Elita, Ommaviy, va kichik Madaniyatlar

Elita madaniyati

“Elita” so‘zi turli xil ma'nolarga ega. Ba'zi odamlar bu so‘zni ijobiy tushunib, elitaga xos san'atkorlar yoki musiqachilar deb qabul qiladilar. Bugungi kunda esa “elita” so‘zi ko‘proq tanqidiy ma'noda ishlatiladi. Odamlar “Elitalar hamma narsani boshqaradi” yoki “Elitalar oddiy odamlar bilan aloqada emas” deb shikoyat qilishadi.
Jamiyat ichida boyligi, mavqei, kuchi va hokimiyati tufayli eng yuqori darajadagi ta'sirga ega bo‘lganlar jamiyatning siyosiy elitasini tashkil etadi. Siyosiy elitalar jamiyatning siyosiy kun tartibi, siyosiy qarorlari va qaror qabul qilish jarayonlariga ta'sir o‘tkazadi. Siyosiy elita madaniyati mamlakatdan mamlakatga farq qiladi. Masalan, Shimoliy Koreyada siyosiy elita Kim Jong Un va uning oilasi atrofida shakllanadi. Kim Jong Unning bobosi Shimoliy Koreya asoschisi bo‘lgan va ular hanuzgacha diniy e'tiqod singari hurmatlanadi. Yangi Zelandiyada esa bosh vazir Jasinda Ardernning o‘rta sinf oilasida tug‘ilib, siyosatda yuqori mavqega ko‘tarilishi mumkinligi elita madaniyatining boshqacha ekanligini ko‘rsatadi. 

Qo‘shma Shtatlarda esa elitalar bir nechta madaniy sohalardan kelib chiqadi — madaniy, moliyaviy va siyosiy. Siyosiy elitalar Kongressda, sudlarda va hatto moliya va biznes sohalarida faoliyat yuritadilar. Los-Anjeles, Chikago va Boston kabi yirik shaharlar ko‘pincha kuchli siyosiy elitalarga ega. Ultra-boy oilalar ham katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ular siyosiy lavozimlarni egallamasalar ham, saylovlar va kampaniyalarga sarmoya kiritadilar.

Madaniy antropologiya

Siyosatshunoslar siyosiy madaniyat bilan qiziqishadi, ya'ni guruh a'zolarining qarashlari, qadriyatlari, maqsadlari va amaliyotlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalar. Agar siz madaniyat haqida ko‘proq bilishni istasangiz, madaniy antropologiya bo‘yicha kurslarga qatnashishingiz mumkin. Madaniy antropologlar inson guruhlarining madaniyatlari, amaliyotlari va tashkilotlarini o‘rganadilar. Ular insonlarning qanday qilib jamoaviy tizimlar tuzib, moddiy va ijtimoiy dunyo bilan aloqada bo‘lishlarini tadqiq qiladilar. Madaniy antropologlar kuzatuvlar va sifatli tadqiqot usullarini qo‘llaydilar. Ularning asosiy usuli ishtirok etish orqali kuzatishdir. Bunda olim biror madaniyatni uzoq vaqt davomida o‘rganish uchun o‘sha jamiyat ichida yashaydi.

Ommaviy madaniyat

Bir mamlakat ichidagi eng keng tarqalgan madaniyat bu ommaviy madaniyat hisoblanadi. Odamlar siyosiy ma'lumotni qayerdan olishadi? Qaysi filmlarni tomosha qilishadi, qaysi sport tadbirlarini kuzatishadi va qanday kiyinishadi? Elita va ommaviy madaniyat o‘rtasida keskin farqni aniqlash qiyin bo‘lishi mumkin. Gazetalar, radio va televideniyedan oldin siyosiy madaniyat mavjud bo‘lmagan. Bugungi kunda ommaviy madaniyat global miqyosda sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatmoqda. Masalan, 1960-yildagi prezidentlik saylovlari televizor orqali namoyish etilgan ilk saylovlardan biri edi. Ushbu saylov Jon Kennedi va Richard Nikson o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.

Ommaviy madaniyat ta'sirida siyosiy qarashlar yanada kengroq auditoriyaga yetkaziladi. Bugungi kunda odamlar siyosiy ma'lumotlarni internet, ijtimoiy tarmoqlar va maxsus saytlar orqali oladilar. Qo‘shma Shtatlar ko‘pincha individual erkinlik va shaxsiy mas'uliyatni ustun qo‘yadigan mamlakat sifatida tasvirlanadi. Biroq, ushbu umumlashtirish barcha amerikaliklarga bir xil taalluqli emas. Ommaviy madaniyat, jumladan siyosiy madaniyat, tobora kuchayib borayotgan axborot oqimi va ommaviy kommunikatsiya vositalari tufayli kengayib bormoqda. Amerikada 2020-yilgi prezidentlik saylovida 66 foiz saylovchilar ovoz bergan, bu esa 1960-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ko‘pchilik saylovchilar o‘z qarorlarini ommaviy axborot vositalari orqali shakllantirgan. Biroq, bunday keng qamrovli axborot oqimi odamlarning siyosiy qarashlarini ko‘pincha kichik guruhlarga bo‘lib qo‘yadi. Endilikda odamlar “ommaviy” televizordan emas, balki o‘zlariga mos bo‘lgan maxsus va shaxsiy ma'lumot manbalarini tanlash imkoniyatiga ega. 

Boshqa tomondan, bugungi global ommaviy madaniyat dunyo bo‘ylab bir xil siyosiy, ijtimoiy va madaniy masalalarni tarqatishga yordam beradi. Masalan, Olimpiya o‘yinlari yoki FIFA Jahon Kubogi kabi tadbirlar ommaviy madaniyatning global darajada qanday ishlashini ko‘rsatadi. Hindistonda Bollivud filmlari ommaviy madaniyatning markaziy qismi bo‘lsa, Lotin Amerikasida telenovellalar mashhur.

Kichik madaniyatlar

Qo‘shma Shtatlar siyosiy madaniyati individual erkinlik va shaxsiy mas'uliyatni ustuvor deb ta'riflanganda, bu tasvir Qo‘shma Shtatlarning barcha fuqarolari qarashlarini to‘liq ifodalamaydi. Mamlakatning milliy siyosiy madaniyati haqida har qanday bayonot juda keng bo‘ladi va mamlakat ichidagi turli xil jamoalarning barcha a'zolarini qamrab ololmaydi. Bu ayniqsa hozirgi kunda haqiqat, chunki ommaviy madaniyatlar parchalanib bormoqda, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi kichik madaniyatlarning gullab-yashnashiga imkon yaratmoqda.

Ozchilik madaniyatlari o‘ziga xos e’tiqod va xulq-atvor, odamlarni bir-biriga bog‘lovchi g‘oya va harakatlar tizimiga ega. Ozchilik madaniyatlari juda aniq bo‘lishi mumkin. Masalan, AQShdagi qiyomat kuni tayyorgarlik ko‘ruvchilari, Rossiyadagi gopniklar, Meksikadagi chololar va boshqalar. Submadaniyatlar barcha jihatlarni qamrab olishi mumkin, xuddi biror kult kabi, ammo inson faqat bitta madaniyatga bog‘liq bo‘lishi shart emas. Professional kurash ham o‘z madaniyatiga ega, xuddi anime kabi. Siz ehtimol Xavier Woods haqida eshitmagandirsiz, ammo ko‘p madaniyatlardagi ko‘zga ko‘ringan shaxslar keng ommaga nomalum bo‘lib qolaveradi—u ikkala madaniyatga ham mansub ekanini ta’kidlaydi.

Qora tanli amerikaliklar madaniyati 1960-yillardagi fuqarolik huquqlari harakatidan tortib, bugungi Black Lives Matter harakati (va formal BLM tashkiloti) uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Xip-xop ham alohida siyosiy madaniyat hisoblanadi. Ba’zi hollarda madaniy faollik siyosiy partiyalar tashkil topishiga olib kelgan, masalan, Yashil partiyalar hozirda 80 ga yaqin davlatga tarqalgan.Insonning siyosiy ijtimoiylashuvi yoki madaniy kimligi ularning guruhdagi xulq-atvorini yoki guruh o‘zaro ta’sirlarining natijalarini aniq belgilamaydi. Biror shaxs o‘zini atrof-muhit himoyachisi deb hisoblashi mumkin, ammo shunday bo‘lsa ham, bir martalik tagliklardan foydalanish yoki doimiy ravishda samolyotda uchish kabi ifloslantiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Savol tug‘iladi: “Nega ekologik himoyachi tabiatni ifloslantiruvchi harakatlar qiladi?” Millionlab odamlar (virtual yoki real hayotda) Thunberg bilan birgalikda iqlim o‘zgarishiga va buni qo‘llab-quvvatlayotgan davlat siyosatlariga qarshi chiqishdi. Nima uchun bu millionlab namoyishchilar o‘zlari talab qilgan siyosiy o‘zgarishlarga erisholmadi? Insonlarning guruh ichidagi xulq-atvori va nega siyosiy o‘zgarishlarga erishish qiyin ekanligini tushunish uchun, guruh qarorlarini qabul qilishning muhim jihatlarini o‘rganish zarur. Ushbu tadqiqot strategik xulq-atvorga e’tibor qaratadi—bu ba’zan achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xulq-atvor.



Tarjimon: Ibrohim Asrorov

Siyosat Bo'limi Lideri: Sardor Xamdamov

Izoh qoldirish