga yordam berish uchun sizga eng foydali bo'lgan narsani o'rganing. O'qishlaringizda sabr bilan mehnat qiling, odamlar sizni dono deb o'ylashlari uchun emas, hatto siz dono bo'lish baxtiga ega bo'lishingiz uchun ham emas, balki faqat dono odam donishmandlik bilan yordam bera oladi. — Krishnamurti.
Pichoqning maqsadi nima? Qalamning maqsadi nima? Agar siz pichoqni yozish uchun yoki qalamni biror narsani kesish uchun ishlatsangiz, nima bo’ladi?
Insonlar asboblar kabi, ular foydali bo‘lmasa, o‘zlarini ko‘rsatish qiyin.
Mashinalar kelgusi o‘n yil ichida insonning ko‘pgina ishlarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin, faqat bitta ishdan tashqari — boshqalarga yordam berish, chuqur sevgi ko‘rsatish qobiliyati. Bu, Krishnamurtining so‘zlarining mohiyatini o‘z ichiga oladi: ‘Men nima bo‘lishidan umuman xavotir olmayman’
Ko’rdingizmi, faqat keyingi voqealardan xabardor bo‘lmagan inson sevgi ko‘rsatishga qodirdir.
Munosabatlarda, ko‘pincha — biz keyin nima bo‘lishiga e’tibor beramiz. Biz kutganimizni qaytarish umidida beramiz. Va biz erishishimiz kerak deb o‘ylagan narsalarni olmaganimizda, kuchli og‘riqni boshdan kechiramiz. Bu insonlararo munosabatlarda barcha ziddiyatlarning manbayi. Kutish — ya’ni, haqiqiy, shartsiz sevgining yo’qligidir.
Bu hayotda bizning istagimiz, sevgi va qabul qilinishlar kutilmaganda bo’ladi. Ammo ko‘pincha biz o‘zimiz bilan bog‘liq shartlar — o‘zimizga, boshqalarga va hayotning o‘ziga bo‘lgan shartlarni olib yuramiz.
Biz haqiqiy baxt va tinchlikni faqat ushbu shartlar bajarilganda erishish mumkin deb hisoblaymiz. Shunga qaramay, ko‘pincha bu intilishning ahmoqligini e'tibordan chetda qoldiramiz. Aynan bu shartlar bizni o‘zimizni to‘ldirish uchun tashqi narsalarni izlashda charchamasdan harakat qilishga majbur qiladi. Bu shartlar bizni "tashqarida" tutadi, "ichkarida" emas.
Aslida, hayotimizning sifati, o'zimizga shart va talablar qo'ymasdan, beg'araz tarzda harakat qilish qobiliyatimizning to'g'ridan-to'g'ri aksidir.
Buning ma'nosi, rostdan ham nima bo'layotganiga e'tibor bermaslikdir. Sevgining to'liq ifodasi bo'lishdir.
Tarjimon va muharrir: Behruzbek Ulug'bekov
Manba: https://medium.com/illumination/j-krishnamurti-the-secret-to-life-in-just-5-words-c37ee4606e6f
Izoh qoldirish